10-ma’ruza standartlashtirish


Download 35.27 Kb.
bet1/10
Sana05.01.2022
Hajmi35.27 Kb.
#226317
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-maruza


10-MA’RUZA

Standartlashtirish.

Reja:


1. Standartlashtirish haqida, uning maqsad va vazifalari.

2. Standartlashtirish bo‘yicha asosiy atamalar va ta’riflar.

3. “Standartlashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonuni.
Tayanch so‘z iboralar: standartlashtirish va standart tushunchalari, standartlashtirish ahamiyati, standartlashtirish jarayoni, Respublikada standartlashtirishni tashkil etilishi tarixi, “Standartlashtirish to‘g‘risida” qonun, standartlashtirish maqsad va vazifalari, standartlashtirish ob’ekti, normativ hujjat.
1. Standartlashtirish haqida, uning maqsad va vazifalari.

Standartlashtirish deganda mavjud yoki bo‘lajak masalalarga nisbatan umumiy va ko‘p marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy-texnikaviy faoliyat tushuniladi.

Jumladan, bu faoliyat standartlar va texnikaviy talablarni ishlab chiqishda, nashr etishda va tatbiq qilishda namoyon bo‘ladi. Mahsulot, jarayon va xizmatlarning belgilangan vazifasiga mos kelishi, savdodagi g‘ovlarni bartaraf qilish hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlikka ko‘maklashish standartlashtirishning muhim natijasi bo‘lib hisoblanadi.

Standart so‘zi inglizcha “Standart” so‘zidan olingan bo‘lib, me’yor, o‘lcham, andoza degan ma’nolarni bildirib me’yoriy hujjat nomi bilan yuritiladi.

Standart deganda ko‘pchilik manfatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yo‘naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlari yoki natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror qo‘llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjat tushuniladi.

Standartlar fan, texnika va tajribalarning umumlashtirilgan natijalariga asoslanishi va jamiyat uchun yuqori darajadagi foydaga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.

Standartlar darajasiga qarab halqaro, davlat, korxona va hudud miqyosida faoliyat ko‘rsatadi.

Mahsulotning hamma hayotiy davrida (tadqiqot va loyihalash, iste’mol yoki ishlatilishida) sifatni etarli darajada boshqarishni amalga oshirish uchun standartlar va texnikaviy shartlar majmuining zarurligi sezilib, ular esa sifatni boshqarishda tashkiliy, texnikaviy asos bo‘lib hisoblanadi.

Mahsulot tadqiqot va loyihalash bosqichida standartlashtirish yordamida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi.

- mazkur mahsulotning sifat tavsiflarini kompleks standartlashtirish aso-sida tayyor mahsulotga, shuningdek fan va texnika yutuqlarini va xorijdagi iste’molchi va ishlab chiqaruvchilarni inobatga olib hamda xom ashyoga, materiallarga, yarim fabrikatlarga va komplektlanuvchi buyumlarga talablar belgilaydi;

- mahsulotning vazifasiga va ishlatilishiga qarab, unga yagona sifat ko‘rsat-kichi tizimini aniqlaydi;

- optimal sifatni ta’minlash uchun mahsulotni loyihalashda normalar, ta-lablar va usullar belgilaydi;

- ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish sharoitlari asosi hisoblangan bir-xillashtirish (har xillikni boshqarish) darajasini oshirishni, ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, fan va texnika taraqqiyotini tezlashtirish, mahsulotni ishlab chiqarishda, uni ishlatishda va ta’mirlashda mehnat unumdorligini oshirishni belgilaydi.

Davlat standartlari mahsulotni ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga qo‘yish bosqichida mahsulotlarning yuqori sifatli turlarini yaratish va o‘zlash-tirishni tezlashtirishga, ishlab chiqaruvchi, tayyorlovchi va iste’molchi oralari-dagi munosabatlarni yaxshilashga yo‘naltirilgan.

Standartlashtirish tizimi yangi buyumga o‘z vaqtida yuqori sifatli loyiha-konstruktorlik hujjatlar berish, korxonaning yangi mahsulotini berilgan sifat ko‘rsatkichlariga asosan tayyorlashni va kerak bo‘lsa mahsulotni ishlab chiqarishdan olib tashlashni belgilaydi.

Mahsulot ishlab chiqarish bosqichida mahsulotning xususiyatlarini va uning tavsiflarini, korxonaning tashkiliy-texnikaviy darajasini, korxona ichidagi ixtisoslashtirishni, ishchi va muhandislarning tajribasini, sifat bo‘yicha korxonadagi ishlarni ma’suliyatli tashkil etishni korxona standarti hisobga oladi.

Standartlashtirish mahsulot muomalada bo‘lganida va sotish bosqichlarida mahsulotni joylashtirish (upakovka) da yaxshi tartib va sharoitlar yaratishga, yuklashga va joylashtirishga, saqlashga, omborlarda mahsulot sifatini buzilmay saqlashga, transportda olib yurishda, buyumni tarqatish, sotish tashkilotlariga talablar belgilaydi.

Standartlashtirishni texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarishda eng ratsional joriy qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat harajatlarini va moddiy resurslarni ta’sirchan vositalaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Standartlashtirish jarayoni 3 bosqichdan, ya’ni:

- atamalarni standartlashtirish;

- o‘lchov va sinov uskunalarini va ularni konstruksiyasiga va mahsulot tex-nologiyasiga bog‘lab standartlashtirish;

- mahsulotning o‘zini standartlashtirishdan iborat.

Davlatimizda standartlashtirishni rivojlanishi sanalariga nazar tashlasak, Respublikada standartlashtirish ishlarini boshlanishi 1923 yilda Toshkent shaxrida Turkiston tosh tarozilar Markaziy byurosini tashkil etilishi bilan belgilanadi.

Keyinchalik 1926 yilda Standartlashtirish byurosi tashkil etiladi. 1933 yilda bu byuro O‘zbekiston bo‘yicha tosh va tarozilar ishlari bo‘yicha markaziy boshqarmaga va keyinchalik standartlashtirish va metrologiya O‘zbekiston Marka-ziga aylantiriladi. 1973 yilda O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish boshqarmasiga aylantiriladi.

1992 yilda O‘zbekiston mustaqillikka erishganiga ko‘p o‘tmay Respublika Vazirlar Mahkamasining 2 mart 93-sonli qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi qilib yangidan tashkil etiladi (O‘zdavstandart).

2002 yilda esa “O‘zdavstandart” Vazirlar Mahkamasining 3 oktyabr 342-sonli qarori bilan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikat-lashtirish agentligi (“O‘zstandart” agentligi) ga aylantirildi.

“Standartlashtirish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq “O‘zstandart” agentligi standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan xamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi.


Download 35.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling