1 Variant Talaba Usmonov Zokirjon, st 60 guruh


Download 34.62 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi34.62 Kb.
#146071
Bog'liq
ST 60. Usmonov Zokirjon. Moliyaviy tahlil


1 Variant

Talaba Usmonov Zokirjon, ST 60 guruh

Quyida keltirilgan jadvallarni 1- chisini –нисбий farqlar, mutloq farqlarda, 2-sini zanjrili o’rin almashtirishusulida hisoblang va hulosa yozing hamda bir savolga javob yozing.



1.



Ko’rsatkichlar

SHartli belgi

O’tgan yil

Hisobot yil

Farqi (+;-)

O’sish surati, %



Mahsulot bahosi, so’m

x

25 000

30 000

+5 000

+20



Mahsulot miqdori, dona

y

500

480

-20

-4



Mahsulot hajmi, ming so’m

U

12 500 000

14 400 000

+1 900 000

+15,2



Mahsulot hajmining o’zgarishiga omillarning ta’sirini nisbiy farqlar usulida hisoblash:


Ux = U0* ∆x/x0


Uy = (U0+∆Ux)* ∆y/ y0
Ux = 12 500 000 * = 2 500 000
Uy = (12 500 000+2 500 000) * = - 600 000
Tekshirsak, ∆U = ∆Ux + ∆Uy
U = 2 500 000 + (- 600 000) = 1 900 000
Mahsulot hajmining o’zgarishiga omillarning ta’sirini mutlaq farqlar usulida hisoblash:

Ux = ∆x*y0 ∆Uy = ∆y* x1
Ux = 5 000 * 500 = 2 500 000

Uy = (-20) * 30 000 = - 600 000



Tekshirsak, ∆U = ∆Ux + ∆Uy

U = 2 500 000 + (- 600 000) = 1 900 000


Xulosa qilsak, mahsulot bahosining 5 000 so’mga yoki 20% ga oshishi, mahsulot miqdorining 20 taga yoki 4% ga kamayishidan qat’iy nazar, mahsulot hajmining so’mdagi ifodasiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan, ya’ni mahsulot hajmi 1 900 000 so’mga yoki 15,2 % ga o’sganligi kuzatilgan.


2.



Ko’rsatkichlar

SHartli belgi

O’tgan yil

Hisobot yil

Farqi (+;-)

O’sish surati, %



Mahsulot bahosi, so’m

x

25 000

30 000

+5 000

+20



Ishchilar soni, nafar

y

100

95

-5

-5



1 ishchini ishlab chiqargan mahsulot miqdori

z

1 500

1 380

-120

-8



Mahsulot hajmi, ming so’m

U

3 750 000 000

3 933 000 000

+183 000 000

+4,88



Mahsulot hajmining o’zgarishiga omillarning ta’sirini zanjrili o’rin almashtirish usulida hisoblash:

Ux = x1y0z0 – x0y0z0

Uy = x1y1z0 – x1 y0z0

Uz = x1y1z1 – x1y1z0

Ux = 30 000 * 100 * 1 500 – 25 000 * 100 * 1 500 = 4 500 000 000 – 3 750 000 000 = 750 000 000

Uy = 30 000 * 95 * 1 500 – 30 000 * 100 * 1 500 = 4 275 000 000 – 4 500 000 000 = – 225 000 000

Uz = 30 000 * 95 * 1 380 – 30 000 * 95 * 1 500 = 3 933 000 000 – 4 275 000 000 = – 342 000 000



Tekshirsak, ∆U = ∆Ux + Uy + Uz

U = 750 000 000 + (– 225 000 000) + (– 342 000 000) = 183 000 000



Xulosa qilsak, mahsulot bahosining 5 000 so’mga yoki 20% ga oshishi, ishchilar sonining 5 nafarga yoki 5 % ga kamayishi va 1 ishchini ishlab chiqargan mahsulot miqdori 120 taga yoki 8% ga kamayishidan qat’iy nazar, mahsulot hajmining so’mdagi ifodasiga ijobiy ta’sir ko’rsatgan, ya’ni mahsulot hajmi 183 000 000 so’mga yoki 4,88 % ga o’sganligi kuzatilgan.

B) Moliyaviy tahlil fanining shakllanishi va rivojlanishi.

Iqtisodiy tahlil fani Iqtisodiy fanlar tarkibiga kiradi. Iqtisodiy tahlil fani ko’p asrlik tarixga ega. Ushbu fan buxgalteriya hisobi va statistika fanlari asosida vujudga kelgan . Buxgalteriya hisobining paydo bo’lganiga 550 yildan, iqtisodiy tahlilning vujudga kelganiga esa 130 yildan oshgan. Buxgalteriya hisobi bo’yicha birinchi asar xv asrda paydo bo’lgan. Bunga misol qilib Vendrixt Katrulinning 1458 yilda nashr qilingan “Savdo va xususiy savdogar“ nomli kitobini ko’rsatish mumkin. 1880- yillarda Rossiyada "Счётоводство" jurnali chiqa boshlagan . Ushbu jurnalda tahlilning birinchi elementlari paydo bo’lgan . Shu davrda «Balansshunoslik» fani yuzaga kelgan. Shu fan tarkibida tahlilning bazi bir elementlari o’z aksini topa boshlagan. Shu davrdan boshlab , “ Iqtisodiy tahlil" fani vujudga kelgan deb hisoblanadi.

Iqtisodiy tahlil fani mustaqil fan sifatida shakllangunga qadar o’ziga xos tarixga va birqancha nomlarga ega bo’ldi.

O’zbekistonda iqtisodiy tahlil faniga 20-asrning 60 yillaridan boshlab ahamiyat bera boshlandi.Unga qadar oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida darslar boshqa fanlar kabi sobiq ittifoqning markaziy shaharlarida yaratilgan iqtisodiy tahlil fani bo’yicha olib borilar edi. Bu fanlarda va shu jumladan iqtisodiy tahlil fanida ham O’zbekistonga xos bo’lgan hodisa va jarayonlar va ularning natijalari o’z aksini topmas edi.Shunga qaramasdan, darslar o’tilib kelar edi.Ushbu nuqsonlarni tugatish maqsadida, O’zbekistonlik olimlar 20-asrning 60 yillaridan boshlab, barcha fanlar, shu jumladan iqtisodiy tahlil fani bo’yicha ham jasurlik bilan ijod qilishga kirishdilar.



O’zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining yaratilishini taxminan quyidagi besh davrga bo’lish mumkin. 

1-Davr - O’zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining shakllanish davri. Bu fanining shakllanishida I.N.Toporovskiy va I.T.Abdukarimovning xizmatlari katta. Bunga misol qilib, Samarqand kooperativ institutining dosenti I.N.Toporovskiyning 1966 yilda Moskvaning “Ekonomika” nashriyotida chop etilgan “ Matlubot kooperasiyasi korxonalari xo’jalik faoliyatining tahlili” darsligining muallifi tariqasidagi ishtirokini ko’rsatish mumkin. 1968 yilda I.T.Abdukarimov tomonidan “Kooperativ savdoda muomala xarajatlari tahlili” o’quv qo’llanmasi Moskvaning”Ekonomika” nashriyotida chop qilindi. Bular esa O’zbekistonda iqtisodiy tahlil fanining shakllanishiga asos bo’ldi.

2 – davr - Sobiq ittifoqda o’z o’rniga ega bo’lish va iqtisodiy tahlil maktabining shakllanish davri. Bu davrda Samarqand kooperativ institutining olimlari tomonidan darslik va o’quv qo’llanmalar yaratildi. 1970 yilda I.T.Abdukarimov, B.A.Zaleskiy va I.N.Toporovskiy tomonidan Moskvaning ”Ekonomika” nashriyotida “ Matlubot kooperasiyasi korxona va tashkilotlari xo’jalik faoliyatini tahlil qilish bo’yicha masalalar to’plami” o’quv qo’llanmasi , I.T.Abdukarimovning 1971 yilda “Kooperativ savdoda chakana tovar oboroti tahlili” o’quv qo’llanmasi va1973 yilda “Kooperativ savdoda foyda va rentabellik tahlili” nomli monografiyasi Moskvaning ”Ekonomika” nashriyotida chop etildi. Ushbu ishlarning chop etilishi O’zbekistonlik olimlarning sobiq ittifoqda tan olinganligidan dalolat beradi. Xullas, O’zbekistonda iqtisodiy tahlil maktabi shakllandi.

3 – davr - iqtisodiy tahlil maktabining yaratilishi davri. Bu davrda Toshkentlik, Samarqandlik va boshqa hududlik olimlar tomonidan darslik va o’quv qullanmalar, risolalar va ko’plab ilmiy maqolalar yaratila boshlandi. Bu davrga kelib, Toshkentlik olimlardan Yo.Abdullayev ,F.A.,Maxmudov, O.,Ibragimov ,A.T.,Xasanov, B.,Shoalimov va boshqalar iqtisodiy tahlil fanining rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar.Samarqandlik olimlar ham o’z an’analarini davom ettirib, sermahsul ijod qildilar. I.T.Abdukarimov, M.Q.Pardayev va A.A. Abdiyevlar ”Xo’jalik faoliyatining tahlili”iga bag’ishlangan to’rt tomlik albom yaratdilar. I.T.Abdukarimovning 1984 yilda “Matlubot kooperasiyasi xo’jalik faoliyatini tahlil qilish” nomli darsligi Moskvaning ”Ekonomika” nashriyotida chop etildi.Bu darslik ittifoqdagi barcha kooperativ institutlarga tavsiya qilindi. Bu darslik qayta ishlanib,1989 yilda yangidan nashr qilindi.

4 – davr – Iqtisodiy tahlilning o’zbek tilida yozilishi va vujudga kelish davridir. Bu davrda Iqtisodiy tahlilning turli qirralariga bag’ishlangan o’zbek tilidagi asarlar Toshkentlik, Samarqandlik va boshqa hududlarning iqtisodchi olimlari tomonidan yaratila boshlandi. Bunga misol qilib, I.T.Abdukarimov, M.Q.Pardayev va A.A. Abdiyevlar va V. I.Abdukarimovlar tomonidan “Matlubot kooperasiyasi xo’jalik faoliyatini tahlil qilish” nomli o’zbek tilida chop qilingan darslikni, 1990 yilda Samarqand qishloq xo’jalik instituti dosenti T. Qudratovning “O’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligining iqtisodiy-statistik tahlili” nomli o’quv qullanmasini ko’rsatish mumkin.

5 – davr –Mustaqillik yillari davri. Bu davrni Iqtisodiy tahlilning rivojlanish yillari davri deb atash mumkin.Ya’ni, bu davrda Iqtisodiy tahlil bo’yicha ko’plab asarlar davlat tilida vujudga keldi va nashr etildi va etilmoqda. Bunga kuyidagilarni misol qilib ko’rsatish mumkin:

-Vahobov A.V va boshqalar. Moliyaviy va boshqaruv tahlili fani bo’yicha darslik 2005 yili “Sharq “ nashriyotida chop qilingan.

-Abdullayev Yo., Ibrohimov A., Raximov M. Iqtisodiy tahlil fani bo’yicha o’quv qo’llanma 2001 yili “Mehnat “ nashriyotida chop qilingan.

- M.Q.Pardayev., I.T.Abdukarimov. Iqtisodiy tahlil fani bo’yicha darslik 2004 yili “Mehnat” nashriyotida chop qilingan



-T.Qudratov., M.Ibragimov., Z.Karimova. Iqtisodiy tahlil fani bo’yicha o’quv qo’llanma 2005-2012 yillari Toshkent “Ilm ziyo “ nashriyotida chop qilingan (besh marta nashr qilingan).

- T.Qudratov., N.Fayziyeva. Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati fani bo’yicha darslik 2012 yili Toshkent “Voris “ nashriyotida chop qilingan va boshqalar.
Download 34.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling