11 Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni ham amaliy va ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin


Download 26.25 Kb.
Sana06.12.2020
Hajmi26.25 Kb.
#161137
Bog'liq
Yozma ish


YOZMA ISH
11) Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni ham amaliy va ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin. Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining to’rtta asosiy vazifasi ajratib ko’rsatiladi:
1.bilish vazifasi – har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamеntal ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda o’zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga kеladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni o’rab turgan olam to’g’risidagi fikrlarimizni kеngaytiradi. Ayni paytda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini tushunish va tahlil qilish, iqtisodiyotning turli jabhalarida qo’lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarni baholash uchun zarur bo’lgan bilimlar bilan boyitadi, iqtisodiy tafakkurlash darajasini oshiradi. Zеro, Prеzidеntimiz I.Karimov so’zlari bilan aytganda, O’zbеkistonning mustaqillikka erishish davridagi «…tahlikali va murakkab vaziyatda qanday maqsadlarni ko’zda tutib, qanday amaliy choratadbirlarni amalga oshirganini, bu harakatlarning ilmiy-tarixiy, mantiqiy va qonuniy zamini va omillari, kеrak bo’lsa, istiqlol o’zbеk xalqiga tuhfa tariqasida bеrilmagani – bularning barchasi haqida har taraflama chuqur yoritib va isbotlab bеradigan izlanish va tahlil bugungi kunda ham o’zining dolzarbligi va ahamiyatini yo’qotmaganini qayd etishimiz zarur»;

2.amaliy vazifa – amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi chеklangan rеsurslardan unumli foydalanib iqtisodiy o’sishni ta’minlash va shu asosda o’sib boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. Shu maqsaddan kеlib chiqib, chеklangan turli xil rеsurslarning har bir birligi evaziga ko’proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni ta’minlash, har bir faoliyat turi bo’yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, rеsurslardan unumliroq foydalanish yo’llarini topishdan iboratdir;


3.uslubiy vazifasi – iqtisodiyot nazariyasi fanining o’zi, tahlili va uning tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi;
4.g’oyaviy-tarbiyaviy vazifasi – ushbu vazifa shundan iboratki, uning yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o’rganuvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g’oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi.

12) Metodologiya – bu fan predmetini o‘rganishga qanday ilmiy tamoyillar asosida yondashishni bildiradi. Iqtisodiyot nazariyasida kishilarning xo‘jalik faoliyati tizimiy yondashuv asosida o‘rganiladi. Bunda yaxlit iqtisodiyot turli bloklarga – qismlarga ajratilib, har biri alohida o‘rganiladi, ulardan har biriga xos bo‘lgan xususiyatlar aniqlanadi. Masalan, yaxlit bozor resurslar bozori, iste'mol tovarlari bozori va moliya bozorlariga ajratilib o‘rganiladi. Ajratilgan bloklar tahlil etilgach, ular faoliyatining shart-sharoiti va belgilari, ular qanday funksiyani bajarishi aniqlanadi. Iqtisodiyotning turli jihatlari tahlilidan so‘ng ular birgalikda qaraladi, turli bloklar majmuidan iborat iqtisodiyot yaxlitlikda nima ekanligi, u qanday rivojlanishi ko‘rsatiladi. Yana bozor misoliga qaytsak, uning har bir blokining funksiyalari o‘rganilgach, ular birgalikda yagona bozor sifatida qaraladi va bozorning umumiy funksiyalari ta'riflanadi. Iqtisodiyot nazariyasida qo‘llanadigan yana bir metodologik yondashuv bu iqtisodiyotni sof emas, boshqa, ya'ni g‘ayriiqtisodiy omillar ta'sirini hisobga olgan holda o‘rganishdir. Iqtisodiyot birlamchi bo‘lgani holda siyosiy, ijtimoiy, milliy demografik va hatto ruhiy-axloqiy omillar ta'siriga beriladi. Boshqa sohalardagi o‘zgarishlar iqtisodiyotda ham o‘z aksini topadi.Jamiyatda tartibsizlik, siyosiy beqarorlik yuzaga kelsa, bu iqtisodiyotning rivojiga putur yetkazadi, chunki kishilar vahimaga tushib ishdan soviy boshlaydilar. Milliy nizolar ham shunday salbiy oqibatga olib keladi. Kishilarda ruhiy ko‘tarinkilik bo‘lsa, ular iqtisodiy faol bo‘ladilar. Aksincha, ruhiy tushkunlik ularda befarqlikni hosil etib, faollikni so‘ndiradi. Iqtisodiyot nazariyasining yana bir metodologik tamoyili –bu iqtisodiyot va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni hisobga olishdir.


16) «Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanish jarayonida vujudga kelgan asosiy g‘oyaviy oqimlar quyidagilardan iborat:

merkantalizm – jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat bo‘lib, u savdoda, «asosan tashqi savdoda paydo bo‘ladi va ko‘payadi», deb tushuntiradi. Merkantalizm – ital'yancha «mersante» so‘zidan olingan bo‘lib, «savdogar» ma'nosini anglatadi. XVI asrning boshlariga qadar natural xo‘jalik va iste'mol ustun bo‘lgan davrda birorta nazariya yaratilmagan bo‘lsa-da, mahsulot ishlab chiqarish, tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bilan, Yevropada Uyg‘onish davri, buyuk geografik kashfiyotlar,

mustamlakachilik bilan hamohang ravishda dastlabki merkantalizm ta'limoti yaratildi. Ma'lumki, har qanday iqtisodiy dunyoqarashda boylik manbai masalasi muhim sanaladi. Chunonchi, iqtisodiyotda ikki soha mavjud: ishlab chiqarish (hunarmandchilik, sanoat, qishloq xo‘jaligi) hamda muomala (pul, savdo sotiq, hozirgi davrda xizmatlar). Bu oqimning namoyandalari Vil' Stafford, Tomas Men, Antuan

Monkret'en, Jon Lou, Gaspar Skaruffi va boshqalar. Fiziokratlar – jamiyatning boyligi qishloq xo‘jaligida vujudga keladi, degan g‘oyani ilgari suradilar. Bu ta'limotning asoschisi Fransua Kene (1694–1774 y.) hisoblanadi. Klassik siyosiy iqtisod – boylik faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki sanoat, transport, qurilish va boshqa sohalarda ham yaratilishini isbotlab berdi. Bozor munosabatlari afzalligi isbotlab berildi, ayniqsa, to‘la iqtisodiy erkinlik siyosati ilgari surildi, xususiy mulk qo‘llab-quvvatlanib shu g‘oyalarga asoslangan holda xo‘jalik yuritish eng mukammal ekanligi isbotlandi.

U. Petti (1623–1686 y.) boylikning manbai yer va mehnat ekanligini e'tirof etgan. «Mehnat boylikning otasi, yer uning onasi», degan ibora unga tegishlidir. Uil'yam Petti isbotlab berdiki, agar merkantalistlar hisobi bo‘yicha ish yuritilsa, XVII asrda Angliya boyligining bor-yo‘g‘i 3 foizini javohirlar va pullar tashkil etgan bo‘lardi. Vaholanki, o‘sha davrda 5,5 million aholining 4,1 millioni qishloqlarda yashagan va dehqonchilik qilib, boylik yaratgan. Savdo-sotiqda 246 ming, sanoatda esa 240 ming kishi band bo‘lgan. Bu davrda merkantalizm g‘oyalari cheklangan edi.

A. Smit «Odamlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» (1776 y.) asarida talab va taklif asosida shakllanadigan erkin narxlar asosida bozor o‘z-o‘zini tartibga solishi («ko‘rinmas qo‘l») g‘oyasini ilgari suradi. Insonni faollashtiradigan asosiy rag‘bat shaxsiy manfaatdir, deb ko‘rsatadi.


15) merkantalizm – jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat bo‘lib, u savdoda, «asosan tashqi savdoda paydo bo‘ladi va ko‘payadi», deb tushuntiradi. Merkantalizm – ital'yancha «mersante» so‘zidan olingan bo‘lib, «savdogar» ma'nosini anglatadi.
14) neoklassik maktab (asoschisi Al'fred Marshall) bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini cheklash g‘oyasini ilgari surgan. Bozor mexanizmining buzilishi monopoliyalar vujudga kelganda ham yuz berishini ta'kidlagan. U funksional bog‘lanish g‘oyasini asoslaydi, bozor bahosini belgilovchi omillar

talab va taklifdan iborat deb hisoblaydi. Bu ta'limot tadbirkorlar iqtisodiyotni, sarmoyani, ish kuchini va yerni davlatga nisbatan samaraliroq ishga solishi va boshqarishini ko‘rsatib bergan. Markscha davlat mulkining afzalligi to‘g‘risidagi g‘oya inkor etilgan.

Bu maktab vakillaridan L. Valras umumiy iqtisodiy muvozanatlik modelini ishlab chiqishga, I. Shumpetter esa iqtisodiy tizimlar o‘zgarishining ichki kuchlarini ko‘rsatib berishga harakat qilgan hamda iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik, degan xulosaga kelgan;
keynschilik – rivojlangan bozor iqtisodiyotini davlat tomo-nidan tartibga solib turish zarurligini asoslashga qaratgan. Jon Meynard Keyns «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936 y.) nomli kitobida bunday tartibga solish yalpi talabga hamda shu orqali inflyasiya va bandlikka ta'sir ko‘rsatishini asoslaydi.

Neoklassik yo‘nalishda yangidan vujudga kelgan oqimlar (XX asrning 50–60-yillaridan boshlab):


neoliberalizm (F. Xayek, I. Shumpetter, L.Erkard) – asosiy e'tiborni davlatning iqtisodiyotga aralashuvini eng kam darajaga keltirishga, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratish lozimligini uqtiradi;
monetarizm (M. Fridman) – iqtisodiyotni boshqarishni pul

muomalasini tartibga solish orqali amalga oshirish mumkinligini asoslab beradi;

institutsionalizm tarafdorlari (T. Veblen, J. Gelbreyt) fikriga ko‘ra, xo‘jalik yurituvchilar o‘rtasidagi munosabatlar nafaqat iqtisodiy, balki noiqtisodiy omillar ta'sirida vujudga
17) «Siyosiy iqtisod» yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, «politikos» – ijtimoiy, «oykos» – uy, uy xo‘jaligi, «nomos» – qonun degan ma'nolarni anglatadi. Fransuz iqtisodchisi Antuan Monkret'en (1575–1621 y.)birinchi marta «Siyosiy iqtisod trakti» (1615 y.) asarida bu fanni ilmiy jihatdan asosladi va u 300 yildan ortiq vaqt davomida shu nom bilan rivojlandi.

19) Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g`oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi merkantilizm deb atalgan. Merkantilizm (fransuzchamercantilismeItalyanchamercante — savdogar) Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat, boylik savdoda, asosan tashqi savdoda - muomala jarayonida paydo bo’ladi, ko’payadi, savdoda band bo’lgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, deb tushuntirib keldilar.  Uning asosiy nazariyotchilari — T. Men (Angliya), A. Serra (Italiya), A. Monkretyen (Fransiya) faol savdoni targʻib qildi, yaʼni mamlakatdan tayyor sanoat mahsulotlarini boshqa joylarga olib borib sotish, bir mamlakatdan arzon bahoda tovar sotib olib, boshqa davlatga qimmat narxda sotish tamoyilini ilgari surdi.Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g`oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi merkantilizm deb atalgan. Merkantilizm (fransuzchamercantilismeItalyanchamercante — savdogar) Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat, boylik savdoda, asosan tashqi savdoda - muomala jarayonida paydo bo’ladi, ko’payadi, savdoda band bo’lgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, deb tushuntirib keldilar.  Uning asosiy nazariyotchilari — T. Men (Angliya), A. Serra (Italiya), A. Monkretyen (Fransiya) faol savdoni targʻib qildi, yaʼni mamlakatdan tayyor sanoat mahsulotlarini boshqa joylarga olib borib sotish, bir mamlakatdan arzon bahoda tovar sotib olib, boshqa davlatga qimmat narxda sotish tamoyilini ilgari surdi.Keyinchalik ayirboshlash, ya`ni savdo jarayonida hech qanday boylik yaratilmasligi, qiymatning ko’paymasligi ma`lum bo’lib qoldi. Faqat ayriboshlashning ekvalentlik tartibi, ya`ni teng mehnatga teng boylik muvozanati buzilgan taqdirda boylik birovlar foydasiga qayta taqsimlanadi, natijada kimdir boyib, kimdir xonavayron bo’lib boradi. Merkantilistlar iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi davlatning iqtisodiy siyosatiga amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat deb ta`kidladilar. Ularning fikricha, iqtisodiyotda ijobiy savdo balansiga erishilishi uchun davlat iqtisodiyotga faol aralashishi, ya`ni milliy ishlab chiqarish va savdoni o’z panohiga olishi zarur deb hisoblaydi

20) Keyinchalik iqtisodiyot fanining klassik maktabi namoyondalari bo’lmish A.Smit, U.Petti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina qishloq xo’jaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, transport, qurilish va boshqa xizmat ko’rsatish sohalarida ham yaratilishini isbotlab berdilar va hamma boylikning onasi er, otasi mehnat, degan qat`iy ilmiy xulosaga keldilar. Shuni aytish kerakki, A.Smitning “ko’rinmas qo’l” printsipi hozirgi kunda juda ko’p tilga olinmoqda. U o’zining “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g`risida tadqiqot” (1776) degan kitobida insonni faollashtiradigan asosiy rag`bat shaxsiy manfaatdir deb ko’rsatadi

Ushbu maktabning “klassik” deb nom olishiga ularning quyidagi yutuqlari sabab bo’ldi. Birinchidan, A.Smit va D.Rikardo iqtisodiyotni o’rganishga ilmiy yondashuv beradigan tadqiqot usullarini ishlab chiqdi va muvafaqqiyatli qo’lladilar. Aynan ana shu usullar yordamida ular merkantilistlarning boylikning manbasi savdo degan g`oyasini asossiz ekanligini isbotlashdi. Ikkinchidan, iqtisodiyot to’g`risidagi barcha yig`ilgan bilimlarni klassik maktab namoyon- dalari ma`lum bir ilmiy tizimga keltirdilar. Bu narsaga ular birinchi bo’lib iqtisodiy ne`matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste`mol o’rtasidagi tizimli aloqani tadqiq etgani sabab bo’ldi

Uchinchidan, ingliz klassiklari xo’jalik hodisalarining ko’zga ko’ringan tomonlarini tadqiq qilish bilan cheklanib qolmadilar. Ular ushbu hodisalarning mohiyatini, ular o’rtasidagi sabab-oqibatli aloqadorlikni aniqladilar, shuningdek kapitalistik iqtisodiyot qonunlarini ochdilar. Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanishida Sismondining ham muhim hissasi bordir. U kapitalistik iqtisodiy mexanizmni tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson baxti yo’lida sotsial mexanizmni takomillashtirishga qaratilagn fan bo’lmog`i lozim deb ko’rsatadi. Kapitalizmning iqtisodiy tuzumini tanqid qilish bilan bir qatorda undan ko’ra progressiv bo’lgan jamiyat qurish g`oyasi Sen-Simon, Sharl` Fur`e, Robert Ouen kabi sotsial utopistlar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular xususiy mulkni qattiq tanqid qilib, uni tugatish tarafdori edilar.
TEST JAVOBLARI

30)d


31)b

32)d


33)a

34)b


35)d

36)d


37)d

38)d


39)a

50)b
Download 26.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling