1. Transformatorning rele himoyasi


Download 97.43 Kb.
bet1/5
Sana03.12.2023
Hajmi97.43 Kb.
#1800732
  1   2   3   4   5
Bog'liq
111avtotransformatorlarining rele himoyasi




_____________________________________________


_____________________________________________
_____________________________________________
_____________________________________________

Reja
Kirish. 3


1.Transformatorning rele himoyasi. 5
2.Transformatorning ichki qisqa tutashuvdan bo’ylanma differensial himoya orqali himoyalash hisobi. 5
3. Transformatorning o’ta yuklanishdan himoyalash 8
4.Transformatorning tashqi qisqa tutashuvlardan himoyasi. 9
5. Kuchlanishi 1000 Vdan yuqori elektr dvigatellarning rele himoyasi 11
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar




Kirish
Rele himoyasi energosistemaning ishonchli va tejamli ishlashini ta’minlovchi avtomatikaning bir qismi bo‘lib, elektr sistemasida yuzaga keluvchi shikastlanish va normal bo‘lmagan rejimlarni avtomatik ravishda bartaraf qilish uchun xizmat qiladi. Rele himoyasi himoyalanayotgan energosistema elementining holati va ishlash rejimlarini uzluksiz nazorat qiladi va ularda shikastlanish yoki normal bo‘lmagan rejim yuzaga kelganda ishga tushadi.
Energosistemada shikastlanish hosil bo‘lganda rele himoyasi shikastlangan elementni aniqlaydi va uni sistemaning shikastlanmagan qismidan shikastlanish toklarini uzishga mo‘ljallangan maxsus o’chirgichlarga ta’sir qilish yuli bilan ajratib qo‘yadi. Normal bo‘lmagan rejim hosil bo‘lganda rele himoyasi normal rejimni tiklash uchun zarur bo‘lgan amallarni bajaradi yoki nazoratchi personalga signal beradi.
Avtomatika qurilmalari sistemaning normal rejimini tezlik bilan avtomatik ravishda tiklash uchun xizmat qiladi. Asosiy avtomatika qurilmalariga avtomatik qayta ulash (AQU) rezervni avtomatik ulash (RAU) va avtomatik chastotaviy yengillashtirish (AChE) kiradi.
Elektr ta’minoti sistemasining o‘ziga xos xarakterli belgilari, ularda bo‘ladigan jarayonlarning katta tezlikda kechishi va avariya xarkteriga ega bo‘lgan shikastlanishlarning yuzaga kelishi mumkinligidir. Shu sababli elektr ta’minoti sistemasining ishonchli va tejamli ishlashiga avtomatik boshqarish yo‘li bilangina erishish mumkin. Buning uchun har xil avtomatik boshqarish qurilmalari ishlatiladi. Ular orasida asosiy o‘rinladan birini avtomatik rele himoyasi qurilmalari egallaydi.
Rele himoyasi qurilmalari elektr qurilmalarda shikastlanish yoki anormal rejim yuzaga kelganda ishlaydi. Eng xavfli va ko‘p sodir bo‘ladigan shikastlanish qisqa tutashuvdir. Qisqa tutashuvlar elektr qurilmalarining fazalari orasida yoki neytrali yerga ulangan elektr tarmoqlarida faza bilan yer orasida bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari qisqa tutashuvlar va faza uzilishi bilan boliq bo‘lgan murakkab shikastlanishlar ham sodir bo‘lishi mumkin. Elektr mashinalari va transformatorlarda yuqorida ko‘rsatilgan shikastlanishlardan tashqari bitta faza o‘ramlari orasida ham tutashuv yuzaga kelishi mumkin.
Qisqa tutashuv natijasida elektr ta’minoti tizimining normal ishlashi buziladi. Jumladan sinxron generatorlar, kompensatorlar va elektr dvigatellarning sinxronizatsiyadan chiqishi va isteomolchilarning ishlash rejimlari buzilishi mumkin. Bundan tashqari qisqa tutashuv tokining issiqlik va dinamik taosirlari ham xavfli bo‘lib hisoblanadi.
Avariyaning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va shikastlanish oqibatlarini kamaytirish uchun qisqa tutashuvni tezlik bilan aniqlash va shikastlangan elementni uzish zarur. Ayrim hollarda shikastlanish soniyaning ulushlariga teng bo‘lgan vaqt ichida bartaraf qilinishi zarur bo‘ladi. Bunday vazifani inson bajara olmasligi o‘z-o‘zidan ma’lum. Shikastlangan elementni aniqlash va uzilishi zarur bo‘lgan o’chirgichlarga ta’sir qilish uchun uzishga ishlovchi rele himoyasi xizmat qiladi. Kurs ishida himoyani rele himoyasiga qo’yilgan talablarga asosan bajaramiz. . Rele himoyasiga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar;
Elektr tizimilarida va qurilmalarida har xil sabablarga ko‘ra ishdan chiqish (shikastlanish) va narmal bo‘lmagan rejimlar sodir bo‘lishi mumkin. Shikastlanish ko‘pchilik hollarda elektr tizimlarida tokning ortib ketishi va kuchlanishning pasayishi bilan kuzatiladi. Tokning ortib ketishi elektr qurilmalarida o‘tkazgichlarda katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishiga sabab bo‘ladi. Kuchlanish pasayishi elektr iste’molchilarni normal ish rejimiga ta’sir qiladi, parallel ishlaydigan generatorlarning turg‘unligi buziladi. Normal bo‘lmagan ish holatlari esa tokning, kuchlanishning yoki chastotaning ruxsat etilgan qiymatlardan og‘ishi hisobiga sodir bo‘ladi. Kuchlanish yoki chastotani pasayishi iste’molchilarni normal ish rejimini buzadigan energetik tizimlarning turg‘unligiga ta’sir qiladi. Kuchlanish yoki tokni ortib ketishi qurilma va elektr uzatish liniyalarini ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun elektr tizimlarida normal ish rejimini ta’minlash uchun tarmoqning ishdan chiqqan joyini tez aniqlash va uni boshqa qismlardan ajratish kerak.
Rele himoyasi elektr tizimlarda asosiy avtomatika hisoblanadi. Rele himoyasi qurilmalari elektr tizimining shikastlangan qismini yoki elementini aniqlaydi va uni boshqa ishdan chiqmagan qismlaridan ajratadi, shuningdek agar elektr tizimlarida normal rejimdan og‘ish bo‘lsa uni bartaraf qilish choralarini ko‘radi yoki signal beradi.

Download 97.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling