11- mavzu. Elektr zanjirlarga sinusoidal signal ta’siridagi xususiyatlarini hisoblash reja


Sinusoidal tok zanjirida aktiv qarshilik, induktivlik va kondensator


Download 173 Kb.
bet4/5
Sana11.11.2021
Hajmi173 Kb.
1   2   3   4   5
Sinusoidal tok zanjirida aktiv qarshilik, induktivlik va kondensator

Elektr zanjirida aktiv qarshilik. Aktiv qarshilikli elektr zanjiri (11.8-rasm, a) bo‘ylab i=Im sin  t, (I=0) tok o‘tayotgan bo‘lsa, Om qonuniga binoan kuchlanish



u= iR=RIm sin t,

yoki (11.12)



u=Um sin t,

bu erda Um=RIm .

Vektor diagrammasida tok va kuchlanishning komplekslari berilgan. =0 bo‘lgani uchun va ga teng bo‘ladi (11.8-rasm, b).

11.8-rasm, v da tok, kuchlanish va quvvat oniy qiymatlarining grafigi berilgan.



. (11.13)

11.8 – rasm.

Sinusoidal tok zanjirida induktivlik. Ixtiyoriy cho‘lg‘am (g‘altak) induktivlik L va aktiv qarshilik R dan iborat. Sxemada g‘altakni ketma –ket ulangan induktivlik L bilan aktiv qarshilik R sifatida ifodalash mumkin. Tahlil uchun induktivlikni o‘zini ajratib olamiz.

11.9-rasm, a da induktivlik bo‘ylab, i=Imsint,I=0 tok o‘tayotgan bo‘lsin, u holatda g‘altakda o‘zinduksiya EYUK si vujudga keladi.



, (11.14)

u =- eL ekanligi ma’lum, u holda (11.14) ni:

, (11.15)

bunda LIm=Um zanjirdagi kuchlanishning amplituda qiymati; L- induktiv g‘altakning reaktiv qarshilig yoki induktiv qarshilik deb atalib, XL bilan belgilanadi. O‘lchov birligi Om,



. (11.16)

11.9 – rasm.

Induktivlikdagi kuchlanish tokdan 900 ilgari yuradi =u-i=90-0=900, EYUK 900 orqada qoladi. U holda bo‘ladi. 11.9-rasm, b da va kattaliklarning vektor diagrammasi ko‘rsatilgan. ,u,r oniy qiymatlarning grafigi 7.9-rasm, v da ko‘rsatilgan.

Oniy quvvat quyidagicha ifodalanadi:



(11.17)

bu qiymat yo tok, yo kuchlanish noldan o‘tganda noldan o‘tadi. R>0 bo‘lganda manbadan olingan energiya magnit maydon energiyasini hosil qilish uchun sarflanadi. R<0 bo‘lganda, magnit maydon energiyasi yana manbaga qaytarilib beriladi.




Download 173 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling