1-topshiriq javoblari


Download 27.88 Kb.
Sana21.09.2020
Hajmi27.88 Kb.

1-topshiriq javoblari

  1. Baxtsiz hodisalar atrofimizda deyarli hr kuni sodir bo’lib turishi hech kimga sir emas. Baxtsiz hodisa deb turli tabiiy ofat, avariya va boshqa koʻngilsiz hodisalar oqibatida badanga shikast yetish, mayib boʻlish yoki o’lim holatlari kuzatilishiga aytiladi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida korxonalar, qurilish, transport, konlar va bosh joylarda xavfsizlik qoidalari buzilishiga yoʻl qoʻyib, baxtsiz hodisalarga sababchi boʻlgan shaxslarga nisbatan tegishli jazo choralari belgilangan. Jumladan, radioaktiv materiallar va yadro qurilmalaridan foydapanish qoidalarini buzish, shu materiallarni konunga xilof tarzda ishlatish, tadqiqot ishlarini bajarishda, togʻ kon, qurilish yoki portlatish ishlarida xavfsizlik, mehnatni muhofaza etish, yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish hollari, transport harakati va vositalaridan foydalanish xavfsizligiga zid ravishda jinoyatlar sodir etilgani uchun Oʻzbekiston Respublikasi JKda tegishli jazo choralari koʻzda tutilgan. Jumladan, xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi yoki mehnatni muhofaza qilishga oid boshqa qoidalarning ular ijrosi uchun masʼul shaxslar tomonidan buzylishi oʻrtacha ogʻir yoki tan jarohati yetkazilishiga sabab boʻlsa, eng kam ish haqining 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan, oʻsha qilmish odam oʻlishiga va boshqa ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlsa, muayyan huquqdan va 5 yilgacha ozodlikdan mahrum kilish bilan jazolanadi (257-modda). Transport vositasidan foydalanish uchun masʼul shaxsning Mast holatda yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki aql-idrokka taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boʻlgan shaxsning transport vositasini boshqarishiga yoʻl qoʻyishi badanga ogʻir shikast yetkazilishiga yoxud odam oʻlishiga sabab boʻlsa, oʻsha masʼul shaxs eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarima toʻlaydi yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan va 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi. Baxtsiz hodisalarning ayanchli oqibatlarini boshdan kechirmaslik uchun har bir insondan ehtiyotkorlik va xushyorlik talab etiladi.

  2. O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda,shuningdek, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil
    zararlanishini tekshirish va hisobga olish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 28б- son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida olib bоriladi. Mazkur nizom ishlab chiqarishda ishlatilayotgan davrida sud hukmi bo‘yicha jazoni o‘tayotgan fuqarolarga; ish beruvchilarga; pudrat va topshiriqlarga ko‘rа fuqarolik huquqiy shartnomalar bo‘yicha ishlarni bajarayotgan shaxslarga; tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qatnashayotgan fuqarolarga; agar maxsus davlatlararo bitimda o‘zgacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, yollanib ishlayotgan chet el fuqarolariga; qurilish, qishloq xo‘jaligi va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘zga ishlarni bajarish uchun korxonaga yuborilgan harbiy xizmatchilarga, shu jumladan,muqobil xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga; korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar va o‘quvchilarga ham tatbiq etiladi.

  3. Quyidag ibaxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi: bir vaqtning o‘zida ikki va undan ziyod xodimlar bilan yuz bergan guruhiy baxtsiz hodisalar; o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar; oqibati og‘ir baxtsiz hodisalar. Guruhiy o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisa to‘g‘risida ish beruvchi darhol sxemaga binoan quyidagilarga xabar berishi kerak: – davlat mehnat texnika nazoratchisiga; yuqori turuvchi хо‘jalik organiga; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat vazirligiga, viloyat (Toshkent shahar) mehnat boshqarmasiga; baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi prokuraturaga; baxtsiz hodisaga uchragan xodimni yuborgan tashkilotga; O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga. Guruhiy o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisani viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar) mehnat boshqarmasi buyrug‘iga asosan tuzilgan komissiya maxsus tekshiradi. Guruhiy o‘lim bilan tugagan va oqibati og‘ir baxtsiz hodisalar yuz berganida 1-raqamli shakldagi dalolatnoma komissiya tomonidan maxsus tekshirish dalolatnomasi tuzilgandan so‘ng bir sutka ichida komissiya xulosalariga muvofiq rasmiylashtiriladi. Ikki-to‘rt kishining o‘limi bilan tugagan baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi buyrug‘iga asosan quyidagi tarkibdagi komissiya tomonidan olib boriladi: rais – O‘zbekiston Respublikasi (bosh) Davlat mehnat texnika nazoratchisi; a’zolar – yuqori turuvchi xo‘jalik organi rahbarlaridan biri, ish beruvchi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi raisi. «O‘zsanoatkontexnazorat» davlat qo‘mitasi organi nazorati ostida bo‘lgan korxona (оbyektdagi) shunga o‘xshash baxtsiz hodisa O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Davlat mehnat texnika nazorati bilan kelishilgan holda «O‘zsanoatkontexnazorat» davlat qo‘mitasi organi buyrug‘i asosida tuzilgan komissiya tomonidan yuqori turuvchi хo‘jalik organi rahbari ishtirokida tekshiriladi.

  4. O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olishning yagona tartibi nizomda belgilangan. Mazkur Nizom:

ishlab chiqarishda ishlayotgan davrida sud hukmi bo‘yicha jazoni o‘tayotgan fuqarolarga;

ish beruvchilarga; pudrat va topshiriqlarga ko‘ra fuqarolik-huquqiy kontraktlar bo‘yicha ishlarni bajarayotgan shaxslarga;

tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qatnashayotgan fuqarolarga; agar maxsus davlatlararo bitimda o‘zgacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, yollanib ishlayotgan chet el fuqarolariga;

qurilish, qishloq xo‘jaligi va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘zga ishlarni bajarish uchun korxonaga yuborilgan harbiy xizmatchilarga, shu jumladan, muqobil xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga; korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar va o‘quvchilarga ham tatbiq etiladi.



  1. Ishlab chiqarishdagi travmatizmni taxlil qilganda vaqtinchalik ishga yaroqsizlik bitta ko’rsatkichi bilan qanoatlanmaslik kerak chunki ularnin gxar biri bir xodisani turli jixatlarini baholaydi va ular bir-birini to’ldiradi. Shikastlanishlarning uchrash koeffitsienti korxona ma’muriyatining texnika xavfsizligi bo’limi, jamoat tashqi-lotlari va tibbiyot xodimlari bilan xamkorlikda baxtsiz xodisalarning oldini olish bo’yicha olib borayotgan ishlarining sifatini ko’rsatadi. 100 ishlovchiga ishga yaroqsiz kunlar soni - asosan iqtisodiy ko’rsatkich, shikastlanish oqibatida ish kuchining yo’qotilishini ta’riflovchi va sotsial sug’urta bo’yicha to’lanadigan pul miqdoridir. U ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarning oldini olish bo’yicha ishni tashqil qilinganiga va shikastlanganga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va uni davolashga bog’liq, bitta korxonadagi shikastlarning og’ir-yyengillik koeffitsienti va, ayniqsa, bir xil shikastlanishlarda davolash muassasalarining birlamchi yordam berishi va shikastlanganlarni davolashni sifat ko’rsatkichi tarzida qabul qilish mumkin. Travmatizm bo’yicha profilaktik ishga baho berishda qaysi ishlab chiqarishda bo’lmasin, to’g’ri xulosa chiqarish uchun uchta kompleks ko’r­satkichlarni kompleks taxlil qilish kerak. Bolalar travmatizmi va uni profilaktika qilish yo’llari. Bolalar travmatizmi – bolalarda bir xil yoshdagi guruhda, ma’lum sharoitda bir xil uchraydigan shikastlanish yig’indisi (turmush sharoiti, maktabgacha va maktab muassasasi, ishlab chiqarish ustaxonalari, uyushmagan xordiq chiqarish va boshqalar) xisoblanadi. Sabab-oqibat omillarini tekshirish asosida bolalar travmatizmini o’rganishda uning bir necha turi farq qilinadi, ularning salmog’i bir xil bo’lmaydi: turmushda uchraydigan travmatizm – taxminan 60% ni tashqil qiladi, ko’chada uchraydigan travmatizm (transport vositalariga bog’liq bo’lgan va bog’liq bo’lmagan) - 15% ga yaqin, sportga bog’liq bo’lgan - 9%, maktabda uchraydigan - 8% ga yaqin, bundan tash-qari, uning tug’ruq travmatizmi, qishloq xo’jalik va boshqa turlari mavjud.

  2.  Klassifikator:xizmatchilar lavozimlari va ishchilar kasblari nomlaridan foydalanish, shu jumladan mehnat daftarchalarida yozuvlarni qayd etish, lavozimlarni xodimlarning toifalariga kiritish yuzasidan — respublikaning barcha tashkilotlarida qo‘llanilishi majburiy; ishga qabul qilishda xodimlarning ma’lumoti darajasiga qo‘yiladigan eng kam talablar yuzasidan — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan barcha davlat organlari va tashkilotlarida, xo‘jalik boshqaruvi organlarida, shuningdek ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda qo‘llanilishi majburiy, boshqa tashkilotlar uchun esa — tavsiya tusiga ega. Klassifikator: mehnat shartnomasi va tashkilotlarning shtat jadvalini tuzishda, mehnat daftarchalariga yozuvlarni kiritishda, mehnat munosabatlari bo‘yicha buyruqlarni rasmiylashtirishda, lavozimlar va kasblarni xodimlarning (boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, ishlab chiqarish xodimlari va boshqa xodimlarning) tegishli toifalariga kiritishda rahbarlar, mutaxassislar, boshqa xizmatchilarning lavozimlari va ishchilar kasblari nomlarini standartlashtirish va birxillashtirish; kadrlar (mutaxassislar)ning ma’lumoti darajasini, malaka toifasini hisobga olgan holda ularni joy-joyiga samarali qo‘yish; xodimlar personali toifalari bo‘yicha mehnat hisobi, tahlili va statistikasini yuritish uchun mo‘ljallangan. Klassifikator belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomalari uchun asos hisoblanadi. Klassifikatorda: xizmatchilar lavozimlari va ishchilar kasblarining alifbo tartibida joylashtirilgan nomlari; Kasblarning milliy standart klassifikatoriga muvofiq xizmatchilar lavozimlari va ishchilar kasblari kodlari; xizmatchilarning aniq lavozimlari va ishchilar kasblari tegishli bo‘lgan xodimlar toifalari nomlari; xizmatchi lavozimiga yoki ishchi kasbi bo‘yicha ishga qabul qilishda funksional vazifalarni bajarish uchun talab qilinadigan xodim ma’lumotining eng kam darajasiga qo‘yiladigan talablarga ko‘rsatmalar mavjud.

Download 27.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling