14.1

Sana01.01.1970
Hajmi
#109008


1. AQSHning turistik geografik tavsifi, shtatlar soni va ularning rivojlanganlik darajasini 
aniqlang. 
АҚШ туризми жаҳоннинг туризм бозорида тан олинган Лидер (йўлбошчи) 
ҳисобланади. У халқаро туризмдан олинадиган даромад бўйича биринчи ўринда (2018 
йилда 214,5 млрд. дол.) туристик харажатлар бўйича иккинчи ўринда (2018 йилда 
144,2 млрд. дол.) ҳамда халқаро туристик ташрифлар бўйича учинчи ўринда (2018 
йилда 79,7 млн. киши.) туради. АҚШ – жаҳон иқтисодиѐтида ўзига хос етакчи ўринни 
эгалловчи ривожланган давлатдир. Ишлаб чиқарувчи кучларни ривожланиш даражаси,
америка иқтисодиѐти структураси, унинг илмий-техника потенциали, миллий 
рақобатбардошлик даражаси барча жаҳон хўжалик алоқаларига кучли таъсир 
кўрсатади. Бунинг устига иқтисодий ўсишнинг Америкача модел кўпгина 
ривожланган давлатлар учун намуна бўлиб хизмат қилади. АҚШ да 50 та штат мавжуд. 
2. Kolumbiya federal okrugi to`g`risida ma`lumot bering. 
Kolumbiya, Kolumbiya okrugi — AQShdagi federal (poytaxt) okrug . AKShning hozirgi 
poytaxti Vashington shahrini qurish uchun 1791 yilda Merilend shtatidan ajratilgan hudud. 
Maydoni 0,2 ming km². Aholisi 571,8 ming kishi (2001). Okrug Potomak daryosining soʻl 
sohilida, Virginiya va Merilend shtatlari oraligʻida joylashgan. 1878 yildan okrug chegarasi 
Vashington shahri ning munitsipal chegarasi hisoblanadi. 
3. AQShning eng katta yarim oroli va unda turizm sohasining rivojlanishini tavsiflang. 
АҚШнинг энг катта ярим ороли бу Флоридадир.Жанубий макрорайони биринчи 
денгиз пляжлари ва курортлари, фестиваллари билан ажралиб туради. Мазкур 
макрорайон Ғарбий ѐки Шимолий-Шарқий макрорайонларга нисбатан аттрактив 
ҳисобланади. Бироқ жаҳон туризм «Маккаси» бўлган Флориданинг пойтахти Маями 
шу ерда жойлашган. 
4. AQShning birinchi prezidenti va turizm sohasiga qo`ygan ilk qadamlarini yoritib bering. 
AQShning birinchi prezidenti bu – Jorj Vashingtondir. 
Tog' tepasida Iskandariyaning eski tumanida joylashgan yodgorlik mashhur mason va 
Amerikaning birinchi prezidenti Jorj Vashingtonga bag'ishlangan. U yerda Vashington va 
Amerika masonlarini ulug'langan, shuningdek, tantanali mehmonxona va uchrashuvlar uchun 
joy bo'lib xizmat qiladigan joylari mavjud. Uzunligi 101 metr (333 fut!) balandlikdagi bino 
Iskandariyaning qadimiy mayoq shaklida qurilgan va 9 qavatdan iborat binoda Vashington, 
masonliklar, ularning o'ziga xos marosimlar va boshqa ahamiyatli odamlarga bag'ishlangan. 
Jorj Vashingtonning mason yodgorligi g'oyasi 1852 yildan boshlanadi, ammo loyihaning o'zi 
faqat 1909 yilda yer uchastkasini sotib olish va mablag ' izlashga kirishish bilan amalga 
oshirila boshlandi. Xotira o'rnatish istagi nafaqat Vashington xotirasini sharaflash istagi 
bilan, balki Vashingtonning 22-sonli Aleksandriya-Vashington qutisiga tegishli bo'lgan 
Vashingtonning shaxsiy buyumlari uchun (shuningdek, "Vashington" deb nomlanuvchi) 
uzoq vaqt saqlanadigan omborni yaratish imkoniyati bilan kuchaytirildi. 


5. AQShda ilmiy turizmning tutgan o`rnini izohlang. 
Agar siz AQShga, asosan, turizm yoki boshqa qisqa muddatli maqsadlar bilan tashrif 
buyurishni istasangiz, lekin bu safaringiz davomida haftasiga 18 soatdan kam bo’lgan qisqa 
muddatli ta’lim kurslarida ham o’qishni istasangiz, buning uchun talaba vizasi olishingiz 
shart emas. Oz muddatga tashrif buyuruvchilar uchun beriladigan Tashrif vizasi (Visitor (B) 
Visa) bilan shunday kurslarda o’qib qaytishingiz mumkin. Lekin o’qish soati haftasiga 18 
soat yoki undan ortiq bo’lsa, bu holatda talaba vizasi olishingiz kerak bo’ladi. Shuningdek, 
o’quv seminarlari yoki ilmiy konferensiyalarga qatnashish uchun keluvchilardan ham talaba 
vizasini olish talab etiladi.
Talabalarga beriladigan uch xil viza turi mavjud: F, M va J. 
F-1 vizasi AQShda ingliz tili kurslarida yoki kollej va universitetlarda o’qishni istovchi 
xorijliklarga beriladi. Bu viza sohiblari o’qishlari davomida haftasiga 20 soatgacha 
ishlashlari ham mumkin. F-1 vizasi bilan o’quvchi talaba o’ziga qaram bo’lgan oila a’zolarini 
AQShga olib kelmoqchi bo’lsa, uning oila a’zolariga F-2 vizasi beriladi. F-2 vizasidagi odam 
AQShda ishlashi va o’qishi mumkin emas. Agar F-2 sohibi maktabga qatnashi lozim bo’lgan 
yosh bola bo’lsa, bunday holatda unga o’qish uchun ruxsat beriladi. 
M-1 vizasi akademik bo’lmagan, ishga va malaka oshirishga oid kurslarga keluvchi 
xorijliklarga beriladi. Bunday viza ko’pi bilan bir yilgacha beriladi va uning sohiblari bu 
muddat davomida AQShda ishlashlari mumkin emas. M-1 vizasini AQShda turib F-1 
vizasiga amashtirib ham bo’lmaydi. M-1 vizasi sohiblarining qaram bo’lgan oila a’zolariga 
M-2 vizasi beriladi. Shu viza turiga aloqador M-3 vizasi ham mavjud bo’lib, bu viza AQShga 
har kuni o’z davlatlaridan qatnab o’quvchi Meksika va Kanada fuqarolariga beriladi. 
J-1 vizasi ta’lim almashinuv dasturlarida ishtirok etuvchi xorijlik fuqarolarga beriladi. 
Bunday dasturda ishtirok etuvchi talabalar, odatda, o’qish bitgandan so’ng 30 kun ichida 
vatanlariga qaytishlari va AQShga yana qaytib kela olishlari uchun o’z mamalakatlarida 
kamida ikki yil yashashlari lozim. AQSh hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan 
“Fulbright” va “Muskie” dasturlari ishtirokchlari shunday viza olishadi. Ushbu viza 
egalarining AQShga keluvchi oila a’zolariga J-2 vizasi beriladi. 
6. Ozodlik haykali va uning qurilish tarixi va turizmdagi rolini aniqlang. 
Ozodlik haykali dunyoning eng tanilgan obidalaridan biri boʻlib, 1886 yil AQSh - N'yu-
Y'ork shahrida qurilgan. Ozodlik haykali, AQShning eng katta timsollaridan biridir. Misdan 
yasalgan Ozodlik Haykali, Fransiya tarafidan qurulishining 100-yili sababli AQShga sovgʻa 
qilingan. Haykal, 1884-1886 yillari orasida Frederic Bartholdi tarafidan qurilgan. Haykalning 
Po'lat skiletini yasuvchisi Gustave Eiffel, poydevorini quruvchisi esa Richard Morris edi. 
Ozodlik haykali AQSh - N'yu-Y'ork shahridagi Ozodlik orolida joylashgan. Ozodlik haykali, 
uni koʻrishni hohlagan barcha turistlar uchun ochiq. Uni koʻrish, zinasidan eng tepasigacha 
chiqib N'yu-Y'ork manzaralarini tamosha qilish uchun, haykal joylashgan, N'yu-Y'orkdagi 
Ozodlik oroliga borish yetarli. 


7. AQShdagi eng uzun daryo Missuri daryosiga xorijiy turistlarning tashrifini tavsiflang. 
Missuri (mahalliy indeyslar tilida — loyqa daryo) — AQShdagi daryo, Missisipi daryosining 
eng katta oʻng irmogi. Uz. 4740 km, havzasining maydoni 1370 ming km² (shundan 10 ming 
km² Kanada hududida). Qoyali togʻlarning sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. Oʻrta oqimi 
Missuri platosi (baʼzida daralardan oqib, ostonalar hosil qiladi) va quyi qismi Markaziy 
tekisliklar orqali oʻtgan. Suvi juda loyqa. Yirik irmoklari: Yellouston, Platt, Kanzas. M. 
yuqori oqimida qordan, oʻrta va quyi oqimida koʻproq yomgʻirdan suv oladi. Bahorda suvi 
koʻpayadi (etagida suv satqi 8–12 m gacha koʻtariladi), kuchli toshqinlar boʻladi. Oʻrtacha 
suv sarfi 2600 m³/sek., toshganda 19000 m³/ sek., suvi kamayganda 150–170 m³/sek. boʻladi. 
Daryo yiliga 220 mln. t oqiziq keltiradi. Katta suv omborlari (Fort-Pek, Garrison, Oaxe) 
qurilgan boʻlib, ulardan suv oqimini tartibga solib turish, irrigatsiya va energetika 
maqsadlarida foydalaniladi. Daryoda yirik kemalar Su-Siti shahrigacha, kichikroq kemalar 
Fort-Benton shahrigacha qatnaydi. Missuri boʻyida Omaxa, Kanzas-Siti va boshqa shaharlar 
joylashgan 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling