10- mavzu: Davlat byudjeti. Soliqlar


Download 30.46 Kb.
bet1/4
Sana11.01.2022
Hajmi30.46 Kb.
#305050
  1   2   3   4
Bog'liq
9-Mavzu
корхона иқтисодиёти ва менежмент, O'zbetinshe, O'zbetinshe, O'zbetinshe, Sherimbetov Sh psixologiya, 1мавзу, 1, kur ishi, aksiz soliqi, aksiz soliqi, 13-Mavzu, 5-Ma`ruza, 21-mavzu, Bolalarni matematik ta\'sovvurini shakillantirish

10- Mavzu: Davlat byudjeti. Soliqlar.

10.1. Davlat byudjetining mohiyati va funktsiyalari.

10.2. Davlat byudjeti xarajatlari.

10.3. Soliqlarning turlari va funktsiyalari.

10.4. Davlat byudjetining soliqlarga ko’ra tarkibi.Soliq yuki.

10.5. O’zbekiston Respublikasida soliq siyosati va soliq islohotlarining asosiy yo’nalishlari.


10.1. Davlat byudjetining mohiyati va funktsiyalari.

Davlat byudeti mamlakat moliya tizimining markaziy unsuri bo’lib makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o’ynaydi.

Davlat byudjeti moliyaviy balans sifatida ikki qismdan iborat bo’lib, bu qismlarni sodda qilib daromadlar va xarajatlar deb atash mumkin.

Davlat byudjeti daromadlari soliq va soliq bo’lmagan tushumlar hisobiga shakllansada, makroiqtisodiy tahlilda u soliqlar hisobigagina shakllanadi deb qaraladi.

Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida iqtisodiyotga xarajatlar, markazlashgang investitsiyalarni moliyalashtirish, ijtimoiy himoya, ijtimoiy soha, davlat boshqaruv va sud idoralarini moliyalashtirish moddalari mavjud.

Davlat byudjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to’lovlari) ko’paytirish yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki byudjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar qismidagi mutanosiblikni ta’minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ko’rsatish, baholar ustidan nazorat o’rnatish, eksport va import qilinadigan tovarlarga kvotalar o’rnatish va shuningdek, mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar majmuasidan iborat.

Davlat byudjeti mablag’lari hukumatning daromadlarni va resurslarni qayta taqsimlash funnktsiyasin bajarishi uchun imkoniyat yaratadi.


Download 30.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling