10 – Mavzu: Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida. Ma'ruza rejasi


Ta'rifga olmosh bo‘ladigan, uni vaqtincha almashtiradigan mantiqiy usullar


Download 139.23 Kb.
bet27/33
Sana10.11.2021
Hajmi139.23 Kb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
Ta'rifga olmosh bo‘ladigan, uni vaqtincha almashtiradigan mantiqiy usullar ham mavjuddir. Ular quyidagilardir: ko‘rsatish, tasvirlash, tavsiflash, o‘xshatish, tafovutlash, xarakteristika.

Ko‘rsatishda buyum va hodisaning ayrim belgilariga (masalan, hajm, rang, shakl, hatti-harakat, tovush va h. k.) taqlid qilib ta'kidlash sodir bo‘ladi.

Tasvirlash buyum va hodisaning bir qancha belgilarini birma-bir sanab chiqishdir. Masalan, oqqushni shunday tasvirlash mumkin: «Oqqush o‘zi qorday oppoq, kichkinagina ko‘zlari yaltirab turadi, tumshug‘i va tirnoqlari qop-qora, bo‘yni uzunchoq, viqorli va ko‘rkamdir. Ko‘k qamishlar orasida yashaydi, qoramtir suv ustida vazmin suzib yuradi».

Tavsiflash buyumning ba'zi alohida belgilarini ko‘rsatish uchun xizmat qiladi. Masalan: odamning to‘siqlarni engishi uning irodasi zo‘rligini ko‘rsatuvchi alomatdir. Go‘zal va xunukni, yaxshi va yomonni ajrata olmaydigan odam didsiz yoki farosatsizdir.

O‘xshatish fikr qilinadigan ikki buyumdan biri ikkinchisining yordami bilan izohlanishini ko‘rsatuvchi usuldir. Masalan: bolalar hayot gullaridir, yoshlik hayot bahoridir, bilim hayot nuridir.

Tafovutlash ikki buyumni fikran chog‘ishtirib ko‘rish orqali ularning bir-biriga o‘xshamasligini, ya'ni bir-biridan farqini ko‘rsatishdir. Masalan: vodorodning kisloroddan farqi shundaki, uning o‘zi yonadi, ammo yonishga quvvat bermaydi.

Xarakteristika buyum va hodisaning tipik, xarakterli, eng muhim, umumiy belgilarini qayd qilish usulidir.

Tushunchani bo‘lish deb uning hajmini aniqlashga aytiladi. Masalan: «guruhimizdagi talabalar» tushunchasini bir qancha bilgilari (millati, yoshi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, qaerdanligi, o‘qishi, partiyaviyligi va h.k.) bo‘yicha bo‘lish mumkin.

Bo‘lishning quyidagi turlari mavjuddir: belgilarni o‘zgartirish orqali bo‘lish va dixotamik bo‘lish.


Download 139.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling