10-Mavzu. Sug’oriladigan tuproqlarni iqtisodiy baholash. Reja


Download 349.47 Kb.
Sana03.11.2020
Hajmi349.47 Kb.
#140231
Bog'liq
10 -taqdimot


10-Mavzu. SUG’ORILADIGAN TUPROQLARNI IQTISODIY BAHOLASH.

Reja
  • Yer resurslarining holati, muhofazasi va ulardan samarali foydalanish
  • Yerlarning normativ bahosi
  • Sug‘oriladigan yerlarning qiymat va puldagi bahosi
  • Yerlarni baholash bo‘yicha ma’lumotlardan foydalanish

Dehqonchilikning mavjud intensiv sharoitida qishloq xo‘jaligidagi mehnat unumdorligini hisoblash bilan unumdor yerlardan foydalanishning samaradorligini aniqlashdir:

1. Yerlarni miqdor va sifat jihatdan hisob qilish;

2. Haydalma yerlarni sifat jihatdan baholash asosida qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshirishini bir gektar yerga kamroq xarajat sarf qilib olinadigan mahsulotni ko‘paytirish;

3. Yerning unumdorligini aniqlash va miqdorini hisob-kitob qilish ishlari;

4. Yerni baholashning asosiy ko‘rsatkichlari, uning unumdorligini baholash (bonitirovka qilish), ya’ni yerga eng muhim agronomik xususiyatlariga ko‘ra ball bilan solishtirma baho qo‘yish bo‘lib, bu davlat kadastri ichida muhim o‘rin tutadi;

5. Yerlarni baholash rayonlarga ajratishni.

Sayyoramiz Yer yuzasi umumiy Yer maydonini 29,2 %i quruqdikka, 70,8 %i dengiz va okeanlarga to‘g‘ri keladi. Yer fondi tuzilishida ishlov beriladigan Yer maydonlari bor yo‘g‘i 11 % ni tashkil qilishiga qaramasdan, mana shu yerlarda inson uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining qariyb 90 % ni yetishtirish imkoniyatlari mavjud.

O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy chegarasidagi umumiy Yer maydoni 44896,9 ming gektarni tashkil qiladi. Respublika bo‘yicha korxona, tashkilot, muassasalar, fermer xo‘jaliklari va fuqarolarning foydalanishidagi jami yerlar 44410,3 ming gektarni, shundan sug‘oriladigan yerlar esa 4313,1 ming gektarni yoki umumiy Yer maydonining 9,7 foizini tashkil qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Yer fondi yerlardan foydalanish maqsadi va tartibiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega 8 ta toifaga bo‘linadi. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar mamlakat yagona Yer fondida eng asosiy o‘rin tutadi va O‘zbekiston Respublikasi hududining 46,1 % ni egallagan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda asosiy vosita hisoblanadi.

Respublikada qishloq xo‘jaligi korxona va tashkilotlarining soni fermer xo‘jaliklari bilan birgalikda olganda 2011 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, 72578 ta bo‘lib, ularga biriktirib berilgan yerlarning umumiy Yer maydoni 20487,7 ming gektarni shu jumladan, qishloq xo‘jalik Yer turlari maydoni esa 15596,2 ming gektarni, shundan 3714,7 ming gektari sug‘oriladigan yerlarni tashkil qiladi. Respublika hududida qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarning taqsimlanishi tabiiy - iqlim omillariga binoan belgilanadi (1-rasm).



1-rasm. Sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik Yer turlarining

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha taqsimlanishi

(% hisobida).

Respublika tuproqlarining mexanik tarkibi bo‘yicha o‘rta qumoq tarkibli tuproqlar salmog‘i yuqori bo‘lib, jami sug‘oriladigan yerlarning 48 % ni tashkil etadi. Bunday tuproqlarning suv-fizik xususiyatlari mo‘tadil bo‘ladi, ular yetarli nam saqlovchi va suv o‘tkazuvchan bo‘lib, tuzlarning yuvilishi va ishlov berilishi oson. Mexanik tarkibi og‘ir qumoqli tuproqlar sug‘oriladigan yerlarning 25 % ni tashkil etadi. Ular bir qator noqulay suv-fizik xossalariga egadir. Bu tuproqlar suvda oson eruvchan tuzlardan yuvilishi qiyin, yerga ishlov berish qurollariga qattiq qarshilik ko‘rsatadi, qurish jarayonida ularning yuza qismida qatqaloq hosil bo‘ladi. Yengil qumoq tarkibiy tuproqlar sug‘oriladigan yerlarning taxminan 23 % ni tashkil etadi, Bu tuproqlar o‘zida kam nam saqlaydi, tez quriydi, shamol va suv eroziyasiga moyil, qat’iy sug‘orish tartibini talab qiladi. Sug‘oriladigan yerlarning taxminan 4 % qumloq va qumli tuproqlardir. Ularning tabiiy unumdorligi past bo‘lib, yomon suv-fizik xossalarga ega, shamol va suv eroziyasiga moyil.

Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot davlat instituti va shu sohadagi boshqa manfaatdor tashkilotlar tomonidan fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, Yer fondidan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida respublika masshtabida tuproq bonitirovkasi ishlarini 1:5000 masshtabli tuproq xaritalari asosida yagona tizimda o‘tkazilayotgan bo‘lib, bu ishlarni amalga oshirishda institutda ishlab chiqilgan, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan va Qo‘mita tomonidan tasdiqlangan "Davlat Yer kadastrini yuritish uchun tuproq tadqiqotlarini bajarish va tuproq karitalarini tuzish bo‘yicha yo‘riqnoma"dan va «O‘zbekiston Respublikasi sug‘oriladigan tuproqlarini bonitirovkalash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar»dan foydalanilmoqda.

2006-2011 yillarda Sirdaryo, Toshkent, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona, Buxoro va Namangan viloyatlarining barcha tumanlaridagi mavjud fermer xo‘jaliklari hamda boshqa yerdan foydalanuvchi sub’ektlarning sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik yerlarida tuproq tadqiqotlari o‘tkazilib, fermer xo‘jaliklari uchun 1:5000 masshtabda, tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari uchun massivlarning 1:10000 masshtabdagi elektron raqamli tuproq sifatini baholash kartalari tuzildi va har bir yerdan foydalanuvchilar tasarrufidagi er maydonlari tuproqlari baholandi. Natijada, viloyat, tuman, massiv va yerdan foydalanuvchilarning sug‘oriladigan tuproqlarini o‘rtacha bonitet ballari va kadastr guruhlari bo‘yicha maydonlari aniqlandi. Olingan ma’lumotlar elektron raqamli karta shaklida tuproq ma’lumotlari bazasiga kiritilmoqda.

Tuproqlar unumdorligini saqlash, muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishning eng ustivor vazifalar quyidagilar:

1. Tuproqlar sho‘rlanishi jarayonlarining oldini olish va sho‘rlangan tuproqlarni melioratsiya qilish usullarini aniq tuproq sharoitlariga moslashtirgan holda takomillashtirish;

2.Tuproq eroziyasini oldini olish va oqibatini bartaraf etish, eroziyalangan tuproqlarining unumdorligini turg‘un oshirish fakatgina tuproqni himoyalovchi dehqonchilik asosida eroziyalanish jarayonlari to‘xtatilganidan keyingina amalga oshirilishi mumkin.

3. Tuproq himoya qilinadigan dehqonchilik tizimini yuritish, tuproqqa ishlov berish va sug‘orish tartibotlari bo‘yicha mavjud tavsiya va tadbirlarni tuproq sharoitlarini e’tiborga olgan holda takomillashtirish;

4. Tuproqlarni organik moddalar ilan boyitish va ularning kimyoviy, fizikaviy, agrokimyoviy, ekologik va meliorativ holatlarini yaxshilashning yangi samarador usullarini ishlab chiqish;

5. Tuproq kartalarini va agrokimyoviy kartogrammalarni tuzish. Tuproq va boshqa tematik karta va kartogrammalarni tuzishda zamonoviy GAT texnologiyalardan va aerokosmik suratlar va ma’lumotlardan samarali foydalanish;

6. Tuproqlarning o‘simliklar oziqa elementlari bilan ta’minlanganligini hisobga olgan holda, mahalliy mineral xom-ashyo resurslaridan keng foydalanish.

7. G‘o‘za, donli va boshqa ekinlar hosildorligini oshirish uchun ichki imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, noan’anaviy o‘g‘itlar-agrorudalarni qo‘llash.

“Uslubiyat”ga asosan Yerning narxlangan bahosini hisob kitobining asosiy tugallangan ma’lumotlari quyidagicha:

1. Qishloq xo‘jalik tashkilotlarining iqtisosligi;

2. Qishloq xo‘jalik maydonining yer, suv mulki;

3. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekin maydonlari, ekish maydonlarining strukturasi, yerga oid oxirgi materiallar bo‘yicha bonitetning o‘rtacha bali.

Xo‘jalik yuritish darajasiga ta’sir qiluvchi koeffisiyentlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun “Uslubiyat” bo‘yicha qabul qilingan va o‘zida respublika bo‘yicha yagona va respublikada qabul qilingan bitta darajani aks ettiradi.

Shundan kelib chiqqan holda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun ushbu koeffisiyent quyidagicha –0,7,

Andijon viloyati uchun–1,2

Buxoro –1,0

Jizzax –0,8

Qashqadaryo –0,8

Navoiy –0,8

Namangan –1,1

Samarqand –1,2

Surxondaryo –1,3

Sirdaryo –0,8

Toshkent –1,2

Xorazm viloyati uchun esa –1,0

koeffisiyentlarni hisoblashda mahalliy hududning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi omillar e’tiborga olindi: maydonning transport aloqasi bilan injenerlik aloqasida mol sotadigan bozorga kira olish.

Yer maydonlaridan foydalanuvchilar quyidagi shart va qoidalarga amal qilishga majburdirlar:

Yer uchastkalaridan ularning maqsadli belgilanishga ko‘ra, ya’ni ular shartnoma yoki kelishuvga ko‘ra bu maydonlarda belgilangan qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetkazishi, shuningdek, yerga zarar bermaydigan barcha usullar bilan to‘la foydalanish;

Tuproq unumdorligini oshirish, yerdan unumli foydalanish va uni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, yaylovlar, suv va boshqa tabiat resurslaridan belgilangan foydalanish qoidalariga amal qilish, atrof-muhitga zarar etishiga yo‘l qo‘ymaslik;

Yerdan foydalanishning belgilangan tartiblariga rioya qilish;

Yer uchastkalarida shaharsozlik, qurilish, ekologiya, sanitariya-gigiena, yong‘inga qarshi va boshqa sohalar bo‘yicha o‘rnatilgan talablarga muvofiq qurilish, obodonlashtirish, binolar, inshootlarni saqlash ishlarini amalga oshirish;

Yer uchastkalari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida olib berish.

I.I.Karmanov (1986) “Tuproq narxi birinchi navbatda uning hosil berish imkoniyatiiga bog‘liq” deb to‘g‘ri ta’kid qilgan edi. U tuproq unumdorigini narxlashda tuproq-ekologik indeks (T.E.I) uslubuni taklif qildi. Ushbu uslub asosida yer narxi quyidagi formula yordamida hisoblab chiqiladi.



Nt = TEI x KxxKjx70s

 

Bu yerda: Nt – 1 ga tuproqning narxi,

Kx – hudud xususiyatiga bo‘lgan koeffisiyent.

Kj – joyga bo‘lgan koeffesiyent.

 

Toshkent viloyati tekisligidagi o‘rta qumli sug‘oriladigan 1 ga tuproqning narxi quyidagiga teng



 Nt = 132 x 1,27 x 4,4 x 70 = 51,632 s.

I.I.Karmanov formulasiga binoan tuproq emas yer narxlanadi, chunki, hudud xususiyati va joylanishini Yerning tarkibiniy qismi hisoblanadi. Tuproqning narxi esa – yer narxining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib qolishi kerak. Biz tuproqni uning hosildorligiga qarab narxlanishini taklif qilamiz. Chunki, hosildorlik qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining asosiy vositasidir. Sug‘oriladigan tuproqlar narxi aniqlash quyidagi formula asosida chiqariladi:

 N = B x (40 : 100) x 800 x 10 x N

 Bu yerda:

B - tuproq bonitet bali;

40 o‘rtacha maksimal hosildorlik (sg/ga);

100 – tuproqdan olinadigan hosil;

800 – birinchi navli 1 t. paxtaning sotib olinish narxi (so‘m);

10 – paxta - beda 1 marta almashlab ekishning davri (yil);

N – ijara muddati (yil);

Shunday qilib 1 ga sug‘oriladigan yerning narxi shu maydon hosildorligi tufayli olingan mahsulot narxiga bog‘liq.



Tuproq turining raqami

Bonitet balli

Etalonli hosildorlik s/ga

1 ga tuproqning narxi ming/s

1

72

28,8

23,04

4

62

24,8

19,84

5

68

22,2

21,76

7

65

26,0

20,80

8

48

19,2

15,36

9

48

18,4

14,72

Quyida Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumani “Farg‘ona” xo‘jaligidagi 1 ga sug‘oriladigan yerning narxi haqida ma’lumotlar 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval


Ijara muddatini hisobga olmagan holda bu narx tuproq unumdorligining hozirgi holatini aks ettiradi va turli xil tuproqlarning ishlab chiqarish qobiliyatini pul ifodasida qiyoslashga imkon beradi. Noqishloq xo‘jalik ehtiyojlariga ajratilgan yerlarning qoplam miqdorini aniqlash va ushbu tadbirlarning iqtisodiy samaradorligi yer narxi formulasi asosida hisoblanadi.

 K3 = N1 +N2



 bu yerda:

N1 – 1 ga sug‘oriladigan tuproqning narxi;

N2 – 1 ga yerni o‘zlashtirish uchun sarflangan kapital qurilmalarning narxi;

Yerni har tomonlama yaxshilash, uning unumdorligi va iqtisodiy samaradorligini oshirish qishloq xo‘jaligi kelgusidagi rivojining muhim masalalaridan biridir. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish yerdan to‘g‘ri va samarali foydalanish bilan bevosita bog‘liqdir. U o‘z navbatida, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishni ilmiy tizimini taqoza etadi.

Yerni unumdorligini va iqtisodiy samaradorligini har tomonlama oshirib borish qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini yuritishning ilmiy tizimi asoslari va yerdan yuqori mahsuldorlik bilan foydalanishidir.

Yerdan to‘g‘ri foydalanish, zamon va makonda har xil o‘simlik turlarining ilmiy asoslangan ketma - ketligi, tuproqqa ekologik toza ishlov berish usullari, o‘g‘itlash, qulay agrotexnika muddatlaridan muayyan texnolgik ketma - ketlikda foydalanish, o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash kabi muayyan elementlar aniq yo‘l bilan boshqarishni talab qiladi. Yerdan muayyan foydalanuvchilar va hisob hujjatlari tuman masshtabida qayd qilinadi.

Yerni har tomonlama yaxshilash, uning unumdorligi va iqtisodiy samaradorligini oshirish qishloq xo‘jaligi kelgusidagi rivojining muhim masalalaridan biridir. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish yerdan to‘g‘ri va samarali foydalanish bilan bevosita bog‘liqdir. U o‘z navbatida, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishni ilmiy tizimini taqoza etadi.

Yerni unumdorligini va iqtisodiy samaradorligini har tomonlama oshirib borish qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini yuritishning ilmiy tizimi asoslari va yerdan yuqori mahsuldorlik bilan foydalanishidir.

Yerdan to‘g‘ri foydalanish, zamon va makonda har xil o‘simlik turlarining ilmiy asoslangan ketma - ketligi, tuproqqa ekologik toza ishlov berish usullari, o‘g‘itlash, qulay agrotexnika muddatlaridan muayyan texnolgik ketma - ketlikda foydalanish, o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash kabi muayyan elementlar aniq yo‘l bilan boshqarishni talab qiladi. Yerdan muayyan foydalanuvchilar va hisob hujjatlari tuman masshtabida qayd qilinadi.

Yerni baholash, kadastr rayonlari, viloyatlar va respublika tarixida tabiiy okruglarning bir qismini tashkil qiladi.

O‘zbekistonda yer tuzish loyiha institutining yer kadastri filiali tomonidan o‘tkazildi.

Natijada dasht mintaqalarda va shunday tuproqlardan iborat mintaqada tuproqning mexanik tarkibiga turlicha baho berish zarurligi va yengil qumoq tuproqlarda bo‘z tuproqli tuproqlardagi o‘rtacha qumoq tuproqli maydonlarga nisbatan yuqori hosil yetishtirilayotganligi aniqlandi.

Unumdorlik bo‘yicha baholash tartibini takomillashtirish, dala sharoitida o‘tkazilgan va vegetasion tajribalar natijasida olingan ma’lumotlarni umumlashtirish asosida ayrim pasaytirish koeffisiyentlariga o‘zgartirishlar kiritish zarur, natijada litologiya bilan ona jinslar genezisi yanada uzviyroq bog‘lanadi.

Unumdorlik bo‘yicha baholash muayyan yerdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarining talablariga hisobga olingan holda o‘tkaziladi. O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlari sharoitida g‘o‘zaning talablariga hisobga olingani e’tiborda tutiladi.

G’o‘zaning talablari hisobga olingan holda aniqlangan unumdorlik ko‘rsatkichlari (bonitetlar) paxta majmuiga kiruvchi boshqa hamma ekinlar (sholi, kanop va ko‘p yillik mevali daraxtlardan tashqari) ekiladigan, sug‘oriladigan yerlarni baholsh uchun ham to‘g‘ri keladi.

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorlik darajasi, hosil olish uchun zarur bo‘lgan agrotexnik va meliorativ tadbirlar majmuining xususiyati hamda tarkibi tuproqning o‘ziga xos bo‘lib, shu tomonlarga bevosita bog‘liqdir.



Savollar
  • Kadastr rayonlarga ajratish qanday tamoyil asosida amalga oshiriladi?
  • Tabiiy okruglarga ajratishda foydalaniladigan belgilarni aytib bering?
  • Tuproq unumdorligini degradasiyaga uchratuvchi qanday omillar mavjud?
  • Yerlarning normativ bahosi nima?
  • Sug‘oriladigan yerlarning qiymat va puldagi bahosi aytib bering?

  •  

Download 349.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling