1. Yapon tili oʼqitish metodikasining nazariy asoslari


Download 0.84 Mb.
bet1/3
Sana26.11.2020
Hajmi0.84 Mb.
#153446
  1   2   3
Bog'liq
K.Shodmonqulova BMI


Kirish

Bugungi taraqqiyot har bir oʼqituvchidan oʼziga xos ijodkorlik malaka va tajribani taqozo etmoqda. Bu oʼz navbatida xorijiy tillar fani oʼqituvchilari zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi. Boshlangʼich sinflarda xorijiy tilni, xususan, sharqiy tillarni oʼquvchilarga oʼrgatishdan maqsad ularning shu tilda soʼzlash, yozish, tinglab va oʼqib tushunish kabi koʼnikmalarni shakllantirish bilan bir qatorda bolalarning tafakkuri, muloqot madaniyati, bilim olishga, sharq mamlakatlarning madaniyati va qadriyatlarini oʼrganishga boʼlgan ishtiyoqni uygʼotishga qaratiladi. Bolalarning aqliy va nutqiy qobiliyatini muvaffaqiyatli oʼstirish kelgusida fanlarni puxta oʼzlashtirishga imkoniyat yaratadi. Sharqiy tillar misolida yapon tilini misol qilib oladigan boʼlsak oʼquvchilarda yapon tili orqali mustaqil va ijodiy fikrlash koʼnikmalarini shakllantirishda ilgʼor pedagogik texnologiyalar oʼziga xos ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda oʼqituvchiga qoʼyiladigan muhim talablardan biri ham ilgʼor pedagogik texnologiyalar bilan tanishish, amalda qoʼllash va shular orqali bolalarni mustaqil fikrlashga oʼrgatishdan iborat.

Chet tillari, xususan yapon yapon tili grammatikasini oʼqitish metodikasi kursining mavzusi 3 guruhga boʼlinadi:

1. Yapon tili oʼqitish metodikasining nazariy asoslari;

2. Yapon tili nutq faoliyatining asosiy turlari

a) til materialini oʼrgatish,

b) nutq faoliyati turlarini oʼrgatish;

3. Yapon tili oʼqitish jarayonini tashkil qilish,

Chet tili grammatikasini oʼqitish metodikasining asoschisi akademik JI.B. Shcherba edi. Bu soxada I. V. Raxmanov, А. А. Mirolyubov, V. S. Setlin, V. D. Аrakin, 3. M. Svetkova, S. F. Shatilov, N. I. Gez, G. V. Rogova, I. L. Bim va boshqalar mexnat qildilar.

Oʼzbekistonda oʼzbek tilida oʼqitiladigan maktablarda chet tili, xususan, yapon tili oʼqtitish xususiyatlarini hisobga olgan xolda ilmiy ishlar, dissertatsiyalar, dasturlar, darsliklar yaratilgan.

Bitiruv malakaviy ishini aynan chet el texnologiyasiga asoslangan holda zamonaviy metodlardan foydalanib, yapon tili oʻqitishda interfaol usullarning ahamiyatiga bagʻishlandi. Zamon bilan hamnafas holda ta’lim jarayonida oʻquvchiga tilga nisbatan qiziqishni kuchliroq uygʻotadigan quvnoq interfaol usullardan foydalanib ta’lim berish koʻproq oʻz samarasini beradi. Ta’lim sifatini oshirish masalasi barchaning diqqat markazida turgan holda turli axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib masofali oʻqitish, elektron darsliklar tizimini yaratish hamda ularni qoʻllash usullari ishlab chiqilmoqda.

Tadqiqotning dolzarbligi. Yapon tili fani grammatikasini o’qitish metodikasi va o’quvchilarining yosh psixofiziologik hususiyatlaridan kelib chiqib, dars jarayonini yangicha usul va vositalar asosida, interaktiv usullaridan keng foydalangan holda tashkil etishni o’rganish. Oʻqitishning noan’anaviy usullarini oʻylab topish, mavjud usullarni kengroq oʻrganish va amaliyotga tadbiq etish.

Tadqiqotning maqsadi. Yapon tilini boshlang’ich bosqichda o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar interfaol usullardan foydalanib dars oʻtishda yuqori samaralarga erishish, dars jarayoniga interfaol usullar orqali turli rolli-didaktik, harakatli vac het til kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan o’yinlarni tadbiq etish yoʻllarini izlash. Shu orqali undan samarali foydalanish koʻnikmalarni shakllantirish, qanchalik yuqori boʻlishini oʻrganish.

Tadqiqotning vazifalari. Bitiruv malakaviyishida quyidagi asosiy vazifalar amalga oshirilishi nazarda tutilgan:

- Yapon tilini oʻqitishda pedagogik texnologiyalarni koʻrib chiqish.

- Pedagogik texnologiya konsepsiyasining chet elda rivojlanish tarixiga izoh berish.

- Pedagogik texnologiya va oʻqitish metodikasining oʻzaro munosabatini yoritib berish.

- Chet el texnologiyasiga oid oʻqitishning interfaol usullari haqida ta’rif.

- Yapon tili oʻqitishda rolli oʻyinlar, zig-zag, oʻquv portfoliosi kabi interfaol usullar va o’yinlarning ahamiyati haqida tushunchalar berish.



Ishning obyekti. Boshlang’ich bosqichda yapon tili oʻqitish metodikasi.

Ishning predmeti. Yapon tili oʻqitishda interfaol usullar va o’yinlarning samaradorligini oʻrganish.

Tadqiqot metodlari. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda biz tahliliy, kuzatuv, tarjima metodlaridan foydalandik.

Mavzuning oʻrganilganlik darajasi. Yapon tilini oʻqitish boʻyicha professor-olimlarning: Iori Isao, Takanashi Shino “Nixongo bunpou xandauto” Yaponiya.2000y., Ichikava Sukoku “Chyuukyuu nixongo bunpou to oshiekata” 2010 y., Lado R. Language Teaching. –New York, San Francisco, Toronto, London, 2010., N.Xalmurzayeva. Yapon tili. O’zbekiston faylaysuflari milliy jamiyati nashriyoti TOSHKENT – 2006y. metodik qo’llanma darsliklardan foydalanildi.

Ushbu manbalarda ta’lim berish sirlari haqida dastlabki tushunchalar, yapon tilini oʻrgatishda auditoriyaning oʻziga xos sirlari va hususiyatlari, ularni guruhlarga boʻlib oʻqitishning ahamiyati, tushuntirish usullari, solishtirish, tasvirlash ya’ni yangi soʻzlarni koʻproq rasmlar orqali tushuntirishning afzalligi haqida tushunchalar berib oʻtilgan. Oʻqish, eshitish, xotirani mustahkamlash, grammatika, semantikaga oid bir qator o’yinlardan iborat.



Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Hozirgi kunda har bir sohada yangiliklar yaratilmoqda, shu jumladan taʼlim sohasi ham bundan mustasno emas. Respublikamizda uzluksiz taʼlim tizimini tubdan isloh qilish, yangi oʼquv reja va fan dasturlarini xalqaro standartlar asosida tuzish, yetakchi xorijiy universitetlardan taniqli darsliklar va oʼquv adabiyotlarini toʼgʼridan-toʼgʼri oʼzbek tiliga tarjima qilish, professor-oʼqituvchilarning uzluksiz malakasini oshirish, chet tillarini mukammal oʼrganish, modul tizimiga asoslangan oʼquv-uslubiy majmualarni yaratish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tayyorlanayotgan mutaxassislarni zamon talabiga mos raqobatbardosh qilib tarbiyalash vazifalari ilgari surilmoqda.

Tadqiqotda koʼplab yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol oʼyinlar mujassamlashgan.



Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishi natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, maktab yoshidagi, xususan, boshlangʼich sinf oʼquvchilariga yapon tilini oʼrgatish bilan birga, uning tarixi, paydo boʼlish va rivojlanish bosqichlari, uning bugungi kun jahon miqyosidagi mavqni va albatta Oʼzbekiston-Yaponiya aloqalarini turli interfaol oʼyinlar vositasida oʼrgatishning ilmiy asoslarini tahlil qilishdan iboratdir.1

Tadqiqotning tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishining tarkibi kirish, ikkita bob, foydalanilgan adabiyotlar roʼyxatidan iborat. Bitiruv malakaviy ishining matni 53 betni tashkil etadi.

________________________



1Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning «Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida»gi PF-4947-sonli farmoni. 2017-yil 7-fevral. Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʼplami, Toshkent sh.,2017-y., 6-son, 70-modda.

I BOB. YAPON TILIDA GRAMMATIKANI OʼQITISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

Chet tilini bilish har qanday kasb sirlarini oʼzlashtirishda, malaka va mahoratga ega boʼlishda muhim omil hisoblanadi. Chet tilini bilish xalq xoʼjaligining har qanday sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassisning yuqori darajali malakasini ifoda etadi. Shu sababli ham agar oʼrta umumtaʼlim maktablari bitiruvchilari oliy oʼquv yurtiga oʼqishga kirish maqsadini oʼz oldilariga qoʼymagan boʼlsalar ham, chet tilini chuqur oʼrganishlari va erkin soʼzlashuv koʼnikmalarini egallashlari xalq xoʼjaligi turli sohalarida faoliyat yuritishni maqsad qilgan boʼlajak mutaxassislar uchun juda zarurdir.

Maʼlumki, oʼtgan asr 60-70 yillari chet tilllariga oʼqitish metodikasi tarixiga “jadal oʼqitish metodi” umumiy nomi ostida maʼlum boʼlgan qator oʼqitishning yangi metodlari yuzaga kelishi va ishlab chiqilishi davri sifatida qaraladi. Dastavval turli mamlakatlarda va shu davrning turli yillarida yuzaga kelgan mazkur barcha metodlar, shunga qaramay, zamonaviy jamiyat ijtimoiy buyurtmasiga metodikaning umumiy javobi hisoblanadi.

Shu davrning xalqaro vaziyati, axborot “portlashini” keltirib chiqargan ilmiy-texnik inqilob hamda madaniy hamda amaliy aloqalar doirasining kengayishi bilan sodir boʼladigan xalqaro ilmiy-texnik aloqalarni bevosita amalga oshiruvchi fan va texnika turli sohalarida mutaxassislarning soni oʼsib borishi bularning barchasi chet tilini bilish zarurati, xususan, chet tillarini bilish xususiyatiga oʼz talablarini qoʼydi va bu bilan taʼlimda yangi metodlarning baʼzi tamoyillari va koʼrsatmalarini birlashtirdi.

Chet tili muloqot, bilish, axborot olish va toʼplash vositasi hisoblangan chet tilida munosabatlar shartlari nutq faoliyati barcha turlarini bilish zarurligini belgilab beradi: ushbu chet tilida gapirish va nutqni tushunish hamda oʼqish, yozish, nutqiy faoliyat u yoki bu turini bilish darajasi, bevosita chet tilida muloqot amaliyotida, ixtisosligi boʼyicha auteptik va yuksak mazmunli adabiyotlarni oʼqishda, kitob, ularga annotatsiyalar, konferentsiyalar uchun tezislar, amaliy yozmalar koʼrinishida yozma axborot almashishda namoyon boʼladi.

1.1. Til o’qitishda grammatikaning tarixi va nazariy asoslari

Yapon tili kabi murakkab tilni o`rganish katta mehnat talab qiladi, shuningdek, katta mashaqqatni bosib o`tishga to`g`ri keladi. Ijod yoki ish bo’lganda ham avvalo kuchli xohish, gohida asliyat o’rganayotgandan ko’proq izlanish, mehnat, sabr- toqat talab qiladigan, turli xil materiallar ustida ijod qilishdir. Mana shuning uchun ham tilni o’rganayotgan odamlardan, avvalambor, sabr kerak bo’ladi. Bugungi kunga kelib, millatlararo o’zaro aloqa munosabatlarini kuchli o`rnatish va yanada mustahkamlashga ehtiyoj kuchaygani sari, xorijiy tillarni o’rganishga ham talab kengayib boraveradi.

Hozirgi kunda yapon tilini o‘rgatish keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, uning nazariyasini to‘la o‘zida mujassamlashtirgan o‘quv qo‘llanmalar o‘zbek tilida yetarli emas.

Grammatika (yunoncha grammatike, gramma soʻzidan — harf, yozish) – tilshunoslikning tilning grammatik tuzilishini, yaʼni soʻzlarning shaklga ega boʻlish qonuniyatlarini, shuningdek, soʻz birikmalari va gaplarni tuzish qonuniyatlarini oʻrganadigan boʻlimi. Grammatika 2 qismdan – morfologiya va sintaksisdan iborat.

Morfologiyada soʻzning grammatik turkumlari va morfologik kategoriyalar, soʻz shakllari, sintaksisda esa soʻz shakllarining gap tarkibida oʻzaro birikish yoʻllari, ran va uning kategoriyalari, gapning tuzilish turlari bayon qilinadi. Demak, grammatikada soʻz shakli, grammatik maʼno, grammatik shakl, grammatik kategoriya, ran va uning kategoriyalari haqidagi tushunchalar markaziy oʻrinni egallaydi. Tilda oʻzining doimiy ifodalovchisiga ega boʻlgan, soʻz shakli va gapga xos umumlashgan maʼno grammatik maʼno sanaladi. Maʼlum grammatik maʼnoni ifodalash uchun xizmat qiladigan moddiy vosita grammatik shakl hisoblanadi. Grammatik shakllarni grammatik kategoriyani tashkil etgan unsurlar deyish mumkin. Aslida grammatik shakl deganda, maʼlum grammatik maʼnoning moddiy tomoni tushuniladi.

Grammatik shakl grammatik kategoriyani tashkil etgan qismlarning bir tomonini – shakliy tomonini ifodalaydi. Shu bois, grammatik kategoriyalar grammatik shakllarning munosabatidan yuzaga kelgan umumiylik, deyilsa mantiqan toʻgʻri boʻlmaydi. Chunki grammatik kategoriya tarkibiga kirgan har bir qism ham, oʻz navbatida, shakl va mazmun munosabatidan tashkil topgan yaxlitlikdir. Shu sababli ayrim mualliflar grammatik kategoriya tarkibiy qismlari uchun grammema atamasidan foydalanmoqdalar.

Grammatik birliklarni grammatik kategoriyalarga birlashtirishda shu kategoriyaga xos umumlashgan maʼno asos boʻlib xizmat kiladi. Kategoriyaga xos bu umumlashgan maʼno mazkur kategoriyaga birlashgan har bir grammemada takrorlanadi. Shu bilan birgalikda kategoriya doirasidagi har bir grammemaning boshqasidan farq qiladigan maʼnosi ham bor. Ana shu maʼnolar kategoriya unsurlarining oʻzaro zidlanishida asos boʻlib xizmat kiladi. Shunday kilib, kategoriya maʼnosi bilan kategoriya tarkibidagi grammema maʼnosi oʻrtasida tur-jins munosabati mavjud.

Grammatika maʼlum til qurilishini qanday oʻrganishiga koʻra, amaliy grammatika va nazariy grammatikaga boʻlinadi. Amaliy grammatika muayyan bir tilda gapning toʻgʻri qurilishi uchun zarur boʻlgan grammatik qoidalarni tavsiflaydi. U, oʻz navbatida, 2 turga boʻlinadi: tavsifiy va meʼyoriy grammatika.

Tavsifiy grammatika til grammatik qurilishini tavsiflash, bayon qilish bilan cheklanadi. Meʼyoriy grammatika esa til faktlarining til meʼyoriga munosabatini, maʼlum bir lisoniy birlik yoki qurilmaning toʻgʻri yoki notoʻgʻri qoʻllanganini oʻrganadi. Amaliy grammatika grammatikadan farqdi ravishda, nazariy grammatika til qurilishini tavsiflash bilan birga, til qurilishidagi birliklarning oʻzaro munosabatini oʻrganadi. Bu orqali har bir lingvistik birlikning til sistemasidagi oʻrni, qiymati belgilanadi. Nazariy grammatikada til grammatik qurilishining sistemaviy xususiyati ochiladi. Bevosita kuzatishda berilgan hodisalar zamirida yashiringan mohiyat belgilanadi. Shuning uchun ham nazariy grammatika umumiylik – xususiylik, mohiyat – hodisa, imkoniyat – voqelik dialektikasini oʻzida namoyon etuvchi til – nutq zidlanishiga asoslanadi.

Grammatik birliklar tadqiqotchi tomonidan qaysi tomondan oʻrganilishiga koʻra, grammatika faol, nofaol turlarga boʻlinadi. Shakldan maʼnoga qarab tadqiq qilish usuli – semasiologiya usulidir. Bu usulda maʼlum grammatik shakl qanday maʼno ifodalashi haqida gap boradi. Yuqoridagi usulda grammatik birliklarni oʻrganish nofaol grammatika sanaladi. Aksincha, mazmundan shaklga tamoyili bilan ish koʻruvchi grammatika faol grammatika hisoblanadi. Faol grammatikada u yoki bu mazmun qanday yoʻllar bilan moddiylashishi mumkinligi aniqlanadi.

Xuddi shu yoʻnalish bilan bogʻliq ravishda grammatika mazmuniy (mental), shakliy (formal) va vazifaviy (funksional) grammatikalarga boʻlinadi. Mazmuniy grammatika mazmundan shaklga tamoyiliga amal qiladi. Obʼyektiv borliqning ongda aks etishi va ongda aks etgan obʼyektiv olam unsurlari umumlashgan obrazlarning tilda qanday oʻz ifodasini topishini mazmuniy grammatika oʻrganadi. Shakliy grammatika esa semasiologik tamoyil, shakldan mazmunga tamoyili asosida ish koʻradi. Grammatik kategoriyalarni tasnif qilishda shakl ustuvorlik kiladi. Bu yunalishda grammatik shakllarni oʻrganish jarayonida nolisoniy (ekstralingvistik) omillarning eʼtiborga olinishi shart emasligi taʼkidlanadi. Funksional grammatikada asosiy eʼtibor grammatik shakl va grammatik kategoriyalarning vazifasiga qaratiladi. Bunday G.larda lisoniy birlikning 3 tomoni: mazmun, shakl, vazifa (funksiya) dialektik birlikda olinadi.

Grammatika muammolari dastlab qadimda Hindistonda (tilshunos Paninining grammatikaga oid traktatida, miloddan avvalgi 5-4-asrlar), keyinroq Yunonistonda (Aristotel, miloddan avvalgi 4-asr, yunon tilshunosi Apollon Diskol, miloddan avvalgi 2-asr va boshqalarning asarlarida) ishlangan. Yunon grammatik anʼanalari lotin tilini oʻrganish jarayonida rivojlanib borgan.

Oʻzbekistonda grammatikani oʻrganish tarixi Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asariga borib taqaladi. Bu jarayon oʻrta asrlardagi lugʻatshunoslik taraqqiyotida ham oʻz aksini topgan (Toli Imoniy Hiraviyning "Badoye ul-lugʻat" asari, 15-asr; "Abushqa" nomli chigʻatoycha-turkcha lugʻat, 16-asr va boshqalar).

Hozirgi oʻzbek tili grammatikasi Yevropa grammatikasi asosida yaratilgan. Bu jarayon 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Dastlab rus turkshunosi M.A.Terentyev "Turk, fors, qirgʻiz (qozoq) va oʻzbek tillarining grammatikasi" (1875) kitobini yozib, SanktPeterburgda nashr ettirgan. Bu kitob mahalliy tilni oʻrganmoqchi boʻlgan rusiyzabon kishilarga moʻljallangan edi. Oʻzbek tilining izchil ilmiy grammatikasini yaratishni 20-asrning 20-yillarida Fitrat, Gʻozi Yunus, Shorasul Zunnun va boshqa boshlab berdilar. Keyinchalik bu sohada A.Gʻulomov, Gʻ.Abdurahmonov, A.Hojiyev, Sh.Rahmatullayev, Sh.Shoabdurahmonov, S.Usmonov, B.Oʻrinboyev va boshqa tilshunos olimlar katta ishlarni amalga oshirdilar (yana q. Tilshunoslik).

Mazkur bitiruv malakaviy ishida yapon tili grammatikasi va uni o’qitishda harakatli o’yinlarning ahamiyati yoritib berilar ekan, avvalo yapon tilining o’ziga hos hususiyatlari haqida tushunchalar berib o’tamiz:

Yapon tilidagi gaplar ot, sifat, fe’l, ravish, bog`lovchi va yuklamadan tashkil topgan. O`zbek tiliga son yoki olmosh sifatida tarjima qilinadigan so`zlar yapon tilida grammatik jihatdan ot so`z turkumi tarkibiga kiritiladi. Shu kabi yapon tilidagi grammatik qoidalarni quyida ko’rishimiz mumkin:

Jumladan, yapon tilida kesim har doim gapning oxirida keladi. Aniqlovchi esa doimo aniqlanuvchi so’z (aniqlanmish)dan avval keladi. Kesim Yapon tilida kesimning 3 xil turi mavjud: ot, sifat va fe’l bilan ifodalanadigan kesimlar. Kesim tasdiq va inkor, hozirgi-kelasi zamon va o`tgan zamon shakllarida keladi. Yapon tilida sifatning 2 turi mavjud:

1) い-sifat

2) な-sifat.

Yapon tilida so`zlar shaxs-sonda o`zgarmaydi. Yuklamalar Yapon tilida yuklamalar so`z yoki gapning oxiriga qo`yiladi. Ular gapdagi so`zlarning o`zaro aloqadorligi, gapga nisbatan so`zlovchining munosabati, shuningdek, qo`shimcha ma’no berish uchun xizmat qiladi. Ikki gap orasida kelgan yuklamalar bog`lovchi vazifasida qo`llanilib, gaplarni bir-biriga bog`lash uchun xizmat qiladi. Tushurib qoldirish agar so`zlarning ma’nosi gapning umumiy mazmunidan tushunarli bo`lsa va ularni ta’kidlashga ehtiyoj bo`lmasa, bunday so`zlar gapda tushurib qoldiriladi. Yapon tilida ba’zan gapning egasi yoki kesimi ham tushurib qoldirilishi mumkin.

1.2. Yapon tilida grammatikani oʼqitishda pedagogik texnologiyalardan foydlanishning muhim jihatlari

Yapon tilida grammatikani oʼqitishda boshlangʼich bosqichda oʼquvchilar bilan ishlashda oʼqituvchi oʼquvchining nafaqat fonetik va grammatik savodxonligi, balki, ularning nutqi, mustaqil fikrlay olishi, oʼz fikrini yapon tilida bemalol ifoda eta olishi, yozma ish, suhbat, hikoya, mustaqil fikriga tayanishi kabi shakllariga eʼtibor berishi lozim. Аslida, pedagogik texnologiyalardan oʼqituvchi dars jarayonida majburiy foydalanishi mumkin emas. Аyrim oʼqituvchilar pedagogik texnologiyalar afzalliklarini oʼzlari bilmay turib, ulardan xoʼjakoʼrsinga foydalanmoqchi boʼladilar. Holbuki, buni hech kimga keragi yoʼq. Pedagogik texnologiya darsning mazmuni, maqsadiga qarab ishlatilsa, u ijobiy samara beradi. Xorijiy til darslari qanday shakl, metod va vositalar tashkil etilishidan qatʼi nazar eng avvalo pedagogik texnologiyalar:

– pedagogik faoliyat taʼlim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish;

– oʼqituvchi va oʼquvchi oʼrtasida oʼzaro hamkorlikni qaror toptirish;

– oʼquvchilar tomonidan oʼquv predmetlari boʼyicha puxta bilimlarni egallashni taʼminlash;

– oʼquvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash koʼnikmalarini shakllantirish;

- oʼquvchilarning oʼz imkoniyatlarini roʼyobga chiqara olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;

– pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik gʼoyalarining ustuvorligiga erishishni kafolatlashi lozim.6

_______________________

6Lado R. Language Teaching. –New York, San Francisco, Toronto, London, 2010.

Yapon tilini oʼrgatishda oʼqituvchi innovatsiya – pedagogik texnologiyalarni taʼlim tizimiga kiritish, taʼlim tizimida eng ilgʼor texnologiyalarni joriy qilish orqali taʼlim tizimini isloh qilish, taʼlim samaradorligini oshirish, shaxs ijtimoiylashuvini taʼminlash, bu borada muayyan muvaffaqiyatlarga erishish taʼlim jarayonida bolaga doʼstona munosabatlarni shaklllantirishga urinish natijasida vujudga keladi. Boshlangʼich sinf oʼquvchilari darslarining toʼgʼri, aniq, izchil samarali boʼlishi uchun bugungi kunda oʼqituvchi quyidagilarga eʼtibor berishi lozim.

Birinchidan, pedagogik texnologiyalardan foydalanish orqali oʼquvchilarning bilim, koʼnikma va malakalarni puxta oʼzlashtirishi, taʼlimning tushunarlilik izchillik va kirishimlilik, nazariyani amaliyot bilan bogʼlash, koʼrgazmalilik bugungi kunning yangi yondashuvlari, multimedia, oʼquvchilarning ongliligini amalga oshirish orqali taʼminlanadi.

Ikkinchidan, boshlangʼich sinf oʼquvchilariga faqatgina xorijiy tilni oʼrgatishgina emas, balki oʼz doʼstlari bilan muloqotni tashkil qilish ham muhim ahamiyat kasb etishi lozim.

Uchinchidan, har bir oʼqituvchi pedagogik texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishda interfaol usullardan oʼz oʼrnida foydalanishi zarur.

Toʼrtinchidan, oʼquvchilarning fikrlash faoliyatini shakllantirish uchun oʼqituvchi oʼquvchilarning fiziologik rivojlanishini hisobga olib, turli didaktik va rolli oʼyinlar tashkil etishi lozim.

Beshinchidan, oʼqituvchi interfaol usullardan – oʼqituvchi va oʼquvchi hamda oʼquvchilararo birgalikdagi harakatdan foydalanishi kerak.

Oltinchidan, oʼquvchilar oʼtilgan mavzuni esdan chiqarmasliklarining oldini olish maqsadida takrorlash passiv amalga oshirilmasligi kerak.

Biz o’yin, deganda nutq yoki tilga oid ishlarni bir necha maxsus tashkil qilingan oʼquv sharoitida bajarilishini tushunamiz. Metodik adabiyotlarda yapon tilida grammatikani oʼqitishda harakatli o’yinlarning maqsad, vazifasini aniqlashda ularni belgilash va turli yondashishlar mavjud.

K. D. Ushinskiy koʼrsatganidek harakatli o’yinlarning maʼlum tizim holida boʼlishligi ularning muvaffaqiyatli qoʼllanilishining eng birinchi va asosiy xususiyatidir. Harakatli o’yinlar tizimining kamchiligi esa koʼp sonli va koʼp vaqt bajariladigan o’yinlarning yaxshimasligi natijalar bermasligining asosiy sababidir.

Til oʼqitish shart-sharoitlarining tizimini yaratish muammosi amaliy va nazariy jihatdan juda muhim xisoblanadi. Uning muhimligi chet tillar oʼqitishda amaliy metodikaning bugunga qadar yetarli, maʼlum maqsadda yoʼnaltirilgan toʼla o’yinlar tizimiga ega emasligi bilan belgilanadi. Chet tili grammatikasini oʼqitishda qoʼllaniladigan harakatli o’yinlarning ayrim tip va turlari qanchalik samarali boʼlsa, ular til oʼrgatishning butunlay muvaffaqiyatli boʼlishligini belgilaydi. Til oʼrgatishdagi muvaffaqiyat faqat o’yinlarning samarali tizimini taʼminlashi mumkin. Bu muammo nazariy jihatdan eng murakkab hisoblanadi. Bugungi kunda oxirgacha xal qilinmagan metodikaning vazifalari sifatida o’yinlar tizimidagi quyidagi tushunchalar «tizim», «kichik tizim», «tip-toʼplam», «seriya», «sikl», «o’yinlar guruhi» kabi tushunchalarni koʼrsatish mumkin. Bu terminlarning maʼnosini quyidagi misolda koʼrsatamiz.

Chet tili grammatikasini oʼqitishda qoʼllaniladigan harakatli o’yinlar tizimiga toʼrtta kichik tizimdagi o’yinlar kiradi:

1. Gapirishni oʼrgatadigan o’yinlar.

2. Tinglab tushunishni oʼrgatadigan o’yinlar.

3. Oʼqishni oʼrgatadigan o’yinlar.

4. Yozuvni oʼrgatadigan o’yinlar.

Har bir kichik tizimdagi harakatli o’yinlar oʼz navbatida bir necha xususiy koʼnikmalarga oʼrgatadigan o’yinlar yigʼindisini oʼz ichiga olishi mumkin. Masalan, grammatik birliklar asosida diologik nutqni oʼrgatadigan harakatli o’yinlar toʼplami (yigʼindisi), monologik nutqni oʼrgatadigan o’yinlar toʼplami. Har bir o’yinlar toʼplami nutqiy va texnikaviy malakalarni oʼrgatadigan uchta o’yinlar seriyasidan tashkil topadi. Bizning misolimizda ular quyidagilardan iborat:

- birinchi o’yinlar seriyasi talaffuz malakalarini oʼrgatadigan o’yinlardan

- ikkinchi seriya grammatik malakalarni oʼrgatadigan o’yinlardan

- uchinchi seriya leksik malakalarni oʼrgatadigan o’yinlardan tashkil topadi.

Ushbu o’yinlarning hammasi oʼzaro birga va oʼzaro bogʼliq ravishda bajariladi. Har bir o’yinlar seriyasi oʼz navbatida qator o’yinlar siklini oʼz ichiga oladi. Masalan, talaffuzni oʼrgatadigan o’yinlar, gapirishni sintaktik tomonini oʼrgatadigan o’yinlar, ogʼzaki nutqni morfologik malakalarini oʼrgatadigan o’yinlar sikli. O’yinlar sikli maʼlum til xodisalarini oʼrgatadigan ancha kichik o’yinlar guruhiga boʼlinishi mumkin.7


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling