10-sinf futbol o’yini taktikalari reja: Kirish 1 Futbol о‘yini texnikasi va taktikasining tavsifi. Futbol о‘yin maydoni о‘lchamlar va belgilari


Download 311.5 Kb.
bet2/2
Sana14.03.2020
Hajmi311.5 Kb.
1   2

Qoida buzilishi va jazo.


Bahsli tо‘p qayta о‘ynaladi:

- Agar о‘yinchi tо‘p yerga tegmasidan oldin tegsa.

- Agar tо‘p yerga tekkandan sо‘ng maydon tashqarisiga chiqib ketsa va bunda xech qaysi о‘yinchi tо‘pga tegmagan bо‘lsa.

Muhim holatlar.

Himoyalanuvchi jamoa foydasiga uning darvoza maydoni chegarasida erkin yoki jarima tо‘pi belgilansa darvoza maydonining har qanday nuqtasidan bajariladi.

Xujum qiluvchi jamoa foydasiga belgilangan raqib jamoa darvoza maydoni chegarasidagi erkin tо‘p darvoza maydoni chizig‘idan qoida buzilgan joyga yaqin nuqtada bajariladi.

Darvoza maydoni ichida vaqtinchalik tuxtatishdan sung о‘yinni yangilash uchun qо‘llaniladigan «bahsli tо‘p», darvoza chizig‘iga parallel holatda darvoza maydoni chizig‘ida о‘yin tо‘xtatilgan vaqtda tо‘p qayerda bо‘lgan bо‘lsa shu joy yaqinidagi nuqtadan о‘ynaladi.

Tо‘p о‘yinda va о‘yindan tashqarida.

Tо‘p о‘yindan tashqarida.

Tо‘p о‘yindan chiqqan hisoblanadi agar:

- Tо‘p yerdan yoki xavo orqali darvoza chizig‘idan yoki yon chiziqdan tuliq kesib о‘tsa.

- О‘yin hakam tomonidan tо‘xtatilsa.

Tо‘p о‘yinda.

Qolgan hamma vaqtlarda tо‘p о‘yinda hisoblanadi, quyidagi holatlarni ham hisobga olgan xolda.

- Tо‘p darvoza ustuniga, tusiniga yoki burchakdagi bayroqqa tegib maydonga qaytsa.

- Tо‘p maydonda turgan hakamga yoki hakam yordamchisiga tegib qaytsa.

Natijani aniqlash.

Gol.


Agar tо‘p ikki ustun oralig‘i va tusin ostida darvoza chizig‘idan tо‘liq о‘tsa va bunda gol urgan jamoa о‘yin qoidasini buzmagan bо‘lsa, darvozaga tо‘p urilgan hisoblanadi.

G‘olib jamoa.

О‘yin davomida eng kо‘p tо‘p urgan jamoa g‘olib hisoblanadi.

Agar ikkala jamoada tо‘plar nisbati teng bо‘lsa yoki bitta ham tо‘p urilmagan bо‘lsa bunday о‘yin natijasi durang bо‘ladi.

Musobaqa reglamenti.

Musobaqa tartibida agar match durang natija bilan tugasa qushimcha vaqt tayinlash yoki xalqaro yig‘in tomonidan tasdiqlangan match g‘olibini aniqlash tartibi tо‘g‘risidagi vaziyat kо‘zda tutilishi mumkin.



O‘yindan tashqari xolat.

О‘yinchining о‘yindan tashqari xolatda bо‘lishi о‘zidan о‘zi qoida bо‘zilishi bо‘lib hisoblanmaydi.

О‘yinchi о‘yindan tashqari xolatda bо‘ladi agar:


  • Tо‘p va oxirgi raqib о‘yinchisidan kо‘ra raqib darvoza chizig‘iga yaqin bo’lsa.

О‘yinchi о‘yindan tashqari xolatda bо‘lmaydi agar:

  • U maydonning о‘ziga tegishli qismida bо‘lsa.

  • U raqib jamoaning oxirgi о‘yinchisi bilan bir chiziqda bо‘lsa yoki

  • U raqib jamoaning oxirgi 2 о‘yinchisi bilan bir chiziqda bо‘lsa.

Xulosa

Futbolimizni xadeb yomonlasak ham insofsizlik bo‘ladi menimcha, chunki futbolimizni rivojlantirish uchun shaxsan Prezidentimizning o‘zi farmon imzoladi va xozirgi kunda futbolimizda kuzatilayotgan  o‘zgarishlar juda sezilarli tarzda amalga oshirilmoqda. Farmon imzolanishidan oldin O‘zbekiston Futbol Federasiyasi, O‘zbekiston Futbol Assosasiyasiga o‘zgartirildi va o‘tgan vaqt ichida milliy chempionatimizda anchagina o‘zgarishlar qilishga ham ulgurdi.Lekin manashu farmon futbolimiz rivoji uchun yana bir katta qadam va men bunga ishonaman Sababi bundan oldin qilingan harakatlar ham samarasini bermay qolmagan. Ya’ni  yaqin yillardan beri turli yosh toifasidagi terma jamoalarimiz nufuzli chempionatlarda munosib qatnashib O‘zbekiston nomini jaxonda tanitishda o‘z xissasini qo‘shmoqda. Misol uchun, 2012 yilgi U-16  O‘smirlar Osiyo  chempionatida O‘zbekiston bosh sovrinni qo‘lga kiritib xozirgi zamonaviy futbolimizdagi dastlabki g‘alabamizni nishonlashga sabab bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shundan so‘ng futbolimizda o‘zgarishlar ro‘y berdi va shu qatorida avlodlar almashinuvi o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatmoqda. Bu o‘zgarishlarning natijasi 2018 yilning boshlarida yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. Aniqrog‘i 2018 yil boshlanishida U-23 yosh toifasidagi terma jamoamiz Osiyoda tengsiz deb topildi. Bu g‘alaba O‘zbekistonimiz halqi uchun unutilmas voqea bo‘ldi va butun O‘zbekiston bu g‘alabani juda katta tantana bilan nishonladi. Shunday ekan endi navbat Milliy terma jamoamizga , ular oldinda turgan musobaqalarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib 2019 yildagi Osiyo chempionatida munosib qatnashish bilan birga 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan jaxon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan holda xalqimiz oldida yuzlari yurug‘ bo‘lishini chin qalbimdan tilayman. Chunki futbol millionlar o‘yini va O‘zbekistonimizdagi millionlab futbol muxlislari sizlarni qo‘llab-qo‘vvatlaydi   OLG‘A O‘ZBEK O‘G‘LONLARI, YUKSAK MARRALAR SARI OLG‘A!!!



Foydalanilgan asosiy adabiyotlar ro’yxati

1. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim tug’risida”gi qonuni, 1997 y.

2. “Kadrlar tayerlash Milliy dasturi” 1997 y.

3. Vazirlar Maxkamasining “Jismoniy tarbiya va sport yanada rivojlan-tirish chora – tadbirlari tugrisida”gi Karori 1999 y.

4. Nurimov R.I.,Iseev P. – Futbolchilarni tayerlashda pedagogik nazorat (Pedagogik tavsiyalar) T. 1990

5. Nurimov R.I., Sergeev G.M. – Jismoniy tarbiya institutining pedago-gika fakulteti uchun dastur ( ixtisoslashtirish kursi) T.1995

6. Sergeev G.M., Nurimov R.I. – Futbol buyicha balalar va usmirlar sport maktabi olimpiya urinbosorlari, bolalar va o’smirlar maxsus maktabi, olipiya o’rinbosarlari bilim yurti o’quv-mashq qilish va sport komolo-tiga erishish guruhlari uchun dastur T. 1997 yil.

7. Akramov R.A., Talibdjanov A. – Yuqori malakali futbolchilarni tayyorlash. O’quv qo’llanma 2009 y.



www.ziyonet.uz

www.qdu.uz

www.arxiv.uz

www.referat.arxiv.uz

www.google.com


Download 311.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling