1 Variant Didaktika nimani anglatadi?


Download 22.84 Kb.
Sana15.08.2020
Hajmi22.84 Kb.
#126375
Bog'liq
1-VARIANT


1 - Variant

  1. Didaktika nimani anglatadi?

A) Ta’lim nazariyasi tushunchasini

B) Ta’lim-tarbiya jarayonini

S)Pedagogik jarayonni rejalashtirishni

D) O’qitish qonuniyatlar tizimini



2. “Sinf-dars” tizimi asoschisini aniqlang

A) Suqrot B) Ibn Sino

S)Komenskiy D) A.Avloniy

3. Mafkura so’zining lug`aviy ma’nosi nima:



A) Siyosatlar tizimi B) E’tiqodtlar tizimi

S)G’oyalar tizimi D) To’g`ri javob yo’q

4. Ta’lim jarayonining me’yoriy xujjatlari?



A) Darslik, qo’llanmalar, ta’lim usullari, ish rejasi

B) o’quv reja, dastur, K.T.M.D

S)D.T.S. o’quv reja, o’quv dastur, darslik

D) o’quv dastur, “Ta’lim to’g`risidagi qonun,” D.T.S, darslik

5. Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish nimani bildiradi.?



A) Tarbiyani insonparvarlashtirishni B) Tarbiyani demokratlashtirishni

S)Tarbiyani milliylashtirishni D) Tarbiyani ijtimoiylashtirish

6. Talim jarayonida qo’llaniladigan vositalar nimaga xizmat qiladi.

A) O’qituvchi faoliyatini yengillashtiradi, o’quvchini tushunishiga yordam beradi.

B) Talim samaradorligini ta’minlashga, o’quvchilar bilim sifatini oshirishga xizmat qiladi

C) Ta’lim sifatini oshiradi.

D) Bilim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

7. “Ta’lim to’g`risidagi qonun”ning maqsadi nimadan iborat.?



A) O’quvchilarga zamonaviy bilimlar berishni yaxshilash

B) Xalq ta’limi tizimini islox qilish

S)Fuqarolarga ta’lim tarbiya berish, ularga kasb – xunar o’rgatishning xuquqiy asoslarini belgilaydi va har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan.

D) Yosh avlodga bilim berishning xuquqiy asosini yaratish

8. Pedagogik texnologiya so’zining eng sodda ta’rifi?



A) Vaqtdan unumli foydalanish

B) Ko’zlangan maqsadga erishish

S)O’quvchilar bilimini oshirish

D) Guruhlar bo’yicha ishlash

9.Korreksion pedagogika (defektologiya)ning qaysi sohasi nutq buzilishlarini o’rganish, oldini olish va tuzatish bilan shug`ullanadi?

A) surdopedagogika; b) oligofrenopedagogika;

S)tiflopedagogika; d) logopediya.

10. Mazkur g`oya qanday tushuncha mohiyatini yoritadi: «... shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo’nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari bo’lib, ular asosida muammoni ijobiy hal etishga yordam beruvchi tamoyillari, ob’ekti va sub’ektiv omillari aniqlanadi»?

A) pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlarining;

B) ta’lim nazariyasining;

C) tarbiya nazariyasining;

D) pedagogik fanlar tizimining;

11. Qaysi javob variantida didaktikaning asosiy kategoriyalari ko’rsatilgan?

A) tarbiya, shakllantirish, rivojlantirish, ta’lim, taksologiya;

b) sinf-dars tizimi, jarayon, tuzilish, boshqarish, qayta aloqa;

S)muqobillik, sinf, samaradorlik, idrok qilish, o’zlashtirish, o’quv fani

d) dars, dars o’tish, bilim olish, ta’lim, ta’lim jarayoni, shakl, metod;

12. Didaktika?

A) didaktika bu shaxsning rivojlanishi qonuniyatlari haqidagi fan;

b) ta’lim mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi ta’lim pedagogik nazariyasi, pedagogikaning sohasi;

S)bola shaxsini shakllantirish qonuniyatlari haqidagi fan;

d) tarbiyalovchi ta’lim mohiyatini o’rganadigan soha;

13. Ta’lim jarayoning metodologik asosi kaysi katorda tugri kursatilgan?

A) bilish nazariyasi

B) bilmaslikdan bilishga

C) notugri bilishdan tugri bilishga

D) sezgilar orkali bilish

14. “Formal ta’lim”tushunchasini kim birinchi marta qachon ishlatgan?

A)1879-yil F.Durfeld “Didaktik materalizm”kitobida

B)1791-yil E.Shmidt “Emprik psixologiya” kitobida

C)1879-yil Jon Dyui “Didaktika”asarida

D)1791-yil B.P.Esipov “Moddiy ma’lumot”asarida

15. "Darsning boshlanishini tashkil etish uy vazifasini tekshirish, darsning maqsadi va vazifasini bayon qilish, yangi materiallarni tushuntirish, mustahkamlash, darsga yakun yasash va uyga vazifa berish" tuzilishidagi darsning tipini ko’rsating

A)Yangi bilim berish darsi

B) Aralash dars

C) O`tilganlarni mustahkamlash darsi

D)Takrorlash umumlashtirish darsi

16. Pedagogikaning fan sifatdagi vazifasi nima?

A) Urgatadi. B) O’rganadi.

S)Ta’lim-tarbiya ob’ekti. D) Ta’lim-tarbiya tizimi.

17. Ta’lim jarayoning metodologik asosi kaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) bilish nazariyasi B) bilmaslikdan bilishga

S)notugri bilishdan tugri bilishga D) sezgilar orkali bilish

18. Motiv nima?

A) darsga yangilik olib kirish

B) ukitishning texnik vositalaridan foydalanish

S)kishini biror ish-xarakatni bajarishga undovchi da’vat, turtki.

D) darsni noan’anaviy usulda olib borish



19 Pedagogikaning asosiy kategoriyalari to’g’ri belgilangan qatorni ko’rsating?

A) Bilim, ilm, fan. B) Ta’lim, tarbiya, ma’lumot, rivojlanish.

S)Ukish, mustakil ish, ma’lumot berish. D) Pedagogika, metodika, fanlar.

20. Namunaviy dasturning tarkibiy qismlarining ketma-ketligini aniqlang. 1. Kirish 2. Asosiy qism 3. Ma’ruza mashg’ulotlari mavzulari 4. Amaliy. mashg’ulotlari mavzulari 5. Seminar mashg’ulotlari mavzulari. 6. Laboratoriya mashg’ulotlari mavzulari 7. Darslik va o’quv qo’llanmalari ro’yxati 8. Ko’rgazma vositalari. 9. Reyting nazorati topshiriqlari 10. Kurs ishi va loyihalar mavzulari.

A) 4,5,6,8,10

B) 1 2 3 4 5 6 10 7

S)1,2,3,4,8,7

D) 10,9,8,7,6,5.

21. «Kadrlarga bo`lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo`yiladigan talablarni belgilash, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash» vazifasi kadrlar tayyorlash milliy modelining qaysi tarkibiy qismi tomonidan amalga oshiriladi?

A) shaxs; B) davlat va jamiyat;

S)uzluksiz ta’lim; D) ishlab chiqarish;

22. Maktabdan tashqari ta’lim funksiyasi to`g`ri belgilangan javob variantini toping:

A) tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limini berish;

B) madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo`nalishlarda bolalar hamda o`smirlarning ta’limga bo`lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo`sh vaqti va dam olishini tashkil etish;;

S)mutaxassisliklar yo`nalishlari bo`yicha fundamental va amaliy bilimlarni berish;

d) bolaning sog`lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlash, unda o`qishga intilish hissini uyg`otish, uni muntazam bilim olishga tayyorlash;

23.Maktab o’quv rejasi kim tamonidan ta’sis etiladi?

A)Davlat B) Vazirlar mahkamasi



C)Xalq ta’lim vazirligi D)Maktab drektori

24. Pedagogik faoliyatda mehnat malakasi deb nimaga aytiladi?

A) Bir xil tarzda ishchi yoki uning tanasi, oyog’i, qo’li, barmoqlari bilan predmetni ko’chirish yoki ushlash uchun ketadigan jarayon;

V) Tanaffussiz bitta yoki bir nechta inson harakat organlarining ish bajarishi;

S)Egallagan bilimlarini o’zining hayotiy va amaliy faoliyatida qo’llay bilishi;

D) Kam vaqt va mehnatni sarf qilgan holda xatosiz, nazoratsiz operatsiyalarning bajarilishini ta’minlash.

25. .Milliy pedagogikaning vazifasi nima?

A) Respublikamizda yashovchi turli millat va elatlarning orzu-istaklariga monand ta’lim-tarbiyaning xam nazariy xam amaliy muammolarini milliy kadriyatlar asosida tugri xal etib berish.

B) Uzbek xalk pedagogikasi tarakkiyotini urganish.

S)Uzbek xalkining orzu-istaklariga monand ta’lim-tarbiya konunlarini ishlab chikish.

D) Milliy kadriyatlarni urganishda pedagogikadan foydalanish.

26. O’tmishda dastlab ta’lim qanday shaklda tashkil etilgan ?

A)Guruh bo’lgan holda

B)Hujralarda

C)Yakka tartibda

D)Kichik guruh holda

27. Darsga qo’yilgan talablar qaysilar?

A)Tashkil etish ,maqsad ,yakunlash

B)Bilim berish ,nazorat qilish ,amaliyot

C)Tarbiyaviy, didaktik,tashkiliy

D)O’qitish,yozdirish,bajarish

28. O’qitish usuli nima?

A) O’qitish usuli – o’quvchi va o’qituvchining o’zaro hamkorlikdagi faoliyati mahsuli;

V) O’qitish usuli – bu muayyan fanni o’qitishga taaluqli bo’lgan metod, shakl va vositalar majmuasi;

S)O’qitish usuli – pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi bo’lib, uning barcha tarkibiy qismlarini o’zaro bog’lashga xizmat qiladi;

D) O’qitish usuli – o’qitish metodini amalga oshirish jarayonida o’qituvchi va o’quvchining o’zaro hamkorlikda bajaradigan operatsiya

29. Og’zaki ta’lim metodlari qaysi javobda ko’rsatilgan?

A) Hikoya, suhbat, mashq; V) Ma’ruza, trening, suhbat;

S)Hikoya, suhbat, ma’ruza; D) Ma’ruza, seminar, laboratoriya ishi.

30. Dars jarayonida yangi bilimlarni berishda asosiy o’rinni nima

belgilaydi?

A) Laboratoriya; V)YAngi mavzu bayoni;

S)Mustaqil ish; D) Takrorlash;

31. Interfaol .... ma’nosini anglatadi. Nuqtalar o’rnida qoldirilgan so’zni toping.

A) Kichik guruhlarga ajratish; B) Guruhlarda ta’lim olish;

C) Ta’lim olish uchun o’zaro xarakat qilish; D) Bahslashish..

32. O’qituvchi va o’quvchi muloqotini bog’lovchi asosiy vosita?

A) Dialog; B) Deklamatsiya;

C) So’z; D) Nutq;

33. Insonparvarlik pedagogikasi

A) Tarbiyalanuvchini o’zgartirishga intiladi;

V) Pedagogning bilimlariga asoslanadi;

S) Tarbiyalanuvchini qanday bo’lsa shundayligicha qabul qiladi;

D) Maktabning shu kungi maqsadini o’zgartirishga intilmaydi.

34. Davlat ta’lim standartining bosh talabi nimadan iborat?

A) dars sifatini oshirish

B) ijodiy tafakkur soxibini yetishtirishdan iborat

S)o’quvchilar tarbiyasini yaxshilash

D) o’quvchilarga ta’lim berish

35. O’z-o’zini taribiyalash elementlari qaysi qatorda tugri kursatilgan?

A) o’z shaxsini, fazilatlarini tahlil qilishga, hatti harakatlari haqida o’ylashga o’rgatadi

B) o’z-o’zini taxlil kilish, o’z- o’zini baholash

C). o’quvchilarning o’zini-o’zi idora kilish organlarida qatnashishi ularni mustaqillikka undaydi

D) o’quvchilarda o’qishda, tarbiyada, dam olishda o’zlarini- o’zlari tarbiyalaydi

36. YAngi pedagogik texnologiyalarning asosi nima bo’lib hisoblanadi?

A. o’quv dasturlari bo’lib hisoblanadi V. ta’lim-tarbiya mazmuni bulib hisoblanadi

S. davlat ta’lim standartlari bo’lib hisoblanadi D. o’qitish usuli bulib hisoblanadi

37. «Inson kamolotida uch narsa – irsiyat, muhit, tarbiya muhim rol

o’ynaydi» degan fikrlar muallifi kim?

A) Forobiy;. B) Beruniy.;

C)Ibn Sino; D) YUsuf Xos Hojib;

38. Ta’limda proyeksion uskunalar va slaydlarni qo’llash qaysi didaktik tamoyilda o’z ifodasini topgan?

A) Ta’lim va tarbiyaning birligi; V) Nazariya va amaliyotning birligi;

S)Onglilik va faollik; D) Ko’rgazmalilik.

39. Ta’lim berishning asosiy kategoriyalari?

A) Ilmiy, nazariy, amaliy, isbotlilik, joriy etilganlik;

V) Bilish, tushunish, qo’llash, tahlil, sintez, baholash;

S)Og’zaki, ko’rgazmali, amaliy, laboratoriya ishlari, ekskursiyalar;

D) Ilmiylik, tushunarlilik, onglilik va faollik, uzviylik.

40. Mashg’ulotning an’anaviy metodlarini ko’rsating?

A) Og’zaki ko’rgazmali, o’z-o’zini nazorat qilish metodlari;

B) Ko’rgazmali, mantiqiy, ommaviy metodlari, bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish;

C)Og’zaki ko’rgazmali, ommaviy, mantiqiy, mustaqil ishlash, nazorat metodlari;



D) Mantiqiy, o’z-o’zini nazorat qilish metodlari, mustaqil ta’lim olish.
Download 22.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling