1. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti‖ fanining maqsadi, vazifalari, predmeti va uslubi


Download 21.54 Kb.
Sana27.10.2023
Hajmi21.54 Kb.
#1728132
Bog'liq
Iqtisodiy Tarix


Reja:
1.Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti‖ fanining maqsadi, vazifalari, predmeti va uslubi.
2. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari, tendentsiyalari va istiqbollari.
3. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi‖ dan kelib chiqqan holda fan oldida qo‘yilgan ustuvor vazifalar.

Xo`jalik jamiyatining barcha jabhalarida intеgratsiya va globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan bir davrda xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti, ularning rivojlanish xususiyatlarini o`rganish, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi asosiy rivojlanish tеndеntsiya va yo`nalishlarini aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi jahon xo’jaligining globallashuvi sharoitida rivojlangan yangi industrial mamlakatlarning iqtisodiyoti muhim ahamiyat kasb etmoqda, chunki so’nggi yillarda etakchi mamlakatlar qatorida yangi industrial mamlakatlarning iqtisodiy salohiyati va nufuzi jahon arenasida yildan-yilga ortib bormoqda. O’z navbatida, milliy iqtisodiyotlarni rivojlantirishda daromadlarni maqsadli ravishda sarflash va to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar xajmini oshirish tufayli ularning iqtisodiy taraqqiyotida ―iqtisodiy mo‘jiza‖lar vujudga kelmoqda. Biz quyida jahon xo’jaligida ―iqtisodiy mo‘jiza‖ga erishgan mamlakatlarning iqtisodiy o’sish davrlari orqali quyidagi bosqichlar orqali tahlil qilib chiqamiz:


1) 1960-yillar (Germaniya va Yaponiya);
2) 1970- yillar (―To’rt ajdarho mamlakatlari- Janubiy Koreya, Tayvanь, Singapur va Gonkong);
3) 1980-yillar (―To’rtta kichik yo’lbars mamlakatlari‖-Malayziya, Tailand, Indoneziya va Filippin;
4) 1990-yillar- To’rtinchi iqtisodiy mo‘jiza‖, ya‘ni Xitoy);
5) 2000-yillar-Cho’l ustidagi mo‘jiza‖, arab mo‘jizasi (BAA va Qatar). Albatta, har bir mamlakat haqida gap boshlanganda, avvalo ko’z oldimizda ushbu mamlakatning O’zbekistondan qanchalik uzoqdaligi yoki yaqinligi, uning yer yuzida qaerda joylashganligi, ya‘ni jahon xaritasida geografik joylanishuvi, shuningdek, xududi va aholisi ko’z oldimizda gavdalanadi. Mamlakatning qaysidir xususiyatlarini esga olish, qachondir shu mamlakat haqida o’qigan kitobni yoki ko’rgan biron bir filmni esga olamiz. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari mavjuddir. Mazkur o’rganilayotgan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishida qo’llagan iqtisodiy dasturlari va isloxotlarining nazariy jihatlarini ko’rib chiqish, jumladan jahon iqtisodiyoti tarixidan joy olgan: ―Pul isloxoti‖ (Germaniya), ―Dodj yo’nalishi‖ (Yaponiya), ―To’rt modernizatsiya‖ (Xitoy Xalq Respublikasi), ―Yashil inqilob‖ (Hindiston) va boshqa tarixiy dastur, isloxotlarning nazariy jihatlari hamda xususiyatlari orqali chuqur tahlil qilishdan iboratdir.
Shuningdek, mazkur fan orqali jahon xo’jaligida muhim o’rin olgan ―yapon modeli, ―amerika modeli, ―singapur modeli, ―koreys modeli, ―tayvan modeli, ―nemis modeli, ―frantsuz modeli, ―xitoy modeli, ―gongkong modeli, ―arab modeli kabi o’z uslubiga mos ravishda tanlab olingan iqtisodiy taraqqiyot rivojlanish modellari orqali xorijiy mamlakatlarning iqtisodiyotini qiyosiy tahlillar orqali yoritishga imkon beradi. Shu bilan birga, xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribalarini o’rganish va tahlil qilish orqali mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishida ulardan samarali foydalanish imkoniyatlariga taklif va tavsiyalar berish maqsadga muvofiqdir. Chunki, bizning o’z oldimizga qo’yilgan asosiy maqsadimiz – boshlagan islohotlarimiz, iqtisodiyotimizni tubdan yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarini davom ettirish va chuqurlashtirish, hayotimiz darajasi va sifatini izchil oshirib borishni ta‘minlash, xorijiy investitsiyalar ko’lamini yanada oshirish, jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida mamlakatimizning iqtisodiyotini tubdan yangilash va jahon xo’jaligida munosib o’z o’rnini topish borasida quyidagi so’zlarini yana bir ta‘kidlash lozim: ―Shu nuqtai nazardan, davlatning innovatsion yangilanish dasturini shakllantirish, innovatsiya va investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi avlod kadrlarini, yangi sarmoyadorlar sinfini tayyorlash o’ta muhim ahamiyatga ega. Buning uchun O’zbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiya qilish bo’yicha kuchli milliy goya, milliy dastur kerak. Ushbu dastur O’zbekistonni jahondagi taraqqiy topgan mamlakatlar qatoriga tezroq olib chiqishga imkon yaratishi lozim.
“2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasi” dan kelib chiqqan holda fan oldida qo’yilgan ustuvor vazifalar ―2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasi‖ dan kelib chiqqan holda fan oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin : - davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta‘minoti darajasini oshirish, hamda iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokini bosqichmabosqich qisqartirish bo'yicha xorijiy mamlakatlarning tajribasini o‘rganish; - mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirishda o‘zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo'yicha xorijiy mamlakatlarning tajribasini o‘rganish; - xorijiy mamlakatlarning ―Elektron hukumat‖ tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning samarasi, sifati va aholi hamda tadbirkorlik sub‘ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish bo‘yicha tajribasini o‘rganish; - xorijiy mamlakatlarning makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlashva iqtisodiy o‘sish sur‘atlarini saqlab qolish bo‘yicha tajribasini o‘rganish; - xorijiy mamlakatlarning tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizastiya va difersifikastiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tajribasini o‘rganish bo‘yicha tajribasini o‘rganish; - iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkning huquqlarini himoya qilish va uning istiqbolli rolini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xusuiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan institustional va tarkibiy islohotlarni davom etish bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning tajribasini o‘rganish; - viloyatlar, tumanlar va shaharlarning kompleks va muvozanatli ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali hamda optimal foydalanish bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning tajribasini o‘rganish; - aholining bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning tajribasini o‘rganish. O`zbеkiston Rеspublikasi ham jahon hamjamiyatiga kirib bormoqda. Xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi hamkorliklar rivojlanmoqda. Xususan, xorijiy mamlakatlar, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotini o`rganish, shuningdеk bozor iqtisodiyotining rivojlanishidagi yutuq – kamchiliklari, rivojlanish muammolarini hal etishdagi to`g`ri yondashuvlar bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o`tib borayotgan Rеspublikamiz iqtisodiyotini rivojlangan davlatlar darajasiga olib chiqishda tajriba sifatidagi ahamiyati kattadir. Sanoat ishlab chiqarishda yangi turdagi mahsulotlarning paydo bo‘lishi aholining hayoti va ijtimoiy ehtiyojini qanoatlantirish bilan birga qo‘shni davlatlar bozoriga raqobatbardosh istemol talablarini qanoatlantiradigan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatini berdi. Shu o‘rinda O‘zbekistonda zamonaviy ishlab chiqarishni yanada kengaytirishga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda jahon andozasi talablariga javob beradigan texnologiyalarni jalb qilishgava xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlariga keng yo‘l berishga qaratilgan etibor o‘z ifodasini topmoqda. O‘zbekiston amalga oshirayotgan tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakli xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqada bo‘lishidir. Shunga ko‘ra davlatimiz valyuta-kredit munosabatlarini, yani chet-el sarmoyalarini xalq xo‘jaligining ko‘pgina tarmoqlariga jalb qilish, xo‘jalik korxonalarini birgalikda ko‘rish va savdosotiq ishlarini amalga oshirishga katta ahamiyat berilmoqda. Mustaqillik sharofati ila iqtisodiy-ijtimoiy va manaviy hayotimizda o‘ziga xos milliy mazmun kasb etuvchi ajdodlarimiz asriy orzusi sifatida o‘z fursatini kutib kelayotgan tub o‘zgarishlar davrining guvohi bo‘layapmiz. Bu o‘rinda barcha o‘zgarishlar asosi iqtisodiy islohotlar ayniqsa sezilarli bo‘layotganligini ta‘kidlab o‘tish zarurdir. Respublikamizda tashqi faoliyat, avvalambor tashqi iqtisodiy aloqalarning yo‘nalishlari, tovar ayirboshlash, sarmoyalar hajmini ko‘paytirish hamda valyuta operatsiyalarini chuqurlashtirish yo‘lida dastlabki yillardanoq muvaffaqiyatli ish olib borilayotganini guvohimiz. O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘sishni va amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini jahonning rivojlangan davlatlari yuqori baholamoqda, Buning boisi, mamlakatimizdagi mavjud siyosatning tinchlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik homiysi ekanligi, o‘zining qulay geografik o‘rniga, noyob va boy xom ashyo manbalarining ko‘pligi, mavjud qazilmalarni o‘zlashtirish imkoniyatlarining qulayligi bilan asoslanganligidir. O‘zbekiston o‘zining mustaqilligi yillarida jahon ham jamiyatiga qo‘shilish jarayonini faol davom ettirdi. Respublika tashqi iqtisodiy faoliyatining strategik manfaatlarini taminlovchi, dunyoning ko‘pchilik regionlaridagi davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga qaratilgani holda jahon xo‘jaligining geografik ―Modeli va xalqaro geografik mehnat taqsimotining ko‘p yillik tajribalarida sinalgan qonuniyatlari asosida o‘z tashqi iqtisodiy munosabatlarini shakllantirmoqda. Bugungi kunda jahon xo‘jaligi aloqalari shunday darajaga yetdiki, keyingi yillarda qitalararo tovarlar eksporti va importida mamlakatlar faolligi bir necha hissaga ortib ketdi va shu o‘rinda davlatlarning iqtisodiy geografik o‘rni rivojlanish va tashqi iqtisodiy aloqalarning muhim omiliga aylanib qoldi. Uning muhim jihatlari birinchidan davlatlarning geografik joylashuvi; ikkinchidan, tabiiy sharoiti va resurslari; uchinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, xo‘jaligining tuzilishi, mehnat resurslari, tarixiy ananalari va boshqa xususiyatlari bilan bog‘langan bo‘lib alohida xududlar qirasida bir-biridan farq qiladi. Bu o‘rinda mamlakatdagi mavjud tarmoqlar o‘zidagi mavjud resurslar, imkoniyatlari, ishlab chiqarish xususiyatlari va jahon andozalari talablarini etiborga olgan xolda, hamkor tanlashi mamlakatlar o‘rtasidagi muammolarning betaraf etish va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Turli mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarining turli – tumanligi iqtisodiy rivojlanish darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan kelib chiqqan holda baholashga imkon bermaydi. Buning uchun quyidagi bir qancha asosiy ko‘rsatkichlar va mezonlardan foydalaniladi: mutlaq va nisbiy YaIM (YaMM); milliy daromad va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad; milliy iqtisodiyotning tarmoqli strukturasi; mamlakat eksporti va importi strukturasi; aholi turmush darajasi va sifati va boshqalar. Shuni ta‘kidlash joizki, mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va uning jahon xo‘jaligidagi ishtiroki – bu tarixiy tushunchadir. Milliy iqtisodiyot va butun jahon xo‘jaligi rivojlanishining har bir bosqichi asosiy ko‘rsatkichlar tarkibiga bu yoki u o‘zgartirishlarni kiritadi. Mamlakatning jahob xo‘jaligida egallagan o‘rnini aniqlash uchun bir qancha yondashuvlar mavjud bo‘ladi. Ular orasida eng oddiysi bo‘lib jaho iqtisodiyotini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad darajasiga qarab mamlakatlar guruhlariga bo‘ishdir. Bunday yondashuv BMT, XVF, XTTB tomonidan amalga oshiriladi (mamlakatlar bo‘yicha aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan mutlaq daromad ko‘rsatkichlari har yili hisoblab boriladi). Masalan, XTTB daromad darajasiga qarab mamlakatlarni uch guruhga bo‘ladi. Jahon xo‘jaligida mamlakatlarni tasniflash va ularning jahon takror ishlab chiqarish jarayonidagi rolini baholash uchun boshqa yondashuvlar ham mavjud.
Bugungi kunda jahonda yuqorida aytib o‘tilgan ijtimoiy – iqtisodiy ko‘satkichlarning o‘xshashligi bilan xarakterlanadigan bir qancha davlatlar guruhlari mavjud. Dunyo o‘z ijtimoiy-iqtisodiy tabiatiga ko‘ra nihoyat darajada xilma-xildir. Bugungikundamamlakatlarniuchguruhgabo‘lishmumkin: . bozor iqtisodiyotidagi sanoati rivojlangan mamlakatlar – bu mamlakatlar jahon xo‘jaligining tayanchi hisoblanadi;. Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeaniyaning rivojlanayotgan mamlakatlari (yoki uchinchi dunyo mamlakatlari); . o‘tish davri iqtisodiyotidagi mamlakatlar – bular asosan yangi xo‘jalik yuritish shakllarini rivojlantirish yo‘lida bo‘lgan Sharqiy Evropa davlatlari, shuningdek Rossiyadan iborat bo‘ladi. Biroq ushbu mamlakatlar guruhlari o‘rtasida nihoyat darajada aniq chegarani belgilash imkonsizdir. Masalan, bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlarning butun bir guruhini – Janubiy – sharqiy Osiyo mamlakatlari, xususan Janubiy Koreya, Gongkong va Tayvan, Braziliya va Argentina, shuningdek boshqa mamlakatlarni bir qator iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha jahonning sanoati rivojlangan mamlakatlari qatoriga kiritish mantiqlidir. Biroq ular boshqa muhim ko‘rsatkichlar darajasi bo‘yicha (ijtimoiy qarama-qarshiliklarning chuqurligi, mintaqaviy rivojlanishning notekisligi va boshqalar) hali ham an‘anaviy tarzda rivojlanayotgan mamlakatlar guruhiga kiradi. Bir paytning o‘zida shunhasiz rivojlangan mamlakatlar qandaydir ma‘noda milliy ishlab chiqarish kuchlarini sifat jihatidan rivojlantirish borasida kechikishayotgan bo‘lib, bu ijtimoiy mehnat unumdorligining o‘sishini to‘xtatmoqda. Masalan, Sharqiy Yevropa mamlakatlari va Rossiyada bu ko‘rsatkich G‘arbiy Yevropa mamlakatlari rivojlanishing atigi 50% ini tashkil qiladi xolos.
Ma‘lumki, jahon iqtisodiyoti murakkab mintaqaviy tuzilmaga egaligi bilan ajralib turadi. Analitik maqsadlarda xalqaro tashkilotlar jahondagi barcha mamlakatlarni uchta guruhga bo‘lib o‘rganiladi: bozor iqtisodiyotidagi rivojlangan mamlakatlar (advanced economies); o‘tish davri iqtisodiyotidagi mamlakatlar (transition period economy) yoki shakllanayotgan bozorga ega mamlakatlar (emerging economies); rivojlanayotgan mamlakatlar (developing economies). Bozor iqtisodiyotidagi rivojlangan mamlakatlar jahon bozorida va xalqaro mehnat taqsimotida yetakchi rol o‘ynaydi. Rivojlangan mamlakatlar jumlasiga G‘arbiy Yevropaning deyarli barcha mamlakatlari, AQSH, Kanada, Yaponiya, Isroil, JAR, Avstraliya va Yangi Zelandiyani kabi mamlakatlar kiradi. Ushbu mamlakatarning barchasi yuqori darajadagi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga egaligi bilan xarakterlanadi. O‘tish davri iqtisodiyotidagi mamlakatlarga Sharqiy Yevropa, Rossiya, Albaniya, Xitoy, Vetnam, sobiq Ittifoq mamlakatlari, Mongoliya kabilar kiradi. Rivojlanayotgan mamlakatlarga Osiyo, Afrika, Okeaniya, Lotin Amerikasining ko‘plab mamlakatlari, Malta va sobiq Yugoslaviya mamlakatlari tegishli bo‘ladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar YaIM ning umumiy darajasi rivojlangan mamlakatlar YaIM ning to‘rtdan bir qismini tashkil qiladi. Yuqorida keltirilgan mamlakatlar tasnifidan tashqari XVF mamlakatlarni quyidagicha guruhlaydi: mintaqaviy guruhlar bo‘yicha (Afrika, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlari, O‘rta Sharq, G‘arbiy yarimshar); analitik guruhlar, shu jumladan eksport tushumlari manbalari (yoqilg‘i, noyoqilg‘i, birlamchi qayta ishlov beradigan mahsulotlar) bo‘yicha; tashqi moliyalashtirish manbalari bo‘yicha (netto – qarzdor mamlakatlar). Umuman olganda turli xil xalqaro tashkilotlar mamlakatlarni iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko‘ra turli guruhlash usullariga ega bo‘ladi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlar-jahon iqtisdoiyotining asosiy subyektlaridan biri hisoblanadi. Ushbu guruhga 30 dan ortiq mamlakatlar kiradi va ba‘zan shu mamlakatlar ―sanoati taraqqiy etgan‖ mamlakatlar deb ataladi. Sanoat jihatdan rivojlangan mamlakatlar xos bo‘lgan asosiy xususiyatlardan biri- daromadlarning aholi qatlamlari o‘rtasida nisbatan tekis taqsimlanishi va mamlakatlar iqtisodiyoti ijtimoiy yo‘naltirilganligidir. Xususan: aholining kam ta‘minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash; ilm-fanni rivojhlantirishga katta miqdorda mablag‘ sarflash(YaIMning 2-3%); ilm-fan yutuqlarining ishlab chiqarishga sarflanishi; tibbiyot,ta‘lim, madaniyat sohalariga sarflanishi yuqoriligi(YaIMning 3-4%). ХХ-XXI asrlar boshida jahon хo‘jaligida rivojlangan mamlakatlarning tutgan o‘rni juda katta bo‘lib, bunday guruhga kiruvchi davlatlar asosan Yevropa qit‘asi va Shimoliy Amerika materigida joylashgandir. Ma‘lumki, rivojlangan «katta yettilik» davlatlar (hozirgi kunda ushbu davlatlar guruhiga Rossiya Federatsiyasini qo‘shilishi bilan «katta sakkizlik» davlatlar dеgan so‘zlar ham jahon iqtisodiyotida ishlatilmoqda)iqtisodiyotini rivojlanishi asosan tabiiy resurslardan qanday foydalanishlik darajasiga va Shuningdek uzoq yillarga mo‘ljallangan zamonaviy ilmiy-teхnikaviy taraqqiyotdagi o‘zgarishlarga bog‘liqdir. Jahon хo‘jaligi rivojlanishida yetakchi sanoati rivojlangan mamlakatlar (AQSh, GFR, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada,Italiya) iqtisodiyoti muhim rol o‘ynamoqda. Ushbu mamlakatlar ulushiga rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarning 79-80%i va dunyo mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarning 59-60%i, tovarlar eksportining 60- 61%i va хizmat ko‘rsatish sohalarning 49- 50%i to‘g‘ri kelmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlar. Bugun kapital oqimida ularning ulushi 30 foizni tashkil etsa, 20 yildan so‘ng bu ko‘rsatkich 50 foizga yetadi. 15-20 yildan so‘ng dunyoda sarmoya qilingan har bir dollarning 60 senti rivojlanayotgan mamlakatlarga kiritiladi.Bu juda katta o‘zgarish. XX-asrning 60-yillaridan boshlab to XXI-asr boshigacha sarmoya sifatida kiritilgan har bir dollardan atigi 20 senti rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ri kelgan. Kelajakda rivojlanayotgan mamlakatlar infratuzilma va xizmatlar, shu jumladan ta‘lim va sog‘liqni saqlash sohalariga katta mablag‘ ajratishga qodir bo‘ladi.Savodxonlik oshishi bilan fuqarolarning pul topish imkoniyatlari ham kengayadi, bu kambag‘allikni kamaytirishga yordam beradi. Rivojlanmagan mamlakatlarga Afrikada 33, Osiyoda 10, Amerika qit‘asida 1 va Okeaniyada 5 mamlakat kiradi. Misol uchun Afrikada Efiopiya va Burundi; Osiyoda Afg‘oniston va Bangladesh; Okeaniyada esa, Kiribati va Samo kabilar kiradi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi hisobotida qayd etilishicha, rivojlanmagan mamlakatlar iqtisodiyoti zamonaviylashmas ekan, qashshoqlikni yengish qiyin. BMT hisobotida yozilishicha, jahondagi eng rivojlanmagan 49 mamlakat global iqtisodiy tanazzul girdobi ostida qolmaslik uchun qo‘ldan kelgan barcha choralarni ko‘rgan, lekin tushkunlikdan butunlay qutula olmayapti. Bu jamiyatlar qashshoqlikni yengish yo‘lida chet eldan sarmoya oqimini oshirib, tizimni isloh qilib, serdaromad sohalarni kengaytirgan holda, xizmat ko‘rsatish sektorini ham yaxshilashi zarur.Rivojlanmagan mamlakatlarda iqtisodiyot juda cheklangan bo‘ladi. Bugungi kunda rivojlanmangan mamlakatlarda savdo-tijorat yomon emas, ammo eksport neft va gaz yoki arzon tovarlardan iborat. Ular faqat bularga qaram bo‘lib qolmasliklari kerak ekanligi ko‘plab xalqaro hisobotlarda keltirib o‘tiladi. Bugungi kunda Osiyoda rivojlanmagan davlatlar iqtisodiyotda yangi sektorlar ochib, xilma-xil mahsulotlar va xizmatlar taklif etish evaziga qaddini rostlay boshlagan. Shuni ta‘kidlash joizki, globalllashuv ko‘plab jamiyatlarda innovatsiya va rivojlanishga olib kelgan bo‘lsa, ayrim rivojlanmagan davlatlarda buning aksi sezilmoqda. Iqtisodiy integratsiya-turli korxona va tarmoqlarning, shuningdek, mamlakatlarning ishlab chiqarish sohasida bir-biriga yaqinlashuvi, ular o‘rtasida uzviy iqtisodiy aloqalar o‘rnatilishi, mamlakatlararo yagona umumiy xo‘jalikning shakllanishi jarayonidir. Iqtisodiy integratsiya butun bir mamlakatlar milliy xo‘jaliklar darajasida, shuningdek, korxonalar, firmalar, kompaniyalar, korporatsiyalar darajasida ham kuzatiladi. Iqtisodiy integratsiya ishlab chiqarish texnologik aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvida, resurslardan hamkorlikda foydalanish, kapitallarni birlashtirishda hamda iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida bir-biriga qulay sharoitlarni yaratishda, o‘zaro to‘siqlarni olib tashlashda namoyon bo‘ladi. Buning asosida mehnat taqsimoti yotadi, albatta. Mehnat taqsimoti tufayli ayrim mahsulotlar emas, balki detallar ham ixtisoslashgan korxona va tarmoqlarda ishlab chiqariladi. Shu tariqa korxona va tarmoqlar o‘zaro yaqin va muntazam iqtisodiy aloqa bog‘laydi. Avvalo, korxonalar o‘rtasida iqtisodiy integratsiya yuz beradi va ularning birlashmasi vujudga keladi.So‘ngra tarmoqlararo miqyosda yuz berib, yirik ishlab chiqarish majmualari paydo bo‘ladi. Bir tarmoq doirasida gorizontal integratsiya, tarmoqlararo esa, vertikal iqtisodiy integratsiya yuz beradi.Vertikal integratsiyaga agrosanoat majmui misol bo‘ladi.U qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, mashinasozlik, kimyo sanoati o‘z ichiga oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


1 Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, №11.
2 Mirziyoyev Sh.M. "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘risida"gi Farmoni. 2017 yil 7-fevral.
3 Mirziyoyev Sh.M. ―2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖ F-5024-son Farmoni. 2017 yil 15 avgust.
4 Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi. - Toshkent:O‘zbekiston,2016.-56 b.
Download 21.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling