1. Tranzistor qanday tuzilgan?


Download 27.4 Kb.
Sana08.11.2021
Hajmi27.4 Kb.
#438095

1.Tranzistor qanday tuzilgan?

Tranzistor — elektr tebranishlarni kuchaytirish, generatsiyalash (hosil qilish) va oʻzgartirish uchun moʻljallangan 3 elektrodli yarimoʻtkazgich asbob hamda mikroelektronika qurilmalarining asosiy elementi.

Tranzistorlar tuzilishi, ishlash prinsipi va parametrlariga koʻra 2 ta sinfga ajratiladi — bipolyar va maydoniy (unipolyar) tranzistorlar. Bipolyar tranzistorlarda ikkala turdagi (p-tipli va n-tipli) oʻtkazuvchanlikka ega boʻlgan yarimoʻtkazgichlar ishlatiladi. Bipolyar tranzistor, oʻzaro yaqin joylashgan p-n oʻtish hisobiga ishlaydi va baza-emitter oʻtishi orqali tokni boshqaradi. Maydoniy tranzistorlarda faqat bir turdagi (n-tipli yoki p-tipli) yarimoʻtkazgichlar ishlatiladi. Bunday tranzisorlarning bipolyar tranzistorlardan asosiy farqi shundaki, ular kuchlanishni boshqaradi, tokni emas. Kuchlanishni boshqarish zatvor va istok orasidagi kuchlanishni oʻzgartirish orqali amalga oshiriladi.Elektron sxemalarda tranzistor „VT“ yoki „Q“ harflari bilan hamda joylashgan oʻrniga muvofiq indeks bilan belgilanadi. Masalan, VT15. Rus tilidagi adabiyotlar va hujjatlarda esa XX asrning 70-yillariga qadar „T“, „PP“ (poluprovodnikoviy pribor) yoki „PT“ (poluprovodnikoviy triod) kabi belgilanishlar ham ishlatilgan.

2. Умумий эмиттерлик схемани тушинтиринг

Umumiy emitter bilan ulangan sxemalarda kirish va chiqish zanjirlari uchun umumiy elektrod tranzistorning emitter hisoblanadi.Umumiy emitterli sxemalar juda ko‘p tarqalgan. Shuning uchun umumiy emitterli sxemalar uchun



tranzistorlarning statik tavsiflarini o‘rganishga alohida e’tibor berish kerak. Kirish toki bunday sxemalarda — baza toki, chiqish toki — kollektor toki hisoblanadi.
3.Транзисторлар яна қандай схемалар билан уланади?

Tranzistorlarning statik tavsiflarini o‘rganishga alohida e’tibor berish kerak. Kirish toki bunday sxemalarda — baza toki, chiqish toki — kollektor toki hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, umumiy emitter sxemalarida kirish tavsiflari bo‘lib baza tokining Ib kuchlanishdan Ube bog‘liqligi hisoblanadi, bunda: Uke = const bo‘ladi. Baza toki Ib absolut miqdori bo‘yicha doimo emitter tokidan ancha kichik bo‘ladi. Umumiy emitter bilan ulangan sxemalarning umumiy baza bilan ulangan sxemalardan farqi, unda kirish emitter toki bo‘ladi.

4. Қандай тавсиф транзисторнинг ички тавсифи дейилади?

Tranzistorlarning ichki qarshiliklari ko‘prik yelkasini hosil qiladi. RK0 rezistor pog‘onani (kaskadni) muvozanatlashtirish (nolni o‘rnatish) uchun xizmat qiladi. Agar, kirish va chiqishi simmetriyali kuchaytirgichning chap va o‘ng qismi aynan bir xil bo‘lsa, haroratning yoki manba kuchlanishining oshishi (tushishi) ikkala tranzistorda ham bir xil kollektor tokining o‘zgarishini yuzaga keltiradi, kollektorlarning UK1 va UK2 potentsiali deyarli bir xil ravishda o‘zgaradi va binobarin Uvo‘x chiqish kuchlanishi o‘zgarmasdan qoladi

5. Қандай тавсиф транзисторнинг ташқи тавсифи дейилади?

Tranzistor statik xarakteristikalari kollektor zanjiriga yo’qlama qo`yilmagan holda o`rnatilgan kirish va chiqish toklari va kuchlanishlar orasidagi o`zaro bog`liqlikni ifodalaydi. Har bir ulanish uchun statik xarakteristikalar oilasi ma`lumotnomalarda keltiriladi. Eng asosiylari bo`lib tranzistorning kirish va chiqish xarakteristikalari hisoblanadi. Qolgan xarakteristikalar kirish va chiqish xarakteristikalaridan hosil qilinishi mumkin.

6. Транзисторнинг электродлари қандай аниқланади?

Kuchaytirgichda C1 va S2 sig‘imlarning mavjudligi (4.5, a - rasm) kuchaytirilayotgan signallarning past chastotalar sohasida buzilishlarga olib keladi: kirish signali chastotasining pasayishi bilan sig‘im qarshiligi pasayadi.



Bu esa chastota pasayishi bilan kuchaytirgich koeffitsientining pasayishiga olib keladi, kuchaytirgichda tranzistorning elektrodlararo sig‘imi va yig‘uv (montaj) sig‘imining mavjudligi esa kuchaytirilayotgan signalning yuqori chastotalar sohasida buzilishining tug‘ilishiga olib keladi. p-n-o‘tishning CK kollektor sig‘imi hisobga olganda, kollektor va baza orasiga shartli kiritilgan, yuqori chastotalar sohasida pog‘ona (kaskad)ning kirish qarshiligi:
Download 27.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling