1. Umumiy pedagogikaning rivojlanish tarixi Umumiy pedagogikaning ob’ekti, predmeti va tuzilishi 3


Download 72.3 Kb.
bet1/13
Sana17.03.2022
Hajmi72.3 Kb.
#609551
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-dars umumiy pedagogika
G, O'rinboyev Doniyorbek, O'rinboyev Doniyorbek, Mahalliy soliq va yigʻimlar - Vikipediya, Mahalliy soliq va yigʻimlar - Vikipediya, Mahalliy soliq va yigʻimlar - Vikipediya, Mahalliy soliq va yigʻimlar - Vikipediya, Doston - Vikipediya, Doston - Vikipediya, Магистратура ШИР Ахмедова Ферузахон, 8-sinf huquq konspekt, 8-sinf huquq konspekt, qiziq o'yinlar, mulk 2-mavzu mustaqil ishi, 14-15-мавзу

Mavzu: 1 Umumiy pedagogika ta’lim va tarbiya nazariyasi. Umumiy pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari. Pedagogikaning umumiy asoslari


Reja:
1. Umumiy pedagogikaning rivojlanish tarixi
2. Umumiy pedagogikaning ob’ekti, predmeti va tuzilishi
3. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari va tushunchalari.
4. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari haqida tushuncha.
Tayanch so‘z va iboralar: pedagogika, pedagogika fanining predmeti, ta’lim, tarbiya, metod, pedagogik kategoriyalar, pedagogik fanlar tizimi, barkamol inson g‘oyasi, milliy ta’lim-tarbiya tizimi, tarbiya sub’ektlari, metodologiya, pedagogika metodologiyasi, pedagogik faoliyat, pedagogik jarayon.


Umumiy pedagogikaning rivojlanish tarixi
“Ta’lim-insonlarga yaxshiroq hayot tarzi va mavqe imkoniyatlarini beradi. Odamlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga yordam beradi. Odamlarga o‘zlari va dunyoni tushunishdagi bilimini oshiradi. Odamlardagi bag‘rikenglikni shakllantiradi. Yoshlarning hayotga va dunyoga bo‘lgan qarashini shakllantirishga yordam beradi. Millatni rivojlantirishga yordam beradi” - deydi amerikalik pedagog olim A.Muur.
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, har bir bolaning onadan dunyoga kelishi, faqat tug‘ilishidan iborat tabiiy biologik jarayon emas, balki u ma’lum qobiliyat kurtaklari bilan tug‘uladi. Lekin u inson shaxs sifatida oilada, shuningdek turli jamoalardagi faoliyat ijtimoiy munosabatlar orqali shakllanadi.
Jamiyat rivojlangani sari etuk, barkamol shaxsni tarbiyalab etishtirish ehtiyoji ham ortib boradi. Shu sababli ta’lim va tarbiya jarayoni ijtimoiy hayotning ajralmas qismi deb qaraladi.
Har bir ijtimoiy tuzumda insonning ma’naviy yuksalishini ta’minlovchi ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va ma’rifat kabi tushunchalar mavjud bo‘lib, ular pedagogika fanidagi o‘zgarishlarni jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq holda atroflicha o‘rganishni taqozo etadi.
Tarbiya-ijtimoiy xodisa. U kishilik jamiyati paydo bo‘lgan davrdan beri mavjud.
Eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o‘rtalarida, ya’ni ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar insonning kamoloti to‘g‘risidagi g‘oyalarini juda ko‘p rivoyatlardan foydalanib baxshilik yo‘li orqali avloddan-avlodlarga etkazganlar,
E. E. Bertel’s mazkur rivoyatlarda, kishilarni tarbiyalash, axloqiy barkamollik, shaxsning ma’naviy yuksakligi masalalari asosiy o‘rin olganini ta’kidlagan.
Shuningdek, ayrim tadqiqotlarda ibtidoiy davrda insonlar tarbiyaning ta’sir kuchi orqali to‘g‘ri hayot kechirganligi madaniyat va san’at sohasida ham misli ko‘rilmagan kashfiyotlar yuzaga kelgani qayd etilgan.
Grek tarixchisi Gerodot (er. Av. V asr) “Tarix” kitobida yozishicha, Markaziy Osiyoning ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashagan xalqlari asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Ularda nikoh munosabatlarining umumiy (tartibsiz) shakli hukmron bo‘lgan. Oilaning guruhli shakllarida bolaning otasi noma’lum bo‘lsa ham, lekin onasining kim ekanligi ma’lum bo‘lgan va shu sababdan bolaning tarbiyasi ona zimmasiga yuklatilgan. Asta-sekin odamlarning ijtimoiy ong faoliyatining takomillashuvi, xususiy mulkning dastlabki kurtaklarining paydo bo‘lishi-yakka tartibdagi oilalarni vujudga keltirgan.
Yakka oila paydo bo‘lgandan so‘ng mehnat tarbiyaning eng asosiy quroliga aylangan. Qadimgi eron qabilalarida mis va temirdan uy-ro‘zg‘or buyumlari yasala boshlangan. Ana shu mehnat jarayonida bolalar ham ishtirok etardi. Ibtidoiy davrdagi tarbiya asosan oilada, jamoa va mehnat maskanlarida kishilar orttirgan tajribalarni bolalarga o‘rgatishdan iborat bo‘lardi. Bolalarga o‘rgatiladigan kundalik mehnat malakalari ularni yashash uchun kurashishga tayyorlar, aql-idrokli, odobli bo‘lib o‘sishlariga xizmat qilardi. Ming yillar mobaynida moddiy ne’matlar yaratish uchun hamkorlikda qilingan mehnat kishilar o‘rtasidagi axloq-odob munosabatlarining me’yorini keltirib chiqardi. Qadimgi odamlar tafakkurining ojizligi sababli o‘z aql-idroklariga ishonch hosil qilish uchun samoga sig‘ina boshlaganlar.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davridagi kishilar mehnat jarayonida, borliqdagi narsalar va xodisalarga munosabatlari asosida o‘z dunyoqarashlari va aqidalariga tayanib xalq og‘zaki ijodi asarlarni yaratganlar. Ularning bir-biriga, atrof-muhitga, kasb-koriga munosabat borasidagi ilk fikr va tasavvurlar, mifologik asarlar timsoli bo‘lmish-“Avesto”da ifodalangan Mitra, Anaxita, Ardivissura, Varaxrana, Yima singari ma’buda va ma’budlar siymosi orqali ajdodlarimiz insonlarga yaxshilik qilish, erlarni obod va serhosil qilish, ekin ekish, daraxtlarni o‘stirish uchun jamoa harakati xususidagi mulohazalarni mujassamlashtirganlar.
Quldorlik tuzumi davrida va feodalizmning boshlarida yaratilgan “To‘maris”, “Shiroq”, “Er hubbi”, “Chistoniyali bek”, “Gershasb”, “Siyovush”, “Rustam” singari qator afsona va qahramonlik dostonlarida mehnatsevarlik, halollik, vatanparvarlik, mustahkam e’tiqodlilik, el-yurt manfaati uchun fidoiylik kabi ijobiy fazilatlar tarannum etilgan va ana shunday fazilatlarga ega bo‘lish zarurligi haqidagi g‘oyalar targ‘ib va tashviq qilingan. Muhimi shuki, mazkur asarlarda insonni yoshligidan aqliy va jismoniy jihatdan tarbiyalab, sabot-matonatli, xalq udumlariga, ajdodlar an’anasiga bo‘ysunadigan, axloqan pok qilib kamol toptirish masalalariga alohida e’tibor berilgan. Qadimgi xalq og‘zaki ijodi namunalarining, shu jumladan “Siyovush”, “Zarina va Stringey”, “Sparstra” dostonlarining qimmati, tarbiyaviy ahamiyatini mashhur sharqshunoslardan E. E. Bertel’s, S. P. Tolstov, I. S. Baraginskiy, V. Snesarev, professor N. M. Mallaev va boshqalarning asarlarida alohida ta’riflangan. Haqiqatdan, o‘zbek xalq pedagogikasining ilk kurtaklari mazkur manbalarda ko‘zga tashlanadi. Xalq pedagogikasidagi ta’lim va tarbiyaga doir fikrlar Markaziy Osiyodagi barcha turkiy xalqlar uchun mushtarak lirik she’rlar va qo‘shiqlarda yaxshi ifodalangan.
Qadimgi Yunonistonda mifologiya va xalq og‘zaki ijodiyoti nihoyatda rivojlangan. Baxshilar qadimgi grek an’analarini uzluksiz davom ettirganlar, turli afsonalarga kuylar bastalab bahodir va qahramonlarning madhini kuylar edilar. Gomer qadimgi grek afsonalari asosida ikkita doston yaratgan. “Iliada”, “Odesseya” deb nomlangan o‘sha dostonlarda greklarning janglardagi jasoratlari, qahramonliklari, vatanparvarligi, jismoniy chiniqqanligi, mardlik fazilatlari she’ri misralarda teran ifodalangan.
Qadimiy Yunonistonning ilk quldorlik davrida ikkita katta davlat-Afina va Sparta paydo bo‘ldi, ularda o‘ziga xos ta’lim-tarbiya tizimi ham vujudga keldi. Masalan, Afinada maktab tizimi uch tipdagi maktablardan, ya’ni musiqa maktabi, gimnastika maktab va gimnaziya maktablaridan iborat edi.
Musiqa maktabi xususiy maktab bo‘lib, unda pul to‘lab o‘qitilar edi. Musiqa maktablarida faqat 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan boy quldorlarning o‘g‘il bolalari o‘qirdilar. Bu tipdagi maktabda musiqiy tarbiya ham berilardi (“miza” so‘zidan olingan, qadimgi Yunonistonda “musiqa”-san’at, adabiyot va fan xudosi va xomiysi) musiqiy ta’limotning mazmuni xat-savod, adabiyot, hisob, deklamatsiya, ashula va musiqa darslarini o‘qitishdan iborat edi.
Gimnastika maktabi-palestra (kurash maktabi) deyilardi. Bu ham ma’lum bir toifadagi kishilarga qarashli maktab bo‘lib, unda 12 yoshga kirgan va ayni vaqtda musiqa maktabida o‘qiyotgan o‘g‘il bolalar pul to‘lab o‘qir edilar. Bu tipdagi maktabda o‘smirlar yugurish, sakrash, disk irg‘itish, nayza sanchish va kurash mashqini bajarardilar. Shu bilan birga suzish mashqlarini ham o‘tkazar edilar.
Gimnaziy davlatga qarashli maktab bo‘lib, unda asosan Afinadagi katta er egalari-kiborlarga mansub nomdor oilalardan chiqqan, musiqa va gimnastik maktabini tamomlagan aslzoda yoshlar o‘qirdilar. Bunda ular 16 yoshdan 18 yoshgacha jismoniy, aqliy, axloqiy va estetik tarbiya olishlarini davom ettirar edilar. Bundan tashqari, aslzodalarni davlatni idora qilishga layoqatli qilib tayyorlash maqsadida ularga falsafiy ta’lim va siyosiy tarbiya berilar, hamda notiqlik san’ati o‘rgatilar edi. 18 yoshga to‘lgan aslzodalar efeblar guruhiga mansub bo‘lib, ular 20 yoshgacha maxsus harbiy tayyorgarlik ko‘rar, ayni vaqtda ijtimoiy-siyosiy tarbiya ham olar edilar. Mana shu ta’lim-tarbiya tizimi faqat o‘g‘il bolalargagina tegishli edi. Qizlar esa yoshligidanoq uy-ro‘zg‘or ishlari bilan shug‘ullanar edi.
Sparta davlatida jismoniy kamolotga katta e’tibor berilib, ayollar ham bu ishga jalb etilgan. Chunki sog‘lom, baquvvat ayollargina sog‘lom avlodni vujudga keltirishi mumkin edi. Qullarning bolalariga esa, ota-onalarining kasb-hunarlari o‘rgatilgan.

Download 72.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling