elektron enaga

Sana01.01.1970
Hajmi
#108285
Bog'liq
elektron enaga


ELEKTRON ENA1GA BIZGA FOYDA KELTIRADIMI YO ZARAR?
Bugungi texnika zamonamizda biz shu qadar gadjetlardan foydalanishga o’rganib qolganmizki, ularsiz hech bir ishni mustaqil bajara olmaydigandekmiz. Kir yuvish mashinasi, dazmol, mikroto’lqinli pech, changyutgich, havo namlagich, blender, televizor va ko’plab elektron uskunalar og’irimizni yengil qilmoqda. Yuqorida ta’kidlangan «elektron enaga» bu siz o’ylagan yangi robot emas.
Aksariyat onalar va yoshi kattalar ma’lum bir yumush bilan band bo’lgan davrda farzandlarini tinchlantirish maqsadida undan foydalanishadi. Aynan shu davrdan boshlab bolani biz emas televizor tarbiyalay boshlaydi. Amerika Pediatriya akademiyasi ommaviy axborot vositalariga (masalan, televizor, filmlar, video va kompyuter o’yinlar, Internet, musiqa so’zlari, gazeta-jurnallar, kitoblar, reklamalar) ruju qo’yish bolalar va o’smirlar salomatligi uchun xavf tug’dirishini tan oldi.
Butun jahon sog’liqni saqlash tashkiloti uch yoshgacha bolalarga televizor ko’rsatmaslikni tavsiya qiladi. Uch yoshdan oshgan bolalarga 30 daqiqa, boshlang’ich sinf auditoriyasi esa 30-60 daqiqa televizor tomosha qilishlari mumkin.
OAV tomonidan individual o’quv teledasturlari yoki aql charxlovchi jurnal maqolalari, kompyuter yordamida ega bo’lish mumkin bo’lgan ijodiy va ilmiy bilim kabi bolalar ongiga foydali materiallar taqdim etilishi shubhasiz. Biroq, pediatrlar OAV ning bolalarga salbiy ta’sirini tobora ko’proq kashf qilishmoqda. Amerika davlatidagi bola yoki o’smir televizor ko’rish uchun haftasiga 21 soat vaqt sarflaydi. Bugunga kelib 1000dan ziyod ilmiy izlanishlar va sharhlar OAV zo’ravonlik holatlarini oshirishga salbiy ta’siri kattaligi, aynan tajovuzkorlik holatlarining ko’payishiga sabab bo’layotganini ta’kidlaydi. Bola qabul qiladigan agressiv ruhdagi axborot sabab ularning zo’ravonlikka nisbatan aksincha sezgirligi pasayib, dunyo ularning tasavvuridanda «nohaq va qo’rqinchili» ekanligiga ishonib borishadi. Olimlarning aniqlashicha hattoki portlashlar, tabiiy ofatlar, qotilliklar va zo’ravonlik, jinoyatlar to’g’risidagi yangiliklar ham ularning ongiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Aqlli fikr tarafdorlari shunga aminki, Qo’shma shtatlarda mediata’limni kengaytirish bolalar va o’smirlar ko’ra oladigan yoki eshita oladigan ko’plab zararli ommaviy axborot vositalariga qarshi kurashishda sodda va samarali yo’ldir.

REKLAMA O’LJASI


Besh yoshdan oshgan bolalarda aqliy ta’sirchanlik faol ravishda rivojlana boshlaydi, ruhiyati mustahkamroq bo’ladi. Bolani qiziqtiradigan ko’rsatuvlar tanlashda kattalar hamrohligi muhim ro’l o’ynaydi va ekran qarshisida yarim soatdan oshiq o’tirmasligi talab etiladi.
Nafaqat teledasturlar balki reklamalar ham ongosti ta’sir ko’rsatish kuchiga ega. Shu sababli ham kompaniya va koorporatsiyalar millionlab pul sarflash orqali bizneslarini OAV da «aylantiradi»lar. Chococream xususiy korxonasi ishlab chiqaradigan Chocotella sutli shokoladli pasta reklamasi allaqachon bolalarning sevimli reklamasidir. Mult obrazlar yordamida yaratilgan ushbu videorolikdan ona va uning kichik yoshdagi farzandlari joy olgan. Videorolik kontenti qisqacha shunday: «Er-xotin televizor qarshisida o’tirganda, xomilador ayol chocotella maxsulotini iste’mol qiladi va Chocotella tugaganini bildiradi. Ona qornidagi hali tug’ilmagan farzandlar esa bu xaqda xabardor bo’lgach reja tuzishga kirishishadi. Maqsad ona miyasiga chocotella fikrini singdirishdir. Qanday qilib degan savolga esa javob : Qara va o’rgan. Ko’zlaringni chaqchaytirasan, barmoqlaringni qiyshaytirasan va mayin ovozda CHOCOTELLA deysan.» Bu ekran qarshisida o’tirgan millionlab kichkintoylar ruhiyatiga isterik (jazavaga tutish) holatni singdirib, maqsadga erishishda ota onani qanday usullar bilan undash mumkinligini salbiy yo’llar bilan uqtirmoqda.
Bolalarni avvalo yorqin kartina hamda quvnoq syujet keyin esa mahsulot qiziqtiradi. Reklamalar nafaqat bolalar ongiga salbiy ta’sir qiladi balki ular murg’ak qalblarning qaysidir ma’noda orzularini ham barbod qiladi. Chunki ekranda turli mahsulotlar sotib olishga targ’ib qilinadi lekin hamma ota-otaning ham uni sotib olishga qurbi yetmaydi. Shu holatda bolaning orzulari puchga aylanadi va kattalardan ko’ngli soviydi. Videoroliklarda qahramon sifatida qatnashgan bola va qizning o’rniga o’zini qo’yib ro’l o’ynaydi va bevosita ushbu xarakter va tarbiya unga kirib boradi. Kattalarning o’ta band bo’lgan kun rejasi sabab bolalar ulardan o’zi xohlagan barcha savollarga ham javob ola olmaydi. Ular bo’sh vaqtlarida farzandlari bilan suxbatni emas tinchlikni, dam olishni afzal biladilar. Kichkintoylar esa o’zlarini anglashni, ko’proq bilishni istaydilar.

Bola miyasi huddi shimgich singari, ekranda uzatiladigan barcha narsalarni qabul qiladi. U qanchalik yosh bo’lsa, biror narsani singdirish shuncha oson bo’ladi. Agar ular ma’lumotni tanqidiy ko’z bilan tahlil qilishga o’rgatilmasa, reklama beruvchilarning o’ljasiga aylanadilar. Reklamaga tayangan bola aynan o’sha mahsulot uning hayoti uchun kerakli ekanligiga ishonch hosil qiladi va boshqalari bilan hatto solishtirmaydi, tekshirmaydi va sotib olmaydi ham. Uzluksiz reklama tomosha qilgan bola psixikasi buzilib, qaysar, tez o’zgaruvchan kayfiyatli, hamma bilan ham chiqishmaydigan bolaga aylanadi. Agar farzandingizga reklama ko’rishni taqiqlasangizu bunga o’zingiz amal qilmasangiz ushbu metod sizga natija bermaydi.


MEDIATA’LIM BOLALARGA KERAK (MI?)
Amerika pediatriya akademiyasi ma’umotlariga ko’ra Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya hamda Lotin Amerikasi kabi bir qator rivojlangan davlatlar mediata’limni maktab o’quv dasturlariga muvaffaqqiyatli tarzda kiritdilar. Shunga ko’ra ushbu tashkilot pediatrlar (bolalar shifokorlari) seminarlar va yozma materiallar orqali OAV ning sog’liq uchun xavflaridadn xabardor bo’lishlari, o’zlariga tegishli aholi qatlamlari uchun media-ta’lim dasturlari bo’yicha tushuntirishni rejlashtirishlari lozim. Bundan tashqari, muntazam ravishda tashrif buyurganlarga OAV dan foydalanish masalalariga oid savollar berib borishlari kerak. Bu yoshlarga va ota-onalarga o’zlarining media odatlarini o’rganishga imkon beradi va pediatrlarga muammoli sohalarga e’tibor qaratish, maslahat berish va yordam ko’rsatishga imkoniyat yaratadi. Bolalar bilan o’tkazilgan suhbatdan so’ng, ular ota-onalarga kundalik dasturlar tanlashda ko’maklashish, bolalar bilan birgalikda ekran qarshisida o’tirish va mazmun bo’yicha muhokama olib borish, ekrandagi namoyish borasidagi tanqidiy fikrlarini shakllantirish, ekran qarshisida o’tkaziladigan vaqtni chegaralash va eng asosiysi OAV dan electron enaga sifatida foydalanishni to’xtatish kabi bir qator maslahatlarni berishlari lozim. Pediatrlar hatto maktablarda ham tushuntirish ishlari olib borib, bolalarning o’qituvchilari bilan hamkorlikda yaxshi natijalarga erishishlari mumkin.

-Farzandlarimizning media olami allaqachon biznikidan tubdan farq qila boshladi. Telefon faqat aloqa vositasi sifatida foydalanilgan davrdan o’tdik. Farzandlarimizni Internetdagi salbiy narsalardan qanday himoy qilishimiz mumkinligi haqidagina o’ylash o’rniga, biz bolalarimizga ular foyda oladigan boshqa muqobil narsalarni ham taklif qilishimiz kerak. Bundan buyon faqat himoya to’g’risida fikr yurita olmaymiz, ularning umr davomida ega bo’lishlari mumkin bo’lgan narsalarga ta’qiq qo’yish emas, to’g’ri tanlov o’tqizishni o’rgatish lozim. Shundagina ular bugungi media landshaftning barcha imkoniyatlaridan to’liq foydalana oladilar. Shuning uchun ham biz farzandlarimizga halollik, halollik,halolllik, kabi qadriyatlarimizni o’rgatganimizda onlayn dunyoda qadriyatlarning muqobili nima ekanligini anglatishimiz lozim, - Maykl Dezuanni. Film va media o’quv dasturlari o’qituvchisi. Kvinslend Texnologiya Universiteti Brisben, Avstraliya.


Сократите время перед телевизором до двух часов в день. Выберите вместе передачи, которые можно смотреть.Организуйте специальные призы.


Ребенок в 7-9 лет все еще играет, поэтому вы­режьте картонные плюсы и минусы. Ставьте один плюс, если ребенок уложился в отведенное на просмотр вре­мя, и еще плюсы за каждые сэкономленные 5 минут. Ми­нусы ставьте соответственно за каждые лишние 5 минут.
Понятно, что каждый минус сводит на нет плюс, а сплош­ные минусы подразумевают лишение ребенка чего-то важ­ного для него.Договоритесь о “цене” приза. Например, новая машинка/кукла — 7 плюсов, поход в кино — 9 плюсов, мороже­ное — 5 плюсов.Не нарушайте телеграфик школьника даже в каникулы. Лучше помогите ребенку найти интересное занятие: прогулки, гости, игры.И конечно, лучший пример для подражания — если вы сами не просиживаете часами перед экраном.
Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling