11-Mavzu: ipoteka qimmatli qog‘ozlar bozori reja


Download 52.57 Kb.
bet1/7
Sana24.11.2022
Hajmi52.57 Kb.
#930051
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-Mavzu Ipoteka qimmatli qog\'ozlar bozori(1)
N1, Мустакил иш мавзулари руйхати, Huqna - Vikipediya, KompArx Amaliy ish-1, KompArx Amaliy ish-1, -2, chizma geometriya fani va uning vazifalari, chizma geometriya fani va uning vazifalari, kurs ishi, 3229 13.04.2020, Qollanma, iqtisodiy xavfsizlik (1), iqtisodiy xavfsizlik (1), namuna, DMT 57. Yuldashev Orifjon

11-Mavzu: IPOTEKA QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI
Reja:

  1. Ipoteka krediti

  2. Ipoteka qimmatli qog‘ozlari tasnifi va tavsifi

  3. Respublikamizda va xorijiy mamlakatlarda ipoteka bozori amaldagi holati



Tayanch so‘z va iboralar: Ipoteka, ipoteka qimmatli qog‘ozlari, ipoteka qoplanadigan obligatsiya, ipoteka bozori, ipoteka kreditlari bozori, konduit.


1 – savol bayoni: Mamlakatimizda bozor munosabatlari tizimini har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlash uchun yangidan-yangi iqtisodiy-huquqiy vositalar vujudga keltirilmoqda. Xususiy tadbirkorlik erkin iqtisodiy zonalar, lizing, ipoteka shular jumlasidandir. Xususan, ipotekani mamlakat miqyosida keng qo‘llash imkoniyati chegaralanmagan. Ipotekaning mohiyati shundan iboratki, ko‘chmas mulk, jumladan, uy, bino va shu kabilarga nisbatan huquqlarga ega bo‘lgan shaxslar ushbu huquqlarini garovga qo‘yib, kredit olishlari va ushbu mablag‘dan samarali foydalanish orqali o‘z maqsadlariga erishishlari mumkin.
Ipoteka – majburiyatlarni ko‘chmas mulk bilan ta’minlashning bir usuli bo‘lib, bunda agar garovga qo‘yuvchi o‘z majburiyatlarini bajarmasa, garovga oluvchi o‘z talablarini garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk hisobidan qondirish huquqiga ega bo‘ladi. Ipoteka pul majburiyatlari ta’minotida, shu jumladan, kredit shartnomalari majburiyatlarida ishlatilishi mumkin.
Ipoteka krediti – banklar tomonidan ko‘chmas mulk garovi asosida ko‘chmas mulkni sotib olish yoki qurish uchun beriladigan uzoq muddatli kredit turidir1.
O‘tmishda garovga noilojlik, muhtojlikda murojaat qilinadigan ko‘ngilsiz cho­ra sifatida qaralgan. Biroq bozor tizimida garov, ayniqsa, ko‘chmas mulk garovi – ipoteka aholining faol, uddaburon, ishbilarmon qis­mi uchun vaqtinchalik pul mab­lag‘lariga zarurat sezganda qo‘llanadigan va keyincha­lik ortiqcha zo‘riqishlarsiz o‘rni to‘lib ketadigan samarali tadbir hisoblanadi.
Ipotekani qo‘llash uchun eng avvalo fuqaro yoki yuridik shaxsda ko‘chmas mulk ob’ektlari(bino, inshoot,­ kvartira, korxona, mulkiy majmua va hokazo)ga nisbatan mulk huquqi, vakolatli davlat idorasi tomonidan ajratib berilgan yer uchastkasiga nis­batan meros qilib qoldiriladigan umrbod foydalanish huquqi, fermer xo‘jaliklarida esa dehqonchilik uchun ajratilgan yerlarga nisbatan­ ijara huquqi bo‘lishi lozim­. Ko‘chmas mulk­larga nisbatan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi shart.
Ipoteka turmushning ko‘p­gina sohalarida, ayniqsa, tad­birkorlikda turli maqsadda kredit olish uchun qo‘l­lanadi. Ko‘chmas mulk garovi tijorat banklari uchun garovning boshqa turlariga nisbatan ishonchliroq hisoblanadi: uning qiymati katta, bahosining pasayish xavfi kam, aksincha, oshib borishi mumkin, u iste’mol qilinishi yohud yashirib qo‘yilishi mumkin emas.
Mamlakatimizda ipotekani keng va oson qo‘llash uchun barcha shart-sharoitlar: huquqiy asos, zarur infratuzilma – tijorat banklari, baholovchi tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va shu kabilar mavjud. Nizolarni sud orqali hal etish, huquqlarni himoya qilish, kreditlar qaytarilmaganda undiruvni ko‘chmas mulkka qaratish mexanizmi ishlab turibdi.
Albatta, har qanday garov­ kabi ipotekada ham ko‘chmas mulk garovi evaziga olingan­ qarz qaytarilmaganda kredi­torlarning talablari ko‘chmas mulk hisobidan qanoatlantiriladi. Zohiran, garovga qo‘yuvchini cho‘chitadigan holat ham shu hisoblanadi.
Biroq maqsadi puxta o‘y­langan, barcha imkoniyatlar chamalangan, yetti o‘lchab bir kesilgan bo‘lsa, bunday xavf­sirash uchun asos kam. Albat­ta, hayotda ko‘p hollarda tavakkal qilmasdan iloj yo‘q. Shubhasiz, oqilona tavakkal qi­lish tadbirkorlik va shijoatkorlikning muhim belgisi hisoblanadi. Ko‘p hollarda taraflar insofli­ bo‘lganda, ipoteka krediti qaytarilib, kredit oluvchi ko‘chmas mulkini saqlagan holda murod-maqsadiga yetadi: tadbirkorning biznes rejasi amalga oshib, katta foyda oladi, oddiy fuqaro bo‘lsa uy yoki boshqa boylik egasi bo‘lib qoladi.
O‘zbekiston Respublikasida ipotekani amalga oshirish tartibi Fuqarolik kodeksi, “Garov to‘g‘risida”gi, “Ipoteka to‘g‘risida”gi qonunlar va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Fuqarolik kodeksi, “Garov to‘g‘risida”gi, “Ipoteka to‘g‘risida”gi qonunlarda belgilanishicha, ipoteka ko‘chmas mulk (binolar, inshootlar, korxonalar, yer uchastkalari va boshqa ko‘chmas mulk ob’ektlari) garovidir.
Tijorat banklarida ipoteka kreditining shakllanishi va rivojlanishiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 5 martdagi «Respublikada uy-joy qurilishini rag‘batlantirish va rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-744-sonli Farmoni huquqiy asos bo‘ldi. Ushbu Farmonning e’lon qilinishi mamlakatimiz tijorat banklarining yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga ipoteka kreditining muhim xususiyati uning maqsadli yo‘naltirilganligi bo‘lib, u nafaqat uy-joy qurish va sotib olish, balki ishlab chiqarish binolarini qurish va sotib olish munosabatlarini rivojlantirishda aloxida o‘rin kasb etadi. Bu esa, o‘z navbatida, ipoteka kreditini samarali boshqarish zaruriyatini keltirib chiqaradi
XXI asr boshlarida jahon xo‘jaligi rivojlanishining muhim jihati xalqaro fond bozorlarining integratsiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ipoteka kreditning ahamiyati ortib bormokda. Dunyo mamlakatlarida ipoteka qimmatli qog‘ozlari ipoteka kreditini moliyalashtirishning asosiy manbasi hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida ipotekani moliyalashtirish jarayonining rivojlanishi tufayli turli moliyaviy instrumentlardan foydalangan holda qayta moliyalashtiruvchi mexanizm vujudga keldi.
Yurtimizdagi ipoteka mexanizmi xorijiy mamlakatlardagi ipoteka tizimidan jiddiy farqlanadi. U yerda ipoteka qarz oluvchi va tijorat banki o‘rtasidagi xususiy munosabatlardir. Ipoteka bo‘yicha hosila qimmatbaho qog‘ozlar chiqarishga zo‘r bergan moliya muassasalari jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga sabab bo‘lgani hech kimga sir emas. Mamlakatimizda yaratilgan ipoteka mexanizmi esa nafaqat qarz oluvchi va tijorat banki, balki yer uchast­kasi ajratib beruvchi va hududning bosh rejasini ishlab chiquvchi mahalliy hokimiyat organlari, qurilish tashkilotlari va ipoteka oluvchi uchun imtiyoz va preferensiyalar beruvchi davlat o‘rtasidagi keng ko‘lamli ijtimoiy-huquqiy, iqtisodiy-huquqiy munosabatlar tizimidir. Demak, ushbu munosabatlar doirasida ipoteka oluvchi davlatning qo‘l­lab – quvvatlashi va g‘amxo‘rligini sezib turadi va taso­difan og‘ir ahvolga tushib qolishi istisno etiladi.
Ipoteka krediti oluvchining majburiyat va huquqlari qonunda belgilangan asoslarda va tartibda uning merosxo‘rlariga o‘tadi. Shuning­dek, ipoteka krediti oluvchi va masalan, uning farzandi o‘rtasidagi kelishuv hamda bank roziligi bilan ipoteka krediti oluvchi o‘rniga ipoteka shartnomasiga farzandi kirishi mumkin. Demak, ipoteka krediti­ oluvchi pensiyaga chiqqanda farzandi (tegishli summada barqaror daromadlarga ega bo‘lsa) uning huquq va majburiyatlarini qabul qilib, ipoteka krediti oluvchi sifatida rasmiylashtirilishi mumkin. O‘zbek oilalaridagi ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlar xarakteridan kelib chiqiladigan bo‘lsa, yuqoridagi tartib avlodlar vorisligini ta’minlashga xizmat qiladi.­
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tarqqiyotning «O‘zbek modeli» asosida milliy qimmatli qog‘ozlar bozori (QQB)ning iqtisodiyotdagi rolini ipoteka qimmatli qog‘ozlar segmentini xalqaro tajribani chuqur tahlil qilish asosida shakllantirish yo‘li bilan yanada oshirish masalasi turibdi. Shuningdek, ipoteka qimmatli qog‘ozlari bozori o‘zining beqarorligi, investitsion muhitining o‘zgaruvchanligi, yuqori riskliligi va investitsiyalar uchun kuchli raqobatni o‘zida aks ettirishi bilan xarakterlanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, ipotekani qayta moliyalashtirishning jahon va O‘zbekiston tajribasini tizimli o‘rganish asosida mavjud terminologik apparatni rivojlantirish bo‘yicha qator tushunchalar mazmuni ochib berildi.



Download 52.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling