11 –laboratoriya mashg’uloti: shaxsning irodaviy ko‘lami (2 soat)


Download 14.55 Kb.
Sana26.11.2022
Hajmi14.55 Kb.
#934148
Bog'liq
jahon xojaligi va milliy iqtisodiyotda xalqaro moliyaviy iqtisodiy tashkilotlarning ahamiyati , Format A, zoogeografiya (1), 5 МАВЗУ, Templan Psixolog, 19 январь куни “Маънавий маърифий ишлар тизимини тубдан такомиллиштириш”, Тақвим Навои-2022, Без названия, Linux tarixi, Rаqаmli tеlеfоnlаr, TUPROQQA-EKIN-EKISHDAN-OLDIN-ISHLOV-BERISH-EKINLARINI-EKISH-USULLARI., Ibragimov Elyorbek ingliz tili, labbi, 2-TARTIBLI CHIZIQLARNING OPTIK XOSSALARI, 5- мавзу. Tekislikda affin va dekart koordinatalar sistemasini a



11 –LABORATORIYA MASHG’ULOTI:
SHAXSNING IRODAVIY KO‘LAMI (2 SOAT)


SABR-BARDOSHLIKNI O‘Z-O‘ZI BAHOLASH SO‘ROVNOMASI
Metodika E.P.Ilin va E.K.Feshenko tomonidan ishlab chiqilgan va sabr-bardoshlikni o‘z-o‘zi tashxis qilish uchun tavsiya qilingan.
Yo‘riqnoma:
Bu metodika bilan ishlash uchun (natijalarni qayd qilish uchun) sizga toza qog‘oz varag‘i va qalam (ruchka) kerak bo‘ladi. Qog‘oz varag‘iga 1dan 18 gacha savollar nomerini qo‘yib chiqing. O‘zingizga mos tasdiqlarni belgilang. Agar rozi bo‘lsangiz, unda javoblar varag‘idagi savol raqamiga mos joyiga «+» belgisini qo‘ying, agar rozi bo‘lmasangiz «-» belgisini qo‘ying.
So‘rovnoma matni
1.Agar men ogir ishni bajarayotganimda charchasam, darrov uni tuxtataman.
2.Menda zerikarli hikoyani oxirigacha o‘qishga sabr toqat etishmaydi.
3.Men uzundan-uzoq navbatda turishni yoqtirmayman va tez-tez undan oxirigacha turmasdan ketib qolaman.
4.Men tish og‘rig‘i singari uzoq dardli holatlarga chidamliman.
5.Odatda men uzoq vaqt ochlikni o‘tkaza olaman.
6.Men parhez orqali davolanishga chiday olmayman.
7.Jismoniy tarbiya darsida charchaganimda, unda mashqlarni bajarishni to‘xtataman.
8.Men zerikarli ishni oxiriga etkazmasdan tezda tashlayman.
9.Odatda menga o‘zimni ishlashga majbur qilish qiyin
10.Men charchashimga qaramasdan ishni yarmida tashlab ketmayman.
11.Menga vazifani bajarish uchun o‘zimni kuchaytirishga yo‘naltiradigan jismoniy ish yoqadi.
12.Men ishonch bilan ayta olamanki, men sabr-bardoshliman.
13.Charchashimga qaramasdan, men barcha kuchim bilan yugurishda yuqori tempni tutib turishga harakat qilaman.
14.Kachon bekatda uzok vaqt transport kutganimda men shoshilmayotgan bo‘lsamda bezovtalanaman.
15.Men ogriqqa chidamsizman.
16.Men o‘zimni irodasi ojiz deb hisoblashni xohlamayman shuning uchun har safar ogir jismoniy ishni oxirigacha etkazishga harakat qilaman.
17.Men “Maydonga tushgan manglayini qashimas” tamoyiliga amal qilaman.
18. Aql bilan ish ko‘rish lozim.


Natijalarni kayta ishlash va muvofiqlashtirish
4,5,8,10,11,12,13,16,17 nomerdagi savollarga «ha» javobi va 1,2,3,6,7,9,14,15,18 nomerdagi savollarga «yo‘q» javobi berilganda 1 balldan beriladi.
Keyin ballarning umumiy yig‘indisi hisoblab chiqiladi.
Agar siz quyidagicha ball to‘pladingiz:
- 6 ballgacha-unda sizning sabr-bardoshliligingiz past. Siz sabr-bardoshsiz odamsiz, kutish siz uchun azoblanishdir. “Sabr tagi oltindir”
degan xalq maqolini esda saqlang.
- 7-11 ballar-unda sizning sabr-bardoshligingiz o‘rtacha. Siz osongina ishga va muloqotga moslashasiz, ammo esdan chikarmang, boshlangan ishni doimo oxirigacha etkazish lozim.
- 12 ball va undan yuqorisi-unda sizning sabr-bardoshliligingiz yuqori darajada. Siz sabr-bardoshli odamsiz,ammo o‘zingizning quvvatingizni shunchaki sarflamang.
Download 14.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling