11-ma’ruza hisoblagich reja
Download 0.63 Mb.
|
bes 3 [163](1)I4
lenter kolosnik panjarasini takomillashtirish, 1-taqriz , 1-taqriz , 11, bes 3 [163](1), bes 3 [163](1)I1, bes 3 [163](1)I1, bes 3 [163](1)I2, bes 3 [163](1)I2, bes 3 [163](1)I3, bes 3 [163](1)I3, bes 3 [163](1)I4, bes 3 [163](1)I5, bes 3 [163](1)I6
- Bu sahifa navigatsiya:
- hisoblagich
- statik parametri
- ikkilik
11-MA’RUZA HISOBLAGICH REJA: Umumiy tushuncha Ketma-ketli hisoblagichlar Ayiruvchi hisoblagichlar Ixtiyoriy sanoq moduliga ega bo‘lgan ketma-ketli hisoblagichlar Reversiv hisoblagichlar Trigger o‘zini ikkiga bo‘luvchi kabi tutadi, chunki har takt impulsining sinxronizatsiya siklida ma’lumot faqat bir marta o'zgaradi. Natijada trigger chiqishidagi signal o'zgarish chastotasi takt impulslari chastotasidan ikki marta kichik bo‘ladi. Bir necha triggerli chastotani ikkiga bo‘lish sxemalarini ketma-ket ulab, ikkilik ma’lumotlami nafaqat saqlash, balki chastotani bo'lish va uning kirishiga kelayotgan impulslarni sanash uchun ishlatish mumkin. Agar qurilma uning kirishlariga berilayotgan impulslami hisoblashni amalga oshirsa, bu qurilma hisoblagich deb, agar chastota bo'lishlarini hisoblasa chastota bo'luvchi deb ataladi. Hisob natijalari hisoblagich chiqishida ikkilik son ko‘rinishida berilgan kod va talab etilyotgan vaqt davomida saqlanishi mumkin. Hisoblagichlar va chastota bo‘luvchilari EHM va boshqa raqamli avtomat qurilmalari, hamda aloqa va nazorat-o'lchov apparaturasida hisob-kitob amallarini boshqarishda keng qo‘llaniladi. Hisoblagichning asosiy statik parametri bo'lib, К sanoq moduli hisoblanadi. U hisobning bo‘lish koeffitsiyenti va hisoblagich tomo- nidan o‘qilishi mumkin bo'lgan maksimal impulslar soni bilan aniqlanadi. K ta impuls kelgach, hisoblagich dastlabki holatiga qaytadi. K= 22 ga teng bo'lib, n — hisoblagichning ikkilik razryadlari sonini bildiradi. Sanoq moduli qiymatiga ko‘ra, hisoblagichlar ikkilik (sanoq moduli 2 ning to‘liq darajasiga teng bo'lgan) va ikkilik-kodli (sanoq moduli 2 ning to'liq darajasiga teng bo'lmagan ixtiyoriy sonni qabul qilishi mumkin bo'lgan) turlarga bo‘linadi. Hisoblagichning asosiy dinamik parametri bo'lib, tK chiqish kodining o‘rnatilish vaqti hisoblanadi. Bu kattalik kirish signali berilgan vaqt momentidan chiqishda yangi kod hosil bo'lish vaqt momenti oralig'iga teng. tK hisoblagich tezkorligini ifodalaydi. Hozirgi kunda turli variantdagi hisoblash sxemalari ishlab chiqariladi va qoMlaniladi: asinxron (ketma-ketli) vasinxron (parallel); ikkilik va o'nlik; hisob ortishi yoki kamayishi mumkin bo‘lgan bir yo'nalishli (jamlovchi va ayiruvchi) va ikki yo'nalishli (reversiv). Bu sxemalarning asosi bo'lib, bir necha triggerdan tashkil topgan elementlar ketma-ketligi hisoblanadi Hisoblagich va chastota boluvchilaridagi triggerlar siljitish yoki sanoqning bir sikli davomida bitta komanda yordamida avval yozilgan ma’lumotni keyingisiga uzatish va oldindagi triggerlardan yangi ma’lumotni qabul qilishlari kerak. Shuning uchun ikki pog‘onali yoki dinamik boshqaruvli triggerlar qollaniladi. Bundan tashqari, triggerlar o'z holatlarini qarama-qarshi (teskari) holatga o'zgartirish talab etilganda sanoq rejimida ishlashlari kerak, ya’ni E0 ma’lumot kirishida «1» berilishi bilan. Hisoblagichlar T, D va JK-triggerlar asosida tuziladi. Talab etilgan hollarda razryadlararo va teskari mantiqiy bog‘lanishlarda MElar qo’llash mumkin. Talab etilgan elementlar sonini minimallash uchun lo'rtrazryadli hisoblagich sxemalari ikkilik va o'nlik variantlarda ishlab chiqariladi. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling