10. Yo’sinlar, qirqbo’g’imlar, qirqquloqlar Qaysi o`simliklarda ildiz bo`lmaydi?
Download 74 Kb.
|
Yo’sinlar, qirqbo’g’imlar, qirqquloqlar
SR2e Pre-int Midterm AK, Диншунослик 1-лекцияга кушимча, Экология хукуки, Экологик назорат тўғ.қонуни 2013 й., Экологик назорат тўғ.қонуни 2013 й., Экологик назорат тўғ.қонуни 2013 й., Экологик назорат тўғ.қонуни 2013 й., Документ (1), Документ (1), Документ (1), 1, 1, 55 1-darajali, 55 1-darajali, 4-amaliy ish
10. Yo’sinlar, qirqbo’g’imlar, qirqquloqlar 1. Qaysi o`simliklarda ildiz bo`lmaydi? a) sershox qirqbo`g`im b) yo`sinlar c) qirqquloqlar d) dala qirqqulog`i 2. Sporali o`simliklarning o`sish va rivojlanishidagi o`ziga xos xususiyatni ko`rsating. a) faqat jinsiy ko`payadi b) faqat jinsiz ko`payadi c) gametofit davri ustunlik qiladi d) jinsiy va jinsiz bo`g`inlar gallanadi 3.Yuksak sporali o’simliklarning ko’payishi va rivojlanishidagi farq qiluvchi hususiyatlarni aniqlang. a) faqat jinssiz ko’payadi b) faqat jinsiy ko’payadi c) jinssiz va jinsiy ko’payish navbatlashadi d) rivojlanish jarayonida gametofit ustunlik qiladi 4. Yuksak sporali o’simliklar qanday yo’l bilan oziqlanadi? a) saprofit b) geterotrof c) fototrof d) parazit 5. Quyidagi qarsi o`simliklarning gametofiti ikki jinsli bo`lib uzoq yashaydi? a) lishayniklar b) ochiq urug`lilar c) suv o`tlar d) qirqquloq 6. Yuksak sporali o’simliklar qanday usulda oziqlanadi? a) geterotrof b) saprofit c) parazit d) fototrof 7. Spora yo’sinning qaysi qismida yetiladi? a) poyasida b) soruslarida c) ko’sakchada d) boshog’ida 8. Yo’sinning sporasidan hosil bo’lgan ko’p hujayrali ipchada nima joylashgan? a) barg b) kurtak c) ildiz d) poya va barg 9. Funariya yo’sinining bargi necha qavat hujayralardan tashkil topgan? a) 1 qavat b) 2 qavat c) 3 qavat d) ko’p qavat 10. Yo’sinlarning tanasida quyidagilarning qaysi biri bo’lmaydi? a) plastida b) rizoid c) ildiz d) poya
11. Yo’sinning anteridiysida nima yetiladi? a) 2 xivchinli spermatozoid b) ko’p xivchinli spermatozoid c) tuxum hujayra d) zigota 12. Qaysi belgilari bilan yo’sinlar yuksak o’simliklardan farq qiladi? a) sporalari yordamida ko’payishi c) ildizi va o’tkazivchi sistemasining yo’qligi d) jinsiy a’zolarini ko’p hujayrali bo’lishi 13. Qaysi belgilari bilan yo’sinlar suvo’tlariga oxshaydi?
b) tallomining tuzilishi c) ildizi va o’tkazivchi sistemasining yo’qligi d) jinsiy a’zolarini ko’p hujayrali bo’lishi 14. Yo’sinlarning arxegoniylari ichida hosil bo’lgan zigota o’sib, nimaga aylanadi? a) qisqabandli sporangiyband b) yangi yo’sin c) yashil ipcha d) kurtaklar 15. Funarya yo’sinini rivojlanish ketma-ketligini aniqlang. 1. jinsiy hujayralar 2.sporalar 3.kurtakcha 4.ko’sakcha 5.ipsimon o’simta 6. tanacha 7. yashil o’simlik a) 6.2.4.3.1.5 b) 6.2.3.4.5.1 c) 6.1.4.2.5.3 d) 1.6.4.2.3.5 16. Nam tuproqqa tushgan spora o’sib, tuzilishi ipsimon suvo’tiga oxshab ketadi. Ip shoxlarida kurtaklar paydo bo’ladi. Har bir kurtakdan… o’sib chiqadi? a) qirqbo’g’im b) funariya yo’sini c) qirqquloq d) sershox qirqbo’g’im 17. Yo’sinlarning qaysi qismida jinsiy a’zolar bo’ladi? a) poya uchidagi ko’sak ichida b) poya ichidagi barglar orasida c) poya uchidagi naylarda d) poyadagi barglarning orqa qismida 18. Quyidagi belgilar qaysi o’simlik uchun xos? “Barglari poyada ketma-ket o’rnashgan, barglari bir qavat, poyada o’troq joylashgan bo’ladi”. a) funariya b) qirqquloq c) qirqbo’g’im d) zuxrasoch 19. Funariya yo’siniga xos bo’lgan belgilarni aniqlang. 1. poya, barg, ildizi bor 2. poya, barg, rizoidi bor 3.ko’payishi jinsiy va vegetativ bo’g’inlarni gallanishi bilan amalga oshadi 4. ko’payishi jinsiy va jinssiz bo’g’inlarni gallanishi bilan amalga oshadi 5.jinsiy a’zolar bir hujayrali 6. jinsiy a’zolar ko’p hujayrali 7.autotrof oziqlanadi 8. geterotrof oziqlanadi 9.nay tolali boylamlar bo’lmayda 10. faqat suvda o’sadi a) 1.3.4.9.10 b) 2.4.6.8.10 c) 2.4.5.7.9 d) 2.4.6.8.9 20. Yo’sinlar qanday yo’l bilan oziqlanadi? a) autotrof b) geterotrof c) xematrof d) simbioz 21. Yuksak sporali o’simliklarni sporafiti nimadan hosil bo’ladi? a) sporadan b) zigotadan c) sporangiyadan d) sporangiybanddan 22. Yuksak sporali o’simlilarning generativ organlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan? 1. gul 2. qubba 3.urug’ 4. meva 5. anteridiy 6. arxegoniy a) 1.2
b) 2.3 c) 4.5
d) 5.6 23. Yo’sinlar ….tashkil topganligi bilan tuban o’simliklardan farq qiladi. a) sporalardan b) tallomdan c) ildizi va o’tkazivchi sistemasdan d) jinsiy a’zolarini ko’p hujayralardan 24. Anteridiy ba’zi o’simliklarning jinsiy ko’payish a’zosi bo’lib, unda…… a) tuxum hujayra hosil bo’ladi b) spermatozoid hujayra hosil bo’ladi c) markaziy hujayra hosil bo’ladi d) zoosporalar hosil bo’ladi 25. Yo’sinlar qanday ko’payadi? b) jinssiz va vegetativ c) faqat sporasidan d) bo’ginlarning gallanishi bilan 26. Yo’sin zigotasidan nima o’sib chiqadi? a) ko’p hujayrali yashil ip b) sporangiy c) yangi yo’sin d) o’simta (gametofit) 27. Dala qirqbo’g’imi qanday o’simlik? a) bir yillik o’t b) ildiz poyali, ko’p yillik o’t c) ildizpoyali, bir yillik o’t d) rizoidli ko’p yllik o’t 28. Dala qirqbo’g’imi qanday yo’l bilan ko’payadi? a) urug’i va bargi b) spora va ildizi c) ildizpoya va urug’ d) spora va ildizpoya 29. Qaysi o’simliklarning ko’payishi jinsiy va jinssiz bo’g’inlarning gallanishi bilan amalga oshadi? 1. yo’sinlar 2.ochiq urg’lilar 3. qirqbo’g’imlar 4.tuban o’simliklar 5.qirqquloqlar 6.lishayniklar 7. yopiq urug’lilar a) 2.4.6
b) 4.6.7 c) 1.2.7
d) 1.3.5 30. Arxegoniyda nima yetiladi? a) spermatozoid b) tuxum va markaziy hujayra c) bitta tuxum hujayra d) bir nechta tuxum hujayra 31. Qaysi o’simlikdan tayyorlangan damlama siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi? a) qirqquloq b) qirqbo’g’im c) yo’sinlar d) zuxrasoch 32. Dala qirqbo’g’imining sporafillari qaysi vegetativ organning shakli o’zgarishidan hosil bo’lgan? a) poya b) ildiz
c) barg d) kurtak 33. Dala qirqbo’g’imiga xos bo’lgan xususiyatni belgilang. a) boshoqlarida sporafill-unda sporangiya-sporalardan –erkak va urg’ochi o’simta b) boshoqlarida soruslar-unda sporangiya-sporalardan –erkak va urg’ochi o’simta c) barglari orqasida sporafillar-unda sporangiya-sporalardan –erkak va urg’ochi o’simta d) barglari orqasida soruslar-unda sporangiya-sporalardan– erkak va urg’ochi o’simta 34. Dala qirqbo’g’imidan nima o’sib chiqadi? 1.erkak o’simta 2.jinsiy bo’g’in 3. urg’ochi o’simta 4.anteridiy 5. arxegoniy 6. spermatozoid 7. tuxum hujayra 8.sporafit 9. gametofit a) 2.3.1.4.5.9 b) 1.3.4.5.6.7 c) 3.5.7.6.8.9 d) 4.5.2.6.7.8 35. Dala qirqbo’g’imining qaysi qismi “mevali poya” deb ataladi? a) bahorgi poyasi b) yozgi poyasi c) kuzgi poyasi d) shoxlangan poyasi 36. Dala qirqbo’g’imining qaysi qismi “mevasiz poya” deb ataladi? a) bahorgi poyasi b) yozgi poyasi c) kuzgi poyasi d) shoxlangan poyasi 37. Jinsiy va jinssiz bo’g’inlarning gallanish yo’li bilan ko’payadigan o’simlikni aniqlang. a) qirqbo’g’im b) archa
c) spirogira d) qarag’ay 38. Sershox qirqbo’g’imning dala qirqbo’g’imidan farqi nima? a) bahorgi poyasining yo’qligi, spora beruvchi boshoqlarni shoxli poya uchida joylashganligi b) ildizi, poyasining yo’qligi c) yozgi poyasining yo’qligi, spora beruvchi boshoqlarni shoxli poya uchida joylashganligi d) ko’payishda jinssiz bo’g’in ustunlik qilishi 39. Sershox qirqbo’g’imning spora beruvchi boshoqlari qayerda hosil bo’ladi? a) ko’saklarda b) barglarni orqa tamonida c) shoxli poya uchida d) bahorgi poyalar uchida 40. Qirqbo’g’imda ko’payish a’zosi vazifasini quyidagilardan qaysi biri bajaradi? a) ildiz
b) poya c) sporafill d) a va c javoblar 41. Qaysi o’simlikni gametofiti 2 jinsli bo’ladi? a) qirqbo’g’im b) qirqquloq c) funariya d) archa
42. Qirqbo’g’imning sporafili bu… a) spora hosil qiluvchi a’zo b) shakli o’zgargan barg c) ko’payish a’zo d) barchasi 43. Qaysi o’simliklarni urug’lanishi suvda kechadi? 1. yo’sinlar 2.ochiq urug’lilar 3.qamish 4. sholi 5.nilufar 6.suv qaroqchisi 7.qirqquloq 8.qarag’ay 9. qirqbo’g’im 10.gulli o’simliklar a) 1.7.9
b) 1.3.5 c) 5.8.9
d) 7.9.10 44. Ildizpoyali yuksak sporali o’simlikni aniqlang. a) funariya, qirqbo’g’im b) funariya, qirqquloq c) qilqquloq, qirqbo’g’im d) qirqbo’g’im, qarag’ay 45. Qirqbo’g’imning ildizpoyasidagi organik moddalar nimadan hosil bo’ladi? a) bahorgi mevali poyadan b) yozgi mevasiz poyadan c) spora beruvchi boshoqdan d) sporafitdan 46. Sershox qirqbo’g’imining tuzilishiga xos xususiyatlarni ko’rsating. 1.poyasi bo’g’imlarga bo’lingan 2.yozgi poyada spora beruvchi boshoq bo’lmaydi 3.bargi halqasimon joylashgan 4.ildizpoyali ko’p yillik o’simlik 5.poyasi sershox, unda gametalar yetiladi 6.yozgi poyasida spora beruvchi boshoqlar hosil bo’ladi 7. bahorgi poyasi”mevali poya” deyiladi 8.bagi mayda, tangacha shaklda 9.sporafillari barglardan hosil bo’lgan a) 9.1.8.4.6.3 b) 7.3.9.1.8.4 c) 1.4.3.5.7.2 d) 8.3.6.5.9.1 47. Qirqbo’g’imning urug’langan tuxum hujayrasidan hosil bo’lgan murtakdan nima o’sib chiqadi? a) gametofit b) sporafit d) yetuk organizm 48. Yo’sinlarni urug’lanishi qayerda, nima orqali amalga oshadi? a) rizoidda / sperma b) suvda / arxegoniylar c) quruqda / spermalar d) suvda / spermalar 49. Yo’silar poyasidagi qaysi hujayralar suv va mineral tuzlarni o’tkazadi? a) bir to’p uzunchoq hujayralar b) o’tkazuvchi naylar c) bir to’p silindrsimon naylar d) elaksimon naylar 50. Qirqbo’g’imning sporalaridan nima o’sib chiqadi? a) 2 jinsli o’simta b) sporafit c) erkak va urg’ochi o’simta d) sporangiyband 51.Qiqquloqlarning sporasi o’sib… hosil qiladi. a) sporafit b) gametofit c) sporangiya d) qisqabandli sporangiyband 52. Qiqquloqlarga xos xususiyatlarni aniqlang. a) gullab meva hosil qiladi b) sporalari bilan ko’payadi c) jinsiy bo’g’inda rizoid bor d) murtak o’sib gametofit hosil qiladi 53. Qirqquloqning gametofitiga xos xususiyatni aniqlang. 1. bir jinsli 2.ikki jinsli 3.rizoidli 4.yuraksimon 5.yashil plastinkaga o’xshaydi 6.ildiz, poya va bargi bor a) 1.2.3.4 b) 2.3.4.5 c) 3.4.5.6 d) 1.2.5.6 54. Qiqquloqlarning vegetativ ko’payishi ularning… hosil bo’ladigan…. orqali sodir bo’ladi a) poyasida / barg b) ildizpoyasida / kurtak c) bargida / sorus d) ildizpoyadagi / barg 55. Qiqquloqlarning ko’payish va rivojlanish tartibini ko’rsating. 1. qirqquloq o’simligi 2.yuraksimon yashil plastinka 3.soruslar 4.spora 5.jinsiy hujayralat 6. murtak 7.zigota a) 1.3.4.2.5.7.6 b) 1.2.3.4.5.6.7 c) 2.3.4.5.6.7.1 d) 3.4.5.6.7.1.2 56. Qaysi o’simlikni sporafili 6 tomonli qalqon shaklda? a) qirqquloq b) qirqbo’g’im c) funariya d) suv qirqqulog’i 57. Qirqquloqni vegetativ ko’payishi…… sodir bo’ladi. a) ildiz tuganaklari b) ildizpoyalari c) barglari d) ildizmevalari 58. Qiqquloqning sporalari o’simlikni qaysi qismida hosil bo’ladi? a) soruslarda b) gametafitda c) sporangiyada d) boshoqda 59. Qiqquloqning ildizi,bargi bormi? U qanday ko’payadi? 1.bargi bor 2.bargi yo’q 3.ildizi bor 4. ildizi yo’q 5.jinssiz ko’payadi 6. jinsiy ko’payadi 7. gullari yordamida ko’payadi a) 1.4.5.6 b) 1.3.7 c) 2.3.5.6.7 d) 1.3.5.6 60. Qaysi o’simliklarda spermatozoidning tuxum hujayraga kelib qo’shilishi faqat suvda amalga oshadi? a) funariya, qarag’ay b) saur, qirqbo’g’im c) zuxrasoch, archa d) qirqquloq, qirqbo’g’im 61. Qaysi o’simlikni ko’payishi sporafit va gametafitni gallanishi bilan sodir bo’ladi?
b) ulva
c) spirogira d) qirqbo’g’im 62. Yuksak sporali o’simliklar guruhini belgilang. 1.bakteriya 2.achitqi 3.funariya 4.archa 5.qirqquloq 6. qarag’ay 7.qirqbo’g’im 8.olma a) 2.4.6 b) 3.5.7
c) 4.5.8 d) 5.6.7
63. Qiqquloqning gametafiti qanday tuzilgan? a) qalin, qo’ng’ir, yumaloq, 1 jinsli b) yupqa, yuraksimon, yashil plastinka, 2 jinsli c) poyada rivojlanuvchi qirrali plastinka, 2 jinsli d) yupqa, yuraksimon, yashil plastinka, 1 jinsli
a) sporafitni b) gametafitni c) sporangiyani d) sporafillni 65. Qaysi o'simlikning bargi keng nashtarsimon, ikki-uch karra patsimon bo'ladi? a) zuxrasoch b) suv qirqqulog'i c) besh yaproqli partenotsissus d) shoyi akatsiya 66. Suv qirqqulog'ining sporalari qaysi oyda yetiladi? a) iyun-iyul b) avgust sentabr c) sentabr-oktabr d) iyul-avgust 67. Spirogira va suv qirqqulog’i uchun umumiy belgini aniqlang. a) tuban o’simliklar b) mevasi o’xshash c) heh narsaga yopishmay suvda suzib yuradi d) parazitlar 68. Arxegoniy bu … a) ko`p hujayrali urg`ochi jinsiy a’zo b) urg`ochi gametasi c) erkak gametasi d) ko`p hujayrali erkak jinsy a’zo 69. Ildizpoyali ko`p yillik o`tlar keltirilgan javobni aniqlang? a) shoyigul, sershox qiriqbo`g`im b) baliqko`z, kanakunjut c) dala qirqbo`g`im, zuxrasoch d) suv qirqqulog`i, batat 70. Qiriqbo`g`imning erkak o`simtasi qaysi belgilari bilan urg`ochi o`simtalaridan farq qiladi ? a) kichkina, chetlari bo`lingan b) boshoqsiz c) yirik, chetlari bo`linmagan d) boshoqli 71. Qirqquloqlarning jinssiz ko`payishi nima orqali sodir bo`ladi ? a) ildizpoya va spora b) urug` va spora c) faqat spora d) faqat ildizpoya 72. Qirqquloqlarning gametalari nima yordamida tuproqqa yopishib turadi ? a) rizoid bilan b) gametofit tuproqqa yopishmaydi c) qo`shimcha ildiz bilan d) asosiy ildiz bilan 73. Qiriqbo`g`imlarning sporafiti nimadan rivojlanadi ? a) murtakdan b) endospermdan c) markaziy hujayradan d) sporadan 74. Yo’sinlarga xos bo’lmagan belgilarni aniqlang. a) ildizi yo’q b) jinsiy bo’g’in ustunlik qiladi c) jinssiz bo’g’in ustunlik qiladi d) o’tkazuvchi sistemalar yo’q 75. Qirqbo`g`imning urug`lanish jarayoni qayerda kechadi? a) tuproqda b) suvda c) sporangiyada d) sporafitda 76. Qirqbo`g`imlarga xos bo`lamagan belgilarni aniqlang? a) shoxchalari bo`g`imlarda halqa hosil qilib joylashgan b) bo`g`im oraliqlarining ichi parenxima to`qimasi bilan to`lgan, boshoqlardan hosil soruslar bo`ladi c) poyasi serqirrali va bo`g`imlarga bo`lingan d) bo’g’im oralig’i kovak 77. Qiriqquloqlarning daraxtsimon vakillari qayerda uchraydi ? a) daraxtsimon vakillari uchramaydi b) tropik va subtropik mintaqalarda c) yer yuzining barcha qismlarida d) shimoliy mintaqalarda 78.Qirqbo’g’imlarning sporofiti nimadan rivojlanadi? a) endospermdan b) sporadan c) markaziy hujayradan d) murtakdan 79. Funariya (1), dala qirqbo’g’imi (2), va qirqquloq (3) ning anteridiylarida yetiladigan hujayralarni aniqlang. a) tuxum xujayra b) ikki xivchinli spermatozoid c) ko’p xivchinli spermatozoid d) changlar e) spora a) 1-d, 2-e, 3-c b) 1-b,d, 2-a,e, 3-c c) 1-a, 2-a, 3-c d) 1-b, 2-c, 3-c 80. Qirqquloqlarning jinssiz ko’payishi nima orqali sodir bo’ladi? a) faqat spora b) urug’, spora c) faqat ildiz poya d) ildiz poya va spora 81. Yuksak o’simliklarning tuban vakilini ko’rsating? a) qirqquloqlar b) yo’sinlar c) ochiq urug’lilar d) qirqbo’g’imlar 82. Poya bagli yo’sin turiga mansub o’simlikni aniqlang. a) parmeliya b) kladoniya c) funariya d) batsidiya 83. Zuxrasochning nam tuproqqa tushgan sporasidan nima rivojlanadi? a) gametafit b) sporafit c) murtak d) ildiz 84. Dala qirqbo’g’imning spora beruvchi organi- ... a) anteridiy b) sorus c) sporafit d) sporafill 85. Qirqbo’g’imning qaysi qismlaridan tayyorlangan damlama dori sifatida ishlatiladi? a) poya va shoxlaridan b) spora va gametalaridan c) ildiz va mevalaridan d) ildizpoya va barglaridan 86. Qaysi o`simlikning sporangiylarida har xil sporalar yetiladi? a) ulotriks b) suv qirqqulog`i c) elodeya d) zuxrasoch qirqqulog`i 87. Qirqquloq barglarining ostidagi qo`ng`ir rangli bo`rtmalar qanday nomlanadi va u yerda nima joylashadi? a) soruslar, zigota b) soruslar, sporangiylar c) soruslar, gametafit d) zigota, murtak 88. Qaysi o`simlikning spermatozoidi harakatchan, ikki xivchinli? a) ulotriks b) funariya c) qirqquloq d) xlamidomonada 89. Qirqquloqlarning murtagi (1) nimadan rivojlanadi, murtagidan (2) nima rivojlanadi? a) urug`langan tuxum hujayra b) spora c) yangi qirqquloq d) gametafit a) 1 c; 2 a b) 1 b; 2 d c) 1 b; 2 c d) 1 a; 2 c 90. Qirqquloqlarning qirqbo`g`imlardan farqini aniqlang. a) ildizpoyali, ko`p yillik o`t; b) jinssiz va jinsiy bo`g`inlar gallanadi; c) vegetativ ko`payish ildizpoyasi orqali sodir bo`ladi; d) ildizi qo`shimcha; e) bargi yirik patsimon qirqilgan; f) spora beruvchi boshoqlari bo`lmaydi; j) sporalar soruslardagi sporangiylarda yetiladi. a) b, e, j b) e, f, j c) a, b, c, d d) d, e, f 91. Qirqbo`g`imning yozgi poyasini ahamiyatini aniqlang. a) spora hosil qiladi b) organik modda sintezlaydi c) gametalarning rivojlanishini ta’minlaydi d) barcha javoblar to`g`ri 92. Funariya yo`sinining arxegoniysida nechta tuxum hujayra yetiladi? a) 3 ta
b) ko`p c) 1 ta
d) 2 ta 93. Yo`sinlarning arxegoniy (1) va anteridiy (2) larida nima yetiladi? a) spora b) ikki xivchinli spermatozoidlar c) tuxum hujayra d) ikki xivchinli zoospora a) 1 c; 2 d b) 1 a; 2 b c) 1 c; 2 b d) 1 a; 2 d 94. Hayotiy shakli jihatdan qirqquloqlarning orasida qanday formalar uchraydi? a) ko`p yillik o`tlar b) bir yillik o`tlar c) butalar d) daraxtlar e) chala butalar a) a, c b) a, d
c) a, e d) b, d
95. Qirqquloqlarning va qirqbo`g`imlarning o`xshash belgilarini aniqlang. a) ildizpoyali, ko`p yillik o`t; b) jinssiz va jinsiy bo`g`inlar gallanadi; c) vegetativ ko`payish ildizpoyalari orqali sodir bo`ladi; d) ildizi qo`shimcha; e) bargi yirik patsimon qirqilgan; f) spora beruvchi boshoqlari bo`lmaydi; j) sporalar soruslardagi sporangiylarda yetiladi. a) d, e, f b) b, e, j c) a, b, c, d d) e, f, j 96. Qirqbo’g’imning yozgi poyasi bahorgi poyasidan nimasi bilan farq qiladi? a) qo’ng’ir rangli,shoxlanmagan,boshoq hosil qiladi b) nozik,rangli,shoxlangan c) nozik,qo’ng’ir rangli,shoxlanmagan d) spora va urug’lar hosil qiladi 97. Yuksak o`simliklarda urug`langan tuxum hujayradan murtak hosil bo`ladi. Murtakdan nima o`sib chiqadi? a) gametafit b) sporafit c) anteridiy d) arxegoniy Download 74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling