10-son dmttda 2019-yil da “1-oktyabr—Ustoz va murabbiylar kuni


Download 17.19 Kb.
Sana21.05.2020
Hajmi17.19 Kb.
#108712
Bog'liq
1-oktyabr—O’qituvchi va nurabbiylar kuni bog'cha bayonnomasi


10-son DMTTda 2019-yil ________________da “1-oktyabr—Ustoz va murabbiylar kuniga bag’ishlab “Ustoz otangdek ulug‘!” deb nomlangan bayram ertaligi
BAYONNOMASI №___
___” ____________2019 yil Bo’ston q.

Qatnashdilar.

  1. DMTT rahbari: R. Karimova

  2. Ota-onalar : 22 nafari

  3. Pedagog jamoa: 9 nafari

  4. Tarbiyalanuvchilar: 55 nafari

Musiqa xonasi bayramona bezatilgan qatnashuvchilar, taklif qilinganlar bilan jamul-jam bo‘lgan. Bayram ertaligini DMTTning rahbari R. Karimova ochib berdi va barchani tabrikladi.

U, shuningdek, o’z so’zida—

Aziz do’stlar!

Haqiqatan ham, dunyodagi ming-minglab kasblar orasida ikkita buyuk kasb – shifokorlik va o’qituvchilik kasbi borki, ular, toki hayot bor ekan, o’zining ma’no-mazmunini va olijanobligini, ahamiyati va hurmatini hech qachon yo’qotmaydi.



Xalqimizda ilm o’rganmoq igna bilan quduq qazishga qiyoslanadi. Kezi kelsa, hayot va borliq mohiyati, sir-asrorlariga bo’ying barobar kitoblarni o’qib ham yetish mushkul. Biroq ilm o’rgatmoq zaxmati undan-da mashaqqatli. Zero, oqu-qorani farqlay olmaydigan go’dak olimlik rutbasiga yetishi uchun taxlam-taxlam kitoblarni o’qishning o’zi kamlik qiladi. Ustoz bu ishga butun borlig’ini, mehrini baxsh etadi. Darhaqiqat, minglab murg’ak qalblarga oqu-qorani tanitadigan, ezgulik yog’dusini baxsh etadigan, kelajakka tiyrak nigox tashlashga o’rgatadigan, yoshlar qalbida ertangi kunga qat’iy ishonch uyg’otadigan, shogirdlari uchun hayotning achchiq-chuchuk sinovlarida doimo yordamga shay turadigan, qoqilsa - suyab, yiqilsa - turg’izadigan, yutuqlaridan boladek quvonadigan o’qituvchi va murabbiylar mehnatining o’lchovi, qiyosi yo’q.

Hech kimga sir emas, bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy, mustaqil fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va amaliy kasb-hunarlarga ega bo’lgan yoshlargina buyuk kelajakni ta’minlashi mumkin. Ana shundan yetuk mutaxassis yoshni Siz tarbiyalab, voyaga yetkazasiz, Aziz xamkasblar! O’zbekning, O’zbekistonning kelajak taqdiriga Sizlar mas’ulsizlar!

Hurmatli hamkasblar, kasb bayramlaringiz bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik tilayman!

Tarbiyalanuvchilar ustoz va murabbiylar haqida she’lardan ifodali o‘qidilar. Qo‘shiqlar kuyladilar. Raqsga tushdilar. Bayram tadbiri davomida o’g’il bolalar sport musobaqasi ham tashkillashtirildi. Sport musobaqasida bolalar arqon tortish, to’siqlar orasidan yugurish turlari bo’yicha bellashdilar.

Bu bayram ertaligidan zavq olgan bolajonlar va mehmonlar bir olam tassurotga ega bo‘ldilar.

So‘zga chiqqan mehmonlar tassurotlar haqida so‘zlab berdilar va bayram bilan barchani muborakbod qildilar. Bayram ertaligini yana bir bor tabriklagan holda DMTT rahbari M.Masharipova yakunlab berdi.


10-son DMTT rahbari: R. Karimova
Kotibi: U. Iskandarova
Download 17.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling