1. Turistik talab mohiyati Turistik talab va ehtiyojning asosiy belgilari Hozirgi zamon turistik talablar tendentsiyasi


Download 177.26 Kb.
bet1/19
Sana10.01.2022
Hajmi177.26 Kb.
#277093
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
9 mavzu
MAXANOV SHAROFIDDIN , 0raliq nazorat, 0raliq nazorat, Mustaqil ish, pedagogika predmeti maqsadi va vazifalari ilmiy tadqiqot metodlari, pedagogika fanning maqsad va vazifasi, algebra va sonlar nazariyasi iii-qism, Xolmamat Eshmamatov 6-variant, BAYONNOMA, Kunduz Musurmanova 2-amaliy m, yakuniy nazorat 20 bilet, Какие основные отличия пословицы от поговорки, 1-4 синф математика, Analitik geometriya chiziqli algebra, Farhod va shirin dostonining boblar bo‘yicha tasnifi

9- MAVZU: XALQARO TURIZM BOZORI

MA’RUZA MAShG’ULOTI REJASI:



1. Turistik talab mohiyati

2. Turistik talab va ehtiyojning asosiy belgilari

3. Hozirgi zamon turistik talablar tendentsiyasi

4. Turistik mahsulot tushunchasi

5. Turistik mahsulotlar ishlab chiqarish omillari

6. Turistik takliflar mohiyati

7.Turistik industriya sektorlari bo’yicha takliflar xususiyatlari

Tayanch so’z va iboralar: turistik talab, ehtiyoj, turistik maxsulot, ikkilamchi ehtiyoj, ishlab chiqarish omillari, industriya, Maslou va P.Pirs motivatsiya nazariyalari.
1. Turistik talab mohiyati

Ehtiyoj va talab. Har qanday odam o’z hayoti davomida qandaydir u yoki bu narsaga ehtiyoj sezadi. Bu birlamchi ehtiyoj o’zining fiziologik tabiatiga ko’ra, odatda tug’ma hisoblanadi. Bu – ovqatga, suvga, nafas olishga, uyquga, jinsiy aloqaga ehtiyojdir. Ulardan farqli ravishda ikkilamchi ehtiyoj psixologik xarakterga egadir. Agar atrofdagilar uning xizmatlarini, iste’dodini yoki jamoa a’zosi sifatida huquqini tan olmasa kishi kuyinadi. Birlamchi ehtiyoj genetik jihatdan qoida bor, ikkilamchisi esa tajriba orqali namoyon bo’ladi. Odamlar hech qachon bir xilda tajribaga ega bo’lishmaydi. Shu jihatdan ikkilamchi ehtiyoj ko’p darajada birinchisiga nisbatan yaqqol farqlanadi.

Ehtiyojni bevosita ko’rib yoki o’lchab bo’lmaydi. Uning mavjudligini odamlar xulqi-atvoriga qarabgina bilish mumkin. Psixologlar odamlarni kuzata turishib, ehtiyoj harakat motivlari bo’lib xizmat qiladi, degan xulosaga kelganlar. Agar nimadir yetishmasligi kuchli sezilsa, odamda intiluvchanlik hissiyoti uyg’onadi. Bu bo’lajak xulqiy ehtiyoj maqsadga erishishiga butun diqqat-e’tiborni safarbar etadi. Bu holda maqsad hech narsa emas, zaruratni qondirish vositasi xolos deb tushuniladi. Qo’yilgan maqsadga erishilganida esa ehtiyoj to’liq yoki qisman qondirilgan, yo qondirilmagan bo’ladi.

Z. Freyd izdoshlari iste’molchilarning bozorga bo’lgan xulq-atvori motivlarida juda ko’p yashirin dalillar va qiziqarli holatlarni to’plashgan. Misol uchun, ba’zi odamlar olxo’ri qoqisini sotib olishmaydi. Chunki u qora va burishgan bo’lganligi sababli, ular keksalik va kasallikni eslatadi. Iste’molchilar motivatsiyasini tadqiq qilish bunday kutilmagan natijalarga olib kelishiga qaramay, ular mijozlar xulq-atvori xususiyatlarini o’rganuvchi mutaxassislarga qo’l kelishi mumkin.



Amerikalik psixolog-faylasuf, Brendon universiteti psixologiya professori A.Maslou (1908-1968) ham nima uchun konkret ehtiyoj kishini ma’lum vaqtda harakat qilishga majbur etishini tushuntirishga urindi. Uning fikricha, inson ehtiyoji qandaydir ierarxik tizimda past, eng oddiy, ibtidoiy ehtiyojidan yuqori, murakkabroq tashkil etilgan. Turistik boshlanish har bir beshtadan ajratilgan piramidalar qatlamida ishtirok etadi. Asosiy piramidlar boyiroq, bazaviy ehtiyojni tashkil qiladi. Ular biogen tabiatga ega va ichki fizilogik zo’riqish oqibati hisoblanadi. Bu ierarxik zinapoyaning pastki pog’onasi dam olishga ehtiyojda joylashgan. Ishdan so’ng inson sarflangan energiyasini tiklash va ko’paytirishga zarurat sezadi. Ammo uning qayta ishlab chiqarish jarayoni jamiyat taraqqiyotning turli etaplarida bir xil emas va mehnat faoliyatining xarakteriga bog’liqdir. Ijtimoiy ehtiyoj assotsiatsiyalarga kirish, turli ittifoqlarda qatnashish, klublarga a’zo bo’lish, do’stona munosabatlar o’rnatish va h.k. lar yo’li bilan qondiriladi. Bayramlarda va muloqatlarda, qarashlar va tushinishlar, suhbat va fikr almashishga intilish odamlarga xos xislatlardir.Turizm ana shu ehtiyojlarni qondirishga imkon beradi. Boshqa tur madaniy aloqalar qatorida u do’stona munosabatlarni, xalqlar o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish va o’zaro ishonchli mustahkamlashga muhim hissa qo’shadi.

1.1-rasm.


Download 177.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling