11

Sana01.01.1970
Hajmi
#101754

ELEKTROSTATIK KUCHLARI TA’SIRIDA CHO’KTIRISH

 

REJA:

 

I.Kirish

Cho’ktirish jarayoni. Elektrostatik kuchlari ta’sirida cho’ktirish.

Cho’ktirish jarayonini amalga oshirish uchun qurilmalar

Elektr maydon ta’sirida gazlarni tozalash.

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.

Cho’ktirish jarayoni. Elektrostatik kuchlari ta’sirida cho’ktirish.

  • Har xil fazalardagi moddalarning mexanik aralashmasi turli jinsli sistemalar deyiladi. Bu aralashmalar asosan ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladi. Fazalarning fizik holatiga ko’ra turli jinsli sistemalar quyidagi turlarga bo’linadi: suspenziyalar, emulsiyalar, ko’piklar, changlar, tutunlar va tumanlar. Suyuqlik va qattiq modda zarrachalari aralashmasi suspenziya deyiladi. Kimyo sanoatida ko’pincha turli jinsli sistemalarni fazalarga ajratish jarayonlarini ishlatishga to’g’ri keladi. Masalan: vino ishlab chiqarishda uni tarkibidagi qattiq zarrachalardan tozalash, shakar ishlab chiqarishda saturastion qurilmada hosil bo’lgan suspenziyadan sharbatni ajratib olish, sut kukuni ishlab chiqarishda issiq havo oqimi bilan qurilmadan chiqib ketgan sut kukunini ajratib olishva boshqa jarayonlar. Turli jinsli sistemalarni fazalarga ajratishning asosan ikki usuli, ya’ni cho’ktirish va filtrlash usullari mavjuddir. Cho’ktirish – suyuq va gazsimon turli jinsli sistemalarni gravitastion, inerstiya (markazdan qochma) va elektr maydon kuchlari ta’sirida alohida fazalarga ajratishdir.
  • Shunga mos holda gravitastion cho’ktirish, siklonlar va cho’ktiruvchi stenrifugalar yordamida cho’ktirish hamda elektr maydonda cho’ktirish jarayonlari mavjud. Filtrlash-suyuqlik va gazsimon turli jinsli sistemalarni g’ovaksimon filtr to’siq yordamida alohida fazalarga ajratish jarayonidir. Bunda g’ovaksimon to’siq suyuqlik va gaznio’tkazib, uning tarkibidagi qattiq zarrachalarni saqlab qolish xususiyatiga ega bo’lishi shart. Cho’ktirish jarayoni . Cho’ktirish jarayoni har xil konstrukstiyali cho’ktiruvchi qurilmalarda olib boriladi. Cho’ktirish jarayonida quyidagi shartlarga rioya qilish kerak: turli jinsli sistemaning qurilmada bo’lish vaqti zarrachalarning cho’kish vaqtiga teng yoki katta bo’lishi kerak; oqimning chiziqli tezligi cho’kish tezligidan kichik bo’lishi kerak. Birinchi shartga rioya qilinmaganda qurilmada zarrachalar ajralishga va cho’kishga ulgurmaydi, ikkinchisi buzilganda oqim qurilmalardan qattiq zarrachalarni olib ketadi. Gravitastion kuch ta’sirida cho’kayotgan zarrachalarga o’zining og’irlik kuchi, muhitning qarshilik kuchi va Arximed kuchi ta’sir qiladi. Og’irlik va Arximed kuchlari orasidagi farq cho’ktirish jarayonining harakatlantiruvchi kuchidir: P G A    d g  м
  • bu yerda d - zarracha diametri; кз va м – mos holda qattiq zarracha va muhit zichliklari. Muhitning qarshilik kuchi zarracha harakatiga teskari yo’nalgan bo’lib inerstiya va ishqalanish kuchlari dan iborat: R  3 d  э bu yerda  - muhitning dinamik qovushqoqlik koeffstienti, Pa s; э - zarrachaning erkin cho’kish tezligi, m/s.
  • Cho’ktirish jarayonini amalga oshirish uchun qurilmalar. Cho’ktirish uchun mo’ljallangan jixozlar ishlash prinstipiga ko’ra gravitastion cho’ktirgichlar, cho’ktiruvchi stentrifugalar, gidrosiklonlar va separatorlarga bo’linadi. Cho’ktirish qurilmalari davriy, uzluksiz va yarim uzluksiz rejimda ishlaydigan qurilmalarga bo’linadi. Davriy ishlaydigan cho’ktirish qurilmasining korpusi silindrsimon idishdan iborat bo’lib unga suspenziya yuqoridan beriladi. Suspenziya qurilmada ma’lum vaqt tindirilgandan so’ng zarrachalar qurilmaning pastki qismiga cho’kadi. Qurilmaning yuqori qismida esa tozalangan qatlam hosil bo’ladi. Bu tozalangan mahsulot (dekantat) qurilmaning yon tomonida joylashgan shtutser orqali chiqarib olinadi, so’ngra esa cho’kma tushiriladi. Shundan so’ng qurilma yuviladi va jarayon qaytadan boshlanadi. Uzluksiz ishlaydigan cho’ktiruvchi qurilmaning taroqlari bo’lib, suspenziyalarni tindirish uchun ishlatiladi. Ushbu cho’ktiruvchi qurilma balandligi uncha katta bo’lmagan katta diametrli silindrsimon rezervuardan iborat bo’lib, konussimon asosga ega. Dastlabki suspenziya rezervuarning o’rta qismiga beriladi. Suspenziya tarkibidagi qattiq zarrachalar og’irlik kuchi ta’sirida cho’kadi. Rezervuarning o’rtasida val o’rnatilgan bo’lib, unga taroqlar biriktirilgan.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling