1. Vatanparvarlik tarbiyasini berishning pedagogik asoslari


Download 126.79 Kb.
bet2/2
Sana29.02.2020
Hajmi126.79 Kb.
1   2






AJDODLAR MEROSIGA EHTIROM


Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir”.
(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasi)


Madaniy meros jamiyat asosini, xalqimizning avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ma’naviy qadriyatlari va an’analarini mustahkamlaydigan omil hisoblanadi. Tarixiy va madaniy yodgorliklar har bir odamga ta’sirini ko‘rsatib, o‘ziga maftun qiladi va g‘ururlantiradi. Shu bois ularni saqlash, eng avvalo, faqatgina davlatning emas, balki har bir kishining burchi, maqsadiga aylanishi kerak, deb o‘ylaymiz.

Hozirgi kunda davlat muhofazasiga olingan 7570 ta madaniy meros ob’ekti bo‘lib, shundan 2330 tasi me’morchilik, 3945 tasi arxeologik, 1138 tasi monumental yodgorliklar va 157 tasi diqqatga sazovor joylardir. Muqaddas qadamjolar hamda ziyoratgohlar, e’tiborga tushgan joylarni tiklash va ta’mirlash ishlari butun mamlakat bo‘ylab amalga oshirilmoqda. Jumladan, oxirgi paytlarda faqatgina Toshkent viloyatidagi Shamir Qori avliyo, Zarkent Ota, Shodmalik Ota, Zunnun Ota yodgorliklarida ana shunday ezgu ishlar nihoyasiga yetkazilmoqda. Bo‘stonliq tumani Bog‘iston qishlog‘idagi, Xo‘ja Ahror faxrli nomi bilan ko‘proq mashhur bo‘lgan, XV asrda yashagan Shayx Umar Vali Bog‘istoniyning bog‘i va qabrini ta’mirlash-tiklash ishlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Har bir viloyatdagi tarixiy yodgorliklar va muqaddas qadamjolar bo‘yicha turkum kitoblar nashrga tayyorlanayapti.

Bilasiz, YuNYeSKOning butun jahon madaniy va tabiat yodgorliklari merosi ro‘yxatiga Xivadagi ochiq osmon ostidagi muzey — Ichan qal’a, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz shaharlarining tarixiy-madaniy, diqqatga sazovor qismlari kiritilgan.

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining davlat siyosati yo‘nalishlaridan biri, bu — o‘tmish qa’ridan yetib kelgan boy tarixiy-madaniy merosimizni saqlash. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillarida qabul qilingan “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”, “Muzeylar to‘g‘risida”, “Arxeologiya merosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlar asosida insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishida muhim o‘rin egallagan qadimgi va o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan shaharlar xarobalari, monumental san’at yodgorliklari, alohida aholi ziyoratgoh joylari, me’morchilik merosi yodgorliklarini saqlab qolish, ta’mirlash va o‘rganishda davlatimiz tomonidan keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Buyuk ajdodlarimiz tomonidan mahorat bilan bunyod qilingan va bugungi kungacha saqlanib kelinayotgan, ularning nomini asrlar osha abadiylashtirgan me’morchilik tarixiy majmualari — Samarqanddagi Shohi Zinda, Registon, Bibixonim, Ruhobod, Amir Temur maqbarasi, Buxorodagi Kalon masjidi va minorasi, Mir Arab madrasasi, Labi Hovuz va Bolo Hovuz majmualari hamda boshqa o‘nlab, yuzlab qadimgi, o‘rta asrlardagi me’morchilik durdonalari xalqimizning yuksak ijodkorlik imkoniyatlaridan darak beradi.

O‘tmishdagi buyuk ajdodlarimiz shon-sharafi uchun Amir Temurga Toshkent, Samarqand, Shahrisabzda, Mirzo Ulug‘bekka Toshkentda, Ahmad al-Farg‘oniyga Farg‘ona va Quvada, Alisher Navoiyga Toshkent, Navoiyda, Alpomishga Termizda, Jaloliddin Manguberdi hamda “Avesto” kitobiga Urganchda va milliy tarixiy hamda madaniy merosimizga katta hissa qo‘shgan ko‘plab tarixiy shaxslarga yodgorliklar o‘rnatildi.

Bularning barchasi bizni hamisha g‘ururlanib yashashga undaydi. Demak, tarixiy, ma’naviy va madaniy merosni saqlash mamlakatimizda yashayotgan har bir kishining burchidir.
 Vatanimiz tarixiga nazar tashlasak, uning turli voqealarga  boy bo’lganligini ko’ramiz. O’zbekiston tarixi juda qadimdan shakillanib kelgan. Tariximiz voqealarga boy b’lishi bilan bir qatorda juda ko’p qiyinchiliklarni boshidan kechirgan. Bu  qiyinchiliklarni sanayversak uning cheki yo’q. Ahamoniylar bosqiniyu, Iskandar Zulqarnayin hujumlari, Arablaru, Mo’g’illar va keyinchalik Chor Possiyasining zulmlari. Shu bosqinlarga qaramasdan o’zbek xalqi o’zining borlig’i, urf-odatlari, an’analarini, hamma- hammasini saqlab qola oldi. Har bir bosqinga qarshi ajdodlarimiz shunday janglar olib bordiki ta’riflashga til ojizlik qiladi. Bu bosqinlarga qarshi ko’plab jasur va mard ajdodlarimiz mardonavar jang olib borishgan. Massagetlarning jasur malikasi To’maris, sak qabilasidan bo’lgan mard yigiti Shiroqning jasorati, Iskandarga qarshi so’g’d o’g’loni Spitamenning ko’rsatgan ajoyib jasorati, Arablarga qarshi Muqanna, Mahmud Tarobiy, Mo’g’illarga qarshi Xorazim o’g’lonlari Sulton Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik jasoratlarini aytib o’tish mumkin.

        Bular ichida buyuk Sohibqiron Amir Temurning qilgan ishlarini alohida aytib o’tish mumkin. U o’zbeklarning elat bo’lib shakillanishida katta yo’llarni ochib berdi. Birinchi navbatda u vatanimizni mo’g’illardan tozaladi va Movaraunnahr  va Xurosonda buyuk davlatga asos soldi. Bulardan tashqari vatanimiz hududidan ko’plab buyuk davlat arboblari, buyuk mutaffakkirlar, olimlar, shoirlar etishib chiqqan. Ular jahon sivilizatsiyasining rivojiga katta hissa qo’shgan. Bular ichida Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Al-Farobiy, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy Alisher Navoiy  Zahriddin Muhammad Bobur va boshqalarning ijodini alohida aytib o’tish mumkin. Xorazmiy o’zining "œAl-jabr Val Muqobala" asari bilan algebra faniga asos soldi. Beruniy esa dunyoda birinchi bo’lib erning dumaloq ekanligini isbotlab berdi va globusni yaratdi. Ibn Sino esa o’zining "œTib qonunlari" kitobi bilan dunyoga mashxurdir. Alisher Navoiy qilgan ishlarni vatanimiz balki jahonda ham ko’plab odamlar biladi deb aytsak ham xato qilmagan bo’lamiz. U o’zbek tilini yaratdi va o’zbeklarning hech kimdan kam emasligini isbotladi. Bularni sanayversak cheki yo’q.

       Biz ajdodlarimizning qilgan ishlaridan faxrlansak arziydi. Biz ulardan  o’rnak olishimiz va ularday vatanparvar, erksevar va vatan uchun hamma narsaga tayyor bo’lishimiz kerak va avlodlarga o’rnak bo’lishimiz zarur. Biz tariximizni ko’z qorchig’day asrashimiz va ularni to’laligicha kelgusi avlodlarga etkazib berishimiz shart va zarurdir.

     Vatanimizda yashayotgan har bir inson millatidan, dinidan qat’iy nazar tariximizni bilishi kerak. Tarixni bilmagan insonning kelajagi ham bo’lmaydi. Tarixni bilmaslik bu o’zligini bimaslik degani. Tarixni bilgan insonning kelajagi porloq va sokin bo’ladi. Shunday ekan har-birimiz tariximizni o’rganaylik va uning ochilmagan qirralarini topib xalqimizga havola qilaylik va ajdodlarimizni ham tarixni bilishga undaylik.   


JALOLIDDIN MANGUBERDI.


    O’z dovyurakligi, ustakorligi, makkorligi bilan mashhur bo’lgan Temuchen XII asrning oxirlariga kelib nafaqat mo’g’illarning ko’p sonli urug’-qabilalarini, shu bilan birga ular bilan yonma-yon, qo’shni yashab kelganko’plab turkiy elatlar, chunonchi, jaloirlar, oyratlar, qaritlar, naymanlar, qoraxitoylar, qirg’izlar, uyg’urlar, Qorluqlar va boshqalarni ham birin ketin bo’ysindirib kuchli davlatga asos soldi.Bu davlat harbiylashgan tizimga asoslanganligi bilan ajiralib turadi.  Temuchin oliy hokimiyat muryvvatlarini o’zining o’g’illari va eng yaqin kishilariga topshiradi. Jumladan uning yaqin safdoshlaridan Subitoy, Xubiloy, Jebe, farzandlari: Jo’jixon, Chig’atoy, O’qtoy, To’layxonlar birinchi bo’lib tuman sohiblari bo’lganlar. Shunday qilib Chingizxon xoriliy ellarni zabt etishdan iborat o’z oldiga qo’ygan yovuz, agressiv maqsadlarini tez orada amalga oshirishga imkon yarata bordi. Shu tariqa, XIII asr boshlariga kelib Chingizxon etakchiligida kuchli davlat vyjydga keldi. Endilikda Chingizxon qo’shni davlatlar va xonliklarni bosib olish uchunistelochilik yurishlarini boshlaydi. 1215 yil boshlariga kelib Shimoliy Xitoy poytaxti Pekin ishg’ol etildi. 1217 yilda Xuanxe daryosining simolidagi barcha erlar mo’g’illar tasarrufiga o’tadi.1218 yilga kelib Ettisuv hududining qolgan qismi ham mo’g’ilarga tobe bo’ladi. Endilikda Chingizxonning asosiy bosh maqsadi uning jahonga hukumron bo’lishiga katta to’g’noq bo’lib turgan buyuk Xorazimshohlar qo’shinini tor-mor keltirib, uning erlarini o’z qo’l ostiga kiritish edi. Bu davrda Xorazimshohlar saltanatining ichki ijtimoiy-siyosiy hayoti g’oyatda murakkabm, ziddiyatli kechayotgan edi. U tashqaridan ulug’vor keng hududlarga yoyilgan, qudratli saltanat bo’lib ko’rinsada va uning hukumdori Muhammad Xorazimshoh o’zini  "Iskandariy soniy", "Xudoning yerdagi soyasi" deb bilsada, haqiqatdaesa Xorazimshohlar sulolasi ichdan yemirilishga, tanazzullikka yuz tutgan edi. Buning ustiga  Xorazimshohning  xalifalik hududlarini qo’lga kiritish da`vosi bilan 1217 yilda Bag’dod sari qo’shin tortish ham xalifalikdagi hukumdorlarni qahru g’zabga keltirgandi. Shunday qilib Chingizxon va Xorazimshohlar o’rtasidagi jang yaqin edi. Chingizxon jang uchun qulay vaziyatni kutayotgan edi. Xuddi shunday qulay vaziyat 1218 yilda sodir b’ldi. Shu yili Chingizxon amri bilan Xorazim davlatiga 500 tuyada sovg’alar, tillo-kumush bisotlar, savdo mollari ortilgan, asosiy tarkibi musulmon savdogarlaridan iborat 450 kishilik karvon yuborildi. Biroq karvon O’trorga kelishi bilanoq, Xorazimshohning maxsus topshirig’ bilan O’tror hokimi uni yo’q qilishga buyruq berdi. Chingizxon uchn endi Movaraunnahrgabostirib kirish fursati etgan edi. Chingizxon qo’shini hujumi xavfi yaqinlashib kelayotganini Xorazimshoh va uning arkoni davlatiham yaxshi bilardi. Shoh mo’yan harbiy tayyorgarliklar ko’rish harakatida bo’ldi, biroq asosiy harbiy strategik masalalarda u o’ta no’noqlik, nodonlik va kaltabinlik qildi. U o’zining sarkarda o’g’li Jaloliddin, Xo’jand hokimi, dovyurak bahodir Temur Malik singari etuk kishilarning harbiy kuchlarini asisiy nuqtalarda to’plab, dushmanga hal qiluvchi zarbalar berish kerakligi to’risidagi, to’g’ri, dono maslahatlarning ahamiyatini tushunmadi, ularga quloq solmadi. Sulton o’z qo’shinlarini turli shaharlarda alohida-alohida joylashtirishdan iborat xato taktikani qo’lladi.Chingizxonning son-sanoqsiz qo’shinlari mamlakatga boatirib kira boshlagach Xorazimshoh o’z tinchini, halovatini ko’zlab, mamlakat taqdirini o’z holiga tashlab, yaqin xeshu aqrabolari bilan janubga tomon siljishi ham xoinlik bo’ldi. Bunday holat tez orada butun mamlakat uchun fojiali oqibatlarga olib keldi, yurt himoyachilari taqdiri, ruhiyatida o’chmas, asoratli iz qoldirdi. Xaqning cog’lom, vatanparvar kuchlari yurt ulug’larining bunday ikkilanishiga, xiyonatiga qaramay , muqaddas ona zaminni ko’krak kerib himoya qilish, bosqinchilarga qarshi qahramonlarcha kurashga tashlandilar. 

  Vatanimiz tarixiga nazar tashlasak, uning turli voqealarga  boy bo’lganligini ko’ramiz. O’zbekiston tarixi juda qadimdan shakillanib kelgan. Tariximiz voqealarga boy b’lishi bilan bir qatorda juda ko’p qiyinchiliklarni boshidan kechirgan. Bu  qiyinchiliklarni sanayversak uning cheki yo’q. Ahamoniylar bosqiniyu, Iskandar Zulqarnayin hujumlari, Arablaru, Mo’g’illar va keyinchalik Chor Possiyasining zulmlari. Shu bosqinlarga qaramasdan o’zbek xalqi o’zining borlig’i, urf-odatlari, an’analarini, hamma- hammasini saqlab qola oldi. Har bir bosqinga qarshi ajdodlarimiz shunday janglar olib bordiki ta’riflashga til ojizlik qiladi. Bu bosqinlarga qarshi ko’plab jasur va mard ajdodlarimiz mardonavar jang olib borishgan. Massagetlarning jasur malikasi To’maris, sak qabilasidan bo’lgan mard yigiti Shiroqning jasorati, Iskandarga qarshi so’g’d o’g’loni Spitamenning ko’rsatgan ajoyib jasorati, Arablarga qarshi Muqanna, Mahmud Tarobiy, Mo’g’illarga qarshi Xorazim o’g’lonlari Sulton Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik jasoratlarini aytib o’tish mumkin.

        Bular ichida buyuk Sohibqiron Amir Temurning qilgan ishlarini alohida aytib o’tish mumkin. U o’zbeklarning elat bo’lib shakillanishida katta yo’llarni ochib berdi. Birinchi navbatda u vatanimizni mo’g’illardan tozaladi va Movaraunnahr  va Xurosonda buyuk davlatga asos soldi. Bulardan tashqari vatanimiz hududidan ko’plab buyuk davlat arboblari, buyuk mutaffakkirlar, olimlar, shoirlar etishib chiqqan. Ular jahon sivilizatsiyasining rivojiga katta hissa qo’shgan. Bular ichida Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Al-Farobiy, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg’ariy, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy Alisher Navoiy  Zahriddin Muhammad Bobur va boshqalarning ijodini alohida aytib o’tish mumkin. Xorazmiy o’zining "œAl-jabr Val Muqobala" asari bilan algebra faniga asos soldi. Beruniy esa dunyoda birinchi bo’lib erning dumaloq ekanligini isbotlab berdi va globusni yaratdi. Ibn Sino esa o’zining "œTib qonunlari" kitobi bilan dunyoga mashxurdir. Alisher Navoiy qilgan ishlarni vatanimiz balki jahonda ham ko’plab odamlar biladi deb aytsak ham xato qilmagan bo’lamiz. U o’zbek tilini yaratdi va o’zbeklarning hech kimdan kam emasligini isbotladi. Bularni sanayversak cheki yo’q.

       Biz ajdodlarimizning qilgan ishlaridan faxrlansak arziydi. Biz ulardan  o’rnak olishimiz va ularday vatanparvar, erksevar va vatan uchun hamma narsaga tayyor bo’lishimiz kerak va avlodlarga o’rnak bo’lishimiz zarur. Biz tariximizni ko’z qorchig’day asrashimiz va ularni to’laligicha kelgusi avlodlarga etkazib berishimiz shart va zarurdir.

     Vatanimizda yashayotgan har bir inson millatidan, dinidan qat’iy nazar tariximizni bilishi kerak. Tarixni bilmagan insonning kelajagi ham bo’lmaydi. Tarixni bilmaslik bu o’zligini bimaslik degani. Tarixni bilgan insonning kelajagi porloq va sokin bo’ladi. Shunday ekan har-birimiz tariximizni o’rganaylik va uning ochilmagan qirralarini topib xalqimizga havola qilaylik va ajdodlarimizni ham tarixni bilishga undaylik.   
Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov «Turkiston-press» nodavlat axborot agentligi muxbiriga bergan «O‘zbek xalqining islom madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasining yuksak e’tirofi» mavzuidagi intervyusida ta’kidlaganlaridek, «O‘z-o‘zidan ravshanki, Toshkent shahriga Islom madaniyati poytaxti degan  yuksak nom berilishi bizning zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi. Ayniqsa, necha yuz yillar mobaynida yurtimiz hududida yaratilgan buyuk madaniy va ma’naviy merosning tub mohiyatini, uning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan qirralarini nafaqat musulmon olami, balki butun jahon ahliga keng targ‘ib qilish, shu tariqa islom dini tinchlik, ma’rifat, yuksak axloq-odob ifodachisi ekanini yana bir bor namoyon etish borasida hali ko‘p ish qilishimiz zarurligini biz yaxshi anglaymiz».

Darhaqiqat, Ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha nufuzli islom tashkiloti bo‘lmish AYSESKO tomonidan Toshkent shahriga 2007 yilda «Islom madaniyati poytaxti» degan nom berilishi yurtimizning ma’naviy-ma’rifiy hayotida ulkan voqea bo‘lish bilan birgalikda, xalqimizning diniy qadriyatlarni asrab-avaylash, ulug‘ ajdodlarimizning merosini ardoqlash sohasida amalga oshirayotgan ezgu ishlariga berilgan yuksak baho hamdir.

Mustaqillik yillarida tarixiy qadriyatlarni tiklash, nafaqat yurtimiz, balki jahon tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk bobolarning muborak ismlarini ozod elimizning chinakam milliy ma’noda tiklangan tarixi sahifalariga zarhal harflar bilan bitish, xotiralarini ulug‘lash, necha yuz yillar osha ma’naviyat, ma’rifat, madaniyatning o‘lmas yog‘dularini sochib, insoniyat yo‘lini yoritib turgan asarlarini o‘rganish borasida ko‘pgina xayrli tadbirlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.

Zero, Olloh ardoqlagan bu zaminda tarixning turli davrlarida poytaxt bo‘lmagan shahar, dunyoviy va diniy ilm sohasida  yulduzdek nur taratgan olimu ulamolarni, shohu shoirlarni bermagan hududni topish qiyin.

Bu yurtning sehri, jozibasi shundaki, o‘zining ham ilmda, ham din, ham madaniyat va san’atda nom taratgan farzandlarini dunyo quchog‘iga sochish bilan birga, ulug‘ insonlarni o‘z bag‘riga ham ohanrabodek tortib kelgan, ularning aziz Vataniga aylangan.

Ana shunday  ulug‘ zotlardan biri tasavvuf ilmining ustunlaridan bo‘lmish Xoja Yusuf Hamadoniy hazratlaridir.


Prezidentimizning tashabbuslari bilan 1993 yilda el orasida «Bahouddin Balogardon» (ya’ni baloyu ofatlarning oldini oluvchi) nomi bilan mashhur bo‘lgan Xoja Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yillik, oradan o‘n yil o‘tgach esa, ya’ni 2003 yilda ul zotning ustozlari, diyorimizda tasavvuf ilmining ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shgan donishmand, minglab shogirdlarning piri komili Abdulxoliq G‘ijduvoniy hazratlari tug‘ilganining  900 yilligi marosimlari keng  nishonlandi. Shu singari ulug‘ anjumanlar  munosabati bilan mamlakatimiz dunyodagi islom diniga e’tiqod qiluvchi insonlarning tabarruk ziyoratgohiga aylandi.

O‘sha qutlug‘ kunlarda bu muhtaram zotlarning ustozlari Yusuf Hamadoniy hazratlarining ham muborak nomlari bot-bot tilga olindi. Sababi shundaki, Xojagon, keyinchalik Naqshbandiya deb atalgan tariqatning asoschisi, Xojai Jahon nomi bilan mashhur bo‘lgan Abdulxoliq G‘ijduvoniy Shayx Yusuf Hamadoniyning to‘rtinchi shogirdi, Bahouddin Naqshband hazratlari esa Abdulxoliq G‘ijduvoniy tariqatining eng zabardast davomchisi edi.

Xojagon tariqatining o‘n bitta asosiy qoidasi bo‘lib, shundan to‘rttasini, ya’ni «Xush dar dam», «Nazar bar qadam», «Safar dar Vatan», «Xilvat dar anjuman» qoidalari aslida Yusuf Hamadoniy hazratlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lsa, «Yodkard», «Bozgasht», «Nigohdosht», «Yoddosht» kabi qoidalar Abdulxoliq G‘ijduvoniy tomonidan qo‘shilgan. Naqshband hazratlari esa  pirlari yo‘lini davom ettirib, ular yaratgan tasavvuf yo‘lining tarkibiga  «Vuqufi adadiy», «Vuqufi zamoniy», «Vuqufi qalbiy» qoidalarini kiritib,  mukammal holatga keltirdilar.

Bu maqoladan maqsadimiz ushbu qoidalarning mazmun-mohiyati, insonning imon-e’tiqodini mustahkamlash, to‘g‘ri yo‘lga boshlashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritish emas. Katta diniy hamda tasavvufiy bilim, mulohaza va mushohada talab etadigan bunday mashaqqatli va sharafli vazifani sohaning mutaxassislariga havola  qilamiz.

Gap shundaki, Naqshbandiya tariqati haqida gap ketganda, yuqorida ta’kidlaganimizdek, so‘zning avvali Yusuf Hamadoniydan boshlanadi. Biroq bu  u kishining qayerda tavallud topgani, qanday ilmiy meros qoldirgani,  qayerda vafot etgani haqida xalqimizga chuqurroq ma’lumot beradigan tadqiqot yaratilmagani yoki xorijda chop etilgan ishonarli risolalarning chop etilmagani ajablanarli holdir.

To‘g‘ri, 2003 yilda «Fan» nashriyoti tomonidan professor Orif Usmonning «G‘ijduvoniy ta’limoti» nomli ixchamgina risolasi nashr qilingan. Bu kitobchada Yusuf Hamadoniy hazratlari haqida ham birmuncha ma’lumotlar qalamga olingan bo‘lib, jumladan «Bul ulkan mutasavvif donishmand zot aslan Eronning Hamadon shahri yonidagi Buzonjird qishlog‘ida 1048 yilda dunyoga kelgan. O‘n sakkiz yoshida Bag‘dodga borib fiqh ilmini o‘rgangan. Isfahon, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Hirot shaharlarida bo‘lgan. Umrining yarmini A’rob, Xuroson yurtlarida o‘tkazgandan so‘ng Turkistonni yoqtirib qolib, Buxoroga kelgan va shu yerda xonaqoh, masjid ochib, shogirdlarni tarbiyalashga kirishgan, tasavvufiy ta’limot ishlarini boshlagan. Uning Barraqiy, Andoqiy, Yassaviy va G‘ijduvoniy kabi eng yirik to‘rt nafar mumtoz shogirdlari bo‘lgan. Boshqa shogirdlari ham ko‘p bo‘lib, sanog‘i hech kimga ma’lum emas» deyiladi.

Yana shu kitobchada «Xojai Jahon — Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy risolasida Shayx Yusuf Hamadoniyning tug‘ilgan joyi Eronning Hamadon shahri yonidagi «G‘animiyo» degan mahalla ekani ta’kidlanadi», deb yozilgan.

Muhtaram olimimizning ta’kidlashlaricha, «G‘ijduvoniy yozuvlarida Yusuf Hamadoniy Samarqandda vafot etib, o‘sha yerda dafn etilganliklari haqida ishoratan aytiladi. Ul mo‘’tabar zotning vafotlari haqida boshqa ma’lumotlar ham bor. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Shayx Yusuf Hamadoniy 1140 yilda Hirotga boradi. U yerdan qaytib kelayotib, 90 dan oshib, keksayib qolgan Yusuf Hamadoniy  baland va sovuq Shibor dovonidan oshib o‘tayotib, shamollab qoladi. Natijada Bomiyon (Afg‘oniston) shahriga yetib kelib, qattiq betob bo‘lib qoladi va o‘sha yerda olamdan o‘tadi. Shayxning vasiyatlariga ko‘ra, u Marvga dafn etiladi. Hozir ham Shayxush-shuyux Yusuf Hamadoniyning qabrlari Marv shahrida saqlanadi. Ul mo‘’tabar zotning sharofatlari bilan (u kishi dafn etilgandan so‘ng) Marv «Xuroson Ka’basi» deb atala boshlagan ekan.

Har holda buzrukvor zotlarning dafn etilgan joylari bitta emas, bir nechta joyda bo‘ladi. Shuning uchun hazrati G‘ijduvoniy yozib qoldirgan ma’lumot bilan birga so‘nggi ma’lumotlarni ham keltirib o‘tdik. Keyinchalik olimlarimizning izlanishlari bu bahsli masalaga ham aniqlik kiritsa kerak, deb o‘ylaymiz».

Ammo, asarda ushbu so‘nggi ma’lumotlarning qaysi manbadan olingani aytilmaydi. Muammo ochiqligicha qoldiriladi.

Shu yil gazetalardan birida e’lon qilingan jurnalist Sotim Avazning «Xoja Yusuf Hamadoniy» maqolasida esa ushbu masalaga sal chuqurroq yondashiladi. Muallif Alisher Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat» asarlaridagi Xoja Yusuf Hamadoniyning vafoti munosabati bilan aytilgan «...Marv azimatiga murojaat qilganda, yo‘lda besh yuz o‘ttiz beshda favt bo‘ldi va andaki favt bo‘ldi dafn qildilar va necha vaqtdan so‘ngra Marvga naql qildilar va mozori Marvdadir,» degan fikrni keltiradi.

Maqola muallifi ayni paytda Yusuf Hamadoniyning «Rutbat ul hayot» («Hayot mezoni») asari haqida so‘z boshi yozgan tarjimonlar Sayfiddin Sayfulloh hamda Nodirxon Hasanlarning hazratning 535 hijriy (1141 milodiy) yilda Afg‘onistonning Bomiyon shahrida vafot etganligini va dafn qilinganligini, vasiyatiga ko‘ra jasadi muridlar tomonidan Marvga ko‘chirib ketilganligini va dafn qilinganligini aytganlarini ta’kidlab, «Albatta, tarjimon olimlar ishonchli bir dalilga ega bo‘lsalar kerakki, hatto eng mo‘’tabar manbaga ham aniqlik kiritmoqchi bo‘lishgan,» degan xulosaga keladi, biroq, «mo‘’tabar manba» deganda nimani nazarda tutayotganini bayon etmaydi.

Shu o‘rinda professor Orif Usmonning ham, jurnalist Sotim Avazning ham mulohazasini to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, deyishdan yiroqmiz.

Aksincha, Sotim Avazning ushbu masalani chuqurroq o‘rganishga harakat qilgani, qiziqarli dalillarni keltirgani maqtovga sazovordir. U Hazratning qabri Marv shahridagi mo‘’tabar ziyoratgoh ekani bugungi kunda haqiqatga zid ekanini qayd etib, «Turkmanistonning hozirgi Bayramoldi shahri hududida qadimiy Marvning vayronalari joylashgan va u yerda haqiqatan ham Yusuf Hamadoniyning qabri bor. Uning atrofida salobatli maqbara yoki ziyoratgoh majmua emas, odam bo‘yidan xiyla baland ko‘shksimon minora o‘rnatilgan. Ajabki, bundan bir necha yil oldin xorazmlik bir guruh  ilmu ijod namoyandalari tashrif buyurgan paytimizda u yerda juda kam odamni uchratdik», deydi.

Qizig‘i shundaki, Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi uch gumbazli ulkan maqbara ichida Yusuf Hamadoniy bilan birga G‘avsul A’zam pir hamda Saidiy Hamadoniy hazratlarining qabrlari bor. Muallifning ta’kidlashicha, «Nafaqat Xorazm, balki yaqinu yiroqdan, shu jumladan Turkmanistonning katta qismidan ham mahalliy aholi Yusuf Hamadoniyning qabri shu yerda degan ishonchda. Har kuni kamida yuzdan ziyod, chorshanba kunlari va hayit bayramlarida esa mingga yaqin ziyoratchilar bu maskanga tashrif buyurishadi.»



Ajdodlar merosi va milliy gʻurur

Oʻzining yaxshi fazilatlari bilan xalq orasida obroʻ eʼtibor qozonib, hurmat va ehtiromga sazovor boʻlgan insonni koʻrsak, qalbimizda gʻurur tuygʻusi joʻsh urib, bu mening yurtdoshim deb faxrlanamiz. Qaddimizni baland tutamiz. Aksincha, yomon illatlar girdobiga tushib qolgan, el yurt orasida izzat hurmatini yoʻqotgan kimsalarni koʻrsak, u xoh yaqin qarindoshimiz boʻlsa ham, mulzam boʻlib qolamiz. Boshimiz ham boʻladi. Aynan shu holat qalbimizda gʻurur tuygʻusini soʻnishiga olib keladi.

Savol tugʻiladi. Inson qalbida gʻurur tuygʻusini uygʻotishni nimadan boshlash lozim? Avvalombor, buni tugʻilib oʻsgan yurt tarix va buyuk ajdodlar merosini chuqur oʻrganishdan boshlash lozim. Chunki,oʻz yurti, ajdodlari tarixini bilmagan va milliy qadriyatlarini unutgan xalqda milliy gʻurur boʻlmaganidek, nasl-nasabi, ajdodlari kimligini bilmagan, unutgan insonda ham gʻurur boʻlmaydi. Shu bois, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev parlamentga qilgan Murojaatnomasida ham ushbu mavzuga alohida toʻxtalib“ Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratishimiz kerak”deb uqtiradi.

Darhaqiqat, yoshlarimizda ayniqsa jonajon Vatanimiz chegaralari daxlsizligi, yurt tinchligi va xavfsizligini taʼminlayotgan harbiy xizmatchilarning ham ongi tafakkurida gʻurur tuygʻusini yuksaltirishning eng samarali usullaridan biri - bu buyuk ajdodlarimiz faoliyati va jasorati hamda ular qoldirgan boy maʼnaviy merosi bilan chuqurroq tanishtirishdir.

Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek: “Askarlar, harbiy xizmatchilar mamlakatimizning shonli tarixini, ona zaminimizda yashab oʻtgan buyuk qahramonlarimiz, sarkarda va qoʻmondonlarimiz hayoti va jasoratini chuqur bilsagina, bundan qalblarida gʻurur tuyadi, hayotda ularga oʻxshashga intiladi. Mana, Amir Temur bobomiz bilan hammamiz faxrlanamiz. Lekin, xolisona aytganda, ulugʻ sohibqironning “Tuzuklari”ni qancha askar oʻqigan? Yoki buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining hayoti va harbiy mahorati haqida ham yetarli bilimga egami? Vaholanki, buyuk ajdodlarimizning gʻalabalari, strategiya va taktikalarini dunyodagi koʻplab harbiy maktab va akademiyalarda bugun ham oʻrganilmoqda”. Shuning uchun davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev, yosh askarlar va kursantlar uchunharbiy qasamyod qabul qilishdan avval, albatta, Oʻzbekiston tarixi fani va “Temur tuzuklari” kitobi boʻyicha sinov oʻtkazish tartibini yoʻlga qoʻyish kerakligini alohida qayd etdi. Albatta, bu bejiz emas.

Agar yaqin oʻtmishga nazar tashlasak,, sovet tuzumi davrida yurtimizni qaram mamlakatga, xalqimizni esa boqimanda xalqqa aylantirish, milliy gʻururini soʻndirish va yoʻqotishga qaratilgan siyosat olib borilganligini guvohi boʻlish mumkin. Chunki, qalbida gʻururi tuygʻusi yoʻq xalqni ham, insonni ham yengish va boshqarish oson kechishini oʻsha davr “ siyosatdon”lari juda chuqur anglagan. Aynan shu davrda, yaʼni qaramlik va tobelik yillarida vatanimizning daho xaloskorlaridan biri, davlat boshqaruvi sohasida oʻchmas iz qoldirgan Sohibqiron Amir Temur bobomiz shaxsiyatini eslash, ulugʻlash imkoniyatidan mahrum boʻlib yashadik. Qolaversa, insoniyat tarixida yashab oʻtgan eng mashhur hukmdorlar va sarkardalar qatoridan joy olgan Sohibqiron Amir Temur haqida haqiqatni soʻzlash va uni ulugʻlash nafaqat oʻzbek xalqining, balkim boshqa Oʻrta Osiyo xalqlari ongi- tafakkurida milliy ruh va milliy gʻururni uygʻotishi, hamda mustahkamlashi mumkin edi. Bunday holat esa, hukmron mafkura va istibdod tuzumining siyosatiga ham, maqsadiga ham zid edi. Yuritilgan bunday siyosatning zamirida esa - xalqimiz qalbidan milliy tuygʻu,milliy gʻurur va oʻzlikni anglash gʻoyalarini tag-tomiri bilan yoʻqotish maqsadlari yashiringan edi. Vaholanki, Amir Temur hazratlari hukmronlik qilgan davr - ajdodlarimiz hayotida chinakam uygʻonish davri, yaʼni milliy tiklanish va milliy taraqqiyot pallasi boʻlgan edi. Buni chuqur anglab yetish uchun, albatta ulugʻ ajdodimiz hayoti va faoliyatiga bagʻishlab yozilgan koʻplab tarixiy manbalar qatorida, “Temur tuzuklari”ni sinchiklab oʻqish va magʻzini chaqish lozim. Chunki, Amir Temur bobomizning davlat boshqaruvi borasidagi ulkan salohiyati, mahorati, bilim va tajribalarini oʻrganishda, u barpo etgan qudratli saltanatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-mafkuraviy asoslarini anglab yetishda aynan Temur tuzuklari” bebaho qoʻllanma boʻlib xizmat qiladi.

Ushbu asarda bayon etilgan amallar asrlar davomida katta sinovdan oʻtganligi va hayotiyligini isbotlagani uchun ham butun dunyo eʼtiborini tortib kelgan va hamon shunday boʻlib qolmoqda. Shu bois ham Temur tuzuklari” dunyoning koʻplab mamlakatlarida tarjima qilinib, mustahkam davlat qurish yoʻli va boshqaruvda nimalarga eʼtibor qaratilishi sohibqiron Amir Temur oʻgitlariga amal qilgan holda oʻrganilib, davlat va jamiyat boshqaruvida keng foydalanilgan.“Temur tuzuklari”ning 1830 yil ingliz, 1787 yil fransuz, 1863 yil fors, 1785 va 1791 yillarda hind, 1894,1934, 1992 va 1999 yillarda rus tillarida chop etilgani yuqorida keltirilgan fikrimizni yaqqol tasdiqlaydi.Fikrimizcha, agar insoniyat bundan yetti asr avval ulugʻ Sohibqiron Amir Temur vasiyat qilib qoldirgan oʻgit va nasihatlarga amal qilganda edi, bugungi kunda butun dunyo ahlini xavotirga solayotgan koʻpgina tahlikali vaziyatlar va global muammolar bilan roʻbaroʻ kelmas edi. Bu borada germaniyalik professor Klaus Pander shunday fikr bildiradi: “Yer yuzida ekologik tanglik yuzaga kelgan, millatlar oʻrtasida nizolar kuchayib, ishlab chiqarish samaradorligi muttasil kamayib borayotgan hozirgi sharoitda Amir Temur boʻlganda edi, barcha muammolar yechim topardi”. Yevropalik olimning bu yuksak eʼtirofi har birimizning qalbimizda gʻurur va iftixor tuygʻularini uygʻotib, shu yurtning farzandi, shunday buyuk zotning avlodi ekanligingdan faxrlanib ketasan,kishi.

Maʼlumki, Amir Temur bobomiz kelajak avlod oʻqib-oʻrganib, hayotga tatbiq etsin, degan maqsadda, qancha mashaqqatlar evaziga shunday buyuk davlatni barpo qilganini, uni qanday saqlashlikni, davlat va jamiyat boshqaruvida nimalarga eʼtibor qaratish lozimligini oʻz tuzuklarida yozib qoldirgan. Eʼtiborli tomoni shundaki, barcha oʻgit va nasihatlarni Amir Temur osmondan olib emas”, oʻz hayotiy tajribasiga tayangan holda bayon qilgan. Shu oʻrinda ulugʻ bobomiz Amir Temur yozib qoldirgan quyidagi vasiyatga murojaat qilish oʻrinli boʻladi deb oʻylaymiz: “Oʻgʻillarim! Millatning ulugʻ martabasini, saodatini saqlamoq uchun, sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi oʻqing, aslo unutmang va tatbiq eting...

Afsuslar boʻlsinkim, Amir Temur vafotidan soʻng, u qoldirgan vasiyatga toʻliq amal qilinmadi. Natijada, oʻz davrining buyuk va qudratli davlati deya eʼtirof etilgan, Sohibqiron bobomiz asos solgan saltanat parokoadalikka yuz tutdi. Demoqchimizki, Amir Temur mayda davlatlarga boʻlinib ketgan, tarqoqlik, ichki urushlar va adolatsizliklar hukm surgan Movarounnahrni yagona davlatga birlashtirgan boʻlsa, uning vasiyatlariga amal qilinmaganligi va hayotga toʻgʻri tatbiq etilmaganligi tufayli, shunday buyuk markazlashgan davlat tanazzulga yuz tutdi. Allohga beadad shukronalar boʻlsinki, mustaqillik sharofati va mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli xalqimiz maʼnaviyatida tub burilish yuz berdi.. Amir Temur faoliyatiga va u qoldirgan maʼnaviy merosga adolat nuqtai nazaridan toʻgʻri baho berildi. Bugungi kunda hazrat Sohibqiron Amir Temur qoldirgan maʼnaviy meros chuqur oʻrganilmoqda, targʻib qilinmoqda va zamon talablaridan kelib chiqqan holda rivojlantirilmoqda.

Demak, oldimizda turgan muammolarni bartaraf etishda koʻplab ulugʻ ajdodlarimiz qatorida Amir Temurning ham pandu oʻgitlari qoʻl kelayotgan ekan, uning hayoti, faoliyati va qoldirgan maʼnaviy merosiga nafaqat tavallud kunlarida, balki har kuni murojaat qilishimiz foydadan holi boʻlmaydi, albatta. Chunki, Temur tuzuklarini sinchiklab, chuqur anglab oʻqigan inson, bugungi murakkab va tahlikali davrning koʻpgina muammolariga ham javob topa oladi.

Xulosa qilib aytganda, Amir Temur singari koʻplab ulugʻ ajdodlarimiz Vatan ozodligi, millat ravnaqi, xalqimiz hayotining farovonligi yoʻlida butun umrlarini baxshida etib, bu yoʻlda koʻrsatgan jasoratlari va fidoyiliklari bilan avlodlar qalbida oʻchmas iz qoldirdilar. Shuning uchun ham, ularni hurmat-ehtirom bilan yod aylab, ibratli ishlarini davom ettirish barchamizning vazifamiz va muqaddas burchimizga aylanmogʻi lozim. Ularning oʻgitlariga amal qilish esa barchamiz uchun maʼnaviy qarzdir. Ularga qanday munosabatda boʻlsak, kelajakda farzandlarimiz ham bizlarga shunday munosabatda boʻladilar. Buni hech qachon unutmaslik kerak.

Maqsadimiz va niyatimiz Oʻzbekiston Respublikasida yashaydigan barcha fuqarolarning jinsi, irqi, millati, dini va tilidan qatʼiy nazar, hech kimdan kam boʻlmasligi va farzandlarimizning baxtli, saodatli boʻlishi ekan, buning uchun, albatta,shu muqaddas Vatanni sevish, qadrlash, himoya qilish kerak. Chunki, uning taraqqiyotiyu tanazzuli ham biz tufayli. Agar ezgulik yoʻlida millat peshvosi atrofida birlashmasak, bir yoqadan bosh chiqarib harakatqilmasak, kelajak avlod oldida aybdor boʻlib qolaveramiz. Buning uchun daxldor boʻlish, umummillat ravnaqi yoʻlida jiddu jahd qilishimiz, ilmga intilishimiz, farzandlarimizni ham shunga daʼvat qilishimiz kifoya. Eng asosiysi, beparvo va loqayd boʻlmaslik darkor.


XULOSA

O’zbekistonga, uning yeriga, tabiatiga, bu yerda yashayotgan xalqlarga muhabbat, o’lkaning tarixi, madaniyati, an’analarini teran bilib olishga intilish, respublikaning qudrati va yutuqlaridan faxrlanish, xalqimiz qismatiga tushgan qiyinchiliklar uchun qayg’urish ko’p milltli o’zbek jamiyatining muhim jipslashtiruvchi asosi hisoblanadi. Erkka intilish, ozod yashashga bo’lgan ehtiyoj insonga xos bo’lgan tuyg’udir. Inson o’z vatanidagina ozod va erkin yashay oladi. SHu bois vatan ozodligi uchun kurashish masalasi qadim-qadimdan allomalarning asarlari hamda ezgu g’oyalarni ifoda etuvchi ta’limotlarning bosh mavzusi bo’lib kelgan. CHunonchi, Hadisi SHarifda vatanni sevish iymondan ekanligi ta’kidlanadi. Inson o’zi tug’ilib o’sgan vatanda orzu-umidlari, niyatlari, hayotiy intilishlari bilan o’ziga yaqin bo’lgan kishilar davrasida bo’ladi, o’zi ko’nikkan turmush tarzi bo’yicha kun kechiradi, bolalikdan o’zi ko’nikkan ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etadi, hayotining bir qismiga aylangan tilda so’zlashadi va u shu muhitdagina o’zini erkin his qiladi. Begona yurtlarda u o’ziga tanish bo’lgan, o’zi ko’nikkan muhitni topa olmaydi. SHu bois garchi iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatga safar uyushtirgan bo’lsa-da, o’z yurtini tezda sog’inadi.


ADABIYOTLAR

1.„„O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Toshkent. Sharq,O’zbekiston taraqqiyotining poydevori Barkamol avlod 1997 y.

2.Karimov I.A.„„O’zbekiston kelajagi buyuk davlat „„. Toshkent.O’zbekiston 1992 y. axloqiy tarbiyasi

3. Inomova K.M.Oilada bolalarning ma’naviy „„Toshkent. Fan. 1999 y. milliy „„urur „„. T. 1999.

4. Musurmonova O. „„Oila ma’naviyat

5.Мunavvarov A.K. „„Oila pedagogikasi „„. T. O’qituvchi.1994.

6. Jo’raev A.J. Tarbiyaviy darslarni o’tish. T. O’qituvchi. 1994.

7. Baratov Sh. O’qituvchi shaxsini o’rganish usullari.T.1995 y.

8.Tursunova O.Oilada bola tarbiyasi. T.1995.

9. Hasanbaeva O. Tarbiyaviy ishlar metodikasi.T.1996.



10.B.Normurodova. Tarbiyaviy ishlar metodikasi (metodik qo’llanma). T. 2006
Download 126.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling