1. Товар ассортиментига таъриф беринглар. Халқ истеъмол товарлари қанақа гурухларга бўлинади?


Download 15.85 Kb.
Sana15.09.2020
Hajmi15.85 Kb.
#129913
Bog'liq
vaxobov qahramon


1.Товар ассортиментига таъриф беринглар.

2. Халқ истеъмол товарлари қанақа гурухларга бўлинади?

3. Ишлатилиши бўйича товарлар қанақа гурухларга бўлинади?

4. Кенглигига кўра товарлар ассортименти қанақа гурухларга бўлинади?

5. Товарлар ассортиментининг сифати қанақа кўрсаткич билан баҳоланади?

1. Tovarlar assortimenti deb – biror belgi boʻyicha bir biriga oʻxshash tovarlar turlarining yigʻindisiga aytiladi. Masalan kiyim kechaklar, poyafzallar, idish tovoqlar tovar assortimentiga misol boʻla oladi.

2. Xalq istemol tovarlari 3 ta katta guruhga boʻlinadi bular; oziq ovqat mahsulotlari,nooziq ovqat mahsulotlari,farmatsevtika mahsulotlari. Mamlakatimizda xalq istemol tovarlarini ishlab chiqarish birmuncha oshayotgan boʻlsa ham, ularning sifati, assortimenti aholi ehtiyojlarini qondira olmayapti. Nooziq ovqay mahsulotlari bundan mustasno. Ammo oziq ovqat mahsulotlarining ishlab chiqarilish koʻrsatkichi, aholi sonining oʻsish koʻrsatkichidan pastligi oziq ovqat mahsulotlarining yetishmovchiligiga asosiy sabab hisoblanadi.

3. Tovar deganda koʻz oldimizga ikkita katta guruh yani oziq ovqat tovarlari va nooziq ovqat tovarlarini keltirishimiz kerak. Albatta farmatsevtika vositalarni ham tovar deb atay olamiz lekin bizni soxamiz oziq ovqat va nooziq ovqat tovarlarni oʻrganishga qaratilgan. Endi oziq ovqat tovaroari ishoatilishiga qarab ozuqaviy va lazzatli mahsulotlarga boʻlinadi. Nooziq ovqat mahsulotlari esa quyidagi turlarga boʻlinadi;

1. Maishiy kimyo tovarlari.

2. Yoqilgʼi va yoritish materiallari.

3. Plastmassa va rezinadan yasalgan xoʻjalik mollari.

4. Shisha va kulolchilik xoʼjalik mollari.

5. Metalldan yasalgan xoʼjalik mollari.

6. Uy-xoʼjalik elektr tovarlari.

7. Qurilish materiallari.

8. Mebel va gilamlar.

9. Attorlik va yodgorlik buyumlari.

10. Zargarlik buyumlari va soatlar.

11. Atir-upa tovarlari.

12. Radioelektron apparatlari.

13. Kino, foto tovarlari.

14. Musiqa tovarlari.

15. Transport vositalari.

16. Sport tovarlari.

17. Kontselyariya va maktab - oʼquv tovarlari.

18. Kitoblar va tasviriy san‘at mahsulotlari.

19. Uyinchoqlar.

20. Zootovarlar.

21. Gullar va ko‘chatlari.

22. Dorixona mollari.

23. To‘qima tovarlar.

24. Tikuv tovarlari.

25. Trikotaj buyumlari

26. Poyafzal

27. Mo‘yna va po‘stin buyumlari.

4. Tovar assortimenti kengligi deganda -aniq bir yoʻnalishdagi tovarlar guruhuning yoki turining soni tushuniladi. Masalan oshxona idishlarini tovarlar assortimenti deydigan boʻlsak,uning tarkibidagi turli xil tarelkalar,kosalar, piyolalar tovar assortimenti kengligini ifodalaydi.



5. Mahsulotning muayyan ehtiyojlarni qondira olish xususiyatlari yigʻindisiga sifat deyiladi. Har qanday mahsulotning sifati uning standarti bilan baholanadi. Standart talabi mahsulotning sifat koʻrsatkichlarini,zararsizligini, yangiligini, umumiy mahsulot sifatini kafolatlaydi. Umuman olganda davlat standarti orqali xalq isteʼmol tovarlarining sifatini aholi va jahon bozori talablari hamda fan texnika taraqqiyoti darajasiga mos holda boshqarish amalga oshiriladi.
Download 15.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling