10-sinflar uchun “Atsetilen uglevodorodlarining fizik va kimyoviy xossalari”


Download 251.08 Kb.
bet1/4
Sana13.12.2020
Hajmi251.08 Kb.
#165703
  1   2   3   4
Bog'liq
haqiqiy ochiq dars


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

ANDIJON VILOYATI XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI

21-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABINING

Kimyo fani o’qituvchisi

YUSUPOVA YULDUZXONning

10-sinflar uchun

Atsetilen uglevodorodlarining fizik va kimyoviy xossalari” mavzusida



1-SOATLI DARS ISHLANMASI

Fan: Kimyo Sinf: 10-“A” sana: 10.12.2020

Darsning mavzusi:Atsetilen uglevodorodlarining fizik va kimyoviy xossalari.

ILM – MA’RIFAT KALITIDIR” “ILM SHARODA DO’ST, HAYOT CHORRAHALARIDA-TAYANCH, YOLG’IZ DAMLARDA-YO’LDOSH, BAXTIYOR DAQIQALARDA-RAHBAR, QAYG’ULI DAMLARDA-MADADKOR, ODAMLAR ORASIDA-ZEB-U ZIYNAT, DUSHMANGA QARSHI KURASHDA-QUROLDIR



Dars maqsadlari:

Ta’limiy: O’quvchilarga mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan davlat ta’lim standartlariga javob bera oladigan bilimlar berish, atsetilen uglevodorodlarining fizik-kimyoviy xossalari to’g’risida ko’nikma va malakalarni shakllantirish.

Tajribaviy: O’quvchilarda kimyoviy madaniyatni shakllantirish ularni bir-birlari bilan sinfda, guruh bo’lib ishlaganda o’zaro hamkorlikda do’stona munosabatda bo’lishlikka o’rgatish hamda boshqalar fikrini eshitish va xurmat qilish ko’nikmalarini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi:O’quvchilarni bilim tafakkurini, kitobxonlik malaksini mustaqil fikrlash konikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo fani va shu sohadagi kasblarga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish.

Matematik savodxonlik va fan-texnika yangiliklari va ulardan foydalana olish kompetensiyasi: Darslarda masalalar ishlashni o’quvchilarda shakllantirish texnika texnologiyani rivojlanishida kimyo sohasining ahamiyatini bilish.

Kimyo faniga oid kompetensiya: Kimyoviy jixozlar va moddalarni tilda ifodalay olish va laboratoriya ishlarini mustaqil bajara olishga doir bilim va konikmalarini shakllantirish.

Darsning turi: yangi bilimlar beruvchi o’quvchilarni bilim, ko’nikma, va malakalarini rivojlantiruvchi dars.

Darsda foydalaniladigan metodlar:

T/r

Metodlar

Darsning qaysi qismida foydalaniladi

Ajratilgan vaqt

1

“Hazinani boyitish” o’yini

O’tilgan mavzularni so’rash

10 minut

2

Aql charxi(masalalar ishlash)

O’tilgan mavzuni so’rash

3 minut

3

Test yechish

Yangi mavzuni mustahkamlash

5 mint

4

Krossvord yechish

Yangi mavzuni mustahkamlash

5 minut

5

“Kimyoviy domino” o’yini

Yangi mavzuni

mustahkamlash



3 minut

Dars bosqichlari va vaqt taqdimoti:

Dars bosqichlari

Ajratilgan vaqt

Tashkiliy qism

3 minut

O’tilgan mavzuni takrorlash

12 minut

Yangi mavzuni tushintirish

12 minut

Yangi mavzuni mustahkamlash

12 minut

Darsga yakun yasash va baholash

3 minut

Uyga vazifa berish

3 minut

Jami:

45 minut

Tashkiliy qism:

-salomlashish;

-sinfxonasini tozaligini tekshirish;

-davomatni aniqlash;

-o’quv qurollarini borligini tekshirish;

-o’quvchilarni guruhga bo’lish;

O’tilgan mavzuni so’rash va baholash:

Eng avvalo o’quvchilar guruhlarga ajratib olinadi.

I guruh: Zukkolar

II guruh:Bilimdonlar

O’tilgan mavzularni so’rashda Hazinani boyitish metodidan foydalanib,har bir guruhning hamma a’zolari savollarga to’g’ri javob berishi va yo’nalishlarga to’g’ri joylay olishi kerak . Oxirida to’g’ri javoblar soni sanaladi va bal beriladi.

Savollar:

  1. Botqoq yoki ruda gazi deb ataladigan gaz qaysi? (CH4)

  2. Gomologik qator nima? (Tarkibi va xossalari o’xshash va bir-biridan CH2 atomlar gruppachasiga farq qiluvchi moddalar qatori)

  3. Organik birikma va organic kimyo tushunchasini kim fanga kiritgan? (1827-yil I.Ya. Berselius)

  4. Alkanlarga nitrat kislota ta’siri kim tomonidan va qachon kashf qilingan? (Kanovalov 1888-yil)

  5. Dixlormetan, trixlormetan va tetraxlormetan nima maqsadda ishlatiladi? (Erituvchi sifatida)

  6. Vyurs reaksiyasi bo’yicha qaysi uglevodorodlar olinadi? (metanning gomologlari)

  7. Laboratoriyada tozaligi yuqori bo’lgan metan qaysi moddadan olinadi? (Alyuminiy karbidni gidroliz qilib)

  8. Metanni 1-marta uglerod sulfide va vodorod sulfide aralashmasini mis sim ustidan qizdirib olgan olim? (1856-yil Bertlo)

  9. Sikloalkanlarni laboratoriyada olinishi qanday? (Alkanlarni digalogenli xosilalariga aktiv metal ta’sir ettirib)

  10. Sikloalkanlarning fizik va kimyoviy xossalari jihatidan qaysi uglevodorodlarga o’xshash? (parafinlarga)

  11. Sikloalkanlarni birinchi marta kim aniqlagan? (rus olimi Markovnikov tomonidan Boku nefti tarkibida aniqlangan va o’rgangan)

  12. Sikloalkanlarning umumiy formulasi toping? (Cn H2n)

  13. Sikloalkanlarning kichik skill birikmalari uchun qaysi reaksiya xarakterli (birikish)

  14. Sikloalkanlarning katta skill birikmalari uchun qaysi reaksiya xarakterli (o’rin olish reaksiyasi)

  15. Sikloalkanlarning ishlatilishi qanday? (siklopropan narkoz sifatida, siklogeksan xosilasi siklogeksanol erituvchi sifatida ishlatiladi)

  16. Sikloalkanlarning birinchi vakili qaysi?( siklopropan)

  17. Digaloid birikmalarga Zn ta’sir ettirib sikloalkan olgan olim? ( G.G.Gustavson)

  18. Siklogeksanni degidrogenlab benzol olgan olim? (N.D.Zelinskiy)

  19. Alkenlarni yana qanday nomi bor? (Olefinlar, etilen qatori uglevodorodlar)

  20. Alkenlarda bog’lar orasidagi masofa va burchak qanday? (0.133nm, burchak 120)

  21. Alkenlarning umumiy formulasi? (CnH2n)

  22. Alkenlarning birinchi vakili? ( etilen)

  23. Etilen, propilen va butilenning agregat holati qanday? (gaz)

  24. Alkenlarga yuqori temperatrada vodorod birikishidan qanday modda hosil bo’ladi? (alkan)

AQL CHARXI: Bu metodda har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqadi. Ularning har biriga bittadan masala beriladi.

1-masala:Massasi 12.8 g bo’lgan kalsiy karbidga suv ta’sir ettirilganda 4.48l atsetilen olindi. Reaksiya unumini hisoblang.

2-masala:Miqdori 0.5 mol metanni 1500 C da qizdirilganda olingan alkinni yoqish uchun qancha hajm n.sh.da kislorod sarf bo’ladi?

Yangi mavzning bayoni:

Reja:

  1. Alkinlarning fizik xossalari

  2. Alkinlarning kimyoviy xossalari:

a)Gidrogenlanish reaksiyasi( vodorodning birikishi).

b)Alkinlarga bromning birikishi(sifat reaksiya).

c)Vodorod galogenidlarining birikishi. Markovnikov qoidasi.

d)Gidratlanish reaksiyasi(suvning birikishi).Kucherov reaksiyasi.








Download 251.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling