102-ki guruhi. Alibekova Sevinch. 12-Mavzu: Taqriz matni mavzusi bo’yicha savol va topshiriqlar


Download 15.63 Kb.
Sana03.06.2020
Hajmi15.63 Kb.
#113509
Bog'liq
12-TOPSHIRIQ ALIBEKOVA S.


102-KI guruhi. Alibekova Sevinch.

12-Mavzu: Taqriz matni mavzusi bo’yicha savol va topshiriqlar:

  1. Taqriz so’zining ma’nosini izohlab bering?

  2. Taqriz yozishda nimalarga amal qilish kerak?

JAVOBLAR:

1.

Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda ko‘tarilgan muammolar, asarning g‘oyaviy badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan o‘rni haqida ma’lumot bo‘ladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz asosan keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga ko‘maklashadi. Ichki Taqriz ham bo‘ladi. Masalan, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki taqrizga beriladi, biroq bu taqriz matbuotda e’lon qilinmaydi.

2.

Taqriz yozishda quyidagi sxemaga amal qilinadi:

1. Tezis (umumiy holati) va uni ochib berish.

2. Kitob (film, teatr)ning baholanishi.

Taqrizning boshlang‘ich qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:

Kitob (film, teatr)da hikoya qilinadi.

Kitob (film, teatr)da muammolar ko‘tariladi.

Taqrizni baholash qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi:

Men … hisoblayman – Я считаю…

Mening fikrimcha… - Помоему…

Mening nazarimda… - На мой взгляд…

… menga yoqdi. – Мне понравился (-лась)…

… menda katta taassurot uyg‘otdi. - Большое впечатление на меня оказала…

Kitob (film, teatr) …o‘rgatadi. - Книга (фильм, театр) учит…

Quyidagi mavzuga doir test topshiriqlarini bajaring:


  1. O‘zbek adabiyotida taqriz qachondan boshlab vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan?

A) XIX asr oxirlarida

B) XX asr o’rtalarida

C) XX asr boshlarida

D) XX asrning 80 yillarida

  1. Qaysi yozuvchilar o‘zbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan taqrizlar yaratganlar?

A) Shayxzoda, Abdulla Qahhor, Cho’lpon, Shukrullo

B) Oybek, Abdulla Qodiriy, Said Ahmad, Hamza



C) Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, G’afur G’ulom, Ham

D) Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda,O’tkir Hoshimov


Download 15.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling