10-mavzu. Pul taklifi. Pul bozorida muvozanat reja


Download 71.29 Kb.
bet1/5
Sana16.05.2022
Hajmi71.29 Kb.
#672785
  1   2   3   4   5
Bog'liq
10-мавзу
ТАЛАБНОМА — копия, metall kristallardagi nuqsohlarni mexanik xossalariga tasirini organish, metall kristallardagi nuqsohlarni mexanik xossalariga tasirini organish, методлар лаборатория, методлар лаборатория, БИММ Баҳолаш мезонлари, kvadrat tenglamalar va ularning yechish usullari, Dasturlash asoslari va uning imkoniyatlari, Лютиков 2012, Ikkinchi tartibli xususiy hosilali chiziqli differensial tenglam, CAPITAL MARKET OF RUSSIA, CAPITAL MARKET OF RUSSIA, Введение, Документ Microsoft Word, tovar-moddiy zahiralar hisobi mavzusida dars otish metodlari va ularni qollashni takomillashtirish

10-MAVZU. PUL TAKLIFI. PUL BOZORIDA MUVOZANAT
Reja:

    1. Pul taklifi. Bank multiplikatori.

10.2. Pul taklifining kengaytirilgan modeli pul multiplikatori.

    1. Pul bozorida muvozanat.


10.1Pul taklifi. Bank multiplikatori
Pul taklifi (M) o‘z ichiga bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar (С) va zarur bo‘lganda (D) iqtisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi mumkin bo‘lgan depozitlarni oladi1:
M = С+D.
Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishda monopol huquqqa ega. Uni amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa Markaziy bank ixtiyorida. “Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida banknotlar va tangalar ko‘rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarish mutlaq huquqiga ega”2. Ammo pul taklifini ko‘paytirish imkoniga yoki pul yaratish qobiliyatiga tijorat banklari ham ega. Ular kreditlar bera borib, to‘lov vositalari emissiyasini yoki kredit multiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning depoziti 2000 so‘mga o‘sgan bo‘lsa, zahira normasi 20 % ga teng bo‘lganda (zahira normasi - tijorat banklar depozitlarining ma’lum qismini Markaziy bankda saqlab turish normasi), u 400 so‘mni Markaziy bankda zahiralab, qolgan 1600 so‘mni qarzga beradi. Shunday qilib, A bank pul taklifini 1600 so‘mga ko‘paytiradi va u endi 2000+1600=3600 so‘mni tashkil etadi. Ya’ni, omonatchilarning depozitlardagi 2000 so‘mdan tashqari yana 1600 so‘m qarz oluvchilar qo‘lida qoladi. Agar, 1600 so‘m yana banka tushsa, (masalan, B bankka) unda 20 % ga teng bo‘lgan zahira normasida u 320 so‘mni zahirada qoldirib, 1280 so‘mni kreditga beradi hamda shu miqdorda pul taklifini oshiradi. Kredit berishning bu jarayoni so‘nggi pul birligidan foydalanishga qadar davom etadi. Yakuniy hisob kitob bank depozitlari jami 10000 schqmga
ko‘payganligini ko‘rsatadi. Bu jarayonni formula ko‘rinishida quyidagicha yozishimiz mumkin3:
M = (1/ rr ) x D
Bunda: M- pul taklifi hajmi; rr - majburiy zahiralash normasi ;
D - dastlabki depozit.
Keltirilgan formuladan ko‘rinib turibdiki, pul taklifi 1/rr koeffitsentiga bog‘liq bo‘lib, uni bank multiplikatori yoki pul ekspansiyasi multiplikatori, deb ataladi. U ushbu bank zahiralar normasida ortiqcha zahiralarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin bo‘lgan yangi kredit pullarining eng ko‘p miqdorini bildiradi.


  1. Download 71.29 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling