1. Tundra mintaqasi haqida; Tundra mintaqasining o’simlik olami; Tundra mintaqasining hayvonlar olami


Download 411.67 Kb.
bet1/5
Sana19.12.2022
Hajmi411.67 Kb.
#1033021
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8.Tundra mintaqasining o\'simlik va hayvonlar biomlar olami


Mavzu: Tundra mintaqasining o'simlik va hayvonlar biomlar olami
Reja:
1.Tundra mintaqasi haqida;
2. Tundra mintaqasining o’simlik olami;
3. Tundra mintaqasining hayvonlar olami.

1. "Tundra” so`zi fin tilida tog` cho`li degan ma`noni anglatadi. Keyinchalik o`rmonsiz tekis shimoliy hududlar ham shunday deb ataladigan bo`ldi. 
Yevrosiyo materigida tundra shimoliy dengizlar sohili bo`ylab cho`zilgan keng va katta hududni egallagan. 
Tundra zonalari - asosan, Shimoliy yarim shardagi tabiat zonasi, Janubiy yarim sharda Antarktida yaqinidagi orollarda kichikroq maydonlarda uchraydi. Tundra zonalari subarktika va arktika mintakalarida joylashgan. Shimoliy yarim sharda Tundra zonalari Arktika muz saxrolari zonasi bilan janubida oʻrmon tundrasi oraligʻida. Yevrosiyo va Shimoliy Amerikaning shim. sohili boʻylab (eni 300–500 km) choʻzilgan. Radiatsiya balansi past, kishi 8—9 oy davom etadi (yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —40°, —50°), 60—80 sutka kugb tuni boʻlib turadi. Yozi qisqa (iyulning oʻrtacha temperaturasi 5—10°). Vegetatsiya davri 50—100 kun. Yillik yogʻin tekisliklarda 150–350 mm, togʻlarda 500 mm gacha. Yezda tuproqning 0,5—1,5 m qalinlikdagi ustki qismigina eriydi. Botqoqlik va koʻl koʻp. Iklimi sovuq boʻlgani uchun organik dunyosi ham kambagʻal. Hayvonot dunyosi oʻziga xos: oq kaklik va tundra kakligi, shimol bugʻusi, boʻri, lemming, qutb tulkisi koʻp. Yezda juda kup suv parrandalari uchib keladi. Hasharotlari xilmaxil. Aholi bugʻuchilik, baliq, muynali va dengiz hayvonlarini ovlash bilan shugʻullanadi.

2.  Tundrada mutlaqo o`rmon yo`q. Iqlimi sovuq, noqulay bo`lganidan bu yerda daraxt o`smaydi. Ayniqsa, Arktikadan esadigan kuchli va sovuq dovullar daraxtlar uchun nihoyatda halokatli.
Garchi tundrada o`rmon bo`lmasa-da, u yerda golubika, moroshka, brusnika, yo`sin singari o`rmon o`simliklari ko`p. Olimlar, bir vaqtlar tundra hududida o`rmon bo`lgan bo`lishi kerak, deb taxmin qilinadi. Biroq keyinchalik iqlim sovib ketgach, o`rmon yo`q bo`lib ketgan, ayrim o`rmon o`simliklari esa yangi sharoitlarga moslashgan. Ular faqat moslashibgina qolmay, balki bu yerda o`rmondagiga nisbatan yana ham qiyg`os gullaydi, gullari ham rang-barang. Tundrada past bo`yli tol va qayin o`sadi. O`rmonda o`t va yo`sinlar daraxtlar ostiga yashirinib o`ssa, tundrada, aksincha, daraxtlar yer bag`irlab o`sadi va sovuq shamoldan yo`sinlar panasiga "yashirinadi”.
Tundrada jilg`a, soy va botqoqliklar juda ko`p. Bu yerda suv mo`lligidan g`oz, o`rdak, oqqush, gagara kabi suvda suzuvchi qushlar yozda tundraga ko`chib kelishni yooqtirishadi. Lekin qishlash uchun ular uzoq janubga uchib ketishadi, chunki tundraning ba`zi joylarida qishda sovuq 50 darajadan ham oshib ketadi. 
Lekin, ana shunday sovuq bo`lishiga qaramay, tundrada qishda ham ba`zi hayvonlar yashaydi. To`g`ri, ular juda oz. Bular shimol bug`usi, qutb tulkisi, boyqushi va kakligi, mayday kemiruvchi hayvonlar.
Tundrada avvallari qishloq ham, shahar ham bo`lmagan. Mahalliy aholi ovchilik hamda xonaki shimol bug`ularini ko`paytirish bilan mashg`ul bo`lgan. Bug`u ovqatlanishi uchun muttasil bir yerdan boshqa yerga ko`chib yurishi lozim: bir yerda lishaynikni butunlay yeb bo`lgandan keyin boshqa yerga o`tadi. Shuning uchun odamlar ham ularning ketidan ko`chib yurishga majbur bo`lishgan. Bug`u go`shti ovqatga ishlatilgan, chanaga qo`shilgan bug`u transport vazifasini o`tagan, bug`u terisidan issiq kiyim tayyorlangan va hatto turar joy qurilgan.
Hozirgi vaqtda olimlar tundraning janubiy hududlarida sabzavot yetishtirib, sut beradigan mollarni ko`paytirishga muvaffaq bo`ldi. Tundrada temir yo`l, yirik sanoat shaharlari barpo etildi, chunki tundrada ko`mir, temir, nikel, mis, gaz, apatit va boshqa qazilma boyliklar bor. 
Tundrani faqat iqlimi sovuq bo`lganligi uchungina emas, balki muzloq yerlari tufayli ham o`zlashtirish qiyin. Tundrada yer yoz faslida yupqa qatlamdagina eriydi.


3. Tundraning qattiq dunyosi go'zal, boy va jozibali. Rossiyada ushbu tabiiy zona Kola yarim orolidan tortib, Chukotkagacha cho'zilgan. Mamlakatimiz tashqarisida u Evrosiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy qismida joylashgan. Ushbu muzli cho'lda o'rmonlarsiz, muzlagan zamin va kuchli shamollar bilan yashash imkonsizdek tuyuladi. Ammo bu erda ham dunyo ajablanarli darajada bardoshli va xilma-xil. Tundra hayvonlari nomlari kuch, qo'rqmaslik, zukkolik, kuch, go'zallikning ramzlariga aylandi: bo'ri, morj, peregrin lochin, boyo'g'li, oqqush

Download 411.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling