1-Topshiriq. Nutq uslublarining har biriga matn tuzing a badiiy uslub


Download 19.97 Kb.
Sana16.12.2021
Hajmi19.97 Kb.
#510106
Bog'liq
1.nutq uslublariga matn
BADMINTON O’YININING KELIB CHIQISHI VA RIVOJLANISH TARIXI., BADMINTON O’YININING KELIB CHIQISHI VA RIVOJLANISH TARIXI., Ахборот ва мураббийлик соати УЗБЕК , ячсчясячсячсячсчяс, Temirov Firdavs 1 topshiriq, mustaqil (2), Topshiriqlar 207, Essential 3 tarjima, Essential 2 tarjima, Mavzu Yarimo‘tkazgich diodlar, Kis 201- guruh talabasi, O’zbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta’lim vazirligi, 1-topshiriq, Parallel tebranish konturini tadqiq qilish

1-Topshiriq. Nutq uslublarining har biriga matn tuzing.

a)badiiy uslub.

Qorongʻilikda oʻzimni noqulay sezaman. Sovqotyapman.

Bir necha soat oldin tungi qisqagina ishim menga birvarakayiga naqd besh ming dollar keltirishi kerak edi.

Pako ham keldi, ammo nimadir chappasiga ketdi.

Sirenalarning chirogʻi yuzimga nur sochadi. Oq xalatli odam oyogʻimning barmogʻiga yopishtirilgan yorliqdagi ism-familiyamni oʻqiydi. Men unga javob qaytarolmayman. (Ajal hikoyasi).

b)So’zlashuv uslubi.

Sevishganlar kimsasiz sohilda sayr qilib yurib, Olovuddinning sehrli chirogʻini topib olishdi.

– Meni ozod qilishlaring evaziga, – dedi jin, – har biringning bittadan tilagingni bajo keltiraman.

Qiz yigitga koʻz tashlab qoʻyib dedi:

– Istaymanki, biz bir-birmizni qiyomatgacha sevaylik.

Dengizga tikilgancha yigit:

– Men esa oʻsha qiyomat hoziroq kelishini istayman, – dedi.

c) Ilmiy uslub

Funksiya ( functio — „bajarish“, „amalga oshirish“) (tilshunoslikda) — muayyan til, til birligi, lisoniy shaklning u yoki bu vazifani bajarish qobiliyati; tilning kishilik jamiyatidagi roli, vazifasi; til tizimining barcha sathlarida uning birliklari oʻrtasidagi bogʻliqlik yoki munosabatlar. Til birligi funksiyasini belgilash uning muayyan til (til tizimi)dagi rolini aniqlashni koʻzda tutadi, mas, gapda kommunikativ (biror narsa, voqea haqida xabar berish) va nominativ (ushbu voqeani atash) funksiyalar ajratilishi mumkin. Har bir til birligi maʼlum maqsad uchun xizmat qiladi, yaʼni muayayn funksiyani (vazifani) bajaradi, shuning uchungina boshqa til birligidan farq kilgan holda mavjud boʻladi. Til birliklarining koʻplab funksiyalari — oʻxshatish, ajratish, farqlash funksiyalari ajratiladi; ana shu funksiyalarga muvofiq ravishda til birliklarining oʻzlari ham farqlanadi, ajratiladi. Masalan, fonema turli soʻz va morfemalarni farqlash yoki ular orasiga chegara qoʻyish uchun xizmat qiladi.

Funksiyalar nafaqat til birliklarini, balki tilning oʻzini tizim sifatida tavsiflashda ham oʻrganiladi. Tilning asosiy funksiyalari: kommunikativ (muomala, aloqa qilish funksiyasi), bilish, aks ettirish, shakllantirish, aloqa oʻrnatish, nominativ (borlikdagi narsa va hodisalarni nomlash, atash), ekspressiv (ifoda, bayon funksiyasi), apellyativ (murojaat, undash, daʼvat funksiyasi) va boshqa Til funksiyalari qatorida uning sathiy funksiyalari — fonologik, morfologik va boshqa funksiyalari ham koʻrsatiladi. Funksional nuqtai nazardan til tizimi koʻp oʻlchovli tuzilma boʻlib hisoblanadi.

d)publististik uslub

Charli oxirgi chaqasiga lotereya chiptasini sotib oldi va oʻn million dollar yutuq egasiga aylandi. Koʻcha-koʻydagi oshna-ogʻaynilari bilan yutuqni naq ikki hafta “yuvdi” va alal-oqibat ortiqcha yeb qoʻyganidan boʻkib oʻldi.

Hukumat uning millionlarini meros qilib oldi, ammo odamlar uning ismini hamisha yodlarida saqlashadi – u insoniyat tarixida eng katta bazm uyushtirdi, axir.

e) Rasmiy-idoraviy uslub.



E’LON

Shu yil 20-dekabr kuni soat 15.00 da Toshkent axborot-texnologiyalari universtitetining majlislar zalida institut kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot saylov yig‘ilishi bo‘ladi.

Kun tartibi:

1. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisoboti.

2. Taftish komissiyasining hisoboti.

3. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining yangi tarkibini saylash.



Kasaba uyushmasi qo‘mitasi.
Download 19.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling