101a guruh o’quvchisi Polvonnazirova Lolaxon Qadimgi sharq mamlakatlari tibbiyoti


Download 0.58 Mb.
bet1/3
Sana21.11.2020
Hajmi0.58 Mb.
#148803
  1   2   3
Bog'liq
TIBBIYOT TARIXI MUSTAQIL PPT


101a guruh o’quvchisi Polvonnazirova Lolaxon

1.Qadimgi sharq mamlakatlari tibbiyoti

2.Misr tibbiyotiga oid malumotlar

3.Amaliy tibbiyot va dorishunoslik



4.Misrning mashxur hakimlari haqida

Qadimgi Sharq insoniyat jamiyati taraqqiyotining beshigi hisoblanadi. Ilm-fanning hamma sohalari, shu jumladan tibbiyot ilmi ham dastlab Sharq mamlakatlarida kelib chiqqan. Buni arxeologik qazilmalar vaqtida topilgan ashyoviy dalillar va qadimgi qo'lyozmalar isbotlaydi. Masalan, Afrika va Osiyo qit’alarida olib borilgan qazilmalar chog'ida qadim zamonlarda yashagan odamlar qanday kasalliklar bilan og'riganlar va qanday usullar bilan davolanganliklarini ko‘rsatuvchi juda ko‘p ashyoviy dalillar topilgan. Shu dalillar asosida biz uzoq o‘tmishning ayrim davrlarida tibbiyot qanday darajada rivojlanganligini bilib olishimiz mumkin.

Qadimgi Misr madaniy hayot, ilm-fanning rivojlanishi jihatidan boshqa Sharq mamlakatlariga nisbatan yetakchi o‘rin egallaydi. Misr tibbiyot sohasida ham eng qadimgi tarixga ega. Tarixiy ma’lumotlarga ko'ra, Misrda eramizdan oldingi to'rtinchi ming yillikdayoq birinchi tibbiv maskanlar bo'lgan. Xususan, eramizdan oldingi 3600-yilda Fili orolidagi Memfis shahrida afsonaviy tabib lmxoteb1 sharafiga maxsus ibodatxona qurilgan. Bu yerda kohinlar bemorlarni parvarish qilish va davolash bilan shug‘ullanganlar. Heliopolis va Sais shaharlarida tabiblar tayyorlaydigan maxsus maktablar bo'lgan. Bu maktablarda turli dorilar tayyorlash va ularni ishlatish usullarini o‘rgatganlar. Bemorlarga tashxis qo‘yish, ularni tekshirish usullarini ham ko'rsatganlar. Qadimgi Misr tibbiyoti papirus, deb ataluvchi yozma manbalarda bayon etilgan. Shulardan bizga Georg Ebers, Edvin Smit, Brugsha ismli olimlar nomi bilan ataluvchi papiruslar ham ma’lum. Bu olimlar o‘sha papiruslarni o‘rganib izohlab berganlar. Papirusiardan eng diqqatga sazovori Ebers papirusidir. U eramizdan oldingi 1500-yilda yozilgan deb taxmin qiladilar. Tibga oid papiruslarda asosan turli dorilar, ularni tayyorlash va ishlatish usullari bayon etilgan. Kitobda aytilishicha dorining ta’sir kuchi tabiiy sharoit,bemorlarning Yoshi va kasallikning og’ir-yengilligiga bog’liq.

Tabib kasalga dori berishda shu omillami e’tiborga olishi kerakligi ta’kidlangan. Yosh masalasiga alohida e’tiborberilgan. Chaqaloqlar va kichik yoshdagi bolalarga dori kukun shaklida, sutga qo‘shib berilgan. Kattaroq yoshdagi bolalar uchun dori xab shaklida tayyorlangan. Qadimgi misrliklar kasallikning sabablari haqida ibtidoiy jamoa davridagi tushunchaga o‘xshash fikrda bo‘lganlar. Misr tabiblari kasalliklarni paydo qiluvchi qandaydir johil kuchlar borligiga ishon- ganlar. Shuning uchun har qanday kasallikni davolashda birinchi galda har xil afsungarlik usullaridan foydalanganlar. Masalan, shu johil kuchni tanadan chiqarib yoborishga harakat qilganlar. So‘ng o‘sha johil kuch (ruh) tanada qoldirgan kasallik alomatlarini dori berib yo‘qotish yo'lini qilganlar. Bu dorilar asosan simptomatik xarakterga ega bo'lardi. Har bir Misrtabibi afsungarlik usulini bilishi shart edi.



lishi shart edi. Qadimgi Misrda tajribaga asoslangan amaliy tibbiyot ham mavjud edi. Amaliy tibbiyot vakillari ko‘pgina kasalliklarning alomatlari va ularning sabablarini bilganlar. Ular hatto ichaklarda gijjalar bo‘lishidan ham xabardor bo‘lganlar. Misr tabiblarining kitoblari asosan har xil retseptlardan iborat edi. Retseptlar juda murakkab tuzilardi. Har bir retseptga 10—15 va undan ortiq moddalarkiritilardi. Retseptlarda faqat dorining nomi ko'rsatilmay, shu bilan birga u qanday kasallikda ishlatilishi va qanday shaklda qo‘llanishi ham ko‘rsatilardi. Misr tabiblarining retseptlarida xatoliklarga ham yo‘1 qo'yilgan. Masalan, ba’zi



zararli moddalar ham uchraydi. Masalan, dorilar qatorida ba’zan sasigan go‘sht, achigan sut, qatiq, hayvonlarning tezagi, hovonchada yanchilgan suyak va h.k. uchraydi. Qadimgi misrliklarning tibga oid kitoblaridan bizga eng ma’lumi Gearg Ebers papirusidir. Bu kitobda o‘sha vaqtda ma’lum bo‘lgan kasalliklar va ularni davolash usullari bayon etilgan. Xususan, kishi tanasining har bir a’zosida uchraydigan kasalliklar va shu kasalliklarda ishlatiladigan dorilar ko‘rsatilgan. Kitobda ayollarda uchraydigan kasalliklarga alohida o‘rin berilgan. Homiladorlik, uning dastlabki belgilari ko'rsatib o‘tilgari. Misr amaliy tibbiyotida jarrohiyaga ham alohida o‘rin berilgan. Xususan, har bir a’zoning jarohatlanishi, uning belgilari va davolash usullari ko'rsatilgan. Shu yerda xatna qilish usuli haqida ham so‘z yuritiladi.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling