1. Zamonaviy lingvistika keng tarmoqli fan bo'lib,zamonaviy tilshunoslikni o'z ichiga oladi. Biz til deganda,insonlar bilan o'zaro muloqot vositasini tushunamiz. Dunyoda tillar ko'p


Download 14.51 Kb.
Sana05.06.2020
Hajmi14.51 Kb.
#114951
Bog'liq
Nutq o'stirish


1.Zamonaviy lingvistika keng tarmoqli fan bo'lib,zamonaviy tilshunoslikni o'z ichiga oladi.Biz til deganda,insonlar bilan o'zaro muloqot vositasini tushunamiz.Dunyoda tillar ko'p .Har bir tilning o'z grammatikasi,orfigrafiyasi,morfologiyasi mavjud .Bizning o'zbek tilimiz juda boy til hisoblanadi.Ko'plab olimlarimiz,tilshunoslarimiz tilimizni boyitishga o'z hissalarini qo'shmoqdalar.O'zbek tili turkiy tillar oilasiga mansubligi va bu Tilda ko'plam shoirlarimiz,xususan Alisher Navoiy,Bobur,Bedil,Lutfiy kabilar qalam tebratganliklari bois hali bu tilning ochilmagan sir-asrorlari juda ko'p.Nafaqat o'tmishda,balki hozirgi vaqtda ham o'zbek tilida ajoyib asarlar yaratilmoqda.Zaminaviy tilshunoslik fanining asosiy maqsadi ham tilimizni boyitish va kelajakka meros qilib qoldirishdir.Bu sohada hozirda juda ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda.

2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirish maktabgacha ta'limning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.Maktabgacha yosh davri bolaning ayni butqi rivojlanayotgan davrga to'g'ri keladi.Shu sababli MTTda bu mashg'ulot alohida markazlarda amalga oshiriladi.Mashg'ulotlar esa mahoratli pedagoglar yordamida o'tkaziladi.Tilida nuqsoni bo'lgan bolalar bilan logoped shug'ullanadi.Biz pedagoglar bu mashg'ulotni mazsus interfaol metodlar orqali o'tishimiz kerak.Bola xotirasi kuchli bo'lganligi uchun,u har bir ma'lumotni aniq saqlay oladi.Intefaol Metidlarning vazifasi ham bolaga bilimlarrni tez va aniq yetkazib berishdan iborat.Buning uchun albatta,tarbiyachidan pedagogik mahorat talab etiladi.Bola bilan har xil o'yinlar o'tkazish ham yaxshi Samara beradi.Bola tabiatan o'yinga moyil bo'lganligi bois,shu usul bilan bola nutqini rivojlantirish mumkin.Ularga har xil she'rlar,hikoyalar,qo'shiqlar aytib berish va ularni takrorlashni aytish kerak.So'zlarni to'g'ri talaffuz qilish va iloji boricha adabiy tilda gapirishga o'rgatish kerak.



3. Yuqorida aytib o'tilganidek,nutqini to'laqonli rivojlantirish uchun tarbiyachidan pedagogik mahorat talab etiladi.Nafaqat MTT ,balki uyda ham ota-onalar bunga e'tibor berishlari lozim.Chunki «Qush uyasida ko'rganini qoladi»degan maqol bor xalqimiz orasida.Yoshligidan bolaga so'zlarni noto'g'ri talaffuz qilish oqibatida bolaning nutqi buziladi.Shuning uchun biz bo'lajak ota-onalar bunga juda katta e'tibor berishimiz lozim.Nutq qancha ravon bo'lsa,fikrni bayon qilish shuncha yaxshilanadi.Hayotimizda ayrim insonlarni ko'ramizki,nutqini bayon qilishga qiynaladilar.Buning uchun yoshlikda ko'proq badiiy adabiyotlar mutolaa qilish kerak.Avvalo,maktabgacha ta'lim muassasalarida nutqni yaxshi rivojlanishiga e'tibor berishimiz lozim.Bolaga ko'proq she'rlar yodlatishimi,tez aytishlar ayttirishimiz,ko'proq suhbatlar qilishimiz kerak.
Download 14.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling