10- amaliy mashg’ulot sanoat ishlab chiqarishida baho va baholash


Download 170.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana02.01.2022
Hajmi170.13 Kb.
#189433
  1   2
Bog'liq
10-amaliy mashg'ulot



10- AMALIY MASHG’ULOT 

Sanoat ishlab chiqarishida baho va baholash 

 

1.  Davlatning baho siyosati va uni amalga oshirish zaruriyati. 

2.  Baxo – bozor munosabatlarining iqtisodiy kategoriyasi sifatida  

3.  Baho va baholashning mohiyati va ahamiyati 

4.  Baxoning funktsiyalari,turlari va strukturasi 

5.  Tovar sotishni ko’paytirish, maksimal foyda olish 

6.  Korxonalarni muayyan mavqeini saqlab qolish 

 

Baho bozor kategoriyasi bo’lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni 

anglatadi. Oqilona, ilmiy jihatdan asoslangan baho va baholash iqtisodiyotning ilmiy va amaliy 

vositalaridan biri hisoblanadi. 

Baho  siyosati  -  bu  davlatning  iqtisodiy  siyosati  va  iqtisodiy  strategiyasining  muhim 

ajralmas 

qismidir. 

SHu 


sababli 

ijtimoiy-iqtisodiy 

taraqqiyotni 

jadallashtirishda, 

mehnatkashlarning tashabbusi va omilkorligini rivojlantirishda baho belgilash siyosati alohida 

o’rin egallaydi.  Bahoni  xo’jalik  mexanizmi  va  o’zini  o’zi  pul  bilan ta’minlashning ko’tarib 

turuvchi  ustuni  deyish  mumkin.  Jamoaning  va  ayrim  xodimning  daromadlari,  ular  iqtisodiy 

manfaatlari narxning, ya’ni bahoning to’g’ri belgilanishiga bog’liqdir. Baho bamisoli barometr 

kabi bozor holatini ko’rsatib turadi, u pasayib ketsa, tovar bozori kasodga uchraydi, tovar nafsiz 

bo’lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini yaxshilash zarurligi kun tartibiga 

qo’yiladi. 

Baho  pul  muomalasi  holatiga,  kreditlash  samaradorligi  va  iqtisodiyotning  moliyaviy 

sog’lomligi bilan bog’liq. Davlatning, korxona (firma) lar va ularda ishlovchilarning, umuman 

aholining  o’zaro  rejali  bog’lanishi  baho  yordamida  amalga  oshiriladi,  ijtimoiy  resurslardan 

foydalanish ta’minlanadi, yalpi ichki mahsulotni hisobga olish va taqsimlash amalga oshiriladi. 

Bahoni tovar qiymati belgilaydi, ammo bozor iqtisodi sharoitida u aniq qiymatdan yuqori yoki 

kam  bo’lishi  mumkin,  bu  esa  bozordagi  o’sha  mahsulotga  bo’lgan  talab  va  taklifga  bog’liq 

bo’ladi.  Tovar  bahosining  darajasi,  shuningdek,  tovarning  ijtimoiy  foydaliligi  darajasi  va 

boshqa tovarlar o’rnini bosa olishi, muomaladagi pulning harid quvvatiga ham bog’liq bo’ladi. 

Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho yordamida korxonalar ishlab chiqarishini tashkil etishning 

asosiy  muommolaridan  biri,  nima  ishlab  chiqarish  foydali  ekanligini  hal  etadi.  Baho  tovar 

taklifi, aholining to’lov qobiliyati, ishlab chiqarish resurslarining oshib yoki kamayib ketishi 

to’g’risida  korxona  egalariga  axborot  beruvchi  vosita  hamdir.  Bahoning  yana  bir  vazifasi 

qiymat  o’lchovidir,  bunda  qilingan  xarajatlar  va  olingan  natija  ma’lum  bir  narx  yordamida 

hisob-kitob qilinadi. 

Bahoni shakllantiradigan asosiy omillar esa quyidagicha: 

1. Iqtisodiy xarajat darajasi; 

2. Tovarlarning naflilik darajasi; 

3. Tovarga bo’lgan talab va uning taklifi; 

4. Raqobat shakllari va usullari; 

5. Tovarni iste’mol qilish vaqti. 

Raqobat  cheklangan  bozorlarda  (sof  monopoliya,  monopolistik  raqobat,  oligopoliya) 

ishlab  chiqaruvchilarning  o’rni  bozor  narxlarini  belgilovchi  muhim  omillardan  hisoblanadi. 

Monopoliya  sharoitida  bozorda  bir  turdagi  mahsulotlar  taklif  qilinishi  sababli  baho  ustidan 

to’liq  nazorat  amalga  oshiriladi.  Bu  degani  monopolist  ishlab  chiqaruvchilarning  narx 

belgilashdagi  hukmronligi,  iste’molchi  daromadlari  cheklangani  bo’lib,  to’qnash  keladi. 

O’rnini  bosuvchi  tovarlarning  mavjudligi  ham  ularning  baho  belgilashdagi  mutlaq 

imkoniyatini cheklaydi. 




Oligopoliya sharoitida esa alohida ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) bir-biriga bog’liq 

bo’lganliklari sababli baholarni mustaqil belgilashga botina olmaydilar. Faqat baho belgilashda 

yashirincha kelishishlari mumkin. 

Nazariy  jihatdan  olib  qaralganda,  baho  - tovar  qiymatining  puldagi  ifodasidir.  Amaliy 

jihatdan qaralganda esa, baho – muhim iqtisodiy vosita, dastak hisoblanadi. Ma’lumki, qiymat 

ishlab chiqarish kategoriyasi bo’lib,  ishlab  chiqarishning  o’zidagi  mehnat  sarfi  bilan  bog’liq 

munosabatlarni  ifoda  etadi.  Tovarning  yaratilishida  moddiylashgan  va  jonli  mehnat  sarf 

qilinadi, ularning majmuasi qiymat demakdir. Ammo qiymat har qanday mehnat sarfi emas. 

Qiymat  tovarni  yaratishga  ketgan  ijtimoiy  zarur  mehnat  sarfi,  aniqrog’i  ehtiyojni  qondira 

olgani  sababli  bozorda  tan  olingan  mehnat  sarfidir,  chunki  mehnatning  bir  qismini,  agar  u 

kerakli bo’lmasa, bozor inkor etadi va shu qism qiymatni yaratishda ishtirok etmaydi. Bozorda 

turli  mehnat  sarflari  umumiy,  ya’ni  ijtimoiy  zarur  mehnat  sarfiga  keltiriladi  va  shu  sarfning 

pulda ifodalanishi bahoni hosil qiladi. 

Bahoning iqtisodiy mazmunini uning funktsiyalari yaqqol ko’rsatib beradi. Baho nimaga 

tegishli bo’lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat, ish kuchi, qarz puli narxini, buning farqi yo’q) 

besh asosiy funktsiyani bajaradi: 

1. Bozor muvozanatini ta’minlash funktsiyasi. Bunda baho bozordagi talab va taklifning 

hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. 

2. Hisob-kitob, o’lchov funktsiyasi. Baho qiymatning puldagi ifodasi, chunki bajarilgan 

ish hajmi, foyda-zararning barchasi baho asosida hisob-kitob qilinadi. 

3.  Iqtisodiy  regulyator  funktsiyasi.  Baho  bozor  iqtisodiyotining  asosiy    vositalaridan  

biridir.  Undagi  o’zgarish  bozor  holati (kon’yunkturasi)ni bildiradi. 

4. Raqobat vositasi funktsiyasi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi kuch 

hisoblanadi.  Baho  vositasida  bellashuv  raqobatning  asosiy  ko’rinishlaridan  biri  hisoblanadi. 

Firmalar  o’z  raqiblarini  yengish,  ularni  bozordan  siqib  chiqarish  uchun  bahoni  o’zgartirib 

turadilar. 

5.  Ijtimoiy  himoya  funktsiyasi.  Baho  ayrim  aholi  toifalarini  kambag’allikdan  saqlash 

vazifasini o’taydi. Odatda, aholining nochor va muhtoj qatlamlariga tovarlar arzonlashtirilgan 

baholarda  sotiladi.  Bular  ijtimoiy  dotatsiyalangan  baholar  bo’lib,  ularni  moliyaviy  jihatdan 

davlat  byudjeti  yoki  byudjetdan  tashqari  mablag’lar  ta’minlaydi.  Dotatsiyalangan  baholarni 

davlat belgilaydi. 

Bozor  iqtisodiyotining  o’ziga  xos  tizimi  borki,  u  o’zaro  bog’langan,  bir-birini  taqozo 

etuvchi, ammo turli maqsadlarda qo’llanuvchi baholar majmuasidan tashkil topadi. Bahoning 

shakllanish jarayoni murakkab bo’lib, uning ishtirokchilari  g’oyat ko’pchilikni tashkil etadi. 

Baholar turli vazifalarni bajarganligi sababli ham ularning turi ko’p. 

Baholarning asosiy turlariga quyidagilar kiradi: 

1.  Ulgurji  baholar.  Tovarlar  ko’tarasiga  katta  miqdorda  sotilganda  bu  baholardan 

foydalaniladi. Bunday bahoni asosan ulgurji savdo-sotiq olib boriladigan savdo markazlarida 

uchratish mumkin. 

2.  CHakana  baholar.  Tovarlar  bevosita  iste’molchilarga  sotilganda  foydalaniladi.  Bu 

baho o’z ichiga tovar ulgurji narxini, chakana savdo tashkilotchilarining xarajati va foydasini 

oladi. 


3.  Nufuzli  baholar.  Bu  baholardan  obro’  talab  iste’molchilarga  tovarlar  sotilganda  va 

xizmatlar ko’rsatilganda foydalaniladi. 

4.  Dotatsiyali  baholar.  Bunda  tovarlar  davlat  byudjeti  hisobidan  arzonlashtirilgan 

baholarda olinadi. 

5.  Davlat  baholari.  Bu  ishlab  chiqaruvchilarga  davlat  tomonidan  buyurtma  berilganda 

qo’llaniladi. 

6. Mavsumiy baholar. Bu mavsumiy ishlab chiqariladigan tovarlarga belgilanadi. 



7.  Milliy  va  jahon  baholari.  Alohida  tovarning  baynalmilal  xarajatlari.  Bunda  jahon 

bozoridagi talab va taklif nisbati hisobga olinadi. 

8.  Standart  baholar.  Xaridor  cho’ntagidagi  pulga  qarab,  ma’lum  davrgacha 

o’zgarmaydigan qat’iy standart narxlar qo’llaniladi. 

9.  Preysko’rant  baholar.  Bu  baholar  sotuvchi  uchun  mo’ljal  baho,  xaridor  uchun 

bildirishlik  yoki  ma’lumot  baho  hisoblanadi.  Ishlab  chiqargan  mahsulotni  sotish  uchun 

muzoqaralarga  tayyorgarlik  ko’rish  mobaynida  tadbirkor  eng  avvalo,  o’zi  uchun  maqbul 

bo’lgan  baho  ko’rsatkichlarini  aniqlashga  harakat  qiladi.  SHu  maqsadda  u  bahoni  uchga 

ajratadi. Ya’ni maksimal (eng yuqori), minimal (eng past) va ob’ektiv baho. 

Maksimal baho - (sotuvchi nuqtai nazaridan) - bu muzokaralarni shu bahodan boshlash 

mumkin bo’lgan ko’rsatkichidir. Minimal baho - (qo’shilishi mumkin bo’lgan eng past baho ) 

-  bu  tovar  narxining  shunday  ko’rsatkichiki,  tadbirkor  muzoqaralar  davomida  undan 

tushmaslikka harakat qiladi. 

Ob’ektiv  baho  -  bu  tarkibida  o’rtacha  sifat  ko’rsatkichlariga  ega  bo’lgan  u  yoki  bu 

tovarning o’rtacha bahosidir. 

Bahoning iqtisodiyotdagi o’rni beqiyos katta bo’lganidan uning har bir turidan oqilona 

foydalanish  tadbirkorlik  uchun  muhim  ahamiyatga  ega.  SHu  sababli  korxonalar  va  firmalar 

narx belgilashga katta e’tibor beradilar. 

Ular o’zlarining narx strategiyasini ishlab chiqishda quyidagi maqsadlarni ko’zlaydilar: 

- tovar sotishni ko’paytirish; 

- ko’proq foyda olish; 

- o’rnini muayyan mavqeini saqlab qolish. 

Tovar  sotishni  ko’paytirishdan  uch natija kutiladi: a)  tovar  sotishni  ko’paytirish  orqali 

bozorda o’z hissasini oshirish, imkon bo’lganda bozorni o’z nazoratiga olish; b) har bir tovarni 

(tovar  birligini)  sotishdan  tushadigan  foydaning  kamayishiga  rozi  bo’lgan  holda  tovarlarni 

ko’plab sotish orqali keladigan yalpi foydani oshirish; v) tovarni ko’p sotish natijasida  uning  

hajmiga  nisbatan  savdo-sotiq  xarajatlarini qisqartirish. 

Bozordan raqiblarni surib chiqarib, o’z mavqeini mustahkamlash uchun firmalar maxsus 

narx qo’llaydilar, uni bozorga kirib olish narxi yoki demping narx deb ataladi. Bu  narx  raqibni  

sindirishga    qaratilganligidan    davlat    uni  ta’qiqlaydi,  shu  sababli  firmalar  uni  yashirin 

qo’llaydilar va bu ish rasmiy narxning bir qismini kechib yuborish shaklida bo’ladi. 


Download 170.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling