1-Topshiriq Shaxs rivojlanishining individual va yosh davrining xususiyatlari? Tarbiya jarayoni va tarbiya metodlari? Zamonaviy sharoitda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda qaysi metodlardan foydalanilmoqda? Tarbiyada oilaviy


Download 21.47 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi21.47 Kb.
#145087
Bog'liq
Qahhorov Abbos 213-18


1-Topshiriq


  1. Shaxs rivojlanishining individual va yosh davrining xususiyatlari?

  2. Tarbiya jarayoni va tarbiya metodlari?

  3. Zamonaviy sharoitda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda qaysi metodlardan foydalanilmoqda?

  4. Tarbiyada oilaviy munosabatlar?

  5. Faoliyat - shaxs shakllanishining asosiy omili sifatida?

1-topshiriq uchun berilgan savollarga javoblar

  1. Shaxs rivojlanishinig individual va yosh davrlarining xususiyatlari?

Shaxsning individual xususiyatlari shaxsning yo’nalganligi, qiziqishlari, xarakteri, uni boshqalardan ajratib turadigan aqliy kamoloti va faoliyatining o’ziga xos barqaror, muhim xususiyatlari.

Shaxsning yosh xususiyatlari muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomic, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlari.

Yosh davrlari: 1. Go’daklik davri (tug’ilgandan 1 yoshgacha davri). 2. Yasli davri (bir yoshdan 3 yoshgacha davri). 3. Maktabgacha tarbiya Yoshi (3 yoshdan 7 yoshgacha). 4. Kichik maktab Yoshi(6-7 yoshdan 11-12 yoshgacha) 5. O’smirlik davri (11-12 yoshdan 15-16 yoshgacha) 6. O’smirlik davri(15-16 yoshdan 18 yoshgacha).

Shaxs rivojlanishining muhim xususiyatlari:

  1. Shaxsning rivojlanishi individning fiziologik, ruhiy va intellectual о‘sishini ta’minlovchi faoliyat, xatti-harakatlarning miqdor va sifat jihatdan о‘zgarishini ifodalovchi jarayon.

  2. Shaxsning rivojlanganlik darajasini belgilovchi holatlar: uning fiziologik, ruhiy va intellektual о‘sishini ta’minlovchi faoliyat va xatti-harakatlarining miqdor va sifat jihatdan о‘zgarishi.

  1. Tarbiya jarayoni va tarbiya metodlari?

Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat jarayonidir.

Tarbiya pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, yuqorida keng va tor ma’nodagi tarbiya farqlanadi.

Tarbiya jarayoni - O’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayonidir.Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi.


  1. Zamonaviy sharoitda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda qaysi metodlardan foydalanilmoqda?

Zamonaviy sharoitda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:

1. Pedagogik kuzatish metodi.

2. Suhbat metodi.

3. Anketa metodi.

4. Intervyu metodi.

5. Ta'lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.

6. Test metodi.

7. Pedagogik tahlil metodi.

8. Bolalar ijodini o‘rganish metodi.

9. Pedagogik tajriba metodi.

10. Matematik-statistik metod.
4.Tarbiyada oilaviy munosabatlar?

Ijtimoiy-tarixiy va ilmiy manbalarning guvohlik berishicha, o‘zbek oilasining hayoti, undagi o‘zaro munosabatlar, uning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlari, turmush tarzi, madaniyati, tarbiyaviy muhiti va mehnat shartsharoitlari jiddiy ilmiy muammolar sifatida XX asrning 60-70 yillaridan e’tiboran o‘rganila boshlandi. Ana shu yillardagi dastlabki tadqiqotlar ko‘proq falsafiy, tarixiy, etnografik yo‘nalishdagi va oilaning tarbiyaviy va mehnat shartsharoitlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lsa, keyingi tadqiqotlar o‘z xarakteriga ko‘ra, oilaning madaniy, huquqiy, tibbiy, uning turmush tarzi, undagi tarbiya muhitining ahamiyati, o‘zaro munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Mazkur tadqiqotlar sirasiga quyidagilarni keltirib o‘tish o‘rinlidir.

Oila – milliy dunyoqarash manbai sifatida o‘quvchilarda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Bu farzandlarining milliy dunyoqarashlariga shakl, mazmun berib, meros tarzida o‘tib keldi. Dunyoqarashning birligi – milliyligi tufayli avlodlar orasida hamfikrlilik, o‘zaro ishonch, izzat, maqsad, birligi, samimiylik tantana qilar edi. Oila o‘g‘il-qizlarda milliy fe’l-atvor, husni xulq tarbiyasi manbai bo‘lib keldi. Ota-onalar har kuni, har soatda o‘zlari bilib-bilmagan holda tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, bolalariga hatti-harakatlar, yurish-turish, so‘zlash, kulish, ovqat yeyish, yuvinish, muomala qilish, mezbon va mehmon munosabati me’yorlarini singdirib kelmoqdalar.

5.Faoliyat - shaxs shakllanishining asosiy omili sifatida?

Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to’g’ri tashkil etish lozim. Lekin ko’p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan bo’ladi. O’smir va o’spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o’yin, o’qish va mehnat kiradi. Ular yo’nalishiga ko’ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko’ra tanlangan sohalardan iborat. Faoliyatning asosiy turi – muloqotdir.

Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o„zini yaxlit inson sifatida his etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak.

Faoliyat faol va passiv bo’lishi mumkin. O’smir faoliyati muhit va tarbiya ta‟sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o’z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o„zini shaxs sifatida ko„rsata olishi unda o’z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko’zga tashlanadi.


Foydalanish uchun adabiyotlar:

1. Barkamol avlod – О‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: sharq nashriyot-matbaa konserni, 1998.

2. Tursunov I., Nishonaliyev u. Pedagogika kursi. –t.: о‘qituvchi, 1997.

3. G‘oziyev E. Psixologiya (yosh davrlari psixologiyasi). – t.: о‘qituvchi, 1994.

4. Podlasiy I. Pedagogika. V 2 kn. Kn. 1. – Moskva: vlados, 1999.

5. Almetov N. Pedagogika: savollar va javoblar // о‘quv qо‘llanma. –2001.



6. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi / M.X.Toxtaxodjayeva va boshqalar. Prof. M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 1996.
Download 21.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling