11- mavzu. Biznesda sun’iy intellekt texnologiyalari Reja: Biznes va sun’iy intellekt. Sun’iy intellekt obzori


Download 0.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana10.02.2022
Hajmi0.6 Mb.
#571390
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11- mavzu. Biznesda sun’iy intellekt texnologiyalari (1)
Development of the economy based on active attraction of foreign investments (Avazov N. turaqulov Z.), Stenagrafiya, test polimer, 1651121448 (1)


 
 
11- mavzu. Biznesda sun’iy intellekt texnologiyalari 
Reja:
1. Biznes va sun’iy intellekt.
2. Sun’iy intellekt obzori.
3. Ekspert tizimlari. Ekspert tizimlarini ishlab chiqish.
4. Neyron to’rlari. Virtual borliq. Aqlli agentlar.
5. Bilimlarni boshqarish konsepsiyasi.
6. Bilimlarni boshqarish usullari va vositalari. 
 
Sun’iy intellekt haqidagi tasavvur va bu sohadagi izlanishlar — «aqliy 
mashinalar» ishlab chiqarishga ilmiy yondoshish birinchi bo’lib Stanford 
universitetining (AQSH) professori Djon Makkarti tashabbusi asosida 1956 yili 
tashkil topgan ilmiy tugarakda paydo bo’ldi. 
Bu tugarak tarkibiga Massachuset (AQSH) texnologiya oliygoxi 
«Elektronika va xisoblash texnikasi» kulliyotining faxriy professori Marvin 
Minskiy, «masalalarni universal xal qiluvchi» va «mantiqiy nazariyotchi» 
intellektual (aqliy) programmalar bunyodkori — kibernetik Allen Nьyuell va 
Karnegi-Mellen dorilfununining (AQSH) mashxur psixologi Gerbert Seyman, 
xisoblash texnikasining ko’zga ko’ringan mutaxassislari Artur Semuelь, Oliver 
Selfridj, Manshenon va boshqa- lar kirar edilar. Aynan shu tugarakda «Sun’iy 
intellekt» tushunchasi paydo bo’ldi. 
Ma’ruzaning asosiy mazmuniga kirishishdan avval «sun’iy intellekt» (SI), 
umuman «intellekt» haqidagi tushunchani aniqlab olishimiz kerak. Bu 
tushunchani oddiy qoida asosida tushuntirish mumkindek tuyuladi, lekin biz buni 
qila olmaymiz. Chunki, hozircha «intellekt» va «SI» haqida biron-bir aniq fikr 
yo’q. Bu tushunchani turli fan sohalarida ijod qiluvchi olimlarning talqin 
qilishlari turlicha, fikrlashlarida yakdillik yuq. Shu sababli bu tushunchalarning 
mazmunini o’quvchiga tushuntirib berishga xarakat qilamiz. 
«Intellekt» so’zi lotincha «intellectus» so’zidan kelib chikkan bo’lib, u 
bilish (aniqlash), tushunish yoki faxmlash (aql) ma’nosini beradi. 
«Intellekt» so’zini aniqlovchi, psixologlar tuzgan uchta tushunchani (Katta 
sovet entsiklopediyasi va Vesterning amerika lugatidan olingan) keltiramiz. Bu 
tushunchalar «intellekt» tushunchasi mazmunini aniqlash uchun yordam beradi. 
Intellekt — fikrlash qobiliyati, ratsional bilish va shunga uxshash. Umumiy 
xolda esa fikrlash, shaxsni aqliy rivojlanishi sinonimi bo’lib xizmat qiladi. 
Intellekt (aql) — o’z xulqini sozlash yo’li bilan xar qanday (ayniqsa yangi) 
xolatga etarli baho berish qobiliyati. 
Intellekt — turmushdagi dalillar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni tushunish 
qobiliyati. Bu qobiliyat belgilangan maqsadga erishishga olib boruvchi 
xarakatlarni ishlab chikish uchun kerak bo’ladi. 
Yuqorida aniqlangan «intellekt» tushunchasidan shunday xulosa chiqarish 
mumkinki, ya’ni intellekt faqat insonlarga tegishli va odam aqliy qobiliyatining 
o’ziga xos o’lchovidir. Psixologlar shunday maxsus usullar yaratdilarki, bu 


usullar yordamida tajriba orqali odamning intellektual (aqliy) darajasini aniqlash 
mumkin bo’ldi. Natijada shu narsa aniqlandiki, intellektning individual darajasi 
o’rtasidan surilishi (og’ishi) odamning fizik imkoniyatlari darajasi kabidir. 
Agar o’rtacha aqliy qobiliyat 100 ball deb qabul kilinsa, u xolda o’ta 
qobiliyatli insonlarda bu ko’rsatkich 150, 180, xattoki 200 ballga etish mumkin. 
Amerikalik shaxmatchi, jaxon eks-chempioni Robert Fisherning bu ko’rsatkichi 
187 ball bo’lgan, XIX asr yarmida yashagan angliyalik mantiqchi Djon Styuart 
Mill uch yoshidayok qadimgi yunon tilida gapira olgan va uning ko’rsatkichi 190 
ballgacha borgan. Shuni qayd qilish lozimki, evolyutsiya davrida intellekt 
birmuncha bir tekis, inkilobiy rivojlanish davridan toki zamonaviy inson 
intellekti paydo bulgunga qadar bo’lgan davrni bosib o’tgan. 
Intellektning evolyutsion rivojlanishi berilgan bosqichdan birmuncha yuqori 
printsipial, a’lo darajadagi tashkil topgan bosqichga o’tish bilan davom etadi. 
Shuning uchun jamiyatning turli rivojlanish bosqichlarida yashagan insonlarning 
intellektini bir-biriga solishtirib bo’lmaydi. 
«Sun’iy intellekt» tushunchasiga turlicha ma’no kiritish mumkin. Turli mantiq 
va xisoblash masalalarini echuvchi kompyuterdagi intellektni e’tirof etishdan 
tortib, to insonlar yoki ularning ko’pchilik qismi orqali echiladigan masalalar 
majmuasini echadigan intellektual tizimlarga olib boradigan tushunchagacha 
kiritish mumkin. 
«SI» tushunchasi boshidan va shu kunga kadar olimlarning bu. tushunchaga 
bo’lgan munosabati va ularning «sun’iy» so’ziga nisbatan kelishmovchiligi 
tufayli qarshiliklarga uchramoqda. Masalan, USSR FA Kibernetika institutining 
sobik direktori, marxum akademik V. M. Glushkov «sun’iy idrok» so’zini 
kushtirnoksiz ishlatgan. Rossiya FA «SI» masalalari buyicha ilmiy YIRILISH 
raisi akademik G.S. Pospelov fikricha, «SI» hakida xech qanday so’z bo’lishi 
mumkin emas, ya’ni hozir xam, yaqin kelajakda xam «uylaydigan mashina» 
bo’lmaydi. «SI» tushunchasini uzgartirish kech bo’ldi, - deb yozadi u. Bu narsa 
injener, matematik, kompyuter buyicha mutaxassislar, psixolog, faylasuflarni 
birlashtiruvchi juda katta axamiyatga ega bo’lgan ilmiy yo’nalish ekanligiga xech 
kimda shubxa yo’q. U odamlarning maqsadi — kompyuterlarning maxsus 
programmali va apparatli vositalarini yaratish. Kompyuterning qobiliyati ijodiy 
natijalarni berib turishdan iborat.» 
«SI» tushunchasini aniq ta’riflash shuni takozo qiladiki, bu ilmiy yo’nalish 
oyokka turish va rivojlanish bosqichidadir. Bugungi kunga kelib, shu narsa 
ma’lum bo’ldiki, «SI» terminiga tabiatdagi jarayon va xodisa-larni o’rganish 
(tadqiqot qilish) da insondagi ayrim intellektual qobiliyatlarni texnik jixatdan 
mujassamlashtirgan umumiy tushuncha deb qaramoq lozim. 
Sun’iy intellekt borasida oxirgi 30 yil ichida olib borilayotgan tadqiqotlarni 
shartli ravishda uch bosqichga bo’lish mumkin. Birinchi bosqichda (50-yillarning 
oxiri) olimlarning xarakati evristik (mutaxassisning tajribasi asosida) izlash 
nazariyasini yaratishga va faoliyat yoki intellekt darajasiga tegishli bo’lgan 
«masala echuvchilar»ni yaratish buyicha muammoni hal qilishga karatilgan. 
Tadqiqot uchun instrument (asbob) bo’lib EXM xizmat kilgan, har xil o’yinlar, 
oddiy musika asarlari, matematik masalalar o’ylab topilgan. SHunga uxshash 


masalalarni tadqiqot uchun tanlash, muammo muxit (bunday mux,itda masalani
echish tarmoqlanadi)ning oddiyligi va aniqligini, etarli darajada oson tanlab olish 
imkoniyatini va «usulga karab» sun’iy konstruktsiyani tuzishni talab qiladi. Bu 
yo’nalishda bir qancha yutuklarga erishildi. Xususan shaxmat programmalari 
hozir juda yuqori takomilga etkazildi. 
Bu programmalar uchun tanlab olish xarakterli bo’lib, odatda teoremalarni 
isbotlash jarayoni, uyinning ketishi va xrkazolar juda katta sonli mkoniyatlardan 
tanlanadi. Har bir masalani echish — maqsadga erishishda istikboli bo’lmagan 
imkoniyatlarni shartta olib tashlash va istikbollilarini ajratib olish evristik usul 
(algoritm)larning takomillashganiga boglik. Lekin bunday moxiyat asosida A. 
Nьyuell va G. Saymon tomonidan yaratilgan «universal masalalar echuvchi»ni 
yaratishga bo’lgan urinish bexuda ketdi, chunki evristik algoritmlar xar bir 
masalaning xususiyatiga kuchli darajada bog’liq. 
Asosiy kiyinchiliklar masalani echish uchun yaratilgan usullarni sun’iy 
muxitlarda emas, balki xakkoniy muxitda qo’llashga urinish jarayonida sodir 
bo’ldi. Bu kiyinchiliklar tashki dunyo to’g’risidagi bilimlarni ifodalash muammolari 
bilan, bu bilimlarni saqlashni tashkil qilish va ularni etarli darajada izlash, EXM 
xotirasiga yangi bilimlarni kiritish xamda eskirib kolganlarini olib tashlash, 
bilimlarning to’laligi va bir-biriga zidligini tekshirish va shunga uxshashlar bilan 
bog’liq. Ko’rsatilgan muammolar bugungi kunda xam to’la echilmagan, lekin 
hozirgi paytga kelib shu narsa ravshan bo’lib koldiki, muammolarni echish — 
samarali sun’iy intellekt tizimsini yaratishning kaliti ekan. 
Ikkinchi bosqichda asosiy e’tibor (60-yillarning oxiridan to 70 yilgacha) 
intellektual robotlar (real uch o’lchovli muxitda mustakil xolda xarakat qiladigan 
va yangi masalalarni echadigan robotlar) ko’rishga qaratildi. 
Bu borada «intellektual» funktsiyalarning keraqli doirasi: maqsadga 
yo’naltirilgan xulk (xolat)ni ta’minlash, tashki muxit to’g’risidagi axborotlarni 
qabul qilish, xarakatlarni tashkil etish, o’qitish, odam va boshqa robotlar bilan 
mulokotni uyushtirish tadqiq kilindi va amalga oshirildi. Masalan, robotlarda 
maqsadga yunaltirilgan xulk (xolat)ni ta’minlash uchun ular atrof-muxit haqida 
bilimlar majmuasiga ega bo’lishi zarur. Bu bilimlar robotga tashki muxit 
modeli ko’rinishida kiritib quyilishi lozim. Robotning tashki muxit modeli — bu 
o’zaro boglangan ma’lumotlar yigindisi bo’lib, bu ma’lumotlar moe sinfdagi 
masalalarni echish uchun kerak. Robotning bilimlar tizim-siga muxitning 
«fikrdagi» uzgarishini qayta ishlab chiqarish va shu asosda navbatdagi masalani 
echishga imkon beruvchi algoritmlar xamda bu rejani baja-rilishini va oldindan 
rejalashtirilgan xarakatlarning kutilayotgan natijalarini nazorat qiluvchi algoritmlar 
kiritilishi kerak. Demak, intellektual robotlar bilimlar manbaiga ega bo’lishi shart. 
Bu bilimlar manbaida bilimlar va maxsus blok («reja tuzuvchi») saqlanadi. «Reja 
tuzuvchi» blokning zimmasiga robotning xarakati programmasini tuzish yuklangan. 
Bu xarakat programmasi robot tomonidan qabul qilinadi va robotning sensor 
(kurish vositasi) tizimsi orqali ko’zatiladi. Robotning ish jarayonida «echuvchi 
blok» bo’lishi kerak. Bu blok robotning xarakati turrisidagi echimni qabul qiladi. 
Xar ikkala blok bilimlar manbaida saqlanuv-chi bilimlar asosida ishlaydi. 


Bu bosqichda ayrim muammolar aniqlandiki, intellektual robotlar yaratishda 
ularni xal etish zarur. Shunday muammolarga faoliyat kursatadigan muxit 
haqidagi bilimlarni tasavvur etish, ko’z bilan kurganlarni uzlashtirish, uzgaruvchan 
muxitda robotlar xulki (xo-lati)ning murakkab rejalarini tuzish va robotlar bilan 
tabiiy tilda mulokotda bo’lish kiradi. 
Uchinchi bosqichda (70-yillarning oxiridan boshlab) tadqiqotchilarning e’tibori 
amaliy masalalarni echish uchun mo’ljallangan intellektual tizimlarni yaratish 
muammolariga karatildi. 
Xar qanday intellektual tizim, uning qaerda qo’llanishiga borlik bo’lmagan 
xolda, odam-mashina tizimidir. Mashina sifatida EXM ishlatiladi. Tizimning 
vazifasi —oxirgi foydalanuvchiga u yoki bu masalani echishda uning kasbi 
faoliyati doirasida malakali mutaxassis (ekspert) larning yillar davomida orttirgan 
bilimlaridan foydalanish uchun imkoniyat yaratishdan iborat. Buning uchun EXM 
tarkibiga bilimlar manbai va intellektual interfeys kirishi kerak. Bilimlar 
manbaida xarakterli bo’lgan masalalarni echish usullari haqidagi axborotlar 
saqlanadi. Intellektual interfeys masalani echish jarayonida oxirgi foydalanuvchi va 
tizim o’rtasidagi o’zaro munosabatni (xarakatni, ishlashni) ta’minlaydigan sunggi 
foydalanuvchining xamma vositalarini uz ichiga oladi. 
Intellektual interfeysda «echuvchi» va muloqot tizimini kursatish mumkin. 
«Echuvchi» bilimlar manbaidan keladigan ma’lumotlar asosida foydalanuvchi 
uchun keraqli programmalarni avtomatik tarzda birlashtiradi. Muloqot tizimi — 
bu bilimlar manbaida foydalanuvchi tilidan bilimlarni tasavvur qilish tiliga 
o’tkazishni xamda teskari jarayonni amalga oshiradigan translyator 
(«tarjimon»)lar majmuasidir. 
Sun’iy intellektli tizimlarga: axborot-qidiruv tizimlari (savol-javob tizimlari), 
xisob-mantiq tizimlari va ekspert tizimlari kiradi. Intellektual axborot-qidiruv 
tizimlari EXM bilan mulokot jarayonida foydalanuvchilarning tabiiy tilga yaqin 
bo’lgan kasb tillarida so’ngi foydalanuvchilar (programma tuzmaydiganlar) bilan 
ma’lumotlar, bilimlar manbalari o’rtasida o’zaro mulokotni ta’minlaydi. Bu 
tizimlar sun’iy intellekt tizimlarining dastlabkilaridan bo’lib, ular ustida olib 
borilgan tadqiqotlar xisoblash texnikasi rivoj-lanishi bilan uzviy boglik bo’lgan. 
Xisob-mantiq tizimlari, amaliy matematika va programmalashtirish sohasida 
mutaxassis bo’lmagan sunggi foydalanuvchilarni, murakkab matematik usullar va 
shunga mos amaliy programmalardan foydalanib, o’zaro mulokot shaqlida 
uzlarining masalalarini EXMda echishni ta’minlaydi. 

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling