1-topshiriq Suhbat metodiga izoh bering? Suhbat metodi


Download 16.33 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi16.33 Kb.
#145707

1-topshiriq

Suhbat metodiga izoh bering?

Suhbat metodi. Tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki hodi- salar haqida bilib olish maqsadida ma’lum mas’ul shaxslar bilan og‘zaki saW lar berilib, ulardan axborot olish jarayonidir. So‘roqlar mavzu doirasida mantiqan, mazmunli, tartibli, aniq ifodaga ega bo‘lishi lozim va uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligiga qarab jadval tuzib natijasi aniqlanadi. Suhbat metodi jarayonida intervyu ham olish mumkin. 0 ‘rinli, mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi. Yozma javoblami ommaviy ravishda yig‘ib olish metodi anketa metodi, deb ataladi. Anketalar ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilgan soniga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, anketalar olingan ma’lumotlami kompyuterda qo‘llab, matematik statistika metodlari bilan ishlashga imkon beradigan qilib tuziladi. Hujjatlaming yetarli darajada shun- day tahlil qilinishi aniq pedagogik jamoalaming real faoliyatidagi sababli bog‘lanishlari va bog‘liqliklarini aniqlashga yordam beradi.

2-topshiriq

Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlariga qisqacha tushuncha bering.

Pedagogik tadqiqot — har qanday ilmiy-pedagogik tadqiqotning asosidir. Pedagogik tadqiqot yordamida ilmiy gipotezalaming ayrim elementlari o'rtasidagi bog‘liqlik va munosabatlar aniqlanadi. Tabiiy tadqiqot va laboratoriya tadqiqoti pedagogik tadqiqotning asosiy turlari hisoblanib, ular ham o‘z navbatida ko‘pgina turlarga boMinadi. Tabiiy tadqiqot sharoitida yangi o‘quv rejalari, dasturlar, darsliklar va hokazolar odatdagi o‘quv tartibini buzmay turib tekshiriladi. Pedagogik tadqiqot ham kuzatish, lekin u pedagogik jarayonning o‘tish sharoitlarini muntazam o‘zgartirish munosabati bilan maxsus tashkil qilingan bo‘ladi. Pedagogik jarayonni aniqroq o‘rganish uchun tadqiqot o‘tkazuvchi o‘zi tashkil etgan jarayonni kuzatadi. U pedagogik jarayonga aralashadi, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muayyan sharoitlarini yaratadi. Pedagogik tadqiqot dastlabki ma’lumotlami, aniq sharoitlami va o‘qitish usulla- rini yoki tadqiq qilinadigan materiallami aniq belgilashni, shuning- dek, tadqiqot natijalarini har tomonlama hisobga olishni talab etadi. Pedagogik laboratoriya turi ilmiy-tadqiqotning qat’iy shaklidir. Juda keng pedagogik kontekstdan uning muayyan tomoni ajratib olinadi, natijalari aniq tekshirib borishga va o'zgaruvchan kattaliklar o‘rnini almashtirishga imkon beradigan sun’iy sharoit yaratiladi. Quyidagilar pedagogik tadqiqotning bosqichlari hisoblanadi: tadqiqotni rejalashtirish, tadqiqot o‘tkazish va natijalami sharhlash. Rejalashtirish tadqiqot maqsadi va vazifasini belgilash, tadqiqot natijasiga ta’sir etuvchi omillar va ular darajasining miqdorini

aniqlashni, kerakli kuzatishlar soni, tadqiqot o‘tkazish tartibi, olingan natijalami tekshirish metodlarini o‘z ichiga oladi. Tadqi- qotni tashkil etish va o‘tkazish belgilangan rejaga qat’iy amal qilgan holda olib borilishi kerak. Sharhlash bosqichida ma’lumotlar yig‘i- ladi va qayta ishlanadi. Tadqiqot o‘tkazish ishonchlilik tamoyiliga javob berishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilish zarur: 1. Tekshiruvchilar soni va tajribalar miqdorining optimal bo ‘lishi. 2. Tadqiqot metodlarining ishonchliligi. 3. Farqlaming statistik jihatdan ahamiyatliligini hisobga olish. Ilmiy tadqiqot turli ta’lim-tarbiyaga oid metodlaming samaradorligini va sifatini oshirishga imkon beradi. Bunga matematika metodlarining hamda kompyuter yordamidagi tadqiqot natija- larining pedagogikaga kirib kelishi ham yordamlashadi. Odatda, o‘rtacha arifmetik miqdor, modda, meridiana, dispersiya, tanlab olinadigan to‘plam majmuyining o‘rtacha kvadratik chetga chiqishi, o‘rtacha olingan qiymat xatosi, belgilami tuzatish koeffltsientlari hisoblab chiqiladi. Tugallangan tadqiqotda eng muhim narsa uning natijalarini amalda qo‘llashdir. Mustaqil 0 ‘zbekiston sharoitida yangi ilmiy bilimlar juda tez to‘planib bormoqda. Biroq ularni amaliy ishga joriy etish yo‘lida qiyinchiliklar ham borligi ko‘zga tashlanmoqda. Ularni joriy etish jarayoni pedagogik tajribani takomillashtirishga qaratilgan faoliyat, deb qaraladi. Shu sababli joriy qilinishi lozim bo‘lgan tavsiyalarga yuqori talablar qo‘yiladi. Ta- lablarning ilmiy asoslanganlik darajasi, ular mazmunining aniqligi asosiy talablar qatoriga kiradi. Talablar mazmunining aniqligi pedagogik mezonni to‘g‘ri tanlash va baholashni nazarda tutadi. Joriy etish butun bir tadbirlar kompleksi bo‘lib, u olingan xulosalar lo'g'risida pedagogik jamoatchilikni xabardor qilish, yangi o‘quv vn metodik qo‘llanmalar yaratish, metodik yo‘l-yo‘riq va metodik tavsiyalar ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.



3-topshiriq

Mavzu yuzasidan 10 ta test tuzing

1. Metod so`zining ma`nosi— metod (yunoncha — aynan nimagadir yо‘l)
Download 16.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling