10 – 18 guruh talabasi Bosimov Quvonchbekning Pedagogika fanidan 1 – oraliq nazorati


Download 26.38 Kb.
Sana28.04.2020
Hajmi26.38 Kb.
#102011
Bog'liq
Quvonchbek Bosimov


10 – 18 guruh talabasi Bosimov Quvonchbekning

Pedagogika fanidan 1 – oraliq nazorati

4 variant

1.Qadimgi yozma ma’rifiy yodgorliklar va turkiy xalqlar axloq - odob tizimining o’ziga xosligi.

2.Abu Nasr Farobiyning pedagogika fani taraqqiyotiga qo’shgan hissasi.

3. Mahmudxo’ja Behbudiyning pedagogik faoliyati.


Javoblar
1.Qadimgi yozma ma’rifiy yodgorliklar va turkiy xalqlar axloq - odob tizimining o’ziga xosligi.
Turkiy halqlarning yozma ma’rifiy yodgorliklari o’ziga xos xususyatga ega bo’lib ular yangi davr kishisini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bular «O’rxun Enisey» yodgorliklari, irq yozuvchilari (tabirnoma) kabilardir. Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va rumiy yozuvlarda bitilgan Urxun Enisey bitiklari 6-8 asrlarida yozib qoldirilgan bo’lib ularda ta’lim tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlar berilgan. Toshga o’yib yozilgan Urxun Enisey yodgorliklari daslab Enisey xavzasida so’ngra Mo’xilistonning Urxun daryosi bo’yida topilib Daniyalik olim Vilgelm Tomson 1893 yilda bu yozuvlarni o’qigan va unda ta’lim-tarbiyaga oid noyob ma’lumotlar bitilganligini ta’kidlagan. Bitik toshlarida turk xoqonlarining yurishlari bu yurishlarida ko’rsatgan jasoratlari ularning bilimli, mard, halqparvar alp yigitlar ekanligi bayon etiladi.

O’z Vatanning mustaqiligi uchun ko’rash, halqni asoratdan olib chiqish ularning birligini, ta’minlash xoqonlar Bumin, Istami, Eltarish va uning o’g’illari Bilga xoqon va lashkari boshi Qul tegin ma’naviy otalari Tunyukuklarning zimmasiga tushgani hikoya qilinadi.

Masalan, Kul tegin bitigida u halqparvar, tadbirkor, halqning kelajagini o’ylaydigan jonkuyar sarkarda, o’z manfaatidan vatan manfaatini yuqori qo’yuvchi shaxs sifatida ta’riflanadi. Kul tegin Eltarish xaqonning kichik o’g’li u 731-yil 27 fevralda 47 yoshida vafot etadi. Bitik tosh 732-yil o’rnatilgan, bu bitik toshda barcha voqealar Kul tegining akasi Bilga xoqon tilidan hikoya qilinadi. Uning haqiqiy ismi Mug’ilyon bo’lgan. Bitigni mualifi Kul tegining jiyani Yo’llug’ tegindir. Kul tegin bitigida Bilga xoqonning og’ayinlariga qarindosh tegindir. Kul tegin bitigida Bilga xoqonning og’ayinlariga qarindosh urug’lariga murojaat ularning xatolari tufayli turk elida ko’p falokatlar yuz bergani ifodolanadi. Turkiylarning Harbiy yurishlari, ularga qo’shni bo’lgan tabg’achlarning bosqinchiligi tufayli halq boshiga kulfatlar tushgani, ularni yolg’onchilik, firibgarlik qurboni bo’lganligi ta’kidlangan. «Oltin, kumush ichkilik, ipakni shuncha hisobsiz berayotgan tabg’ach halqlari so’zi shirin, ipak kiymi nafis ekan. Shirin so’zi ipak kiyimi bilan aldab, yiroq halqni shu xilda yaqinlashtirar ekan. Yaxshi qo’shni bo’lganidan keyin yozuv ilmini bu erda o’rganar ekan. Yaxshi dono kishini yaxshi alp kishini yo’latmas ekan. Biror kishi adashsa, urug’i, halqi,

uyi, yopingichiga qo’ymas ekan. Shirin so’ziga nafis ipakiga aldanib, ko’p turk halqi, o’lding».

Qul tegin bitigida Bilga xokon eng muhim insoniy xislatlar hayoti zaruriyatlar haqida pand nasihat bayon etgan. Turk halqi birlashmagani, bir- biriga ishonmagani uchun xiyla va firib qurboni bo’lib tabgachlar ularni qul va cho’ri etgani qashshoq, ersiz va mute bo’lganligini kuyinib so’zlaydi.

Bilga xoqon turk eli o’rtasida elparvar xoqon deb tanilgan edi. U turk halqining vatani abadiy bo’lishi uchun kurashadi. Halqqa qarata shunday o’git qilar edi: Vatanni saqlab qolmoq faqat xoqonga emas, halqqa ham bog’liq. Ajdodlarimizning xato va yutuqlari buning dalilidir.

To’nyuquq bitigi esa 310 misradan iborat bo’lib 717-718 yillarda To’nyuquq hayotligida yozilgan. Bu bitigda To’nyuquq vatanparvar shaxs sifatida nomoyon bo’ladi. To’nyuquqdagi insoniy fazilatlar ezgulik insonparvarlik xislatlari uning qo’shni halqlar o’rtasidagi obro’sini yanada oshirib yuboradi. Masalan, uning asirlarini o’z yurtlariga jo’natib yuborishi boshqa dushman qabilalarining ham bosh egib kelishiga, bu esa ezgulik bilan yovuzlik, qoniqishning oldini olish mumkinligini ko’rsatadi. U adolatsizlik qilmadi, insonparvarlik namunasini ko’rsatdi, ammo shu bilan birga xoqonlik qonunlarini, manfaatlarini qattiq himoya qilib, jasorat namunasini ko’rsatdi.

Yuqoridagi yozuvlardan tashqari, alplarning jangovarligiga, axloq- odobi va bilimiga bag’ishlangan bitigtoshlar ham ko’p topilgan.

Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, garchi O’rxun Enisey yozma yodgarliklari berish vosita ta’lim- tarbiya masalalariga bag’ishlangan bo’lmasa ham, ulardan o’sha davr axloqiy qoida va talablari yuzasidan ma’lum bir ma’lumot olish mumkin.

Xoqonlar va alplarning jangovar faoliyati, turmush tarzi, vatanparvarlik, birdamlik, ittifoq bo’lib yashashga intilish, mardlik, jasorat, samimiylik, insonparvarlik, ezgulik kabi xislatlari jami har bir a’zolari axloqiy qiyofasini belgilovchi muhim fazilatlar sifatida ma’rifiy qadryatlarimiz tarixida muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimgi ma’rifiy yodgorliklarimizdan irq bitigi ta’birnoma ham ta’lim-tarbiya tarixida o’z o’rniga ega. Mazkur qo’lyozma XIX asrning oxirda sharqiy Turkistonning Dunxuvan degan joydan topilgan. Irq bitigida eng qadimgi ajdodlarimizning halq og’zaki ijodiga xos mifiologik hamda totemistik ifodalar o’z aksini topgan. An’anaga ko’ra har bir epizodda yaxshi g’oyalar ta’rif etiladi.

Voqealar tush va uning ta’birlari tarzida bayon etiladi. Inson doimo farovon hayot kechirishni orzu qilgan. Ana shu ezgu orzuga etishda u qiyinchiliklarga duch kelgan. Lekin inson bu qiynchiliklarni iloxiy qudrat-tangri yordamida engib o’tgan o’zi uchun go’zal hayot ta’min etgan. Ammo yaxshilik bor joyda unga yomonlik ham ro’baro’ keladi. Tush ta’birlarida yomon xodisa voqealar zamirida yomonlik yotishi ifodalanadi:

«Men olti boshli ilonman,

Oltin korkin-ko’rsog’imni

Qilich bilan chopib,

Mening tanamni yo’l chetiga,

Boshimni uyim yo’liga qo’yishdi»,-deyishdi

bilib qo’ying: bu-yomon

Lekin halq kelajakka yomonlik ustida yaxshilik, ezgulik g’olib kelishiga ishongan:

Tong ota boshladi,

So’ng uning izidan yo yorildi,

So’ng quyosh chiqdi,

Hamma er yorug’ bo’ldi, deyishdi,

Bilib qo’ying:-bu yaxshi.

«Irk bitigi»ning asosida inson, uning qayg’u, quvonchi, shodligi, orzu-istaklari yotadi. Eng qadimgi davrlardan eramizning IX asrgacha yaratilgan ma’rifiy yodgorliklarda irk bitigi singari inson kamolotini qo’yilish katta o’rin egalaydi. Ularda ajdodlarimizning xulq odobiga oid dastlabki tasavvurlari, ezgulikka bo’lgan intilishlari ifodalangan. Bularning hammasi davrimiz tarbiyaviy muammolarini hal qilishda o’z dolzarbligi bilan muhimdir.


2.Abu Nasr Farobiyning pedagogika fani taraqqiyotiga qo’shgan hissasi.

Abu Nasr Farobiy – o’rta asr sharqining mashhur mutafakkiri, qadimgi yunon falsafasining Sharqdagi eng yirik davomchisi va targ’ibotchisidir. U Sirdaryo bo’yidagi O’tror (Forob) shahrida 873 yilda tug’ilib, Shosh (Toshkent), Buxoro shaharlarida o’qidi, so’ng xalifligining markazi Bag’dod shahriga borib, u yerda ko’p yil istiqomat qildi. Yunon faylasuflarining asarlarini mutolaa qilish, turli tillarni o’rganishbilan shug’ullandi. Umrining so’nggi yillarida Damashqda yashadi. 950 yilda vafot etdi. U turli sohalarga oid ilmiy asarlar qoldirdi. U o’z davrining faylasufi, musiqachisi, shoiri, qomusiy olimi sifatida shuhrat qozondi. U “Aql haqidagi risola” “Falsafadan oldin nimani o’rganish kerak”, “Falsafa manbalari”, “Masalalar manbalari” kabi 160 dan ortiq risolalar yaratdi.

Yaqin va O‘rta Sharqda «Ikkinchi muallim» deb nom qozongan Markaziy Osiyolik mashhur olim Abu Nasr al-Forobiyning mantiq ilmiga qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Forobiy hali hech bir mutafakkir uddalay olmagan vazifani, ya’ni Arastuning va umuman qadimgi grek mantig‘ini keng tinglovchilar o‘rganishi uchun eng oddiy, tushunarli vosita va uslublarini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Mantiq tarixchilarining ta’kidlashicha, Forobiy bu tavsiyalari bilan Arastuning mantig‘iga o‘zgacha fayz kiritib, uning kitobxonlar orasidagi mavqeini yanada ko‘tarilishiga erishdi.

Forobiyning mantiqqa oid asarlari jumlasiga «Isaguvchi» (kirish), «Maqulot» (Kategoriya), «Ibora» (Hukm), «Qiyos» (Sillogizm), «Birinchi analitika», «Burxon» (Isbotlash-ikkinchi analitika), «Djadal» (Munozara «Dialektika»), «Safsata» (Sofistik raddiya), «Xitoba» (Ritorika), «She’r» (Poetika), «Mantiq ilmiga kirish», «Aql haqida» «Sillogizm» va «Shartli hukmlar» kabi kitoblarini kiritishimiz mumkin. «Baxt-saodatga erishuv yo’llari haqida risola» («Risola fi-t tanbih ala asbob as saodat») «Shaharni boshqarish» («Al siyosat al madaniyatiya»), «Urush va tinch turmush haqida kitob» («Kitob fi famoyish va-l xurub»), «Fazilatli xulqlar» («As-siyrat al-fazila») kabi turlarga bo’linadi.

Abu Nasr Forobiyning ilmiy mеrosi, umuman o’rta asr Sharqining madaniy-ma'naviy hayotidan, tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-siyosiy masalalaridan juda boy ma'lumot bеradi. Mutafakkir o’z asarlarini o’sha davrda Sharq mamlakatlarida ilmiy adabiy til hisoblangan arab tilida yozadi.

Abu Nasr Forobiy shuningdеk arab va fors tillarida falsafiy mazmundagi shе'rlar yozgan. Abu Nasr Forobiy asarlari XII-XIII asrlardayoq lotin, Qadimiy yahudiy, fors tillariga, kеyinchalik boshqa tillarga tarjima qilinib, dunyoga kеng tarqalgan. So’nggi asrlarda ko’chirilgan nusxalari ko’p mamlakatlarning kutubxona va muassasalarida saqlanadi. Toshkеntda Bеruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Qadimgi Sharq faylasuflari asarlaridan jami 107 risolani, jumladan, Abu Nasr Forobiyning 16 risolasini (arabcha) o’z ichiga olgan «Hakimlar risolalari to’plami» («Majmuat rasoil al-xukamo» qo’lyozmalar fondi, 2385-in.)bor. Bu noyob qo’lyozma Abu Nasr Forobiy asarlarini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. To’plamdagi Abu Nasr Forobiy risolalari 1975 yili qisman o’zbеk tiliga tarjima qilinib nashr etildi.

Abu Nasr Forobiy «Yulduzlar haqidagi qoidalarda nima to’g’ri va nima noto’g’riligi to’g’risida» risolasida osmon jismlari bilan yеrdagi xodisalar o’rtasidagi tabiiy aloqalarni, xususan, bulutlar va yomg’irlar paydo bo’lishining quyosh issiqligi ta'sirida bug’lanishga sababiy bog’liqligin yoki Oy tutilishi, yerning quyosh bilan Oy o’rtasiga tushib qolishiga bog’liq ekanini ko’rsatgan edi. Bu bilan u osmon jismlariga qarab «fol ochuvchilar»ni fosh qildi. Abu Nasr Forobiy arzon mеtallarni qimmatbaxo mеtallarga aylantirishga urinuvchilar tanqid qilib, kimyoga tabiiy ilmarning bir qismi sifatida qaradi.

Abu Nasr Forobiy tabiblik bilan bеvosita shug’ullanmagan bo’lsada nazariy tibbiyotni yaxshi bilgan. Uning tibbiy qarashlari «Inson a'zolari haqida» risolasida bayon qilingan. U inson a'zolarini, turli xil kasalliklar sababini, ularning paydo bo’lish sharoitlarini aloxida-aloxida o’rganishni, organizmni salomatligini tiklash uchun kеrakli oziq-ovqatlarga e'tibor bеrishni qayd etadi. Insonning ruxiy va jismoniy xolati tashqi omillar muhit ta'siriga bog’liqligiga e'tibor bеradi. Uning tibbiyot vazifasi, maqsadi haqidagi qarashlari Ibn Sinoning bu haqidagi qarashlariga katta ta'sir ko’rsatadi.

Abu Nasr Forobiy dunyoqarashining shakllanishiga asosan Sharqning Qadimgi ilg’or madaniyati an'analari, arab xalifaligiga qarshi xalq xarakatlari, O’rta asr tabiiy-ilmiy tafakkur yutuqlari, Yunonistonning falsafiy mеrosi ta'sir ko’rsatdi. Abu Nasr Forobiy avvalombor Aristotеl ta'limotini tiklash, asoslash va ilg’or tomonlarini so’nggi ilmiy yutuqlar asosida rivojlantirishga harakat qilib, “Sharq aristotеlizm” oqimini vujudga kеltirdi. Bu oqimning uslubi, muhim masalalari, katеgoriyalarini ishlab chiqdi.

Abu Nasr Forobiy uchun dunyo quncha bo’lib, asta-sеkin o’zining rang-barang tomonlarini va bitmas-tuganmas boyliklarini tobora ko’proq namoyon qilib ochila boradi. Borliqning bunday talqini tabiiy – ilmiy g’oyalarning yanada rivojlanishi uchun kеng yo’l ochdi. Abu Ali Ibn Sino va mutafakkirlar o’zlarining falsafiy qarashlarida shu borliq tizimi asosida ish olib bordilar.

Abu Nasr Forobiy fikricha, insonning bilishini, ruxiy qobiliyatlarini miya boshqaradi, yurak esa barcha a'zolarni hayot uchun zarur bo’lgan qon bilan ta'minlovchi markazdir, barcha ruxiy «quvvatlar», jumladan bilish qobiliyati muayyan a'zoga bog’liq.

Abu Nasr Forobiy o’z davridayoq buyuk olim sifatida mashhur bo’lgan. Sharq xalqlarida u haqida turli hikoya, rivoyatlar vujudga kеlgan. O’rta asr olimlaridan ibn Xallikon, ibn al-Qiftiy, ibn Abi Usabi'a, Bayhaqiylar o’z asarlarida Abu Nasr Forobiy ijodini o’rganib, uning g’oyalarini rivojlantirganlar. Xususan, ibn Rushd Abu Nasr Forobiy asarlarini o’rganibgina qolmay, ularga sharhlar ham («Sillogizmga nisbatan al- Abu Nasr Forobiyning fikri», «Abu Nasrning mantiqqa doir asarida ifodalangan fikrning bayoni», «Al Abu Nasr Forobiy, xususan, uning «Organon», izohlariga turli sharhlari» va b.) yozdi.Taraqqiyparvar insoniyat Abu Nasr Forobiy ijodiga hurmat bilan qarab, uning mеrosini chuqur o’rganadi. Yevropa olimlaridan B.N. Shtrеnishnеydеr, Karra dе Vo, T.U.Buur, R. Xammond, R. dе Erlanjе, F. Dеtеrittsi, G. Farmеr, N.Rishar, G. Lеy, Sharq olimlaridan Nafisiy, Umar Farrux, Turkеr, M. Mahdi va boshqalar Abu Nasr Forobiy mеrosini o’rganishga muayyan hissa qo’shdilar6. Kеyingi yillarda uning ijodi va ta'limotiga bag’ishlangshan bir qancha ta'limotlar, asarlar yuzaga kеldi.

R.Emеrson aytganidеk: “Taraqqiyotning chinakam bеlgisi – boylik emas, shaharning kattaligi emas, hosilning mo’l-ko’lligi emas, balki shu o’lka bag’rida tarbiya topgan inson qiyofasidir”.

Abu Nasr Forobiyning dunyoqarashi IX-X asrlarda erishilgan yutuqlar yakuni dеyish mumkin. Uning ijtimoiy g’oyalari kеyinchalik mutafakkirlar: Abu Rayxon Bеruniy, Ibn Sino, Ibn Rushd, Baxmanyor, Nizomiy Ganjaviy, Sa'diy, Abduraxmon Jomiy, Alishеr Navoiy va boshqalar ijodini rivojlanishiga asos bo’ldi.Tarixdan bizga ma’lumki Abu Nasr Forobiy g’oyalari orqali Movarounnahrda sarbadorlar XIV asrning 60-yillarida o’z davlatini barpo etganlar.


3. Mahmudxo’ja Behbudiyning pedagogik faoliyati.
Turkistonda jadidlar harakati asoschilaridan biri, jahonga mashhur bo’lgan o’zbekning yangona jug’rofiyashunosi, atoqli jamoat arbobi , buyuk islom shunos, ulug’ pedagog ahloqshunos, yuksak didli jurnalist, Muxmudxuja Bexbudiy 1874 yil 10 martda Samarqandning Baxshtepa qishlog’ida ruhoniy oilasida tavallud topagan.

Bexbudiy o’ziga Gaspiralining tutgan yo’lini tanlaybi va undan maslahatlar oladi hamda maslakdash budilar.

Behudiy «usuli jadid» maktabining zarurligi. Uning qonun-qoydalari, maktabda o’tiladigan darslar. qanday imtixonlar olishnish. Maktabning qay tarzda tuzilishi unga qanday asbob-uskunalar kerakligi, muallalarni vazifalari. Ularning ta’minot masalalari va boshqa ko’p jihatlarini Gaspiralidan va uning asarlari hamda maqollaridan o’rgandi. Shular asosida Turkiston «usuli jadid» maktablarni tashkil etish uchun bor kuchini sariflaydi. M.Behudiy «usuli jadid» maktablari uchun bir kancha darsliklar yozadi» Muntahbay jug’rofiyai umumiy»(qisqacha umumiy jug’rofiya), Kitobatul –atfol (Bolalar maktui)

« Muxtarsi tarixi islom» (Islomning qisqacha tarixi). Madxali jug’rofi umroniy (Axloq jug’rofiyasiga kirish),»Mxtarasi jug’rofiyai rusiy »(Rossiyaning qisqacha jug’rofiyasi).»Amaliyoti va islom» va kitoblari darslik sifatida o’qitilgangandi.

M.Bexudiy va uning maslakdoshlari «Usuli jadid» maktablarida Turkiston farzandlarnin o’qitish ishlarni jadval suratda olib borardilar.M.Behudiy «usuli jadid» maktablaridagi o’qitish ishlari quydagi tartibda olib borilardi edi: «Maktab ikkta boqichdan iborat bo’lib, birinchi bosqich ibtidoiy qismi, deb nomlangan». Bu ning tahsil muddati to’rt yil. Birinchi yilida: foris va arabcha yozuv hamda o’qiishni o’rganilgan.Suralar yodj olingan.Hisob darsi o’rgatilgan.Umuman bir yil davomida yozmoq va o’qimoqni to’liq o’rgatilganlar.Ykkinchi yilida xaftiyak, imon va e’tiqoddan dars,fors.turkiy, va arab tilida she’rlar ,qasidalar o’qitilgan.Uchinchi yilida: Quron Karim, islom ibodati, tajvid, Sa’diyning nasixatlar, fors va turkiy til puxta o’rgatilib,undan insholar yozdirilardi.

Maktabning ikkknchi bosqichi - rushadiya bo’lib, bunga Sinf-ibtidoiy qismni tamomlaganlar o’tkazilar edi. Bu o’qitiladigan daryo va ilmlarning mundarijasi quyidagicha: Birinchi yil arab tili, jugrofiya, shafaqiya, fors tili, tarjima muhtasar, tarixi anbiyo va islom tarixi, Sa’diyniig Gulistoni turksiy tili o’qitilgan; ikkinchi yil-arab tili, shifoxiya, tarix,islom, axloq, turk tili, hisob, fors yozuvi va xokazolar; uchuinchi yil arab tili, hisob, xat yozuvi, tarix, turkiy tal, rus tili o’qitilgan; to’rtinchi yil-arab tili, rus kozixona xatlar, bulistnoyxona xatlari, turk tili va adabiyoti, salomatlik xayot, ishq va muxabbatsiz axloq va boshqa ko’pgana hayoti darslar o’qitilgan.

Bexbudiy maktabida har yil oxirida tantanaga imtixonlar o’tkazilib turilardi. Imtixonlarga, albatta, ota-onalar: va boshqa mehmonlar ham taktif qilinardi, Bu birinchndan: "usulm-jadid" maktablarini targ’ib qilish va uning tartiblarini ko’rsatish bo’lsa ikkinchidan: maktabni xayotiyroq kilish, ya’ni oila va maktab birligini amalga oshirish edi.

Sakkiz sinf ya’ni ikki bosqichni tamomlagan shogird arab, forscha va turkchada bemalol so’zlab, yozardi. Ruschani ham o’qib, bemalol gaplasha olardi. Turkistonning boshqarma mahkamalarining barchasida ishlashga qurbi etardi. Bu shogird maktabda ham kila olar, tijorat bilan ham shug’ullanar, xatto muharrirlikham qulidan kelardi.

"Usuli jadid» maktabkni yo’lga kuyksh oson kechmadi. Bexbudn va Shakuriy buning uchun bircha musulmon taraqqiy etgan shaharlaridagi maktablarni o’rganib chiqdi. Bunday mustamlakachilik davrida Turkistonnining istiqboli uchun o’z xovlisida ilm ma’rifat uchog’ini ochgani uchun Behbudiyning boshida necha-iecha tayoklar sindi.Shunga qaramasdan jafokash muallim "ycyli jadid^' maktabini qattiq turib himoya qildi.Uning maktabiga chor rus inspektorlari kelib taftish o’tkazishganida jug’rofiya, tarix va hisob kitoblarini oxuri tagiga yashirib kuygan.

Berishxbudiy axloq va tarbiyaning asosi - maktab, barcha ilmninng boshi va ibtidosi maktab, Saodatning, fozil insoaning ma’naviy chashmasi- maktab degan aqidaga amal kilardi. Bu borada "Turkiston viloyatining gazetasi" "Taraqqiy», "Xurshid», "Sho’ro'' kabi matbuot

saxifalarida yuzlab maqolalar bilan chiqishlar knddi. Ushbu maqolalar asosan taxsil va ta’limning taraqqiyotiga bag’ishlanandi. Masalan% Taxsil oyi, Ehtiyoji millat, Samarqand usuli jadid maktab xususida , Buxoro usuli jadid kabi chiqishlarda yangiusuli maktablari, unging ahamiyati o’qitish tizimlari, yangi moarif va madaniyatni rivojlantirish dunyoviy fanlarning nafi , ma’rifatga rag’bat, komil insoning tarbiyasi haqidagi muhim ma’rifiy fikrlarini o’qish mumkin edi. Behudiy ta’lim tarbiya hamda uning muammolari to’g’risida boy publitsistik meros qoldirdi.Jumladan imon va islom

«Buxoro xonligiga sayohat »Ibtidoiy maktblarimizning taribsizligi yoxud taraqqiyning yo’li, Samarqandda milliy ishlar haqida va boshqalar.



M.Behbudiynig yang maktablar uchun yozgan asarlari maktablarning islohida katta hodisa bo’ldi.Ayni davrda bu darsliklar nazariy, ilmiy va amaliy jihatdan keng qo’llanildi.Bu kitoblarning bugungi kunda ham qadri yo’qolganicha yo’q.
Download 26.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling