11-Mavzu: Etnomadaniyat va milliy g`oya mushtarakligi. Reja


Download 28.68 Kb.
Sana26.08.2020
Hajmi28.68 Kb.
#127730
Bog'liq
1 mavzu ma`ruza matni




11-Mavzu: Etnomadaniyat va milliy g`oya mushtarakligi.
Reja:
1. Milliy g’oya mustaqilligimizni mustahkamlashning ilmiy-nazariy va g’oyaviy asosi.

2. Millatlararo totuvlik ilmiy va umuminsoniy qadriyat sifatida.


Milliy istiqlol g’oyasi fan sifatida 2001 yil 18 yanvardagi Prezidentimiz farmoni bilan alohida mustaqil fan sifatida O’zbekiston Respublikasining barcha o’quv yurtlariga kiritildi.

Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar nomi bilan kiritilgan o’quv fani mustaqilligimizni g’oyaviy – nazariy va ilmiy- amaliy ifodasi bo’ldi. Bu g’oya dunyo hamjamiyatidan munosib o’rin egallab borayotgan mamlakatimiz xalqining mustaqillik yillarida orttirgan tajribalari, bosib o’tgan murakkab va jonli yo’li, milliy tafakkuri va ma’naviyatimizdagi yuksalishlarning mantiqiy natijasi, xalq irodasining mujassam ifodasi sifatida shakllandi. Milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi O’zbekiston xalqining ezgu g’oya - Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo’lidagi asriy orzu-intilishlari, ulug’ maqsad-muddaolarini o’zida aks ettiradi. Bu g’oya xalqni –xalq, millatni-millat etadigan, uning shonli yo’li, sha’ni-sharafi, or-nomusi, ishonch-e’tiqodini ifodalaydigan g’oyalar tizimidan iborat bo’lib, jamiyatimizni o’ziga xos taraqqiyot yo’li, turmush tarzi, tub manfaatlarini ifodalaydi, ularni amalga oshirishga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, aytish zarurki, milliy g’oya, uning asosiy tamoyillari Prezident Islom Karimov tomonidan asoslab berilgan vazifani-yurtimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qiladi gan yaxlit va izchil ta’limotni yoshlarimiz qalbi va ongicha singdirish vazifasini bajaradi. Bu fan milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari, tarixiy negizlari, ilmiy, falsafiy, dunyoviy ildizlari, o’ziga xos nomoyon bo’lish xususiyatlari va qonuniyatlari to’g’risida bilim beradi. Mamlakatimizni mustaqillik yo’lidan rivojlantirish xususidagi asosiy nazariy va amaliy xulosalar Prezidentimizning asarlarida o’zining teran ifodasini topgan. Ularda jamiyatimizning pirovard maqsadlariga yetish yo’llarini aniq ifodalaydigan yaxlit ta’limot-milliy istiqlol g’oyasini mohiyati mazmuni, tushunchasi va tamoyillari, o’ziga xos xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan isbotlab berilgan. Prezidentimiz asarlarini o’rganish yurtimizda barpo etilayotgan jamiyatning ijtimoiy – ma’naviy poydevorini mustahkamlash, g’oyaviy bo’shliq paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, yot mafkuralar tojovuziga qarshi tura oladigan har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish zaruriyati milliy istiqlol g’oyasini taqozo yetganligini yaqqol ko’rsatadi.1

Xalqimizni buyuk kelajak va ulug’vor maqsadlari sari birlashtirish, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati va ravnaqi uchun doimo ma’suliyat sezib yashashiga, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo’lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni bunyodkorlik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas tuproq uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish-milliy istiqlol g’oyasining asosiy maqsadidir.

Milliy istiqlol g’oyasini yaratishi mustaqqilligimizning mustahkamlashning obyektiv zaruriyati va ehtiyoji tarzida yaratildi. Bu g’oya mamlakatimizdagi barcha elatlar, millatlarning, ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar, siyosiy partiyalar va uyushmalarning, tadbirkorlar, yoshlar, faxriylar, ayollar ehtiyoj va manfaatlarini o’zida uyushtiradi, aks ettiradi. Milliy istiqlol g’oyasining tarixiy va nazariy tahlili shuni ko’rsatadiki, unda g’oya va mafkura tushunchalari, ularning xalqlar va davlatlar tarixiga ta’siri, globallashuv jarayonlari shiddat bilan kechayotgan hozirgi sharoitda g’oya va mafkuraning o’rni kabi dolzzarb muammolarni terang anglashga yordam beradi. Prezidentimiz o’zining qator asarlari, nutq va maqolalarida milliy istiqlol g’oyasida ifodalanadigan ulkan bunyodkorlik, kelajak sari og’ishmay olg’a borish, xalqimizni mustaqillik tomon dadil qadamlar borishi to’g’risidagi g’oyalar muntazam ta’kidlab boriladi. Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikli qo’lga kiritishi natijasida o’z taqdirining chinakam egasi, o’z taqdirining ijodkori, o’ziga xos milliy madaniyatning sohibiga aylandi. Ma’naviyatga yangicha munosabat davlat miqyosida rivojlantirila boshlandi. “Har bir avlod el-yurtining tarixini va obro’yni o’zining farzandlik muhabbati va e’tiqodi, sadoqati va bunyodkorligi, matonati va mardligi bilan barpo etadi”1, degan tamoyilni oldinga suradi yurtboshimiz milliy g’oya va mafkura jamiyatimiz uchun naqadar zarur ekanligini, mafkuraviy bo’shliq jamiyat taraqqiyotiga to’liq bo’lishini, mafkurasiz odam, jamiyat va davlat o’z yo’lini yo’qotib qo’yishi mumkinligini alohida ta’kidlaydi. Milliy g’oya va mafkura jamiyatni, xalqni birlashtiruvchi, bunyodkorlik ishlariga safarbar etuvchi kuch bo’lishi, u xalqni-xalq, millatni millat etishi lozimligini, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan kuchli ekanligini, mafkura o’tishi va kelajak o’rtasidan ko’prik vazifasini o’tashi lozimligini uqtiradi. Shu munosabat bilan ba’lim tizimini isloh qilish, uning yangi modellini ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish to’g’risida nazariy va amaliy yo’l-yo’riqlarni ko’rsatib berdi.2

Milliy g’oyaning mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashdagi ahamiyatini izohlashda qo’yidagi masalalarga jiddiy e’tibor berish zarur. Mustaqillik bu eng avvalo huquq, deydi Prezidentimiz. Bu lo’nda qilib aytilgan ta’rifda tom-tom ma’no mavjud. Darhaqiqat, mustaqillik sharofati bilan xalqimiz o’z taqdirini o’zi belgilash huquqiga; o’zining milliy davlatchiligini qurish huquqiga; yaxlit va yangi O’zbekiston deb ataluvchi mamlakatni jahon xaritasida tiklash huquqiga; yer osti va yer usti boyliklaridan o’z xalqi, millati manfaatlari yo’lida foydalanish huquqiga; milliy chegaralarini daxlsizligini ta’minlash huquqiga; xorijiy mamlakatlar bilan o’z milliy manfaatlari va maqsadlariga asoslangan holda xalqaro teng munosabatlar o’rnatish huquqiga; ona tili- o’zbek tiliga davlat tili berish huquqiga; qadimiy tarixiy yodgorliklarimizni asrab–avaylash va tiklash huquqiga; milliy boy madaniy ma’naviy merosimizni tiklash va unga egalik qilish huquqiga va boshqa ko’plab milliy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy huquqlarni qo’lga kiritdi. “Mustaqillik har bir O’zbekiston fuqarosi va vatan parvari uchun eng katta siyosiy, iqtisodiy hamda ma’naviy boylikdir, deb to’g’ri yozadi M.Abdullaev, - Mustaqillik Respublika xalqi, shu yurtning har bir fuqarosiga tinchlik, barqarorlik, hurriyat va ozodlik keltirdi, istiqlol tufayli o’zbek xalqi tarixiy qadriyatlar, ko’xna madaniyat va ma’rifat, an’ana va rasm-rusmlarga yana qayta ega bo’ldi, mamlakatimiz osmoni beg’ubor, baxt-saodat quyosh bilan porloq istiqlolga ega bo’ldi”.1

Milliy mafkura va milliy g’oyaning mustaqiligimizni mustahkamlashdagi beqiyos ahamiyatini yoritar ekan marhum, akademik H.Po’latov shunday deb yozgan edi. “Men o’zbeklarning milliy mafkurasi deganda milliy voqeligimizning mavjudlik qonuniyatlarimizdan kelib chiqadigan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy ehtiyojlari va manfaatlarini, tub ustuvor va salohiyatli muammolarini ilmiy asosda hal etib, rivojlanishimizning maqsadi va vazifalarini belgilash, ularni ro’yobga chiqarishda insonparvar yo’llar, adolatli usullar hamda vositalarni belgilovchi g’oya va fikrlar majmunni tushunaman”2.

Mustaqillik natijasida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayotda yuzaga chiqan barcha dolzarb muammolarni yangicha tafakkur orqali, falsafiy-nazariy mushohada qilgan va xulosa chiqargan holda mustaqillikni milliy mafkurasini yaratish lozim, zero ilmiy obyektivlik asosida mafkurani yangilash, yangilanish mafkurasini shakllantirish mamlakatimiz siyosiy va ma’naviy hayotini sog’lomlashtirishdir.

Milliy g’oya hamma tarixiy davrlarda, ayniqsa tarixning burilish pallalarida ozodlik va mustaqillik uchun kurashning bayrog’i bo’lganligini, mustaqillikni qo’lga kiritgan millat yagona milliy g’oya bayrog’i ostida jipslashganligini tadqiqotchilar ta’kidlab o’tadilar.

Milliy g’oya millatni yetaklovchi kuch hisoblanadi unda davlatning an’analari, shu zamin xalqlarining urf-odatlari, tarixi va ma’anaviyati mujassamlangan mustaqilligimizni asrashning ma’naviy-ruhiy asosi hisoblanadi. Yurtboshimiz: “Shuni alohida ta’kidlash lozimki, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo’lgan mehr-oqibat, insonni ulug’lash, tinch va osoyishta hayot, do’stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalikda hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada ma’naviy hayotimizning uzviy qismiga aylanib ketgan hashar odati istiqlol davrida yangicha ma’no-mazmunga ega bo’lib, umumilliy an’ana tusini olgan barchamizni mamnun etadi ”.1 Bu jarayon milliy g’oyaning o’z-o’zidan davlatimizning kelajagi bo’lmish yoshlar bilan qanchalik chambarchas ravishda to’ldiruvchi butunlik ekanligini isbotlaydi. Milliy g’oyaning amaliyotida qo’llanishi uning taraqqiyotini bildiradi. Bu o’rinda milliy g’oya ikki asosiy vazifani bajarib berishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, shu Vatanga muhabbat ruhida, uning oldida doimo ma’suliyatni sezadigan, xalq, davlat manfaatlarini o’zinikidan ustun qo’yishga qodir bo’lgan yangi avlodni tarbiyalash uchun xizmat qiladi. Ikkinchidan, milliy g’oya yosh avlodni bugungi kunda “mafkuraviy xavf”larning oldini olish va ayniqsa, hissiyotga beriluvchan, ishonuvchan yosh avlodni o’ziga xos ravishdagi himoyasining ham amaliy-nazariy manba sifatida namoyon bo’ladi. Chunki mamlakatning kelajak poydevorlarining tom ma’nodagi me’morlari bu –yoshlardir. “Barchamizga ma’lumki, har qaysi davlat, har qaysi millat avvalo o’z farzandlari qiyofasida, unib o’sib kelayotgan yosh avlod timsolida shu xalqqa xos xususiyat va fazilatlarni namoyon etadigan, uning azaliy orzu-intilishlarini ro’yobga chiqaradigan buyuk kuchni ko’radi”1-deydi Yurtboshimiz.

Mamlakatdagi ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarlardagi yangilanishlar uchun davlatning bosh islohotchi ekanligi muhim. Milliy g’oyani davlat homiyligida va nazoratida avvalo ijtimoiy institutlarda, shuningdek, maktab ta’limi bilan bog’liq ravishda targ’ib qilishga qirishildi. Buning mohiyati yosh avlodni bugun, ayniqsa globallashuv va axborotlar xuruji oshayotgan paytda aniq maqsadga qaratilgan, millatparvar sifatida tarbiyalash, har qanday g’oya va mafkuralarga “ongsizlarcha”taqlidiy ergashish dardidan halos qilishdagi asosiy rolni bajarishi bilan belgilanadi.

XXI asr boshlariga kelib, dunyo mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir shu qadar kuchayib kyetdiki, bu jarayondan to’la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo’q, to’la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a’zo bo’lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman degan mamlakatlar ham, uning ta’siriga tushib qolishi mumkin. Bunday g’ayri ixtiyoriy ta’sir mamlakatlar va xalqlar hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda.

Globallashuvning turli mamlakatlarga o’tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma’naviyat salohiyatlari va siyosati bilan bog’liq. Dunyoda yuz berayotgan jarayonlarning har bir mamlakatga o’tkazayotgan salbiy ta’sirini kamaytirish va ijobiy ta’sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o’rganish lozim. Bu hodisani chuqur o’rganmasdan turib, unga moslashish, kerak bo’lganda, uning yo’nalishini tegishli tarzda o’zgartirish mumkin emas. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o’rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma’naviyatini shiddatli selning kuchiga boshqaruvchisiz qayiqni topshirish bilan barobardir. Jamiyatning ma’naviy yangilanishi bevosita an’anaviy negizlarini asos qilib olgan holda, zamonaviylikni targ’ib qilish va uni qabul qilish uning mohiyatini keng ommaga yetkazib berish bugun globallashuv jarayonlari avjiga mingan zamonda alohida ahamiyat kasb etadi. Avvalo, bu jarayonda har bir axborot va ma’lumotlarni yetarli asoslab berishga qaratilishi jarayonni bir yo’nalishda rivojlanishini ta’minlaydi. Turli ta’sirlarga moyil va qiziquvchan xususiyatga ega va hali hayotning “achchiq” tajribalaridan bexabar yoshlarni chidamli, o’z fikriga va dunyoqarashiga ega qilib tarbiyalash milliy g’oya targ’ibotining asosiy vazifalaridan biridir. Aynan yosh avlodimizni milliy g’oyani asrovchilari va keyingi avlodga yetkazuvchi ekanliklari bu jarayonni nechog’lik muhim ekanligini yana bir bor isbotlab beradi. “Tabiiyki”, -deb yozadi Prezident I.A.Karimov “ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo’ravonlik, indivudalizm, egotsentrizm g’oyalarini tarqatish, kerak bo’lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo’porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo’ymaydi”.1

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz olimlari o’tkazgan va o’tkazayotgan tahlili bu sohada ishlar endigina boshlanganidan dalolat beradi. Globallashuv milliy ma’naviyatga ham ta’sirini o’tkazadi. Uning ta’siri kirib kelgan jamiyatning barcha sohalari tez bo’lmasada, ammo asta sekinlik bilan bo’lsada, o’z “iz”larini qoldiradi. Bunday turdagi “ta’sirlar”ga eng beriluvchan, uni oldida hali zaifroq bo’lgan kuch bu yoshlar hisoblanadi. Shulardan kelib chiqqan holda, globallashuv jarayonida turli g’oya va mafkuralarni aynan yoshlar orqali “ko’prik” sifatida foydalanishlariga yo’l qo’ymasliklari uchun, millatparvar, xalqchil, umuminsoniy tamoyillarga asoslangan milliy g’oya asosida qurollantirish bugun ushbu masalaning qanchalik muhimlik darajasini belgilab beradi. Mamlakatimizning jahon maydonida olib borayotgan siyosati qo’proq samara va muvaffaqiyat keltirishini istasak va eng avvalo yosh avlodni kelajakda davlatimizni tayanchi sifatida tarbiyalashga qaratilgan ishlarni kuchaytirishimiz, globallashuvning mohiyati, yo’nalishlari, xususiyatlarini chuqurroq tadqiq va tahlil qilish zarur. Aynan shu jarayonni chuqurroq tahlil etish orqali siyosatchilar uchun to’g’ri yo’l tanlashi va qarorlar qabul qilinishi uchun imkoniyat yaratilishi mumkin.

Millatlararo totuvlik g’oyasi - umumbashariy qadriyat bo’lib, turli xil xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati bo’lib xizmat qiladi.

Bugungi kunda Yer yuzida 6 milliarddan ziyod aholi mavjud. O’zbekiston hududida esa 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashamoqda.

Millatlararo totuvlik tushunchasini to’laroq, kengroq izohlashdan avval “millat” so’zini tushunib olishimiz darkor.

Millat(lotin. natio — millat) til, ma’naviyat, milliy o’zlikni anglash ruhiyati, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi, iqtisodiy aloqalar bilan bog’langan, shuningdek, odatda o’z davlatiga ega bo’lgan hamda mustaqil subyekt sifatida o’ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni ifodalovchi kishilarning ijtimoiy barqaror birligi.

Millat ma’lum hududda turgun yashab, tarixiy taraqqiyot davomida rivojlanib, kishilarning ma’naviy-ruhiy salohiyati yagonaligi asosida shakllanadi. U faqatgina «kapitalistik jamiyatning muqarrar mahsuli» emas, balki insoniyat dunyoga kelishi va taraqqiyotining mahsulidir.

Millatning shakllanishi va rivojlanishida moddiy omillar muxim ahamiyatga ega bo’ladi, ammo ular millat abadiyligini ta’minlashning so’nggi imkoniyati emas. Ular millat taraqqiyoti uchun zarur shart hisoblanadi.millatning abadiyligini, uning barqarorligini ta’minlashning asosiy omili — uning ichki ma’naviy-ruhiy salohiyatidir.

Millat insoniyat mavjudligi sharoitida hech qachon o’lmaydi, o’zga millatlar bilan o’zaro qo’shilib ham kyetmaydi, balki takomillashib, rivojlanib borish asosida o’zining ichki ruhiy salohiyatida mavjud bo’lgan yangi qirralarni namoyon qilib boradi. Milliy taraqqiyot zaminida uning jahondagi ko’plab millatlar uchun xizmat qilishi mumkin bo’lgan turli sohalardagi o’ziga xoslik asosida umummilliy va umuminsoniy salohiyat shakllanib, rivojlanib bo­radi.

Millatlarning ichki ruhiy salohiyati, yaratuvchilik qobilya­ti, matonati, tinimsiz mexnati, tadbirkorligi va o’ziga xosligini rivojlantirish asosida zamonaviy sivilizatsiya yuzaga kelgan. Mutaxassislarning hisoblashlaricha, Yer yuzida uch mingga yaqin millat mavjud. Ular insoniyatning o’rta hisobda 96 foizini birlashtiradi, qolgan to’rt foizni elat va qabilalar tashkil qiladi. Har bir millatning tarkibiga kiruvchilarning soni bir necha o’n mingdan bir necha milliongacha borib yetadi.

Millatlarni faqat son jihatdan guruhlarga ajratish mum­kin.Ammo ularning xususiyatlari, jahonda tutgan o’rinlari jihatidan «buyuk» yoki «kichik» guruhlarga ajratib bo’lmaydi. Chunki son jihatdan eng kichik millatdan jahon sivilizatsiyasini rivojlantirishga ulkan xissa qo’shadigan insonlar chiqib, ular o’z millatini yuksaklik darajasiga olib chiqishi mumkin. Son jihatidan kichik bo’lgan millatning o’z hududlari butunligini, huquqini ta’minlashga yoki ma’naviy boyliklarini himoya qilishga qaratilgan harakatlari butun jahonni larzaga solishi mumkin. Milliy rivojlanishda, tarixiy tajribaning ko’rsatishicha, jahonda va ko’p millatli mamlakatda sodir bo’layotgan juda ko’plab mojarolar, ular oqibatida yuzaga kelayotgan beqarorlik, iqtisodiy va ma’naviy tanazzullar, aynan millatlararo munosabatlarga borib taqalmoqda. Ya’ni qayerda u yoki bu millat huquqlari poymol etilar ekan, albatta, bu mamlakat taraqqiyotini izdan chiqarishi muqarrar. Sobiq Ittifoqning ich-ichidan yemirilishi va oxir-oqibatda yo’q bo’lib ketishini tezlashtirgan eng qudratli omillardan biri ham «mayda» millatlarga nisbatan amalga oshirilgan buyuk millatchilik shovinizmi siyosati edi.

Jahonda va ko’p millatlar yashayotgan mamlakatlarda barqarorlikni ta’minlashni va taraqqiyotga erishishning muhim shartlariga, birinchidan, millatlarning teng huquqliligini amaliy jihatdan ta’minlash bo’lsa, ikkinchidan, u yoki bu millat u hatto son jihatdan juda kichik bo’lmasin, ularga «katta» millatlar tomonidan kam sonli millatning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlarining hurmat qilish kabilar kiradi.

Millat inson kabi muqaddasdir. Uning ichki ma’naviy ruhiy salohiyati, or-nomus, qadr-qimmat, g’urur va iftixor kabi ulug’ tuyg’ularni mustahkamlaydi hamda himoya qiladi.

O’z navbatida millat taraqqiyoti ikki asosga:

Birinchidan, o’z zaminlari, imkoniyatlari va salohiyatlariga;

Ikkinchidan, turli millatlar bilan bo’ladigan o’zaro hamkorlik va o’zaro yordam kabilarga tayanadi.

Har bir millat imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, uning muqaddasligini e’tirof etish va huquqlarini ta’minlash umummilliy taraqqiyotning asosiy sharti hisoblanadi.



Har bir millat yaratganning mo’jizasidir.Jahon dinlarining muqaddas kitoblarida qayd etilishicha, Olloh asli insonni bir ota, bir onadan yaratgan, lekin ular bir-biri bilan muloqot qilishi, tanishishi uchun millatlarga bo’lib qo’ygan. Davlatlar bu borada ko’pmillatli (polietiik) va birmillatli (monoetnik) tarkibga ega bo’lib,har biri o’ziga xosligi bilan bir-biridan farq qilad. Har bir mamlakatda turlimillat vakillarining mavjudligi azal-azaldan unga o’ziga xos tabiiy rang-baranglik baxsh etib kelgan. Har bir millatning umumiy manfaatlari bilan birga o’z qadriyatlari ham bor. Umumiy qadriyat va xususiy manfaatlar bir-biriga zid kelib qolishi yoki uyg’un bo’lishi mumkin. Bunda muayyan mamlakatdagi milliy siyosat muhim ahamiyatga ega bo’ladi.

O’zbekiston kabi polietnik mamlakatda turli millatlar manfaatlarini uyg’unlashtirish, ular orasida totuvlikni ta’minlash taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Zero, millatning istiqboli boshqa xalqlar va mamlakatlarning taraqqiyoti, butun jahonda vaziyat va imkoniyatlar bilan ham bog’liqdir. Xalqimizning «qo’shning tinch - sen tinch» degan maqolida ana shu haqiqat nazarda tutilgan. Bugun dunyoda,birinchi navbatda, qo’shni mamlakatlarda yonma-yon yashayotgan etnoslar orasida tinchlik osoyishtalik barqarorlik hamkorlik hamjihatlik teng huquqli munosabat bo’lmasa, ulardan hech biri o’zining porloq istiqbolini ta’minlay olmaydi.

Shu bilan birga, bir mamlakat doirasida milliy manfaatlarni teng qondirish, ular rivojini ta’minlash juda murakkab masala ekanini ham anglamog’imiz darkor. Millatla­raro totuvlik g’oyasi ana shu masalani to’g’ri hal qilishga yordam beradi. Bu g’oya - bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo’lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o’rtasidagi o’zaro hurmat, do’stlik va hamjihatlikning ma’naviy asosidir. Bu g’oya - har bir millat vakilining istedodi va salohiyatini to’la ro’yobga chiqarish uchun sharoit yaratadi va uni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar sari safarbar etadi.

Mamlakatimizda ushbu g’oyani amalga oshirishga katta e’tibor berilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov O’zbekistonning bu boradagi o’ziga xos siyosatini bayon etib, quyidagicha takidlagan: «Respublika aholisi o’rtasida ko’pchilikni tashkil qiladi­gan o’zbek millatining muqaddas burchi ona tilini, o’z mil­liy madaniyati va tarixini tiklashdangina iborat emas, bal­ki birgalikda hayot kechiruvchi kam sonli xalqlarning taqdiri uchun, ularning o’ziga xos madaniy-ma’naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topishi va o’zligini namoyon etishi uchun ularga teng sharoit va imkoniyatlar yaratib berish borasida masul bo’lishdan ham iboratdir». Bunday muxit millatlararo munosabatlarda turli muammolar tug’ilishiga aslo yo’l qo’ymaydi va Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi umummilliy g’oyalarni hamkor va hamjihat bo’lib amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida «O’zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi», deb aniq belgilab qo’yilgan. «O’zbekiston xalqi» tushunchasi mamlakatmizda yashab, yagona maqsad yo’lida mexnat qilayotgan turlimillat va elatlarga mansub kishilar o’rtasidagi o’zaro hurmat, do’stlik va hamjihatlik uchun ma’naviy asos bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari Konstitutsiyamizda «O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi», deb ta’kidlangan. Bu borada hayotimizda ko’plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 1992 yildayoq milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga ko’maklashish maqsadida O’zbekiston Respubli­kasi «Baynalminal madaniyat» markazi tashkil etilgani bunga misol bo’ladi. O’shanda 12 ta milliy-madaniy markaz fao­liyatini birlashtirgan bu jamoat tashkiloti bugun 100 dan ortiq markazlar ishini muvofiqlashtirib turibdi. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning o’z ona tilida o’qishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgani, oliy o’quv yurtlari va maktablarda bunga amal qilinayotgani, ko’plab tillarda gazeta va jurnallar chop etilib, teleko’rsatuv va radioeshittirishlar olib borilayotgani va boshqa ishlar ham bu boradagi samarali faoliyatning yaqqol dalilidir.

Qayerdaki millatlararo totuvlik g’oyasining ahamiyati anglab yetilmasa, jamiyat hayotida turli ziddiyatlar, muammolar vujudga keladi - ular tinchlik va barqarorlikka xavf soladi. Bugungi kunda jahonning ayrim mintaqalarida sodir bo’layotgan milliy nizolar shundan dalolat berib turibdi.



Respublikamizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashda millatlararo omillarning ahamiyati katta. Qadimdan mamlakatimizda turli madaniyat va sivilizatsiyalar vakillari — turli xalqlar, etnik guruhlar aralashib, do'stlik va hamjihatlikda yashab kelgan. Chor Rossiyasi, so‘ngra esa sobiq Ittifoqning migratsiya siyosati aholining polietnik tarkibi yanada xilma-xil bo’lishiga olib keldi.

Mustaqillik qo‘lga kiritilgan paytda O‘zbekistonda 120 dan or­tiq millat va elat vakillari yashar edilar. O‘zbekiston barcha millatlar o’rtasida totuvlikni ta’minlash, ko‘p millatli jamiyat tizimini saqlab qolish va mustahkamlash yo’lidan bordi.

Millatlararo totuvlikni ta’minlovchi huquqiy zaminlar yaratildi.

O‘zbekiston Respubiikasining Konstitutsiyasida ,,O‘zbekiston xalqinimillatidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respubiikasining fuqarolari tashkiletadi“, ,,O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq vaerkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi,e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan, qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar“, deb belgilab qo‘yilgan.



O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.8, 18- moddalar.

O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari birdek hurmat qilinadi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratildi. Oqilona milliy siyosat tufayli O‘zbekistonda yashayotgan barcha millatlarning vakillari orasida etnik-madaniy asoslarda jipslashish jarayoni sodir bo’ldi.

1989- yildayoq O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan millat va elatlarning jamoat tashkilotlari — milliy-madaniy markazlari tuzila boshlangan va shu yili ularning soni 12 taga yetgan edi. 1989- yilda Madaniyat vazirligi qoshida Respublika millatlararo madaniyat markazi tuzildi. Mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar tufayli bu jarayon tez rivoj topdi. 2002-yilda respublikamizda 120 ta milliy madaniyat markazlari faoliyat ko‘rsatdi.

Milliy-madaniy markazlar uch asosiy yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatdilar:



  • har bir millatning tili, madaniyati, urf-odatlari va rasm-rusumlarini tiklash, tarixiy Vatani bilan aloqani jonlantirish;

  • O‘zbekistonni o‘zining haqiqiy Vatani deb bilish va unga sadoqat bilan xizmat qilish;

  • O‘zbekiston davlatiga nom bergan o‘zbek xalqi bilan do‘stlikda, hamkorlikda va totuvlikda yashash, uning tilini, madaniyatini va tarixini bilish.

Milliy-madaniy markazlarning ishi yil sayin boyib, yangilanib bordi. Ularning tashabbusi va rahbarligida turli yo‘nalishdagi to‘garaklar ishlay boshladi. Jumladan:

  • o‘z milliy madaniyatini, tilini, urf-odatlari, tarixini o‘rganish to‘garaklari;

  • O‘zbekiston tarixini, madaniyatini va tilini o‘rganish to‘garaklari;

  • milliy musiqa, raqs va hunar to‘garaklari faoliyat ko‘rsatdilar.

1992-yil yanvarida Millatlararo madaniyat markazi Respublika Baynalminal madaniyat markaziga aylantirildi. Uning faoliyatida millatlar va elatlarni jipslashtirishga asosiy e’tibor qaratildi. O‘zbekiston davlati ko'magida Baynalmilal madaniyat markazi va milliy-madaniy markazlar 1996-yilda „Bobur“ ko'chasidagi muhtasham saroyga ko‘chib o‘tdilar, bu majmua Millatlar saroyi degan nom oldi.

O‘zbekiston davlat delegatsiyasining xorijiy mamlakatlarga rasmiy tashrifi chog‘ida tegishli milliy-madaniy markazlarning rahbarlari hukumat delegatsiyasi safida bormoqdalar. Xorijiy mamlakatlardan kelgan davlat delegatsiyalari vakillari esa O‘zbekistondagi o‘z millatiga mansub milliy-madaniy markazlarda bo‘lib, uchrashuvlar, qiziqarli suhbatlar va muloqotlarda bo‘lmoqdalar. Milliy-madaniy markazlarning O‘zbekistondagi elchixonalar va diplomatik korpuslar bilan aloqalari mustahkamlandi, hamkorlikda tadbirlar o‘tkazilmoqda. Barcha millat va elatlarga xos milliy bayram kunlari nishonlanmoqda, festivallar uyushtirilmoqda. Har bir millatning nomdor rassomlari, yozuvchilari, shoirlari, olimlari, madaniyat va san’at arboblariga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda.

O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va elat vakillari respublika miqyosidagi bayramlar — Mustaqillik kuni, Navro‘z bayramlarida faol ishtirok etmoqdalar. Bu bayramlarda rus, ukrain, ozarbayjon, qozoq, tatar va boshqa xalqlar badiiy havaskorlarining chiqishlari qiziqish, xursandchilik bilan kutib olinmoqda.

Barcha millat va elat vakillari O‘zbekistonni o‘zining umumiy uyi, Vatani deb bilib, uning ravnaqi yo’lida sidqidildan xizmat qilmoqda. Bu O‘zbekistonda yuritilayotgan oqilona milliy siyosatning mevasidir.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda yashayotgan millatlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik rishtalari yangicha mazmun bilan boyib bormoqda, millatlararo totuvlik ta’minlandi. Bu O’zbekistonning yanada barqaror o’sishiga mustahkam zamin bo’lib xizmat qilmoqda.


11 Milliy istiqlol g’oyasi.Annotatsiyali bibliografiya (1991-2001 y.y.). T-2001, 3-bet.

11 Islom Karimov. Bunyodkorlik yo’lida, 4 jild. T. “O’zbekiston”, 1999

22 Islom Karimov Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin.T. “O’zbekiston”, 1998.

11 M.Abdullaev. Madaniyat ma’naviyat, ma’rifat. “Muloqot” jurnali, 1998, 3-son, 11-13- betlar.

22 H.Po’latov. O’zbek mafkurasi. “Muloqot” jurnali, 1991, 6-son, 12-14- betlar

11 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. -T.: Ma’anaviyat, 2008. 96-b.

11 Karimov I.A. Asosiy maqsadimiz-yurtimizda erkin va obod, farovon hayot barpo etish yo’lini qa’tiyat bilan davom ettirishdir. T.: O’zbekiston., 2007. 34-b.

11 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T. “Ma’anaviyat” 2008. 117-bet.


Download 28.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling