10.5. O’zbekiston Respublikasida soliq siyosati va soliq islohotlarining asosiy yo’nalishlari.
O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan soliq siyosati iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirishda soliqlarning rolini oshirish, ularning rahbatlantiruvchi funktsiyasini kuchaytirish, soliqlarni unifikatsiya qilish, iqtisodiyotga soliq yukini pasaytirish, soliq stavkalarini pasaytirish kabi yo’nalishlarda olib borilmoqda. To’g’ridan-to’g’ri soliq stavkalarining pasaytirilishi, kichik biznes sub’ektlari uchun soddalashtirilgan soliq tizimining joriy etilishi iqtisodiyotga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatmoqda.
Soliq islohotlari to’g’ridan to’g’ri soliqlarning stavkalarini kamaytirish, resurs to’lovlari va mulk solig’i bo’yicha tushumllarning davlat byudjetidagi ulushini oshirishga qaratilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining bunday imtiyozlar ichki investorlarga ham berilishini ko’zda tutuvchi “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida” gi Farmoni imzolanishi bilan iqtisodiyotga investitsiyalar jalb etishni rag’batlantirish mexanizmini takomillashtirshda yangi bosqich boshlandi. Ushbu farmondan ko’zda tutilgan maqsad “xo’jalik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarishni muntazam modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, uni yuqori sifatli, raqobatbardosh, eksportga yo’naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradigan ilg’or zamonaviy uskunalar bilan ta’minlashga mqaratilgan samarali rag’batlantirish tizimini yaratish...” dir.
Xulosa qilib aytganda, respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq siyosati, soliq mexanizmining investitsiyalar hajmini oshirishga, ularni ustuvor tarmoqlarga jalb etishga, tarkibini takomillashtirish, barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash maqsadlariga tasirini yaxshilashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |