10-sinflar uchun Adabiyot fanidan


Download 18.37 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi18.37 Kb.
#1492485
Bog'liq
adabiyot


10-sinflar uchun Adabiyot fanidan
TEST
(III chorak)
1.Komila aya aytib bergan doston, ertak, matal va maqollarni eshitib keyinchalik shu eshitganlari ta’sirida buyuk ijodlar qilgan shoir va yozuvchi berilgan qatorni toping.
A) O’tkir Hoshimov D) M. Behbudiy
B) Said Ahmad E) A. Qodiriy
2. Oyida yetti so’m uchun kunduzlari mirzalik, oqshomlari mehmonxona ishlarini qilgan, boyning uyqusi kelguncha unga kitob o’qib bergan qahramonning ismi to’g’ri berilgan qatorni toping.
A) Tangriqul D) Hasanali
B) Hayrulla E) Toshmurod
3.“Juvonboz” hikoyasining muallifi to’g’ri berilgan qatorni toping.
A) O’tkir Hoshimov D) M. Behbudiy
B) Said Ahmad E) A. Qodiriy
4.“Qizil O’zbekiston”, “Sharq yulduzi” jurnallarida ishlagan adib kim edi?
A) H. Olimjon D) M. Behbudiy
B) Said Ahmad E) A. Qodiriy
5.“Men bir qaro kunda tug’ildim. Tug’ildim-u shu onda tug’ildim” satrlarining muallifi kim?
A) H. Olimjon D) M. Behbudiy
B) Said Ahmad E) A. Qodiriy
6.Tariximizning eng kirlik qora kunlari yurtni mustamlaka balosiga giriftor etgan “xon zamonlari” -XIX asr miqyosidagi mudhish tarixiy jarayonlar qaysi badiiy asarda yoritib berigan?
A) Padarkush D) Qorako’z majnun
B) Mehrobdan chayon E) O’tkan kunlar
7. “Barchamizga oftob kabi ravshan va ayondirki, makotib- taraqqiyning boshlang’ichi, madaniyatva saodatning darvozasidir. Har millat eng avval makotibi ibtidoiysini zamoncha isloh etib ko’paytirmaguncha taraqqiy yo’lig’a kirib madaniyatdan foydalanmas”- fikri kimga tegishli?
A) H. Olimjon D) M. Behbudiy
B) Said Ahmad E) A. Qodiriy
8. “Felyetonlar qiroli” nomini olgan adib kim?
A) H. Olimjon D) M. Behbudiy
B) Said Ahmad E) A. Qodiriy
9. “Padarkush” asarida jaholat qurboniga aylangan qahramonlar to’g’ri berilgan qatorni toping.
A) Toshmurod, Ziyoli D) Xayrulla, Toshmurod
B) Toshmurod, boy E) Tangriqul, Toshmurod
10. “O’tkan kunlar” romanida Marg’ilonning boylaridan bo’lib bir vaqtlar Toshkentda qutidorlik qilgan qahramon ismi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A) Azizbek D) Mirzakarim
B) Yusufbek xoji E) Homid
11. “O’tkan kunlar” romanida Hasanalini Erondan o’g’irlab kelgan turkmandan Otabekning bobosi necha tillotangaga sotib olgan?
12. Said Ahmad o’zining “Qorako’z majnun” hikoyasida Qorako’zga qanday ta’rif bergan?
13. “Dunyo go’zal ko’rinur senga”, “Xayoling-la o’tadi tunlar”, “Har yurakning bir bahori bor” lirik durdonalarining muallifi kim?
14. “O’tkan kunlar” romanida Hasanali Otabekning oshiq bo’lganini qanday bilib qoladi?
15.Said Ahmad o’zining “Xazina”, “Hayqiriq”, “Raxmat azizlarim” hikoyalarida qanday voqalarni tasvirlagan?
16. “O’tkan kunlar” romanida Otabek Kumushga uylanayotganda mahrga nimalar beradi?
17. “Qorako’z majnun” hikoyasi qahramoni Saodat aya doim o’g’lidan qanday mazmundagi xat olgan?
18. “O’tkan kunlar” romanida Hasanali “O’lganimdan keyin ruhimga bir kalima Qur’on o’qusa bir vaqtlar Hasanali ota ham bore di deb yodlasa, menga shunisi kifoya” deb kimga ixlos qilgan edi?
19. Said Ahmad nima uchun hikoyasini “Qorako’z majnun” deb nomlagan?
20. “Qorako’z majnun” hikoyasi qahramoni Saodat aya nima sababdan ostona hatlab ko’chaga chiqolmay qoladi?
Download 18.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling