10-sinf ona tili va adabiyotdan 2-chorak test savollari


Download 19.79 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi19.79 Kb.
#1120966
Bog'liq
10-sinf. Ona tili. 2-chorak (2)




10-SINF ONA TILI VA ADABIYOTDAN 2-CHORAK TEST SAVOLLARI

1.Qaysi javobda ko`cha jargoni qo`llangan?


A) Men amaqimni himoya qimimanmi? B)Ikkinchi avtomobilni ham “shapka”siz oldim.
C)Endi foydasi yo`q, uje kech qoldik. D)Menga qara, megajin, bu yerga hiding ham kelmasin.
2.Qaysi gapda kiritma noto`g’ri qo`llangan?
A)Aytishim mumkinki, Quyosh sharqdan chiqadi. B)Sinfdoshlarimga, xususan, Anvar va Nozimaga o`z minnatdorchiligimni bildiraman. C)Xullas, bizga yana ikki qop un kerak ekan.
D)Bizga turli xil takliflar bilan chiqishdi, tabiiyki, hammasini rad etdik.
3.Qaysi hukm noto`g’ri?
A)Kiritmalar gapda ko`pincha qavs ichida, ba’zan ikki tire orasida beriladi.
B)Kiritmalar asosiy fikrni qo`shimcha ma’lumot bilan boyitish vazifasini bajaradi.
C)Muallif maqsadini tushunishda kiritmalarning o`ziga xos o`rni bor.
D)Kiritmalar yozuvda doim vergul bilan ajratiladi.
4.”G’arbning o`limi” kitobi muallifi kim?
A)Robert Kyorns B)E. Ross C)Patrik Byukenen D)R. Baumayster
5.Qaysi gapda -lar qo`shimchasi jamlash ma’nosini ifodalagan?
A)Odamlar nima deydi? B)Bobongiz Jamshidlarnikida ekan.
C)Boshlarim og’rib ketdi. D)Biznikiga tog’amlar keldilar.
6.Qaysi gapda varvarizm mavjud?
A)Har bir inson o`z “men”ini topishi kerak. B) Endi foydasi yo`q, uje kech qoldik.
C) Ikkinchi avtomobilni ham “shapka”siz oldim. D) Menga qara, megajin, bu yerga hiding ham kelmasin.
7.Rohatda yashash, ko`ngilxushlikni hayot mazmini deb bilish - …
A)egoizm B)gedonizm C)egosentrizm D)alturizm
8. "Islom oltin davri" yoki "Musulmon renessansi" davrida dunyoviy va diniy bilimlar ravnaqiga o‘z hissasini qoʻshgan ajdodimiz asari?
A) Mahmud Qoshgʻariyning "Devonu lug‘atit turk" (Turkiy soʻzlar devoni"
B) Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq" (Haqiqatlar armug‘oni)
C) Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig" ("Baxt-saodatga eltuvchi bilim)
D) Imom al-Buxoriyning "Al jomi‘ as-sahih" ( Ishonchli to‘plam), "Al-adab al- mufrad" (odob durdonalari)
9. IX-XII asrlarda Qoraxoniylar davlatida sanʼat, madaniyat, ilm-fan taraqqiy etdi va bu davrda qaysi ikki buyuk shaxs vakillari yetishib chiqdi?
A) Pahlavon Mahmud, Nosiriddin Rabg‘uziy B) Ahmad Yassaviy va Ahmad Yugnakiy
C) Mahmud Qoshgʻariy, Yusuf Xos Hojib D) Ganjaviy, Dehlaviy
10. "Fors-tojik adabiyotining asoschisi IX asrda Somoniylar davlatida yashab ijod etgan Rumiy hisoblanadi" degan maʼlumot to‘g‘rimi?
A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri
11. Navoiy "Xamsa"si qachon yozilgan va unga kiruvchi dostonlarni yozing.
12. "Saddi Iskandariy" dostoni qachon yozilgan, necha bobdan, necha baytdan iborat? Aruzning qaysi bahrida yozilgan?
13.Bog’langan qo`shma gapni belgilang.
14.Maqolni davom ettiring: Bir harom luqma deb…
15.Dialektizm nima?
Download 19.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling