10- mavzu: Davlat byudjeti. Soliqlar


Davlat byudjeti xarajatlari


Download 30.46 Kb.
bet2/4
Sana11.01.2022
Hajmi30.46 Kb.
#305050
1   2   3   4
Bog'liq
9-Mavzu
корхона иқтисодиёти ва менежмент, O'zbetinshe, O'zbetinshe, O'zbetinshe, Sherimbetov Sh psixologiya, 1мавзу, 1, kur ishi, aksiz soliqi, aksiz soliqi, 13-Mavzu, 5-Ma`ruza, 21-mavzu, Bolalarni matematik ta\'sovvurini shakillantirish
10.2. Davlat byudjeti xarajatlari.
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlari tarkibini tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, 2000-2006 yillarda Davlat byudjeti xarajatlarining YaIMga nisbatan ulushi kamayib bordi 29,5 foizdan 20,2 foizgacha tushdi. Bu holat avvalo byudjet daromadlarining YaIMga nisbatan ulushi kamayganligi, shuningdek byudjet xarajatlarini optimallashtirish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirilishi bilan izohlanadi

Davlat byudjeti xarajatlarining YaIM ga 2005 yilda 22,5%gacha sezilarli bo’lmagan pasayishi markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari (YaIMga nisbatan 2004 yildagi 2,7%dan 2005 yilda 2,4%ga) va boshqa xarajatlarning (YaIMga nisbatan 2004 yildagi 5,6%dan 2005 yilda 5%ga) qisqarishi hisobiga ro’y berdi.

Iqtisodiyotni uchun xarajatlar 2005 yilda YaIMga nisbatan 3,0%ni, jami byudjet xarajatlariga nisbatan esa 13,3 % ni tashkil qildi. Ijtimoiy soha va ijtimoiy himoyaga ajratiladigan xarajatlarning biroz ko’payganligi kuzatildi. birgalikda) jami xarajatlar tarkibidagi ulushi 2004 yildagi 47,5%dan 2005 yilda 50,2%gacha o’sdi.

2007 yilda davlat byudjeti xarajatlari YaIMga nisbatan 20,7 % ni tashkil etdi. Barcha rejalashtirilgan xarajatlar ishtimoiy-iqtisodiy dasturlar uchun to’la hajmda moliyalashtirildi, davlat byudjeti xarajatlari prognozga nisbatan 109 % da bajarildi. Davlat byudjeti xarajatlarining ijtimoiy yo’nalishi saqlab qolindi ( byudjet xarajatlarining 50 % i). Ijtimoiy muhofaza, ish haqi to’lovlari, nafaqalar va stependilar o’z vaqtida va to’laqonli moliyalashtirildi.

Maorifga yo’naltirilgan xarajatlar ulushi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab quvvatlashga, umumiy xarajatlarning 59,4 %ini tashkil etdi va o’tgan yilga nisbatan 1,1 % ga oshdi.* Bu esa Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga asosan kollejlar va litseylar sonining kengaytilganligi natijasi hisoblanadi. Sog’liqni saqlashga xarajatlar ijtimoiy xarajatlarning 22,4 %ini tashkil etdi (2006 y. 22,6 %).

2007 yilda “Ijtimoiy himoya yili” dasturini amalga oshirish munosabati bilan va aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish hamda ko’lamini kengaytirish borasida qo’shimcha chora-tajbirlar amalga oshirilishi natijasida ehtiyojmand, nogiron va yolg’iz keksa odamlarga yordam ko’rsatish uchun byudjetdan 226,5 mlrd. so’m ajratildi.

Bu yillarda boshqaruv organsarini moliyalashtirish xarajatlarining YaIMdagi ulushi keskin o’zgarmadi va 0,5-0,6 % darajasida saqlvnib qoldi.

Iqtisodiyotga qilingan xarajatlar suv xo’jaligi ob’ektlari va aholi punktlari infratuzilmalari faoliyatini va zaruriy moddiy texnika taraqqiyotini ta’minlagan bo’lsa-da, jami xarajatlar tarkibida xarajatlar tarkibida ularning ulushi 2004-2007 yillar davomida qisqardi va 2007 yilda YaIMga nisbatan 2,3 % nitashkil etdi.

Tahlil qilinayotgan davrda markazlashgan investitsiyalarning byudjet xarajatlaridagi ulushining kamayishi tendentsiyasi barqaror bo’ldi.


Download 30.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling