10 – Mavzu: Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida. Ma'ruza rejasi


Download 139.23 Kb.
bet5/33
Sana10.11.2021
Hajmi139.23 Kb.
#442044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Falsafa 10-mavzu
Bog'liq
sementlar Dark Prince, 46549, 46549, Лермонтов
Tafakko'rning mantiqiy tarkibini ikki tomon tashkil etadi: 1) mazmuni va 2) mantiqiy shakli

Tafakko'rning mazmuni deb unda aks etgan buyum va hodisalar to‘g‘risidagi bilimlarga aytiladi.

Tafakko'rning mantiqiy shakli deb fikrlarimizning ichki muntazamligi, muayyan bog‘lanishi va izchilligiga aytiladi.

Fikrning tuzilishi deb uning ichki ko‘rinishi, uni tashkil etadigan qismlarning o‘zaro aloqasi usuliga aytiladi.

Fikrlarimiz tuzilishi, qurilishini aniqlash jarayoni formallashtirishdir. Formallashtirish jarayoni tafakkur shakllari va qoidalarini turli ramziy, shartli formulalar, sxemalar va belgilar orqali ifodalashdir. U tafakko'rning shakli bilan birgalikda uning mazmunini ham hisobga olishni taqozo qiladi.

Tafakko'rning mantiqiy shakli va mazmuni uzviy birlikni tashkil qiladi. Fikrning to‘g‘riligi, haqqoniyligi uning mantiqiy shaklining to‘g‘riligiga va aksincha bog‘liqdir. Masalan:

Har qanday metall elementdir.

Temir metalldir.

Demak, temir elementdir.

Bunda fikrning mazmuni chin, uning mantiqiy shakli esa to‘g‘ri qurilgan, bir-biriga o‘zaro mosdir. Ammo ba'zan fikrning mantiqiy shakli izchil, to‘g‘ri qurilgan bo‘lsa ham, uning mazmuni yolg‘on, xato bo‘ladi. Masalan:

Barcha odamlar yaxshi odamlardir.

Bezori odamdir.

Demak, bezori yaxshi odamdir.

Bunda fikrning mantiqiy shakli to‘g‘ri, izchil, muntazam qurilgan bo‘lsa ham, ammo uning mazmuni xatodir. CHunki unda «Barcha odamlar yaxshi odamlardir», degan umumiy asos xato bo‘lganligi sababli «Bezori yaxshi odamdir», degan yolg‘on xulosa chiqadi.

Demak, tafakko'rning mantiqiy shakli va mazmuni har doim ham bir-biriga mos kelavermaydi. Ular o‘rtasida ziddiyat, nomuvofiqlik ham mavjuddir.

Mantiq tafakko'rning mantiqiy shakllari, yo‘llari, usullarini o‘rganish bilan birgalikda to‘g‘ri aytilgan fikrlarning barchasi uchun bir xil umumiy qonunlarni ishlab chiqadi.


Download 139.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling