1-Variant Javobi i-vazifa. Test savollariga javob bering


Download 260.69 Kb.
Sana10.02.2020
Hajmi260.69 Kb.

1-Variant

Javobi

I-vazifa. Test savollariga javob bering.

1. O’qituvchining o’quvchilar bilimlarini chuqur, ongli va mustaqil egallab olishlariga qaratilgan va o’quvchilar bilish faoiiyatini boshqarishni ta’minlaydigan faoliyat usullari uima deb yuritiladi?

A . O’qitish qoidalari

B .O’qitish jarayoni

C .Ta’lim metodlari

D. O’qitish tamoyillari
2.Ta’lim oluvchilarning nutq madaniyati va mantiqiy tafakkurini taraqqiy ettirish, ularning bilish imkoniyatlari bilan bog’liq usul qanday usul deyiladi?

A .O’yin mashqi

B .Og’zaki mashq

C .Yozma mashq

D .Individual mashq
3.Ta’lim jarayoni asosini qaysi tarkibiy qismlar tashkil etadi:

A. Ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, ta’lim shakli

B.O’quvchini o’quv-bilish faoliyati, ichki ziddiyatlari, o’qituvchi faoliyati

C. Yangi bilimlarni bayon qilish,mustahkamlash

D. Aralash,amaliy va tajriba ishlari
4. Davlat standarti nima? Ta’limning:….

A. Zarur va yetarli darajasi

B. O’quv yuklamalarini me’yorga keltirilishi va ularning hajmiga qo’yiladigan asosiy davlat talablari

C. O’quv yuklamalari hajmiga qo’yiladigan asosiy davlat talablari

D. O’quv yuklamalarini me’yorga keltirilishi
5.O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari qaysilar?

A.ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi, ta’limning uzluksizligi va izchilligi, ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;



B. umumiy o’rta, shuningdek, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo’nalishi, akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi, davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;

C. ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv, bilimli bo’lishni va iste’dodni rag’batlantirish, ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish;

D. barcha javoblar to’g’ri



6. Idrok etish – anglab yetish – yodda olish, mustahkamlash – bilimlarni amaliyotda qo’llash. Mazkur holat qanday jarayon mohiyatini anglatadi?

A. o’quvchilar bilish faoliyatini boshqarishni;

B. bilimlarni tashxis qilishni;

C. bilimlarni o’zlashtirishni;

D. o’quvchilar bilimlarni nazorat qilishni.
7. Darsda o’qituvchining e’tibori bir necha o’quvchiga qaratilsa, bu vaqtda qolgan o’quvchilar mustaqil ishlasalar ta’limning bunday shakli qanday ataladi?

A.Individual

B.Individual-guruhli

S. Ommaviy

D.Guruhiy
8. Kasbga yo’naltirishning tarkibiy qismlarini aniqlang.

1)kasbiy ta’lim berish; 2)kasbni sevish; 3) kasbiy bilim berish; 4)kasbiy mashq; 5)kasbiy konsultatsiya; 6)kasbga moslashuv

A. 1,3,4,5,6

B. 1,3,4,6

S. 1,3,5,6

D. 1,2,4,5,6
9. Qaysi ta’lim turi o’quvchining bilim egallashi yo’lida har bir qadamni nazorat qilishga imkon beradigan, o’z vaqtida yordam ko’rsatish, qiyinchiliklarni oldini olish, qiziqishni yo’qotmaslik, salbiy oqibatlarning oldini olishga imkon beruvchi o;quv jarayonini texnologiyasini yaratishga yo’naltiriladi?

A.muammoli ta’lim

B.an’anaviy ta’lim

S. dasturiy ta’lim

D. tushuntirishli ta’lim
10. Pedagogik adabiyotlar va maktab amaliyotida o’quvchilar o’quv faoliyatini tashkil etishning qanday asosiy shakli qabul qilingan?

A. tabaqalashgan, individual, ommaviy

B.ommaviy, guruhli, individual

S.yakka-guruhiy, ommaviy, individual

D.integratsiyalashgan, yakka, guruhiy
11. Qadim zamonlardan mavjud bo’lgan o’qitishning eng qadimgi shakli – bu .....

A.sinf-dars

B.individual

S.ma’ruza-seminar

D.laboratoriya
12. Mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllarini aniqlang.

1)muammoli; 2)hasharlar uyushtirish; 3)izlanuvchan-tadqiqotli; 4)mehnat bayrami; 5)konstruktorlash; 6)ko’kalamzorlashtirish; 7)maktab binosoni ta’mirlash

A.1,2,4,5,7

B.2,4,6,7

S.1,2,4,6

D.1,3,5,6,7
13. Quyidagi qaysi metodlar yordamida ko’nikma va malakalar hosil qilinadi?

1)suhbat; 2)mashq; 3)laboratoriya; 4)munozara 5)demonstratsiya

A. 1,3,5

B. 2,4,5

S. 2,3,5

D. 2,3
14. Ta’lim oluvchining bilim ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, o’lchash va baholash deganda nima tushuniladi?

A.tekshirish

B.hisobga olish

S.nazorat

D.baholash
15. O’qitish shakllari to’liq berilgan javobni toping.

A. ma’ruza, seminar, amaliy, laboratoriya mashg’ulotlari, mustaqil ta’lim, amaliyot

B. mashg’ulot, turli sayohatlar, sinfdan tashqari mashg’ulotlar

C. mashg’ulot, mashg’ulotdan tashqari ishlar, turli sayohatlar, individual mashg’ulot shakllari

D. mashg’ulotdan tashqari ishlar, ekskursiya, sinfdan tashqari mashgulotlar
16.Illyustrastiya metodida nimalarni ko’rsatish ko’zda tutiladi:

A. Asboblar, maketlar, texnik qurilmalarni

B.Plakat, xarita, doskadagi rasmlarni, asboblar, maketlar, texnik qurilmalarni
C. Kinofilmlar namoish etish


D. Ko’rgazma qurollari
17. “O’tish davri” hisoblangan o’smirlik yoshi uchun xarakterli bo’lgan xususiyat nimadan iborat?

A. jismoniy faollikning ortishi, shaxsi sifatida o’zini namoyish qilishga intilish;

B. jinsiy yetilish va intensiv (tezkor) rivojlanishning kuzatilishi, mustaqillik hamda o’zini namoyish qilishga intilish;

C. ijtimoiy faollik ko’nikmalarining shakllanishi, mustaqillikka intilish;

D. o’z xatti-harakatlarini mustaqil ravishda baholay olish layoqatining rivojlanishi va jismoniy faollikning ortishi.
18. Buyuk chex olimi Yan Amos Komenskiy ta’lim qo’llaniladigan qaysi jarayonni “didaktikaning oltin qoidasi” deb atagan?

A. ta’limning tabiat bilan uyg’unligini;

B. o’quvchilarga bilim berishda ilmiy atamalardan foydalanishni;

C. ko’rsatmalilikni;

D. nazariy bilimlarning o’quvchilar uchun tushunarli bo’lishini.
19.Pedagogik tajriba tashkil etilish sharoitiga ko’ra qaysi guruhlarga bo’linadi?

A. matematik-statistik, evristik, innovatsion tajriba;

B. tabiiy tajriba, laboratoriya tajribasi, tajriba ishi;

C.bolalarni ijodini o’rganish, nazariy tahlil va matematik statistika;

D. laboratoriya tajribasi, amaliy tajribasi, sinov tajribasi.
20.Ob’ekt va mashrut bilan oldindan tanishib chiqish, rejani ishlab chiqish, o’quvchilarni muayyan topshiriqlarni bajarishga tayyorlash holatlari qanday dars shakli mazmunini ifodalaydi:

A. fakultativ darslarining;

B. seminar darslarining;

C. ekskursiya darslarining;

D. maslahat darslarining.
II-vazifa. Quyidagi savollarga javob bering.

1. Ta’lim mazmuni mohiyatini yoriting.

Ta’lim mazmuniga ijtimoiy-madaniy jihatdan qaraydigan

bo‘lsak, u insonni jamiyatdagi hayotga tayyorlash va ijtimoiy

ahamiyatga ega vazifalarni bajarishga tayyorlovchi, ma’lum

pedagogik qoidalarga moslashtirilgan bilim, ko‘nikma va

malakalar, ijodiy faoliyat vosita va usullaridan iborat tizimdir.

Boshqacha so‘z bilan aytganda, ta’lim mazmuni - ilmiy bilim,

ko‘nikma va malakalar tizimi bo‘lib, ularni egallash

o‘quvchiiarning aqliy va jismoniy qobiliyatlarining rivojlanishi,

ulaming dunyoqarashi va ahloq normalarining shakllanishi,

ijtimoiy hayot va mehnat faoliyatiga tayyorlanishi ta’minlanadi.

Zamonaviy didaktikada ta’lim mazmuni va uning strukturasi

haqida so‘z borganda turli yondashuvlar mavjud. Uning birinchi

sababi shundan iboratki, ta’limning maqsadlari hamda uning

amalga oshiradigan vazifaiari jiddiy tarzda o‘zgarganligidadir.

Yana bir sababi esa ta’lim - insoniyat tomonidan erishgan fan

yutuqlari va madaniy me’roslami o‘quvchilar tomonidan egallash

degan tushuncha о‘quvchiiarning o‘z imkoniyatlarini amalga

oshirish va ko‘zlagan maqsadlariga erishish bilan to‘qnash

kelishidir.

Bir tomondan ta’lim mazmuni deganda o‘quvchiga bog‘liq

bo‘lmagan tashqi ta’sir qiluvchi omil tushunilsa, boshqa jihatdan

o‘quvchxda ta’lim olish jarayonida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar,

uchinchidan esa shaxsiy va ijtimoiy madaniy jihatlar aloqasi

tushuniladi.

Ta’lim mazmuniga nisbatan turli yondashuvlar va qarashlar

mavjud bo‘lishidan qat’iy nazar uning manbasi insoniyat

tomonidan to‘plangan ijtimoiy-madaniy tajriba va merosdir.

Taiim mazmunini belgilash va shakllantirish bir nechta

bosqich orqali amalga oshiriladi. Bular:

- ta’lim mazmuni yaxlit holda, o'rganiladigan ijtimoiy tajriba

elementlari, strukturasi va ijtimoiy funksiyalari umumlashgan

holda pedagogik talqinda berilib davlat taiim standartlarida aks

etgan nazariy bosqich;

- maxsus bosqich, bunda alohida о‘quv predmetlarining

mazmuni belgilanib o‘quv dasturlarida o‘z aksini topadi;

- ta’lim mazmunini shakllantiruvchi alohida o‘quv

predmetiga xos o‘quv elementlardan iborat boigan quyi bosqich

boiib, darslik va qoilanmalarda o‘z aksini topadiboiib, darslik va qoilanmalarda o‘z aksini topadi

Taiim to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasida taiim mazmunini



belgilash tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:

Davlat ta ’lim standartlari umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasbhunar

va oliy ta ’lim mazmuniga hamda sifatiga qo ‘yiladigan

talablami belgilaydi.

Davlat ta ’lim standartlarini bajarish О ‘zbekiston Respublikasining

barcha ta lim muassasalari uchun majburiydir.

DTSning tashkil etuvchilari:

1. o‘quvchilar bilimiga, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan

minimal talablar

2. o‘quv reja

3. o‘quvdastur

4. baholash me’zonlari

Davlat ta'lim standard (DTS) ta'lim mazmuni, shakllari,

vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi.

Ta’lim mazmunining o‘zagi hisoblangan standart vositasida

mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli muassasalarda

(davlat va nodavlat) talimning baTqaror darajasini ta'minlash

sharti amalga oshiriladi. DTS o‘z mohiyatiga ko‘ra о‘quv

dasturlari, darsliklar, qo‘llanmalar, nizomlar va boshqa me’yoriy

hujjatlami yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.Umumiy o‘rta

ta'limning davlat ta’lim standard o‘zming tuzilishi va mazmuniga

ko‘ra davlat, hudud, maktab manfaatlari va vositalari muvozanatini

aks ettiradi hamda eng asosiysi o‘quvchi shaxsi, uning

intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi.

Ta’lim mazmuni — davlat ta’lim standartlari asosida belgilab

berilgan hamda ma’Ium sharoitda muayyan fanlar bo‘yicha

o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.

Ta’lim mazmuni - shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini

har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy

hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining

mohiyati.

Ta’lim asosida jamiyat rivojlanishining obyektiv ehtiyojlari

turadi. Taiim insonning mehnat olamiga samaraliroq kirishini,

jamiyat hayotiga qo‘shilishini ta’minlaydi. Ta’lim jarayon bo‘lib, u natija va tizimdir.

Ta’lim jarayon sifatida bilimlar, ko‘nikma va malakalarning ma’lum yig’indisini,

faoliyat va munosabatlaming tegishli tajribasini o‘zlashtirishga

qaratilgan maxsus ishlaming tashkil qilinishidir. Ta’lim natija

sifatida bilimlarni, faoliyat va munosabatlar tajribasini o‘zlashtirishda

erishilgan darajadir. Ta’lim tizim sifatida davlat

muassasalari va boshqarish organlarining majmuasi bo‘lib, ular

doirasida insonni tarbiyalash jarayoni amalga oshiriladi. Shu tariqa,

ta’lim doimo bir yo‘la tarbiyalash jarayonini ham, o‘qitish

jarayonini ham ifodalaydi.Yosh avlod haqida gap borar ekan,

shaxsning kamol topishi, o‘z mavqeyini anglash va o‘zini

ko‘rsatish masalalari birinchi o'rinda turadi. Bu masalalar butun

jamiyat va maxsus yaratilgan ijtimoiy institutlar va insonning o‘zi

tomonidan tasodifiy ravishda ham, maqsadga muvofiq yo‘sinda

ham hal qilinishi mumkin. Ta’lim tizimida shaxsning ijtimoiylashuvi,

kasbni egallashi va moslashuvi jarayonlarini maqsadga

muvofiq tarzda boshqarishga ham da’vat etilgan.Bugungi kunda

har bir xalqning faqat o‘z milliy madaniyati asosida o‘qishi va

tarbiyalanishi yetarli emasligi, u jahon madaniyati boyliklarini ham

anglashi zarurligi to‘g‘risidagi fikrlar tasdiqlanmoqda. Bilimdon

kishilami tarbiyalashdek an’anaviy vazifa o‘miga atroflicha fikr

yuritadigan ijodkor kishilami kamolga yetkazish vazifasi olg‘a

surilmoqda. Ilgari ma’lumotlilik darajasi o'rganilgan qoidalar,

tahlil qilingan asarlar, yodlangan she’rlaming soni va bir xil

masalalami yechish ko‘nikmasi bilan belgilangan boisa, hozirgi

kunda bu daraja miqyosi kengaydi. Eng muhim masalalami qo‘ya

bilish har qanday ishga ijodiy yondashish kabi xislatiar

ma’lumotlilik darajasini ko'rsatadi.

  1. Ta’lim metodi”, “Metodika”, “Texnologiya” Ta’lim usuli” tushunchalarining mohiyatini yoriting .

Ta’lim metodi - o‘qituvchining crquvchilar bilan muntazam

qo‘llaydigan, o‘quvchilarga o‘z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini

rivojlantirish, bilim va ko'nikmalami egallash hamda ulardan

amalda foydalanish imkonini beruvchi ish usuli.

Ta’lim metodlari muayyan pedagogik jarayondan ko’zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun bajarish lozim bo’lgan vazifalarii amalga oshirishda qo’llaniladigan turli-tuman ish usullari va shakllarini o’z ichiga oladi.

Muayyan ta’lim-tarbiyaviy maqsadga qaratilgan biror harakatni amalga oshirish yo’li, usuli yoki ko’rinishidan iborat bo’lib shakllangan faoliyat shu maqsadga erishishga xizmat qiluvchi o’ziga xos ta’lim metodini hosil qiladi.

Bunda harakatni amalga oshirish yo’li deb bajarilishi talab qilinayotgan faoliyat uchun qo’llash mumkin bo’lgan bir nechta yo’llardan oldindan ko’zda tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo’lni aytiladi. Masalan, savod o’rgatish yo’llari: oilada o’rgatish, maktabda o’rgatish, maktabgacha ta’lim muassasasida o’rgatish, o’qituvchi yordamida o’rgatish, kitoblar, kompyuter, ko’rgazma qurollar va boshqalar vositasida o’rgatish. Shunga o’xshash sanoqni, arifmetik amallarni o’rgatishda ham yuqoridagiga o’xshash yo’llardan foydalanish mumkin. Shu yo’llardan foydalaщb harakatni amalga oshirishda har turli metodlarni qo’llaniladi.

Masalan, savod o’rgatish maqsadida yuqorida aytilgan yo’llardan istalgani tanlangandan keyin, shu har bir yo’l uchun maqsadga muvofiq deb hisoblangan metodlarni qo’llaniladi. Bular, oilada, maktabgacha ta’lim muassasasida, maktabda savod o’rgatishni amalga oshirishda o’qituvchinnng, tarbiyachining qo’llaydigan ish usullarini; kompyuter, kitob va boshqa ta’lim- tarbiya vositalarini belgilangan maqsadga muvofiq qo’llash metodlarini o’z ichiga oladi. Shunga o’xshash sanoqni, arifmetik amallarni o’rgatish yuzasidan ham tanlangan har bir yo’l o’ziga xos metodlarni qo’llashni nazarda tutadi. Demak har bir harakat ma’lum yo’lda va shunga muvofiq metodda amalga oshiriladi.



Metodika (fan sifatida) - xususiy fanlami o‘qitishning o‘ziga

xos xususiyatlarini o‘rganadi.

Metodika – biror ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, usullari, yo’llari majmuasi. U alohida metodikalardan tashkil topadi. Pedagogika fani sohasida ma’lum o’quv fanini o’qitish hamda tarbiyaviy ishlar qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar.



Texnologiya - biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llanadigan

yo‘llar, usullar majmuasi.



  1. Dars tavsifi va darsni tashkil etishga qo‘yiladigan didaktik talablar

Hozirgi paytda о'quv ishlarini tashkil etishning quyidagi

shakllari qoilanadi: dars, ekskursiya, о‘quv ustaxonalaridagi

mashg;ulotlar, mehnat va ishlab chiqarish taiimi shakllari, uy

ishlari, sinfdan tashqari o‘quv ishlarining shakllari (predmet

to‘garaklari, studiyalar, olimpiadalar, tanlovlar).

Pedagogik adabiyotlarda va maktab amaliyotida darsdagi

ishlami tashkil etishning asosan uchta: yakka tartibdagi, umumiy

va guruhiy shakllari qabul qilingan. Biz darslardagi va uydagi

yakka tartibdagi ishlar deganda o‘quvchilarning o'zlari uchun

maxsus tanlangan va har birining imkoniyatlariga mos topshiriqni

bajarishlarini tushunamiz. Shunga ko‘ra o‘qituvchi o'quvchining

o‘ziga xos imkoniyatlarini aniq lab, unga faqat tayyor namuna

bo‘yicha emas, balki mustaqil holda ishlashni ham talab qiladigan

topshiriqlar sistemasini tanlaydi. Bunday ish tasodifiy emas, balki

muntazam, puxta o‘ylangan bo‘lishi va bunda o‘quvchining

xususiyatlari hamda imkoniyatlari hisobga olinishi lozim. О‘quv chi

imkoniyatlarining ikki tomoni nazarda tutilishi zarur. 0 ‘quv

imkoniyatlarining ichki tomoniga fikrlash va eslab qolishdan iborat

o‘qish qobiliyati; o‘quvchi iigarigi ta’limda olgan maxsus bilimlar,

shuningdek, o‘quv mehnatiga doir ko‘nikma va malakalarning,

ma’lum darajada ish qobiliyati va mas’uliyatning, o‘qish sabablari

majmuyining mavjudligi kiradi. 0 ‘quvchi imkoniyatlarining tashqi

tomoni unga maktabda xilma-xil ta’sir ko‘rsatishdan va uning oila

muhitida oladigan taassurotlaridan iboratdir. Yakka tartibdagi

ta’lim har bir o‘quvchiga yetarli darajada chuqur va puxta bilimlar

berish uchun, har bir o‘quvchi maqsadga muvofiq kamol topishini

va zararatga qarab o‘zining bilimlarini mustaqil holda to‘ldirib

borish ko‘nikmalariga ega bo‘lishini ta’minlash uchun kerak.

Yakka tartibdagi ishlami darsning hamma bosqichlarida tashkil

qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday ishlardan bilimlarni

mustahkamlash, takrorlash va turli mashqlami uyushtirishda

foydalanish juda osondir. Ular yangi materialni o' rganishda ham

g‘oyat samaralidir. 0 ‘quvchilar bilan olib boriladigan yakka

tartibdagi ishlar rejasini quyidagi yo‘sinda tuzish mumkin:

- dastlab mustaqil ishlami o‘tkazish hamda o‘quvchi

yashaydigan va o‘qiydigan sharoitlami tahlil qilish orqali uning

imkoniyatlarini o‘rganish;

- o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlashning didaktik

vositalarini yaratish;

- har bir o‘quvchi uchun eng maqbul topshiriqlami hamda

bilim olishi va kamol topishini nazorat qilish sistemasini belgilash,

o‘quvchini o‘z vaqtida murakkabroq masalalarni hal qilishga

o‘rgatish, amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish va umumlashtirish,

tuzatish va xulosalar chiqarish.

Darsga qo‘yi)adigan talablar

1. Har bir dars ma'lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan

va puxta rejalashtirilgan bo‘lmog‘i lozim. Buning uchun:

a) dars yoshlami barkamol shaxs ruhida tarbiyalashning

umumiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqadigan aniq bir

maqsadni amalga oshirishga qaratilgan boiishi; \

b) darsning maqsadi albatta, o‘quvchilarga tugallangan bilim

berishni nazarda tutgan bo‘ lishi:

d) bir soatlik darsda o‘ tishga moijallangan mavzu dastur

materialining bir qismi sifatida ifodalanishi va bu materiallar o‘zaro

ichki mantiqiy bogianishga ega boiishi;

e) o‘tilishi kerak boigan materialning xarakteriga ko‘ra qanday

dars tipi, o‘qitish metodidan foydalanish nazarda tutilishi;

f) sinf o‘quvchilarining faolligini oshirish maqsadida

umumsinf va ayrim o'quvchilar bilan qanday ish olib borish

kerakligi belgilangan boiishi kerak.

2. Har bir dars mustahkam g‘oyaviy-siyosiy jihatdan tarbiyaviy

yo‘nalishga ega bo‘lmog‘i lozim:

a) darsning mazmuni oiilayotgan mavzuning mohiyatiga

bogiiq holda o'quvchiiami g'oyaviy-siyosiy jihatdan tarbiyalashga

xizmat qiladigan materiallar bilan boyitilishi;

b) dars o‘tilayotgan mavzuning mazmunidan kelib chiqadigan

tabiat, jamiyat va kishi tafakkuri taraqqiyoti haqidagi ilmiy bilimlar

o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi va e’tiqodlarining

shakllanishiga qaratilgan boiishi;

d) dars oiilayotgan mavzuning mazmunidan kelib chiqadigan

ilmiy nazariyalar orqali o‘quvchilaming dialektik, materialistik

dunyoqarashlarini shakllantirish va o‘quvchiIami barkamol shaxs

ruhida tarbiyalashi lozim.

3. Har bir dars albatta, turmush bilan, amaliyot bilan

bogiangan boimogi lozim. Bunda ayniqsa:

a) matematika, fizika, kimyo, biologiya, geometriya va boshqa

fanlaming ilmiy asoslari, uni turmushda, ishlab chiqarish

amaliyotida qoilashi;

b) sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlanishida fanning tutgan

o‘rni kabiJar nazarda tutilishi lozim,

4. Har bir dars xilma-xil metod, metodik usul va vositalardan

keng va unumli foydalangan holda olib borilishi lozim.

5. Darsga ajratilgan har bir soatni tejab undan samarali

foydalanish lozim.

6. Har bir dars o‘qituvchi va o‘ quvchiiarning faoliyati

birlashgandagina qo‘yilgan maqsadga erishish mumkin. Buning

uchun:

a) o‘qituvchi darsga puxta tayyorlanishi;

b) shu dars davomida ishlatiladigan ko‘rgazmali o‘quv

materiallarini to‘g‘ri tanlashi va ishlatishi;

d) sinf jamoasi va har qaysi o‘quvchi bilan munosib

muomalada boiishi;

e) sinf faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlami to‘g‘ri

belgilashi, ayniqsa, o‘quvchiiarning mustaqil fikr yuritishlarini,

ulaming diqqatini jalb qilish va ma'lum topshiriqlami kitob bilan

ishlash, tajriba oikazish va yozma grafik ishlami bajarish.

Zamonaviy darsga qo‘yiladigan didaktik talablar:

- Ta'limiy topshiriqlami uning barcha elementlarini hisobga

olgan holda aniq qo‘ya bilish.

- 0 ‘quv rejasi va darsning maqsadini hisobga olgan holda

hamda o‘quvchilaming tayyorligi, tayyorgarligini, darsning

optimal mazmunini belgilash.

- Darsda va uning har bir bosqichida o‘quvchilaming

bilimlarni о ‘ zlashtirishlarini hisobga olish.

-- Darsdagi jamoa va individual ishlash yo‘llarmi hisobga

olgan holda samarali metod, usul va shakllami tanlash.

- Darsda barcha didaktik prinsiplamj qo‘llash.

- 0 ‘quvchilami muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari uchun quiay

shart-sharoitlami yaratish;

III-vazifa. Quyidagi topshiriqlarni bajaring.
1-topshiriq. Huquqiy tarbiyaning maqsad va vazifalariga doir tushunchalar tahlili metodini bajarish


TUSHUNCHALAR TAHLILI

Tushunchalar

Mazmuni

Kasbiy faoliyatingizdagi o‘rni

Huquqiy ta’lim

Huquqiy ta’lim - o‘quvchilarga huquqiy me’yorlar, qonunlar

hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to‘g‘risidagi tizimlangan

bilimlami berish, ularda huquqiy bilimlami egallashga

bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, huquqiy ongni shakllantirish

jarayoni.


O‘quvchilarda huquqiy bilimlami egallashga bo‘lgan ehtiyojni

yuzaga keltirish, huquqiy ongni qaror toptirishga erishish, o‘quvchilarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi

ko‘nikma va malakalani hosil qilishga yordam berish

Huquqiy ong


Huquqiy ong huquqiy madaniyatning g‘oyat muhim

qismlaridan bin bo‘lib, u eng awalo odamlaming qonunga

munosabatlarini ifodalovchi qarashlari va e’tiqodlaridan, ulaming

huquqiy tasavvurlaridan, intilish va tuyg‘ularidan iboratdir.

Huquqiy ong o ‘z ichiga: huquqiy tushuncha; huquqiy his~tuyg‘u;

xohish-iroda kabi qismlarni qamrab oladi.

Huquqiy ongni oshirish va huquqiy

madaniyatni yuksaltirish 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

va boshqa mavjud qonunlar yoki huquqiy me’yoriy hujjatlar

asosida amalga oshiriladi.

Huquqiy ongni shakllantirish orqali huquqiy tarbiya

me’yorlarini hayotga tadbiq etish muayyan qoidalarga amal

qilishga yordam beradi.

Huquqiy madaniyat


Huquqiy madaniyat bu - shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning

o‘zlashtirilishi hamda huquqiy faoliyatni tashkil etish

darajasining sifat ko‘rsatkichidir.


Huquqiy darslar davomida o'quvchilami qonuniy va qay

holatlarda qonun buzilishlar sodir etilishini chuqur idrok etib

borishlari lozim. Shuningdek, ushbu darajalarda davlat ramzlari,

ularga nisbatan faxr-iftixor, Ona Vatanga cheksiz mehr tuyg‘ulari

singdirilib borilishi kerak

Huquqiy tarbiya


Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy huquqiy

bilimlar negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi

ko‘nikma va malakalani hosil qilish, unda ijobiy mazmundagi

huquqiy sifatlami qaror toptirish va huquqiy madaniyatni

shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi.

Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar

hal etiladi:

- o quvchilarga huquqiy me'yorlar, qonunlar va ijtimoiy-huquqiy

munosabatlar mohiyati hamda ulaming ijtimoiy hayotdagi

ahamiyati to‘g‘risida ma'lumotlar berish;

- ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasavvur, huquqiy idrok, huquqiy tafakkur, huquqiy savodxonlik, huquqiy

mas'ullik, huquqiy faollik, huquqiy e'tiqod va huquqiy salohiyat)

ning qaror topishini ta'minlash;



O‘quvchilami huquqiy

bilimlar bilan qurollantirish, mazkur bilimlar asosida o‘z xulqatvoriga

nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, qonun va

qoidalarga rioya qilish muhimligini uqtirish, muayyan huquq va

erkinliklardan foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini singdirish.

Huquqiy faoliyat


huquqiy me’yorlar, qonunlar talablariga

nisbatan ongli yondashish, ularga qat’iy va og‘ishmay amal qilish,

qonunlami hurmat qilish, ulami shaxs erkini himoya qilish kafolati

sifatida e’tirof etish, huquqiy munosabatlar jarayonidagi faol

ishtirokni tashkil etishga yo‘naltirilgan amaliy xatti-harakatlar

majmui

yuridik xizmatlarga nisbatan ehtiyojni qaror toptirish, har

qanday ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz

kuraslmi tashkil etish)ni shakllantirish,

shaxs huquqiy ongini shakllantirish,, shaxs huquqiy faoliyatini y o ‘lga qo'yish.

Milliy g‘urur



Milliy g‘urur (tor ma'noda) - insonlarga xos his-tuyg‘u sifati - tushunchaning ifodasidir. Keng ma'noda milliy g‘urur ijtimoiy-ma'naviy xodisa tarzidagi talqindir. Milliy g‘urur milliy ong bilan uzviy bog‘lik holda shakllanib, rivojlanadi

Milliy g‘urur har bir millat hayotidagi mavjud moddiy va ma'naviy asoslarda, ob'ektiv va sub'ektiv omillar ta'sirida, individual va ijtimoiy darajalarda shakllanib, rivojlanib, o‘ziga xos shakl-ko‘rinishlarda namoyon bo‘luvchi ijtimoiy, ruhiy-ma'naviy hodisadir.


Milliy g‘urur - shaxs g‘ururi - bu faxrdir. Har bir shaxs o‘z yutuqlaridan mamnuniyat hissini tuyadi, ota-ona farzandlaridan, ustoz iste'dodli shogirdidan, yozuvchi yaxshi asaridan, bog‘bon so‘lim bog‘idan faxrlanadi

Millatning yutuqlari, obro‘y-e'tibori bilan faxrlanish, uning muammolariga befarq qarab turmaslik; o‘z eliga, millatiga jonkuyar bo‘lish; o‘z millatining moddiy, ma'naviy merosini asrab - avaylash; xalq odatlari, an'analari, qadriyatlarini hurmat qilish, ularni boyitish va takomillashtirish; o‘z millatiga mehr-muhabbatini amaliy faoliyatda namoyon qilish tuyg’ularini o’quvchilarga singdirish asnosida milliy g’urur tuyg’usini uyg’otish



2-topshiriq. Tarbiya metodlari, usullari va vositalari tushunchalari hamda tarbiya metodlari tasnifiga doir Assisment metodi


Test

Tarbiya metodlariga berilgan ta’rifni tanlang.

A. Turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari.

B.Shaxsga tarbiyaviy ta’sir etish, uning hayoti va faoliyatini uyushtirish asosida unda ma’naviy-axloqiy tushuncha, e’tiqod va fazilatlarni tarkib toptirish usullari.

S. Tarbiyalash, pedagogik ta’sir ko‘rsatish xususiyatga ega xatti-harakatlar majmui.


Muammoli vaziyat

Sinf o‘quvchilaridan biri doim ertalab darsga kechikib keladi. Bunga odatlanib qolish yomon ekanligi qanchalik tushuntirilmasin, u bu odatini tashlamadi.

Bunday holatda suhbat, ogohlantirish, tarbiyalovchi vaziyat, o'rgatish, jazolash, maqullash, dalda berish, hikoya, nazorat metodlari orqali bolada shunga ko’nikma hosil qilishiga yordam berish

Simptom

Tarbiyaning umumiy metodlari: :

I. Ijtimoiy ongni shakilantirish metodlari.

II. Ibrat-na ’типа metodlari.

III. Rag ‘batlantirish va jazolash.

.

Tarbiya vositalari:

Tarbiya vositalari bu biron bir taribiyaviy masalani maqsadga mufoviq yo’l bilan hal qilish ni tashkil e’tish uchun ishlatiladi. Tarbiya vositalari tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun o’qituvchi tarbiyachining tarbiya tizimiga kiritilishi lozim. Tarbiya natijalari tarbiyaviy jarayonining usullari, uslubi, vositalari va shakllaridan moxirona foydalanishga bog’liq.



Amaliy ko‘nikma

Xalq pedagogikasida qanday tarbiya metodlari qo‘llaniladi?

Tushuntirish (o’rgatish, odatlantirish, mashq qildirish).
Namuna (maslahat berish, o’zr so’rash, o’rnak bo’lish, yaxshiliklar tug’risida gapirish).
Nasixat berish (undash, ko’ndirish, iltimos qilish , yolvorish, tilak itsak bildirish, ma’qullash, raxmat aytish ,duo qilish , oq yo’l tilash ).
Qoralash va jazo (ta’kidlash, ta’na, gina, tanbeh berish, majbur qilish , koyish, ont, qasam, urish, kaltaqlash va x.)
Xalq pedagogikasining nodir namunalari, tarbiya usullari va tarbiyaviy ta’sirlar muayyan vositalar orqali amalga oshirilgan. Mexmon kutish, mexmonga borish, turli mexnat jarayonlari, xasharlar, turli guringlar, musobaqalar, turli nishonlashlar, sayllar, turli marosimlar, bazmlar va b.




3-topshiriq. Dars va unga qo‘yiladigan talablarning o‘zlashtirilishiga doir ijodiy test topshirig‘i

1. Kerakli so‘z yoki jumlani topib qo‘ying.

Dars bevosita o‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli.

2. Gapni davom ettiring.

Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi quyidagi o‘ziga xos belgilarga ega, chunonchi,o’quvchilarning doimiy guruhi, o’quvchilar faoliyatiga ularning har biri xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o’rganilayotgan fan asoslarini bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki o’z xususiyatini ham aks ettiradi)..

3. Gapni tugallang.

Darsga qo‘yiladigan didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko‘rinishlaridan mos ravishda foydalanish ,darsda va uning har bir bosqichida o’quvchilarningbilimlarini o’zlashtirishlarini hisobga olish, darsda barcha didaktik prinsiplarni qo’llash.

4. Kerakli so‘zni topib qo‘ying.

O‘quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo‘lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo‘yish, faqat o‘quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mashuliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, ehtiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish kabilarning darsga qo‘yiladigan tarbiyaviy talablarni o‘zida aks ettiradi.

5. Gapni davom ettiring.

Darsga qo‘yiladigan rivojlantiruvchi talablarga o‘quvchilarda o‘quv-o‘rganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik shakllantirish hamda rivojlantirish, o‘quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini o‘rganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish”, “o‘zib ketish” darajasidagi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish,rivojlanishidagi yangi o’zgarishlarni rag’batlantirish. o’quvchilarning intellektual, emotsional rivojlanishidagi yangi o’zgarishlarni rag’batlantirish o‘quvchilarning intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko‘ra bilish, boshlanayotgan o‘zgarishlarni hisobga olish asosida o‘quv mashg‘ulotlarini operativ qayta qurish kabilar kiradi.

nasihatlar, maqol va matallar, topishmoqlar, rebus, videoroliklardan foydalanib dars o’tish
IV vazifa. Oila tarbiyasininig maqsad va vazifalari mazmun va mohiyatini yoriting.

Oila jamiyatning bir bo‘lagi. Shunday ekan, inson shaxsini

shakllantirish oiladan boshlanadi. Oila murakkab ijtimoiy guruh

bo‘lib, biologik, ijtimoiy, ahloqiy mafkuraviy va ruhiy

munosabatlaming birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila tor

maishiy tushuncha emas, balki u ijtimoiy jamoa. Shu sababli oilalar

birlashib, jamiyatni tashkil etadi. Jamiyatdagi o‘zgarishlar oilaga

ta’sirini ko‘rsatganidek, oiladagi o‘zgarishlar ham jamiyatga o‘z

ta’sirini o'tkazadi. Darhaqiqat oila, ayniqsa o‘zbek oilasi asrlar

osha yosh avlodni tarbiyalashda, komil insonni voyaga yetkazishda

muqaddas maskan bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Har bir

insonda Vatan tushunchasi ilk bor tetapoya bo‘lib o‘sib kelayotgan

yosh go‘dakning ongi, ruhi va qalbiga kirib boradi, butun umri,

hayotiy faoliyati davomida yana ham sayqallanib, mazmunan

mujassamlashadi. Bu jarayon oiladagi sog‘lom muhitda, otabobolar

o‘giti, ota ibrati, ona mehri, aka-uka, opa-singillaming

mehr-oqibati orqali amalga osbib boradi. Shaxs ma’naviyati,

dunyoqarashi, tafakkuri, e’tiqodi, iymoni avvalo oilada shakllanadi.

Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek “Bu

muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson o‘z farzandlari baxtu

saodati, fazl-u kamolotini ko‘rish uchun butun hayoti davomida

kurashadi, o'zini ayamaydi. Bola tug‘ilgan kundan boshlab oila

muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar

bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy

hayot maktabi orqah jamiyat talablarini anglaydi, his qiladi ”.

Shu sababli Prezidentimiz tomonidan 1998 yilning “Oila yili”

deb e’lon qilinishi va shu yilning o'zida Oila kodeksining qabul

qilinishi hamda mamlakatimiz tarixida ilk bor tashkil etilgan

Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining maqsadi ham

davlatimizning oilani har tomonlama mustahkamlash, himoya etish

borasidagi siyosatiga hamohang bo‘lib, oilaga taalluqli boy va

sermazmun milliy an’analami avaylab-asrash, ulami umuminsoniy

qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish, oila va nikohning

muqaddasligini yosh avlod ongiga chuqur singdirish yoii bilan

oilani mustahkamligi, barqarorligini ta’minlash, oila a’zolarining

huquqiy savodxonligini oshirish muammolarini ilmiy o'rganish,

oilaviy hayotga bog‘liq muammolami tadqiq etish va fuqarolarga

bu masalalarda amaliy yordam berishdan iboratdir. Shuningdek

Yurtboshimiz LA.Karimov tomonidan 2012-yilni “Mustahkam

oila yili” deb e’lon qilinishi ham oilalarga boigan e’tibomi yana

bir bor tasdig‘i desak mubolag'a bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan

hukumatimiz tomonidan “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi

ishlab chiqilishi oilada yoshlar tarbiyasiga e’tibomi yanada

kuchaytiradi va oiialarni mustahkamlash bilan bogiiq masalalami

yechimini topishga xizmat qiladi. Prezidentimiz LA.Karimov

aytganlaridek: "... hammamizga ayon bo‘lishi tabiiyki, oila

sog‘lom ekan — jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan —

mamlakat barqarordir". Oila davlatning, jamiyatning asosiy

tayanchi ekan, uning mustahkamligi, tinch-totuvligi, farovonligi va

barqarorligidan jamiyat manfaatdordir. Oilada ma’naviy va

jismoniy yetuk avlodni tarbiyalash, yoshlarni oilaviy hayot qurishga

tayyorlash, zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish

lozim. Shuni unutmaslik lozimlci, farzandlarimizning har

tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina, oila

tarbiyasi muvaffaqiyatli bolishi mumkin. Yosh avlod hayotining

ko‘p qismi oilada o‘tadi. Shu boisdan turmushning murakkab

muammolari bilan oilada tanishadilar. Oiladagi mavjud an’analar,

urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy ta’sirida yigitqizlar

asta-sekin kamol topib boradilar. An’ana va marosim

tarbiyaning qudratli quroliga aylanadi. Kelajagimizning bunday

bo‘lishi hozirgi kunda biz tarbiyalayotgan yoshlarga bog‘liq. Bu

qonuniyat oilaning tarbiya borasidagi faoliyatiga ham bog‘liq.

Oilaviy tarbiyaning murakkabligi shundaki, har bir oila o4ziga xos

bir olam, u tarbiya ishida ham o‘ziga xos xususiyatlami namoyon

qiladi. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada

bo‘lsagina, о‘sib kelayotgan yosh avlod farovonligini ta’minlashi

mumkin. Oila tarbiyasi ota-onalarga pedagogik bilimlar berish,

oilaviy tarbiya bo‘yicha yutuqlar, tajribalar almashishi, ota-onalami

tarbiyaviy ishlarga qizg‘in jalb qilishga ham bog‘liqdir. Har bir otaona

o‘z farzandlarini tarbiyalash borasidagi burch va

mas’uliyatlarini chuqur anglashlariga bog‘liqdir. Bundan tashqari

normal oilaviy muhit, ota-onaning obro‘si, to‘g‘ri kundalik reja,

bolaning kitob o‘qishiga, mehnat qilishiga o‘z vaqtida jalb qilishlari

ham muhim muvaffaqiyat garovidir. Oilada ota yoki onaning

yo‘qligi yoki ketib qolishi tarbiyaga juda katta zarar ko‘rsatadi.

Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy ta’siri kuchi yo‘qoladi. Oila

tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi

qattiq jarahotlanadi. U tajang, serjahl, qo‘pol, dag‘al bo‘lib qoladi,

kattalarga ishonmay qo‘yadi. 0 ‘qishi ham pasayib ketadi. Oila

tarbiyasidagi muammolardan biri yolg‘iz farzandni tarbiyalashdir.

Bunday sharoitda bola faqat kattalar davrasida bo‘ladi. 0 ‘ziga

yaqin yoshdagi bolalar bilan muomala qilish imkoniyati bo‘lmaydi.

Oilada ko‘p bola bo‘Isa, ular bir-birini tarbiyalaydi. Bundan

tashqari oiladagi kelishmovchiliklar, ota-onalar bilan bolalar

o‘rtasidagi tengsizlikka asoslangan munosabatlar, ayrim otaonalarning

madaniyat va ma’lumotining nisbatan past saviyada

ekanligi tarbiyaga xalaqit beradi, oilaviy muhitda qaramaqarshiliklar,

o‘zaro kelishmovchiliklami vujudga keltiradi. Oila

tarbiyasi uydagi omillarga diqqatini qaratmog‘i lozim. Jumladan,

oilada ruhiy xotiijamlik, samimiylik munosabatlari shakllangan

bo‘lishi, ota-ona obro‘si yuqori bo‘lishi, bolalarga talab qo‘yishda

oiladagi kattalar o‘rtasidagi birlikni saqlanishi, bola shaxsini

mehnatda tarbiyalashga alohida e’tibor berish, bolani sevish va

izzatini joyiga qo‘yish, oilada qat’iy rejim va kun tartibini

o‘rganish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish,

boladagi o‘zgarishlarni kuzatib borish, boladagi mustaqillikka

intilishni va tashabbuskorlik sifatlarini qo‘llab-quvvatlash

kabilardir. Oila tarbiyasida ota-ona obro‘si muhim tarbiyaviy

ahamiyatga egadir. Bu obro‘ni esa ibratli hulqi, ahloqi, intizomi,

kamtarligi, ishbilarmonligi bilan qo‘lga kiritadilar. Obro‘

orttirishda eng awalo, ibrat-namuna muhim rol o‘ynaydi. Oilada

ota-onalaming kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim

ahamiyatga egadir. Ulaming odilona me’yorli talabchanligi obro‘

orttirishning muhim yo‘llaridan biridir. Tarbiya jarayoni zerikarli,

quruq haqiqatgo‘ylikdan iborat ho‘lib qolmasligi lozim. 0 ‘zbek

oilasi tarbiyasida, ayniqsa, otaning obro‘si katta ahamiyatga egadir.

Ayoli, bolalari oldida obro‘ga ega bo‘lgan ota, jamoat orasida ham

obro‘ topadi. Oilada obro‘si yo‘q otadan tarbiya olgan bola,

ko‘pincha, o‘g‘ri, muttaham, yolg‘onchi bo‘lib yetishishi

shubhasizdir. Ota-ona farzandlari nigohida eng buyuk kishilardir.

Shuning uchun eng yaxshi sifatlari bilangina obro‘ qozonishlari

kerak:. Insoniy fazilatlar sohibi boTgan ota-ona o‘z farzandlari

tomonidan bir umr e’zozlanadi. Bolalami barkamol inson qilib

yetishtirishda maktabni oila bilan bog‘lamasdan, muvaffaqiyatga

erishib boimaydi. Shuning uchun maktab va ota-onalar o‘rtasidagi

ta’lim-tarbiyaga oid ishlami kengaytirish lozim. Ota-onalaming

o‘qituvchilar bilan bo‘lgan uchrashuvlarida aytgan fikrlari ayniqsa,

ota-onalar uchun qimmatlidir. Chunki ular o‘z farzandlari

to‘g4risida ko‘proq ma’lumotlami bilib oladilar. Shunday ekan,

bola tarbiyasining tub mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila

bilan maktab o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladilar.

Bola maktabga kirib, to uni tamomlab chiqqunga qadar ota-ona

maktab bilan yaqin aloqa o‘matib, farzandining o‘zlashtirishi, hulqatvoridan

hamisha xabardor bo‘lishi, tarbiya masalalari bo‘yicha

o‘qituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib, uni darsdan so‘ng

nima bilan mashg‘ulligidan xabardor qilishi lozim. U o‘z navbatida

o‘qituvchi ham bolaning o‘qishi, odobi, hulqi, maktabda o‘zini tuta

bilishi haqidagi maTumotlami ota-onaga yetkazish, zarurat

tug‘ilganda hosil bo'lgan muammolami birgalikda hal qilish zarur.

Shundagina o‘quvchi oldiga bir talab qo‘yilishiga erishiladi. Bolasi

maktabga borgan ota-ona maktab ya’ni shu jamoaning a’zosiga

aylanadi. Shu sababli ota-onalar maktabning ijtimoiy hayotida faol

qatnashishlari shart. 0 ‘qituvchi ham o‘z o‘quvchisining oilasi bilan

mustahkam hamkorlikni yoiga qo‘ymog‘i lozim. Ota-onalaming

mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan tarbiya sohasida hamkorlik

qilishlari zarur. Bu ishlar oila tarbiyasiga salmoqli hissa qo‘shadi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, hozirgi iqtisodiy, ijtimoiy

o‘zgarishlar sharoitida oilaviy tarbiya masalalariga e’tibor yanada

kuchayib, dolzarb mavzuga aylanmoqda. Oila deb atalmish aravani

tortib borayotgan er va xotinning bir-biriga yelkadosh bolishini,

o‘zaro odoblarini, bir-biriga bo‘lgan mehribonliklarini ko‘rgan

farzandlar ulardan o‘mak oladilar va ularga o‘xshashga harakat

qiladilar. Chunki farzand aytgan nasihatingizni esidan chiqarishi

mumkin, ammo ko‘rganini hech qachon esidan chiqarmaydi.

Oilada farzand tarbiyasining bu jihatini hech qachon esdan

chiqarmaslik zarur.
Download 260.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling