10- ma’ruza. Bo‘laklashlar kombinatorikasi Reja


Download 0.5 Mb.
bet1/32
Sana24.06.2020
Hajmi0.5 Mb.
#121358
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Bolaklash kombinatorikasi


10- ma’ruza. Bo‘laklashlar kombinatorikasi

Reja:

  1. Bo‘laklashlar ta’rifi.

  2. Ferrers diagrammasi.

  3. Bo‘laklashlarning xossalari.


Bo‘laklash, ko‘phad formulasi, natural son, yig‘indi, qo‘shiluvchi, qo‘shiluvchilar tartibi, diagrammali usul, Ferrers diagrammasi, normal Ferrers diagrammasi, diagrammaning transpozitsiyasi, ikki yoqlama diagrammalar, qo‘shma diagrammalar, qo‘shma bo‘laklashlar.
10.1. Bo‘laklashlar ta’rifi. Kombinatorikada o‘rin almashtirishlar, o‘rinlashtirishlar va gruppalashlar tushunchalari yordamida yechiladigan masalalar bilan bir qatorda bo‘laklashlarga doir masalalar ham qaraladi. Bunday masalalar turli vaziyatlarda paydo bo‘lishlari mumkin. Masalan, qutiga predmetlarni joylashda, axborotni uzatishda, pulni maydalashda, ko‘phad formulasidan foydalanish uchun daraja ko‘rsatkichini bo‘laklashda va hokazo.

Bo‘laklashlarga doir masalalar orasida natural sonlarni natural yoki manfiymas butun qo‘shiluvchilar yig‘indisi sifatida tasvirlash masalasi alohida o‘rin tutadi. Bu masalaning mohiyati quyidagidan iborat.



Berilgan natural sonni natural sonlar yig‘indisi ko‘rinishda ifodalash imkoniyatlari qancha?

Bu masala turli shartlarda qaralishi mumkin. Masalan:



  • qo‘shiluvchilar tartibi e’tiborga olinishi yoki olinmasligi mumkin;

  • bo‘laklashlarda faqat juft yoki toq sondagi qo‘shiluvchilar qatnashish sharti qo‘yilishi mumkin;

  • qo‘shiluvchilar bir-biridan farqli yoki ixtiyoriy deb hisoblanishi mumkin va hokazo.

Tabiiyki, bo‘laklashlarga doir kombinatorik masalalarni yechishda, bo‘laklanayotgan son o‘rniga undan kichikroq son(lar)ni bo‘laklash yoki qaralayotgan bo‘laklashni kamroq sondagi qo‘shiluvchilari bo‘lgan bo‘laklashga keltirish usuli qo‘llanilishi maqsadga muvofiqdir.

Natural sonni ixtiyoriy ta ( – natural son, ) natural sonlar yig‘indisi, ya’ni ko‘rinishda tasvirlashga
Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling