10-sinf ona tili test savollari 1-chorak uchun (yangi 2022-yilgi kitob asosida) Tuzuvchi Nosirjon Ahrorov (911033971) Manbalarda qayd etilishicha, “muhabbat” so„zi “hubb”


Download 118.37 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.10.2023
Hajmi118.37 Kb.
#1734663
Bog'liq
10-sinf yangi kitob asosida 1-choraj test savollari



10-sinf ona tili test savollari 1-chorak uchun (yangi 2022-yilgi kitob asosida) 
Tuzuvchi Nosirjon Ahrorov (911033971) 
1. Manbalarda qayd etilishicha, “muhabbat” so„zi “hubb” so`zidan olingan bo`lib qanday 
ma`noni anglatadi? A) xum B) qalb C) uy D) vijdon 
2. Qaysi ijodkor o`z maqolasida “…sevgi bir qalbda bo„lsa, muhabbat ikki qalb o„rtasida 
bo„lishini ta‟kidlaydi. Uning fikricha, siz kimnidir sevsangiz-u, lekin u sizni sevmasa ham sevgi 
haqida gapirish mumkin, biroq muhabbat so„zi ikki qalb bir-birini sevgan holatda ishlatiladi” deb 
ta`rif beradi? A) Abdulla Qahhor B) O`tkir Hoshimov C) Odil Yoqubov D) Piriqul Qodirov 
3. “Ishq” so„zi arabcha “ashaqa” so`zidan olingan bo`lib qanday ma`noni bildiradi?
A) qalb B) bedorlik C) chirmoviq D) bug`doy 
4. Sevgi, muhabbat va ishq so„zlariningnechtasi arab tilidan o„zlashtirilgan?
A) barchasi B) 2tasi C) 1tasi D) birortasi ham arab tilidan o`zlashmagan 
5. Matn hajmiga ko„ra qanday birliklardan iborat?
A) mikromatn va makromatn B) yozma va og„zak
C) monologik va diologik D) tasviriy matn va muhokama matn 
6. Matn ifoda maqsadiga ko`ra qanday turlardan iborat?
A) mikromatn va makromatn B) yozma va og„zak
C) monologik va diologik D) tasviriy matn va muhokama matn 
7. Quyidagi firklardan qaysi biri xato?
A) Tizzaning orqa tomonidagi chuqurcha taqim deyiladi
B) “Almisoq” so„zi Alloh odamlar dunyoga kelishidan oldin ularga o„zini tanitgan, ahdlashgan 
jarayonni anglatadi.
C) Amerikalik psixolog Artur Aron o„z ilmiy tadqiqotida kishining kimgadir oshiq bo„lishi- 
bo„la olmasligini aniqlash mumkin degan xulosa beradi
D) “O„zbek tilining etimologik
lug„ati”da ham “kuni” so„zi 
arab tilidan o`zlashgan bo`lib
“qizg„an”, “g„ayirlik qil” degan 
ma‟nolarni anglatgani aytilgan” 
8.Qaysi nutq uslubida inversiya, parallellik, tavtologiya(ortiqcha takrorlar)dan ta‟sirchanlikni 
oshirishda foydalaniladi? A) badiiy B) ilmiy C) publistitsik D) rasmiy 
9. Qanday matnlarda 1) terminlar, tushunarsiz birliklarga izoh beriladi; 2) ayrim o„rinlarda 
ko„chma ma‟no, badiiy-ta‟siriy vositalardan foydalanishga ruxsat beriladi.
A) ilmiy B) ommabop C) ilmiy-ommabop D) badiiy 
10.
Qaysi so`zlarda o harfi o` tarzida talaffuz etiladi?
A) bahor, aka B) tonna, noyabr C) roman, kosmonavt D) okean, zoologiya 
11. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning onasi vafoti munosabati bilan musofirlikda 
yozilgan xotirasida kletirilgan parchada nuqtalar o`rniga mos so`zni qo`ying” Alloh taolo Sizni 
rahmat aylasin! Qabringizni …. aylasin! Yotgan joyingizni jannat aylasin!”
A) charog`on B) nurli C) purnur D) yorug` 
12. So`zlarning shakl va ma`no munosabatiga ko`ra qaysi biridan fikrni tushunarliroq berish,
ta‟sirchanlikni oshirish maqsadida ham foydalaniladi
A) omonim B) antonym C) sinonim D) paronim 
13. Berilgan gapdan qanday uslubiy xato mavjud? Choyxonada uchta do„stlarim bilan o„tirdik 
A) sinonimlarni yanglish qo„llash B) qo„shimchani yanglish qo„llash
C) qo„shimchani keraksiz qo„llash D) mantiqiy xatolik 
14. Qaysi gapda mantiqiy xato mavjud?
A) Qishloqqa – bobomni yoqlashga ketyapman.
B) Sen haqingda sendan so„ray qolay degandim.
C). U qaytmaydi: bu yerlardan butkul oyoq uzatgan.
D) U nafaqat kitdan, balki akuladan ham katta ekan.
15. Xato fikrni toping. A) Murch so„zi aslida burch bo„lgan
B) Munchoq so„zining so„zi bo„yinchiq so„zining o„zgarganidir
C) Buni so„zini goho muni deymiz
D)Bo`r (o‟quv quroli) so`zi mo`r so`zidan kelib chiqqan 
16. Sinonimlarning bo„yoqning kuchli-kuchsizligiga ko„ra farqlagan gapni toping 
A) Jilmaymoq – tirjaymoq B) Kambag„al – yo„qsil; bo„sh – latta
C) Osmon – gardun; dushman – yog„iy D) Ruxsat – izn; bermoq – taqdim qilmoq 
17. Sinonimlarning bo„yoqning ijobiy-salbiyligiga ko„ra ko„ra farqlagan gapni toping
A) Jilmaymoq – tirjaymoq B) Kambag„al – yo„qsil; bo„sh – latta
C) Osmon – gardun; dushman – yog„iy D) Ruxsat – izn; bermoq – taqdim qilmoq 
18. Sinonimlar to‟g`risida xato fikrni toping.
A) bir so„z turli ma‟nolari bilan har xil so„zlarga sinonim bo„lishi mumkin;
B) so„zning sinonimi nutqda (jumla, matn ichida) oydinlashadi;
C) bir so„z ko„chma ma‟noda boshqa turkumdagi so„zga sinonim bo„lishi mumkin.
D) shakli har xil ma`nosi bir xil so`zlar sinonimlar deyiladi 
19. Behbudiying 1915-yilda “Oina” jurnalida chop etilgan “Bizni kemiruvchi illarlat” deganda 
nimalarni nazarda tutadi?
A) johillik va ilmsizlik B) to`y va a`za
C) ko`rolmaslik va g`iybat D) chaqimchilik va benamozlik
20. Quyida berilgan so`zlardan nechtasi tarixiy so`zlar sanaladi? palaxmon, kanizak, jizya, dudoq, 
ilig, g„ani, sarvat, hudaychi, jallod, qutidor
A) 3tasi B) 4tasi C) 5tasi D) 6tasi 
21. Quyida berilgan so`zlardan nechtasi arxaik so`zlar sanaladi? mujgon, dudoq, ilig, g„ani, 
sarvat, gardun A) 3tasi B) 4tasi C) 5tasi D) 6tasi 
22. Quyidagi qaysi firk xato? 
A) Murod- Navro„zda tug„ilgan chaqaloqqa qo„yilgan.
B) Robiya- Oiladagi 
beshinch
i farzandga qo„yilgan 
C) Basanda- Oilada ketma-ket qiz farzandlar tug„ilaversa, keyingisi o„g„il bo„lishini niyat qilib 
qo„yilgan.
D) Muqaddam-- Oiladagi to„ng„ich farzandga qo„yilgan 
23. Notog`ri hukmlni toping.
A) Hakalak otmoq iborasi bir oyoqlab irg„ib-irg„ib yurishni bildiradi.
B) Nafsi hakalak otmoq iborasi ishtahasi juda ochilib, yeyish, ichishdan o„zini to„xtatolmaslik
ma`nosini bildiradi.
C) Nafsi hakalak otmoq iborasi o„ziniki qilish, o„zlashtirishda ishtahasi karnay bo„lmoq 
ma`nolarini bildiradi.
D) “Navoiy asarlari lug„ati”da kimsan so`zi –so`roq olmoshidan olingan deb izohlangan 
24.Berilgan mantdan nechta so`z imlo xatosi bilan yozilgan? Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat 
natijasi bo„lmish fan, adabiyot va sanʼat asarlariga nisbatan, ularning ma
x
sadi va qad
i
r-qimmati, 
shuningdek, ifodalash usuli (qo„lyozma, tasvir, audio, video yozuv, haykal va h. k.)dan qat‟i
y
nazar, ta
d
biq etiladi. Barcha turdagi kompyuterlar uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari ham 
mualliflik
x
uquqi o
b
ekti hisoblanadi.
A) 4ta B) 5ta C) 6ta D) 7ta 
25.Qaysi hukm xato?
A) Ayrim o„zlashma so„zlarda O unlisi I kabi talaffuz qilinsa ham, O yoziladi: traktor, direktor, 
ekspeditor, kartoshka
B) I unlisi ayrim so„zlarda U aytilsa ham, I yoziladi: mumkin, mudir, muhim, kulgi, tulki kabilarda 
C) A unlisi O ga moyil aytildi va O yoziladi: varoq, asqotmoq, tomom, hashorot, talofot
D) U unlisi ayrim so„zlarda I deb talaffuz qilinsa-da, U yoziladi: unsur, urchuq, tushuncha, 
qovun, ovul 



Download 118.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling