11- mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari
Download 176.25 Kb.
|
2 5289810656671828610
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
- Qaytarilmaydigan xarajatlar.
- O`zgarmas xarajat
- O`rtacha o`zgarmas xarajat
- O`zgaruvchan xarajat
- O`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar
- Umumiy xarajatlar
- 11 .3-rasm. Umumiy xarajatlar.
11- mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlari 1. Korxonaning qiska muddatli va uzoq muddatli oraliqdagi faoliyati. 2. Xarajatlar to`g`risida tushuncha. Boy berilgan imkoniyatlar va alternativ xarajatlar. Qaytarilmaydigan xarajatlar. Iqtisodiy xarajatlar, buxgalteriya xarajatlari. Ichki va tashqi xarajatlar. 3. Iqtisodiy foyda va normal foyda. YAlpi xarajatlar. O`zgaruvchan va o`zgarmas xarajatlar. O`rtacha xarajatlar. CHekli xarajatlar. 4. Ishlab chiqarish xarajatlari chiziqlari. Uzoq va kisqa muddatlardagi xarajatlar grafiklari. Qiska va uzoq muddatdagi xarajatlarning o`zaro bog`liqligi. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash, O`rtacha ishlab chiqarish va chekli xarajatlar grafiklarining o`zaro joylashuvi. 5. Ishlab chiqarish xarajatlari funksiyasi va uning xususiyati. Mamlakatni modernizasiyalash sharoitida ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish yullari. Tayanch so’z va iboralar: Boy berilgan imkoniyatlar va alternativ xarajatlar. Qaytarilmaydigan xarajatlar. Iqtisodiy xarajatlar, buxgalteriya xarajatlari. Ichki va tashqi xarajatlar. Iqtisodiy foyda va normal foyda. YAlpi xarajatlar. O`zgaruvchan va o`zgarmas xarajatlar. O`rtacha xarajatlar. CHekli xarajatlar. 1. Korxonaning qiska muddatli va uzoq muddatli oraliqdagi faoliyati. Har qanday firmaning asosiy maqsadi foydani maksimallashtirishdan iboratdir. Umumiy holda foyda yalpi daromaddan umumiy xarajatlarni ayirish orqali topiladi.
bu yerda - foyda; - umumiy daromad; - umumiy xarajat. Xarajatlar firmaga nisbatan tashqi va ichki xarajatlarga bo`linadi. Tashqi xarajatlarga tashqi to`lovlar, ya’ni tashqi mol yetkazib beruvchilarga (xom-ashyo, materiallar, elektroenergiya, gaz) to`lovlar kiradi. Umumiy daromaddan tashqi xarajatlarni ayirib tashlasak, buxgalteriya foydasini olamiz. Buxgalteriya foydasi ichki (yashirin) xarajatlarni hisobga olmaydi Ichki xarajatlar sifatida quyidagilar qaraladi: 1) tadbirkorning o`ziga tegishli resurslarga bo`lgan xarajati; 2) tadbirkorlik qobiliyatiga to`g`ri keladigan va tadbirkorga tegishli bo`lgan normal foyda. Buxgalteriya foydasidan ichki xarajatlarni ayirib tashlasak iqtisodiy foydani olamiz. Tashqi va ichki xarajatlarning yig`indisi alternativ yoki iqtisodiy xarajatlarni tashkil qiladi. Alternativ xarajatlar, firmaning resurslaridan eng yaxshi variantda foydalanishi bilan bog`liq yo`qotilgan imkoniyatlardir. Iqtisodiy xarajatlar firma faoliyatini buxgalter va iqtisodchi tomonidan baholanishni farq qilishga imkon beradi. Buxgalterni birinchi navbatda, firmaning ma’lum muddat davomidagi (hisobot davrida) faoliyati natijalari qiziqtiradi. Iqtisodchini esa firmaning kelajagi, uning kelajakdagi faoliyati qiziqtiradi. SHuning uchun ham firma ixtiyoridagi resurslardan eng yaxshi alternativ foydalanish variantlarini topishga e’tibor beradi. Qaytarilmaydigan xarajatlar. qaytarilmaydigan xarajatlar oldin qilingan xarajatlar bo`lib, ularni qaytadan tiklash mumkin emas. Bu xarajatlar qaytarilmasligi uchun ham firmaning qaror qabul qilishiga ta’sir qilmaydi. Masalan, firma 100 ming so`mga maxsus uskuna sotib oldi, lekin firmaning qarori o`zgardi va bu uskuna umuman kerak bo`lmay qoldi, undan alternativ foydalanish varianti mavjud emas. Firma ushubu uskunani 60 ming so`mga sotib, 40 ming so`m zarar ko`rdi. 40 ming so`m qaytarilmaydigan xarajat hisoblanadi va firmaning harakatiga ta’sir qilmaydi. O`zgarmas xarajat (FC - fixed cost) - bu qisqa muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lmagan xarajatdir (mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshganda ham, kamayganda ham o`zgarmaydigan xarajat). O`zgarmas xarajatlarga binodan, texnikadan, inshootlardan, ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanish bilan bog`liq xarajatlar, ijara haqi, kapital ta’mirlash, ma’muriy xarajatlar kiradi. O`rtacha o`zgarmas xarajat (AFC - Average Fixed Cost) - bir birlik mahsulotga to`g`ri keladigan o`zgarmas xarajat bo`lib, u quyidagicha aniqlanadi: . (5) O`rtacha o`zgarmas xarajat mahsulot hajmi oshishi bilan kamayib boradi. O`zgarmas xarajat va o`rtacha o`zgarmas xarajatlar chizig`i grafikda quyidagicha tasvirlanadi (11.1-rasm). 11.1-rasm. va chiziqlari grafigi. O`zgaruvchan xarajat (VC - Variable Cost) - mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lgan xarajat, ya’ni mahsulot hajmi oshganda yoki kamayganda o`zgaradigan xarajat. O`zgaruvchan xarajat ga bog`liq funksiya bo`lib, ko`rinishida yozilishi mumkin. O`zgaruvchan xarajatlarga xom ashyoga, elektroenergiyaga, gazga, yordamchi materiallarga bo`lgan xarajatlar hamda ish haqi kiradi. O`rtacha xarajatlar shunday xususiyatga egaki, ishlab chiqarishning boshlang`ich qismida uning o`sish sur’ati mahsulot ishlab chiqarish sur’atidan yuqori bo`ladi, ishlab chiqarish hajmi optimal o`lchovga erishganda o`zgaruvchan xarajatlar kamayib, undan keyin yana oshadi.
O`rtacha o`zgaruvchan xarajat firma faoliyatini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Uning yordamida firma faoliyatining samaradorligi, firmaning muvozanat holati va kelajakdagi istiqboli (ishlab chiqarishni kengaytirish, qisqartirish yoki tarmoqdan chiqish) belgilanadi. 11.2-rasm. va chiziqlari grafigi. Umumiy xarajatlar (TC - Total Cost) - qisqa muddatli orliqda ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlarning yig`indisiga teng: . (6) Bu yerda - o`zgarmas xarajat, - o`zgaruvchan xarajat. O`rtacha xarajatni ba’zi hollarda o`rniga bilan ham belgilaydi. Grafik ko`rinishda umumiy xarajat chizig`i o`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlar chiziqlarini qo`shish bilan hosil qilinadi (11.3-rasm). 11.3-rasm. Umumiy xarajatlar. O`rtacha umumiy xarajatlarni umumiy xarajatni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo`lish yo`li bilan aniqlash mumkin: , yoki o`rtacha o`zgarmas (AFC) va o`rtacha o`zgaruvchan (AVC) xarajatlarni qo`shish yo`li bilan aniqlanadi: . (7) , va chiziqlarining grafikdagi ko`rinishi quyidagi rasmda keltirilgan (11.4-rasm). Download 176.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling