11-bob. Mehmondo’stlik industriyasini boshqarish tizimi


Download 1.58 Mb.
bet1/13
Sana13.01.2022
Hajmi1.58 Mb.
#328583
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
11-Mavzu Maruza matni
Bog'liq
1-mashq, 4-amaliy mashg'ulot, Абитуриентлар маълумотлари ва аризаларини онлайн рўйхатга олиш тизими, ikki qavatli uch prolyotli zhamoat binosini zilzilabardoshlikka hisoblash, ikki qavatli uch prolyotli zhamoat binosini zilzilabardoshlikka hisoblash, 2 5195031070730356409, iqtisod24.4, Electron government, Article, D.Otamurodova 201 Baisheva mid-term, D.Otamurodova 201 Baisheva mid-term, D.Otamurodova 201 Baisheva mid-term, Buxaglteriya hisobining axborot tizimlari an, pdf, XATTOTLIK

11-BOB. MEHMONDO’STLIK INDUSTRIYASINI BOSHQARISH TIZIMI
11.1. Turistik siyosat tushunchasi

11.2. Turizm boshqaruvi organlari

11.3. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyati
11.1. Turistik siyosat tushunchasi
Turizm tizimi faoliyatini uning rivojlanishga ma’sul tuzilmalar tomonidan muvofiqlashtirish va nazorat, tartibga solish, rejalashtirishisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu esa turistik siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish zaruratini taqozo etadi.

Turistik siyosat – bu parlamentlar, hukumatlar, davlat va xususiy tashkilotlar tomonidan turistik industriyani rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish, turistik resurslardan oqilona foydalanish, turizm tizimi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ijtimoiy –iqtisodiy, xuquqiy, tashqi siyosat, madaniy va boshka harakterdagi chora-tadbirlar, usullar majmuasini ishlab chiqish va amalga oshirishdir.

Turistik siyosat turli: davlat, xududiy, aloxida korxonalar darajasida shakllantiriladi va amalga oshiriladi.

Davlat turistik siyosati uning umumiy siyosati harakterli qirralariga xos. Ammo biroq alohida spesifik omillari ham mavjudki, qaysikim ular ta’sirida turistik siyosat shakllanadi. Ularga kiradi:


  • mamlakatning tabiiy sharoitlari (iqlimi, geografik o‘rni, relefi, o‘simlik va xayvonot dunyosi), qaysikim ular bor yo yo‘qligiga qarab turizm maqsadlarida oqilona yoki nooqilona foydalanilishi bilan turistik siyosatga ta’sir o‘tkazadi;

  • turistik diqqatga sazovor ob’ektlarga borish imkonini beruvchi transport sharoiti;

  • turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, xuquqiy sharoitilari.

Shuni ta’kidlash kerakki, davlat turistik siyosati uning faqat ichki siyosatidan kelib chiqib kurilishi mumkin emas. Halqaro turistik bozorga kiruvchi har bir mamlakat boshka davlatlar bilan raqobatning murakkab tizimi, butun jahon xududlari munosabatlariga kirishadi.

Halqaro turizm bozorida davlatning aniq o‘rni va samarali ishtiroki ana shu turistik siyosatning nechog‘lik to‘g‘ri yuritilishiga bog‘liq.

Turistik siyosat maqsadlarini mamlakatning aniq iqtisodiy va tarixiy rivojlanishi sharoitlari bilan bog‘langan va turistik industriyaning o‘zini nechog‘lik shakllanganlik darajasini ko‘rsatadi. Nazarda tutish kerak, u yoki bu mamlakatda turizmning oyoqqa turish davri va uni xalqaro turistik bozorda mavqe egallash bitta maqsadni oldiga qo‘yadi. Turizm sohasida yuqori rivojlanish darajasida yutuqlarni qo‘lga kiritish davrida esa boshqa maqsadni ko‘zlaydi. Turistik bozorni rivojlantirishga intiladigan ko‘pchilik mamlakatlar maqsadlarni quyidagi tarzda shakllantiradi:


  • mavjud turistik imkoniyatlardan samarali foydalanish;

  • turistik industriya ob’ektlari jihozlanishini yaxshilash;

  • turizm taraqqiyotini tabiiy sharoit xususiyatlarini hisobga olgan holda uyg‘unlashtirish;

  • turistik transport parklari tarmoqlari ishonchliligi va rentabelligini oshirish;

  • narx va natijalar o‘rtasida optimal munosabatlarni ta’minlash;

  • turli xil tovarlar va xizmatlar ko‘rsatish yo‘li orqali mijozlarni jalb etish;

  • istemolchilar didlari o‘zgarishi, takliflariga doimiy ravishda moslashishi;

  • turizm bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni rag‘batlantirish;

  • reklama sohasida tezkor amaliy ishlarni rivojlantirish.

Mamlakat amaliy faoliyati ham alohida maqsadlarda ham ularni o‘xshashligiga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Asosiy vazifa mavjud turistik imkoniyatlardan oqilona foydalanishda va turizmni turg‘un rivojlantirishni ta’minlashda turistlar ehtiyojini qondirishdan iborat bo‘lishi lozim.

Davlat turistik siyosati asosida hokimiyat mahalliy organlarida bir-birlari bilan bog‘langan maqsadlar shakllantiriladi, qaysikim ular ma’lum turistik mintaqalar darajasida amalga oshiriladi. Atrof muhitning saqlanishi; mintaqaga turistlar kelishi davomiyligining o‘sishi; turizmdan pul tushumlarining ko‘payishi; turistik infratuzulmalar va moddiy-texnik bazalardan foydalanishni yaxshilash shular jumlasidan.

Turistik siyosat maqsadlari turistik korxonalar darajasida turistlarning ehtiyojlarini qondirishni ta’minlash, turistik xizmatlar ko‘rsatishdan tushumni va daromadni ko‘paytirish, turistik xizmatlar ko‘rsatish sifatini optimallashtirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirish va h.k. larga mo‘ljallangan.

Turistik siyosat maqsadlari amalga oshirish turizm tizimiga integrallashgan turli institutlar faoliyati birligi (vertikal va gorizontal) muvofiklashtirshni takazo etadi.

Shunday qilib, turistik siyosat davlatning iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy sohalari, ekologik va jamiyatning boshqa ustivor tizimlari bilan mustahkamlashgan umumiy siyosatining tarkibiy qismi sifatida qaralishi zarur. Turistik siyosatning jamiyat uchun ahamiyati xaqida gapirar ekanmiz, ushbu sohada taniqli mutaxassis D.L. Endjel shunday qayd etadi: «Iqtisodiy siyosat, madaniy integratsiya, turizm odamlar uchun yaratadigan jamiyat farovonligi va salohiyati, turistik tizimning oliy maqsadi hisoblanadi. U mamlakatning umumiy turmush tarzini yaxshilash va osoyishtalik va farovonlikni ta’minlashga qaratilgandir».

Turistik siyosatni shakllantirish va amalga oshirishda davlat butun turizm tizimi hayot faoliyati va jamoatchilik manfaatlarini ta’minlovchi bir qator vazifalarni bajaradi.




Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling