1-ulgurji sotuvchilar korxonadan quyidagi narxda mahsulot sotib oladilar


Download 12.74 Kb.
Sana28.04.2020
Hajmi12.74 Kb.

1-masala

Mahsulotlar tannarxi – 500 so‘m, ulgurji savdo xarajatlari – 100 so‘m, chakana savdo xarajatlari – 150 so‘m, taqsimlash kanallarining har birini foydasi tovar tannarxining 20%iga teng. Xaridor tovarni qanday narxda sotib oladi?


Yechish:

1-ulgurji sotuvchilar korxonadan quyidagi narxda mahsulot sotib oladilar:

P1 = 500 + 20% = 600 so’m.

Bunga ulgurji savdo xarajatlari va foydani qo’shadi.

2- chakana sotuvchilar ulgurji sotuvchilardan quyidagi narxda mahsulot sotib oladi:

P2 = (600+100) + 20% = 700 + 20% = 840 so’m

Chakana sotuvchilar ham chakana savdo xarajatlari va o’z foydalarini qo’shadi va xaridorlar quyidagi narxda tovarni sotib olishadi:

P3 = (840 + 150) + 20% = 990 + 20% = 1188 so’m

Javob: Xaridor tovarni 1 188 so’mga xarid qiladi
2-masala
Tovar tannarxi – 1 000 so‘m, ulgurji savdo xarajatlari – 100 so‘m, chakana savdo xarajatlari – 200 so‘m. Taqsimlash kanalining har bir qatnashchisi foydasi tovar tannarxining 15% iga teng. Xaridor tovarni qanday narxda sotib oladi?
Yechish:

1-ulgurji sotuvchilar korxonadan quyidagi narxda mahsulot sotib oladilar:

P1 = 1000 + 15% = 1 150 so’m.

Bunga ulgurji savdo xarajatlari va foydani qo’shadi.

2- chakana sotuvchilar ulgurji sotuvchilardan quyidagi narxda mahsulot sotib oladi:

P2 = (1 150+100) + 15% = 1 250 + 15% = 1 437,5 so’m

Chakana sotuvchilar ham chakana savdo xarajatlari va o’z foydalarini qo’shadi va xaridorlar quyidagi narxda tovarni sotib olishadi:

P3 = (1 437,5 + 200) + 15% = 1 637,5 + 15% = 1 883,125 so’m



Javob: Xaridor tovarni 1 883,125 so’mga xarid qiladi
Download 12.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling